Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2017 04.12.1992 yildagi 568-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 04.12.1992 yildagi 568-son
Date of entry into force
04.12.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON YoShLAR IShLARI BOʻYIChA RESPUBLIKA KENGAShINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 75-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida” 2016-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-406-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yuqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqidagi qarorini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Yoshlar masalasiga mutasaddi boʻlgan oʻrinbosari raisligida Oʻzbekiston yoshlar ishlari boʻyicha respublika kengashi tuzilsin. Yoshlar ishlari boʻyicha respublika kengashining tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston yoshlar ishlari boʻyicha respublika kengashiga Kengash aʼzolarining ayrimlari undan chiqib ketgan taqdirda Kengash tarkibiga tegishli vazirliklar, idoralar va viloyatlar hokimliklarining yangi rahbarlarini kiritish huquqi berilsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-dekabrdagi 602-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimlari oʻzlarining raisligida yoshlar ishlari boʻyicha ana shunday kengashlar tuzsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yoshlar ishlari boʻyicha respublika kengashi bir oy muddat ichida Yoshlar ishlari boʻyicha kengash toʻgʻrisidagi nizom hamda respublikada davlat yoshlar siyosatini amalga oshirish dasturi loyihalarini ishlab chiqsin va koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash yoshlarning tadbirkorligini iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda isteʼdodli yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash vazifalarini hal qilish dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 4-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
568-son