Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.08.1995 yildagi 321-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 16.08.1995 yildagi 321-son
Date of entry into force
16.08.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KAPROLAKTAMNI QAYTA ISHLAB POLIAMIDDAN MAHSULOT TAYYORLOVCHI RESPUBLIKA ISHLAB CHIQARISHINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobillar va qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun shinalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan kard toʻqimasini ishlab chiqarish boʻyicha respublikaning oʻz xom ashyo bazasini yaratish, shuningdek, Fargʻona kimyoviy tola zavodi zaminida kaprolaktamni qayta ishlovchi zavodni foydalanishga topshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasining Fargʻona kimyoviy tola zavodi “Xema Balke Dyurr” (Germaniya) firmasi bilan yiliga 7 ming tonna polmamid-6 tovar mahsulotini, shu jumladan 3,5 ming tonna shina kard toʻqimasini ishlab chiqaruvchi qiymati 102,4 mln Germaniya markasi boʻlgan texnologiya liniyasini yetkazib berish boʻyicha kontrakt tuzgan. Bu kontraktning amalga oshirilishi respublikaning mazkur mahsulotga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirishni va yuqori likvidli tovarni eksport qilishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1997-yil oktabri polivmid-6 va shina kard toʻqimasi ishlab chiqarishlarini qurish hamda foydalanishga topshirish muddati etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xema Balke Dyurr” firmasi tomonidan amalga oshiriladigan loyihalashtirish va asbob-uskunalar, metall konstruksiyalarni yetkazib berish jadvaliga 1-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi pudrat loyiha va qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan asosiy texnologik ishlab chiqarishlar, yordamchi obyektlar hamda muhandislik kommunikatsiyalari korpuslarini qurish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi, “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi buyurtmachi — “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi Fargʻona kimyoviy tola zavodi bilan birgalikda tasdiqlangan jadvalning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, loyiha boʻyicha xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash 3-ilovaga* muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“GERMES” agentligi sugʻurta qoplashi hisobiga Germaniya AKA banklar konsorsiumi krediti, bu kontrakt qiymatining 85 foizini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, vakil qilingan bank tomonidan Respublika valyuta fondi mablagʻlari hisobiga milliy valyutada belgilangan tartibda ochadigan krediti hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditlarni va ular boʻyicha foizlarni milliy valyutada toʻlash 1999-yildan boshlab besh yil mobaynida shina kard toʻqimasini sotishdan olingan daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Germaniya AKA banklar konsorsiumi bilan kredit bitimni belgilangan tartibda rasmiylashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olinayotgan kredit resurslar bilan Fargʻona kimyoviy tola zavodini oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshirsin,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Moliya vazirligi mazkur loyiha uchun olinayotgan kreditlar boʻyicha Hukumat kafolatini imzolashga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Adliya vazirligi Germaniya tomoni talabnomalariga muvofiq Hukumat kafolatlari boʻyicha yuridik xulosani belglangan tartibda rasmiylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi Fargʻona kimyoviy tola zavodi buyurtmanomasi boʻyicha keltirilayotgan asbob-uskunalar va moddiy resurslar boj hujjatlarining oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini (uch kundan ortiq emas) va belgilangan joyga toʻsiqsiz yetkazib berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Yu.F. Paygin zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 16-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
321-son