Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
05.04.2022
16.01.2021
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son qarori bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) etib qayta tashkil etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi 1-son respublika klinik shifoxonasi negizida Markazning koʻp tarmoqli klinikasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz klinikasi) tashkil etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida Markazning filiallari ochilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻliqni saqlash tizimida faoliyat koʻrsatuvchi rahbar xodimlar va tibbiyot xodimlari hamda tibbiy muhandis-texnik xodimlarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash, shuningdek, ushbu yoʻnalishda faoliyat koʻrsatuvchi muassasalar faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim jarayonlarini tashkil etishda ilm-fanni hamda sogʻliqni saqlash sohasida innovatsiya ishlarini keng joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim jarayonini nazariy va amaliy koʻnikmalarning uzviyligida tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, masofadan oʻqitish va telemeditsina uslublarini oʻquv jarayoniga keng tatbiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻliqni saqlashning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish hamda ilmiy tadqiqotlar natijalarini tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va Markaz klinikasi tegishlicha davlat muassasasi va davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari — Markaz klinikasi bosh shifokori Markaz ilmiy kengashining aʼzolari tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi hamda Markaz ilmiy kengashining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Sogʻliqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 8-iyundagi 264-son qaroriga 1 — 4-ilovalarning qoidalari Markaz klinikasi faoliyatiga ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;

talabgorlarni toʻlov-kontrakt asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan hamda shartnoma asosida boshqa xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya mablagʻlari;

xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
(4-bandning “a” kichik bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Markaz klinikasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilgan pullik tibbiy xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning “b” kichik bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 15-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 4-apreldagi 174-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti” soʻzlari “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida” soʻzlari “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshidagi “Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining” soʻzlari “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 4 va 5-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida” soʻzlari “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 1-ilovadagi “Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti” soʻzlari “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 2-ilovadagi “ToshVMOI” soʻzi “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-sentabrdagi 769-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bakalavriatning alohida taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga yoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy tibbiyot va farmatsevtika (“Sogʻliqni saqlash” taʼlim sohasi) bakalavriat yoʻnalishlari, magistratura, klinik ordinatura (rezidentura) va birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari tuzilmalari tegishlicha 2, 2a, 26 va 2v-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bakalavriatning alohida taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga yoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Bitiruvchilar 2017/2018 oʻquv yilda bitirganlardan boshlab, keyinchalik doimiy yashash joyida majburiy tartibda ishlab berish uchun OShP va OPlarga taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy taʼlim (davolash ishi)” yoʻnalishlari bitiruvchilari yashash boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan qatʼi nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida koʻrsatilgan tuman (shahar)da majburiy tartibda ishlab berish uchun OShP va OPlarga taqsimlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-banddagi “QVP” qisqartmasi “OShP” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida bitiruvchining majburiy ishlab berish muddati 3 yilni (36 oy) tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-2021 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot oliy taʼlim muassasalari “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy taʼlim (davolash ishi)” yoʻnalishlari bitiruvchilarining majburiy ishlab berish muddati, yashash boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan qatʼi nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida koʻrsatilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida kamida 5 yilni (60 oy) tashkil etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Bitiruvchilar majburiy ishlab berishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari taqdim etgan shifokor kadrlarga boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisida buyurtmanomalar va mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumotlar asosida Komissiya tomonidan har yili taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya bitiruvchilarni OShP va OPdagi mavjud boʻsh oʻrinlariga majburiy ishlab berish uchun taqsimlaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-banddagi “QVP” qisqartmasi “OShP” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Oʻqishni tugatgandan soʻng magistratura yoki klinik ordinatura (rezidentura)ga oʻqishni davom ettirish uchun kirgan bitiruvchilar taʼlim shaklidan qatʼi nazar (davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida), majburiy ishlab berish uchun magistratura va klinik ordinatura (rezidentura)ni tamomlaganidan soʻng taqsimlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy tibbiy taʼlimning (“Sogʻliqni saqlash” taʼlim sohasi) bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

1. Davolash faoliyati bilan bogʻliq taʼlim yoʻnalishlari uchun*:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Bloklar nomi
Soatlar (kreditlar) hajmi (%)
1.
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy modullar
2,5 — 3,5%
2.
Klinika oldi modullar
20 — 25%
3.
Klinik modullar
65,5 — 75,5%
4.
Elektiv modullar
(1, 2, 3-blok modullari uchun hududiy komponent)
3 — 7%
Jami:
100%
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari: 5510100 — Davolash ishi, 5111000 — Kasb taʼlimi (davolash ishi), 5510800 — Harbiy tibbiyot (davolash ishi), 5510200 — Pediatriya ishi, 5510400 — Stomatologiya, 5510700 — Oliy hamshiralik ishi, Klinik psixologiya.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bakalavriatning davolash faoliyati bilan bogʻliq taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejalariga birinchi kursdan klinik modullar boʻyicha 50% nazariy va 50 % amaliy oʻqitish tizimi hamda klinik amaliy koʻnikmalarni egallash boʻyicha modullarni kiritish nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davolash faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlari uchun**:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Bloklar nomi
Soatlar (kreditlar) hajmi (%)
1.
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy modullar
2,5 — 3,5%
2.
Umumkasbiy modullar
65 — 75%
3.
Maxsus modullar
15,5 — 21,5%
4.
Elektiv modullar
(1, 2, 3-blok modullari uchun hududiy komponent)
3 — 7%
Jami:
100%
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari: 5510300 — Tibbiy-profilaktika ishi, 510900 — Tibbiy-biologik ish, 5510500 — Farmatsiya, 5111000 — Kasb taʼlimi (farmatsiya), 5510600 — Sanoat farmatsiyasi, Biotibbiyot muhandisligi, Farmatsevtik biotexnologiya, Dori vositalarini standartlashtirish, sertifikatsiyalash va sifat menejmenti”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy tibbiyot va farmatsevtika taʼlim (“Sogʻliqni saqlash” taʼlim sohasi)ning magistratura mutaxassisliklari oʻquv rejalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Bloklar nomi
*Davolash faoliyati bilan bogʻliq magistratura mutaxassisliklarining soatlar hajmi (%)
**Davolash faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan magistratura mutaxassisliklarining soatlar hajmi (%)
1.
Umummetodologik modullar
5 — 10%
10 — 20%
2.
Mutaxassislik modullari
70 — 80%
60 — 70%
3.
Tanlov modullari
10 — 15%
10 — 15%
Jami:
100%
100%
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Davolash faoliyati bilan bogʻliq bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi magistratura mutaxassisliklari uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Davolash faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi magistratura mutaxassisliklari uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davolash faoliyati bilan bogʻliq bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi magistratura mutaxassisliklari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) quyidagi mazmundagi 2b va 2v-ilovalar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 769-son qaroriga 2b-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiyot va farmatsevtika taʼlim (“Sogʻliqni saqlash” taʼlim sohasi)ning klinik ordinatura (rezidentura) oʻquv rejalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Bloklar nomi
*Davolash faoliyati bilan bogʻliq klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklarining soatlar hajmi (%)
**Davolash faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklarining soatlar hajmi (%)
1.
Umummetodologik va nomutaxassis yondosh modullar
3,5% gacha
3,5% gacha
2.
Mutaxassislik modullari
91% dan kam emas
85% dan kam emas
3.
Yondosh mutaxassislik modullari
4,5% gacha
10% gacha
4.
Qoʻshimcha modullar
Mustaqil taʼlim
Mustaqil taʼlim
5.
Attestatsiya
1%
1%
Jami:
100%
100%
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Davolash faoliyati bilan bogʻliq bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Davolash faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi klinik ordinatura (rezidetrura) mutaxassisliklari uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davolash faoliyati bilan bogʻliq bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 769-son qaroriga 2v-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiyot va farmatsevtika taʼlim (“Sogʻliqni saqlash” taʼlim sohasi)ning birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari oʻquv rejalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Bloklar nomi
Soatlar (kreditlar) hajmi (%)
1.
Asosiy mutaxassislik
99%
shu jumladan,
1.1.
Mutaxassislik modullari
90%
1.2.
Yondosh (klinik) mutaxassisliklar va modullar
9%
2.
Attestatsiya
1%
Jami:
100%
”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 826-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining namunaviy ustaviga 1-ilovasiga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida bemor oʻrinlari fondi va kontingent qabul qilish quvvati parametrlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mustaqil ravishda aholiga pulli asosda tibbiy xizmatlar koʻrsatish uchun yoʻnaltirilgan bemor oʻrinlari fondi hamda poliklinikaning bir smenada kontingentlarni qabul qilish quvvati parametrlariga mustaqil ravishda qoʻshimcha kiritishi mumkin”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)