04.03.2021 yildagi 120-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.03.2021 yildagi 120-son
Date of entry into force
05.03.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘lar ajratish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘lar ajratish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari miqdorini hisoblash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini moliyalashtirish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari uchun zarur mablag‘larning Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmasi tomonidan AT “Xalq bank”ining tegishli bo‘limi (filiali)ga o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun mas’ul etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 4-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-martdagi 120-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘lar ajratish va to‘lash tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi orden va medallari bilan mukofotlangan hamda Zulfiya nomidagi va “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotlari (keyingi o‘rinlarda — davlat mukofotlari) berilgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘lar ajratish va to‘lash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom davlat mukofotlari, guvohnoma va diplom tayyorlash xarajatlarini moliyalashtirish tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari miqdorini hisoblash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarining miqdori ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan miqdorlarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotining miqdori taqdirlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori yoki Oliy Majlis palatalarining qarori (keyingi o‘rinlarda — taqdirlash to‘g‘risidagi qaror) qonuniy kuchga kirgan paytda amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari, davlat boshqaruvi organlari, harbiy bo‘linmalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalar hamda boshqa yuridik shaxslar, shuningdek chet el yuridik shaxslari davlat mukofotlari bilan taqdirlanganda bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti to‘lanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar ish haqi yoki pensiyasiga qo‘shimcha ravishda quyidagi mablag‘lar hisobidan har oyda bazaviy hisoblash miqdorida ustama haq oladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlovchilar (ushbu bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshisi mustasno) ish haqiga qo‘shimcha ravishda ish beruvchi mablag‘lari hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat budjeti hisobidan pensiya oluvchi pensionerlarga pensiya tayinlangan tashkilot orqali Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining pensionerlari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Toshkent shahar hokimligi Moliya bosh boshqarmasi taqdirlash to‘g‘risidagi qaror nusxasini olgandan so‘ng besh ish kuni davomida zarur mablag‘larni hisoblab, oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklarini rasmiylashtirib berish yuklatilgan AT “Xalq banki”ning tegishli tuman bo‘limiga (filialiga) (keyingi o‘rinlarda — mas’ul bank bo‘limi) o‘tkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mas’ul bank bo‘limi taqdirlash to‘g‘risidagi qaror nusxasini olgandan so‘ng yetti ish kuni davomida oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklarini rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank bo‘limi tomonidan oluvchining nomiga yozib berilgan hisob-kitob cheklari ularni davlat mukofotlari berilgan shaxslarga topshirishni tashkillashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklariga asosan AT “Xalq banki”ning barcha filiallari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash bankning boshqa bo‘limi tomonidan amalga oshirilganda, uning xarajatlari to‘langan hisob-kitob cheklari va reyestrlari asosida mas’ul bank bo‘limi tomonidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Shaxs vafot etgandan keyin mukofotlangan taqdirda bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti mukofotlangan shaxsning yaqin qarindoshlaridan biriga to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mukofotlangan shaxsning yaqin qarindoshlari yo‘q bo‘lsa, bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti to‘lanmaydi va Toshkent shahar mahalliy budjetiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini moliyalashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tasdiqlash paytida rejalashtiriladi va taqdirlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishiga qarab yil davomida aniqlashtirib boriladi hamda aniq maqsadli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Toshkent shahar hokimligi Moliya bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli xarajatlar tasnifida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari uchun ajratilgan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu Nizom qoidalarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘lar ajratish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MIQDORLARI

T/r

Davlat mukofoti nomi

Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti miqdori

(bazaviy hisoblash miqdorining baravari)

1.

“Mustaqillik” ordeni

75

2.

“Amir Temur” ordeni

70

3.

“Jaloliddin Manguberdi” ordeni

65

4.

“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni

60

5.

“El-yurt hurmati” ordeni

50

6.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni

45

7.

“Mehnat shuhrati” ordeni

40

8.

“Faxriy murabbiy” ordeni

40

9.

1-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni

40

10.

2-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni

25

11.

1-darajali “Shon-sharaf” ordeni

40

12.

2-darajali “Shon-sharaf” ordeni

20

13.

“Do‘stlik” ordeni

30

14.

“Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni

200

15.

“Mardlik” ordeni

15

16.

1-darajali “Salomatlik” ordeni

30

17.

2-darajali “Salomatlik” ordeni

25

18.

“Sodiq xizmatlari uchun” medali

10

19.

“Kelajak bunyodkori” medali

10

20.

“Jasorat” medali

10

21.

“Sog‘lom turmush” medali

10

22.

“Shuhrat” medali

5

23.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti

50

24.

“Mard o‘g‘lon” Davlat mukofoti

50

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘lar ajratish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Toshkent shahar hokimligi Moliya bosh boshqarmasi

Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotini hisoblab, oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklarini rasmiylashtirib berish yuklatilgan AT “Xalq banki”ning tegishli tuman bo‘limiga (filialiga) (keyingi o‘rinlarda — mas’ul bank bo‘limi) o‘tkazadi.

Taqdirlash to‘g‘risidagi qaror nusxasini olgandan so‘ng besh ish kuni davomida

2-bosqich

Mas’ul bank bo‘limi

Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotini oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklarini rasmiylashtiradi hamda ularni davlat mukofotlari berilgan shaxslarga topshirishni tashkillashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaga yuboradi.

Taqdirlash to‘g‘risidagi qaror nusxasini olgandan so‘ng yetti ish kuni davomida

3-bosqich

AT “Xalq banki”ning barcha filiallari

Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotini oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklariga asosan bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti to‘lovini amalga oshiradi.

Murojaat etilgan vaqtning o‘zida

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2021-y., 09/21/120/0183-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)