Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.09.2006 08.04.1997 yildagi 178-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.04.1997 yildagi 178-son
Date of entry into force
08.04.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.09.2006
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

GAROV TO‘G‘RISIDAGI ShARTNOMALARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh TARTIBINI SODDALAShTIRISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-sentabrdagi 202-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y, 11-son, 49-modda) qarori bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalariga ilovaga muvofiq tahrirda o‘zgartirish kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-fevraldagi 50-son qarori bilan tasdiqlangan garov to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi Vaqtinchalik nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin.:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan garov to‘g‘risidagi shartnoma summasidan qat’i nazar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalarida — garov to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shu’balari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Garov to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi Nizom loyihasini ikki hafta muddatda qayta ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 8-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
178-son

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-apreldagi 178-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qaroriga ilovaga kiritiladigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZGARTIRIShLAR

Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qaroriga ilova 3-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“a)‎ ‎

shartnomani ro‘yxatga olganlik va garovni ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun‎ ‎ shartnoma summasining 0,1 foizi miqdorida;”‎ ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘rsatib o‘tilgan ilova 4-bandining “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“g)‎ ‎

mol mulkni garovga qo‘yish shartnomalarini tasdiqlaganligi uchun‎ ‎ shartnoma summasining 0,15 foizi miqdorida;”‎ ‎
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-y., 4-son, 15-modda)