Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.1997 03.05.1993 yildagi 199-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 03.05.1993 yildagi 199-son
Date of entry into force
03.05.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.1997
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

O‘ZBEKISTON GO‘ShT VA SUT SANOATI (“O‘ZGO‘ShTSUTSANOAT”) DAVLAT-AKSIONERLIK UYuShMASINING USTAVINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-yanvardagi 56-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlarini o‘zgartirish va o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston go‘sht va sut sanoati davlat aksionerlik uyushmasi “O‘zgo‘shtsutsanoat”ning ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 3-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
199-son

Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 3-maydagi
199-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston go‘sht va sut sanoati davlat-aksionerlik uyushmasi (“O‘zgo‘shtsutsanoat”)ning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
USTAVI

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston go‘sht va sut sanoati davlat-aksionerlik uyushmasi (“O‘zgo‘shtsutsanoat”) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 3-apreldagi UP-588-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-apreldagi 172-son qaroriga muvofiq tashkil qilingan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston go‘sht va sut sanoati davlat-aksionerlik uyushmasining tashkil etilishi munosabati bilan, sobiq Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida bo‘lgan va keyinchalik tugatilgan “O‘zgo‘shtsutsanoat” ishlab chiqarish birlashmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston go‘sht va sut sanoati davlat-aksionerlik uyushmasi (“O‘zgo‘shtsutsanoat”), keyingi o‘rinlarda uyushma deb ataladi, go‘shtni sanoat asosida ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklar, Chorva mollarini bo‘rdoqiga boqish va tayyorlov idoralari, go‘sht va sutni qayta ishlash korxonalari, o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan ishlarni bajaradigan, transport xizmati va boshqa xil xizmatlar ko‘rsatadigan, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z faoliyatini amalga oshiradigan mulkchilikning barcha shakllaridagi xo‘jaliklarni va korxonalarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Uyushma yuridik shaxs hisoblanadi, u o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Ustavga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Uyushma tovar-pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshqariladigan bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakllariga mansub korxonalarni “Korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan barpo etish, ularning faoliyatini qayta tashkil qilish va tugatishning umumiy huquqiy iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Uyushma faoliyati foyda olishni o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlagan holda ish olib boradigan korxonalarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, qonunlar asosida ularning huquqlarini va mas’uliyatini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Hududiy-aksionerlik birlashmalari, korxonalari va tashkilotlari bilan uyushma o‘rtasidagi munosabatlar Ta’sis shartnomasi va mazkur Ustavga binoan, huquq hamda vakolatlarining bir qismini hududiy-aksionerlik birlashmalarining boshqaruv organlariga berish asosida ko‘riladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Uyushma O‘zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan muhrga va uyushma ramzi tasvirlangan shtampga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushma O‘zbekiston Respublikasining bank muassasalarida o‘zining hisob-kitob, valyuta va boshqa hisoblariga, o‘z mulkiga, mustaqil yig‘ma balanslariga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Uyushmaning maqsadi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Samarali va ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini o‘zgartirishning tashkiliy-huquqiy asoslarida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshira borib, respublika xalq xo‘jaligini, aholining go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, standartlar talabiga javob beradigan go‘sht mahsulotlarini sanoat asosida yetishtirish hamda go‘sht va sutni qayta ishlashni ta’minlash uyushmaning asosiy maqsadi hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chorva mollarini sanoat asosida bo‘rdoqiga boqish, chorva mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilish, go‘sht va sutni qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni saqlash, sotish, kam xarajatli, sifatli mahsulot ishlab chiqaradigan qayta ishlashning ilg‘or texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni ilmiy asosda ishlab chiqarishga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika Hukumati tasdiqlagan tartibga muvofiq, davlatlararo kelishuvga asosan hamda xo‘jaliklar va boshqa korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha go‘sht va sut tayyorlashni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan respublika bo‘yicha go‘sht va sut mahsulotlari yetishtirish davlat buyurtmalarining bajarilishini nazorat qilish, iste’molchilarga go‘sht va sut mahsulotlarini yetkazib berishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatlararo tashqi-iqtisodiy aloqalar shartnomalari asosida buyurtmalarni bajarish, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha ikkilamchi chorva mahsulotlarini kelishilgan baholarda sotish va boshqa zarur oziq-ovqatlarga mahsulot ayirboshlashni mustaqil amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor infrastrukturasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlar firmalari bilan qo‘shma korxonalar va kichik korxonalar tuzish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy fondlar, xomashyo, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, xo‘jaliklar va korxonalarning zararsiz ishlashini, ularning o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlay olishni boshqarib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat korxonalari, xo‘jaliklar va tashkilotlarni o‘rash, qadoqlash, qurilish, yonilg‘i va moylash materiallari hamda davlat resurslaridan ajratiladigan ozuqalar bilan ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy sohani kompleks rivojlantirish, mehnat jamoalariga tashabbus va tadbirkorlik ko‘rsatishlari uchun sharoit yaratish, xo‘jalik yuritishning mustaqilligini rivojlantirish, mehnatga qarab haq to‘lashni, ijtimoiy adolat prinsiplarini izchil amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Uyushmaning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Uyushma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol yo‘nalishlarini ishlab chiqadi, ishlab chiqarishning joriy rejalarini belgilaydi va umumlashtiradi hamda ularning bajarilish natijalarini tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yuritishda teng huquqlarni va iqtisodiy sharoitlarni ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi, yakka hokimlikka qarshi tadbirlarni amalga oshiradi, barcha mehnatkashlarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatchilarning obro‘sini tushirishga qaratilgan xatti-harakatlarga ishlab chiqarish kvotalari, sotish va ta’minot bozorlarini bo‘lib olish, erkin raqobatni cheklash maqsadida korxonalar o‘rtasida tanho narx-navoni tutib turishga doir har qanday til biriktirishlarga yo‘l qo‘ymaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
go‘sht va sut mahsulotlari sifatini yaxshilashga qaratilgan tarmoq davlat namunaviy andozalari va texnik shartlarining joriy etilishini va ularga rioya etishni nazorat qilishni ta’minlaydi, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini takomillashtirish ishlarini tashkil etadi va olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital mablag‘lardan samarali foydalanishni va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini loyihalashtirishga buyurtmalar berishni hamda ularning moliyaviy ta’minotini, smeta qiymatiga muvofiq korxonalar, binolar va inshoatlarni qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik qayta jihozlash, tayyor smeta hujjatlari va sarvaraq ro‘yxatlarining ekspertizadan o‘tkazilishini, tasdiqlanishini va qayta tasdiqlanishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitkazilgan qurilish obyektlarini foydalanishga topshirish bo‘yicha davlat qabul qilish komissiyalarini belgilangan tartibda tayinlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda o‘z tarkibiy bo‘linmalarini, hududiy birlashmalarni tashkil etadi, tugatadi va ularning faoliyatini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika Hukumati tasdiqlangan tartibga muvofiq, mustaqil sotish uchun xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlar ixtiyorida qoldiriladigan chorvachilik mahsulotlari hajmini belgilaydi va ularni sanoat korxonalari uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarga mustaqil ayirboshlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy faoliyatni valyuta bilan o‘zini-o‘zi ta’minlash prinsipi asosida tashkil etadi va amalga oshiradi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning yagona tizimini tashkil qiladi, mutaxassislikka o‘qitishning iqtisodiy o‘quv bilan birga olib borilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa davlatlarning ta’minot-sotish, tijorat-vositachi tashkilotlari, birlashmalari korxonalari, firmalari bilan bevosita aloqa o‘rnatadi va bitimlar tuzadi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida mulkchilikning har qanday shaklidan birlashmalar uyushmalar xo‘jaliklar va tashkilotlarni o‘z tarkibiga kiritadi, turli yo‘nalishdagi birjalar va aksionerlik jamiyatlarining muassisi, hammuassisi va a’zosi bo‘ladi, boshqa davlatlarda firmalar, qo‘shma korxonalar, vakolatxonalar tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo‘jalik hisobini shartnoma, moliya va hisob-kitob intizomini mustahkamlash, asosiy fondlar, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanishni yaxshilash, mehnatni va boshqaruvni ilmiy asosda tashkil etishni joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy hisoblash texnikasini qo‘llagan holda moliyaviy markaz boshqaruv tizimini yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda kelishilgan holda markazlashtirilgan moddiy, moliyaviy jamg‘armalarni tashkil etadi hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul va moddiy boyliklarning saqlanishini yetkazilgan zarar o‘rnining qoplanishini, tejamkorlik rejimiga rioya qilinishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmalar va uzoq muddatli shartnomalar asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri mahsulot yetkazib beruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi mavjud aloqalarni takomillashtiradi hamda samarali xo‘jalik aloqalarini tashkil etish maqsadida aholi zich joylashgan shahar markazlarida maxsus savdo shoxobchalarini ko‘paytirishni ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashmalar, xo‘jaliklar va tashkilotlar bajarishi shart bo‘lgan qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar, me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot ishlab chiqaruvchilarga va iste’molchilarga mahsulot jo‘natish uchun ruxsatnoma va qo‘shimcha ravishda litsenziya berishni talab qilmaydigan naryadlar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Aksiya va aksiyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Uyushma xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlarning aksiyalashtirish mumkin bo‘lgan mulklarini qayta baholash Nizomiga asosan qayta baholaydi va aksiyalashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir aksiyaning qiymati xo‘jalik korxona va tashkilotlarning faoliyatiga qarab mehnat jamoalari bilan kelishilgan holda uyushma tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksioner tomonidan sotib olingan har bir aksiya unga bir ovoz beruvchining huquqini beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksioner xo‘jalik korxonalar va tashkilotlar aksiyalarining 51 foizi O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki hisoblanadi va nazorat qilish paketi davlat aksionerlik uyushmasida saqlanadi, ular tijorat xodimlariga va shaxslarga sotilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksioner xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlarning har bir a’zosi ixtiyorida davlat-aksionerlik uyushmasi tomonidan chiqarilgan aksiyalardan tashqari, barcha aksiyalarning 10 foizidan ortig‘i jamlanishi mumkin emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir korxona, xo‘jalik va tashkilot uchun chiqarilgan aksiyalar faqat shu korxona va tashkilot mehnat jamoasining jamoa qaroriga muvofiq yopiq yoki ochiq holda sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Uyushmaning mulki va mablag‘i
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Uyushma o‘ziga korxonalar tomonidan ixtiyoriy ravishda berilgan mulkka egalik qilish, ulardan foydalanish huquqini o‘z faoliyatining maqsadi va vazifalariga qarab amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma faoliyatini amalga oshirish uchun, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, o‘z mablag‘lari, uyushma Kengashi belgilagan miqdordagi va ulushlardagi pay badallari hisobiga ustav jamg‘armasi tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma Kengashi ustav jamg‘armasini ko‘paytiradi va kamaytiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushmaning mulki va mablag‘i to‘liq o‘z ixtiyorida bo‘ladi, ularning boshqalar tomonidan tasarruf qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma o‘z mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishtirokchi aksioner-korxonalar mulkining 49 foizi uyushmaning mulki hisoblanmaydi, korxonalar ixtiyoriy ravishda hududiy aksioner birlashmalar va uyushmaga bergan mulklar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma va hududiy aksioner birlashmalarning ishchi boshqaruv apparati ularning ishtirokchilari daromadidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga ta’minlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratmalardan hosil bo‘lgan jamg‘armalarni va zaxiralarni yo‘naltirish hamda ulardan foydalanish tartibini uyushma Kengashi belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Uyushmaning daromadini taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy soliqlar va to‘lovlar to‘langandan keyin daromadning qolgan qismi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlashtirilgan zaxira va sug‘urta fondlariga ajratmalar uchun birlashma tasarrufidagi korxonalarga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun shartnoma asosida yo‘naltiriladigan jamg‘arma fondiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kam xarajatli yangi texnologiyalarni ilmiy asoslab ishlab chiqarishga joriy qilish, xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqariladigan dastgohlarni xarid qilish va o‘rnatish uchun jamg‘arma fondiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma va hududiy birlashma ishchi apparati ta’minoti jamg‘arma fondiga taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Aksionyerlarga dividendlar, uyushma balanslari bo‘yicha taftish komissiyalarining xulosasidan va hisobot e’lon qilingandan keyin yil yakuni bo‘yicha belgilanadi va to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII . Uyushma ishtirokchilari, ularning huquq va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ustav jamg‘armasiga o‘z hissalarini moddiy yoki pul shaklida qo‘shgan, uyushma Ustavini tan olgan va uyushma vazifalariga muvofiq ishlab chiqarish, xo‘jalik va boshqa faoliyatlarni amalga oshirish majburiyatlarini o‘z zimmalariga olgan hududiy birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, shu jumladan, boshqa davlatlarning korxonalari va firmalari uyushmaning ishtirokchilari bo‘lishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Uyushmaning ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushmaning rahbar organlariga o‘zlarining faoliyatlariga doir masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish va bu masalalar uyushmaning rahbar organlari majlislarida muhokama qilinayotganda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori natijalarga erishish hamda uyushmaning hududiy aksionerlik birlashmasi va korxonalarning iqtisodiy foyda olishlari maqsadida uyushma kengashining roziligiga ko‘ra o‘z imkoniyatlari va mulkning bir qismi bilan boshqa xo‘jalik hamda birlashmalarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan shartnomalarga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotlarni savdo birjasida sotish yoki uyushma bilan kelishilgan holda zarur asbob-uskunalar xomashyo va moddiy resurslarga shartnomaviy narxlarda ayirboshlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xomashyo va materiallar yetkazib beruvchi hamda ulgurji va savdo tashkilotlari bilan hisob-kitob qilishda chek daftarchalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma Kengashlarida ko‘rib chiqish uchun kiritilgan masalalarni muhokama qilishda teng huquq bilan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z korxonasini rivojlantirish uchun uyushmaning ilmiy-texnik ishlanmalaridan, mahsulotlaridan, korxonalari va tashkilotlari xizmatlaridan birinchi navbatda foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z firma belgisida uyushma ramzidan foydalanish, o‘zining firma blanklarida va muhrlarida uyushma tizimiga mansubligini ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat jamoasining qaroriga asosan, tuzilgan shartnomalarga muvofiq, uyushmaning boshqa ishtirokchilari oldidagi majburiyatlarini saqlagan holda, uyushma tarkibidan chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Uyushma ishtirokchilarining majburiyatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushmaning Ustaviga rioya qilish, uning rahbar organlari qarorlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z moliya-xo‘jalik va boshqa faoliyatlarini, uyushma vazifalariga muvofiq, uyushmani rivojlantirish bilan iqtisodiy manfaatdorlikni uyg‘unlashtirishni ta’minlangan holda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma Kengashi tomonidan belgilangan moliya fondlariga badallarni belgilangan muddatlarda to‘lash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII Uyushma ishtirokchilarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Uyushma ishtirokchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilar uchun javob beradilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z zimmalariga olgan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umuman uyushmaga zarar keltirilgan faoliyat uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash qarorlarini bajarmaganliklari natijasida sheriklariga yetkazilgan zarar uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilarga shartnoma asosida yetkazib beriladigan mahsulotlarini yetkazib bermaganlik uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Uyushmaning hududiy aksionerlik birlashmasi rahbarlari Kengash a’zolari moddiy zarar ko‘rishga olib keluvchi o‘z qarorlari uchun intizomiy va moddiy zarar ko‘rishga olib keluvchi o‘z qarorlari uchun intizomiy va moddiy javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Uyushmani boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Uyushma demokratik asosda boshqariladi. Uyushmaning Kengashi va boshqaruvi uning rahbar organi hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruvning yuqori organi uyushma Kengashidir. Kengash tarkibiga hal qiluvchi ovoz berish huquqi bilan hududiy aksionerlik birlashmalari, yirik korxonalar rahbarlari kiradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma Kengashining majlislari uning raisi tomonidan zaruriyatga ko‘ra, lekin yilda kamida bir marotaba chaqiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma Kengashining qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi va rasmiylashtiriladi. Kengashning har bir a’zosi bir ovoz berish huquqiga ega. Ovozlar teng bo‘lganda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma Kengashida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma fondlari va zaxiralarini takomillashtirish hamda ulardan foydalanish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma xarajatlari va daromadlari smetalarini, ish haqini lavozim maoshlari fondini, xo‘jalik faoliyati natijalari uchun mukofotlash va moddiy rag‘batlantirish tizimini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi a’zolarini qabul qilish va uyushma a’zolarining uning tarkibidan chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma a’zolarining qo‘shimcha badallarini maqsadli ishlab chiqarish, moddiy texnika, investitsiya, ijtimoiy ta’minot va tabiatni muhofaza qilish dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqaruv apparatini va xodimlarni mablag‘ bilan ta’minlash fondini, lavozim maoshlarini, xo‘jalik natijalariga ko‘ra mukofotlash va moddiy rag‘batlantirish xarajatlarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv qarorlari yuzasidan tushgan shikoyatlar va uning faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni muhokama qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushma Kengashi boshqaruv raisini, uning o‘rinbosarini va Kengash a’zolarini saylaydi. Kengash raisi ayni bir vaqtda boshqaruv raisi hisoblanadi. Uyushma raisi va uning o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21.Uyushma faoliyatiga boshqaruv rahbarlik qiladi va u o‘z zimmasidagi vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi. Boshqaruv Kengashi rais tomonidan zaruriyatga ko‘ra, lekin oyida kamida bir marta chaqiriladi. Boshqaruv Kengashi qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi, ularni bajarish uyushma a’zolari uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushma Boshqaruvi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash qarorlarini bajarilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashda ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan barcha masalalarni oldindan ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma faoliyatini istiqbolli rivojlantirish dasturlarini va rejalarini ishlab chiqishni tashkil qiladi va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma nomidan bankdan kredit olish uchun qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushmani boshqarish va uning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi va ularni Kengashga tasdiqlash uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma tarkibiga kiruvchi hududiy birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati masalalarini ko‘rib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-texnika hamda konstruktorlik byurosini tashkil etadi va unda ishlaydigan xodimlarni sonini hamda uning shaxsiy tarkibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan buyruqlar, farmoyishlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika qonunlari va normativ hujjatlarining, uyushma Kengashi va qarorlarining bajarilishini nazorat qilishni ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
istalgan davlatlarning yuridik shaxslari bilan munosabatlarda uyushma nomidan ish tutadi va uning nomidan bitimlar, shartnomalar tuzadi hamda shartnomalar tuzish uchun ishonchnomalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma apparatining shtat jadvalini, uning tarkibiy bo‘linmalari haqidagi nizomlarni, hududiy birlashmalar rahbarlarini mukofotlash tizimini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma apparati xodimlarini lavozimiga tayinlaydi va ularni lavozimidan bo‘shatadi, lavozim maoshlarini va ularga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy birlashma va korxonalarning rahbarlarini tayinlaydi va ularni egallab turgan lavozimlaridan bo‘shatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar va uyushma huzurida tashkil etiladigan tuzilmalarning ustavlarini tasdiqlaydi, ularga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchnomalar beradi, pul mablag‘lari va moddiy boyliklar olish uchun hisob-kitob schyotlarini va to‘lov xarajatlarini imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zi zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Hisobga olish, hisobot va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Uyushma buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisobotini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tartibda moliya-xo‘jalik faoliyatining barcha turlari bo‘yicha hisobotni taqdim etadi, hisobot va balanslarning ishonchligini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Uyushma amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, o‘z tarkibidagi hududiy birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy-iqtisodiy va xo‘jalik faoliyatini kompleks taftish qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Uyushma taftish komissiyasi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, ushbu Ustav, materiallar va shartnoma intizomi, uyushma a’zolarining takliflari, mehnatkashlarning ariza va shikoyatlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushmaning taftish komissiyasiga raisi rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish komissiyasining raisi Kengash tomonidan saylanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish komissiyasi Kengash oldida hisob beradi va o‘z ishining natijalari haqida boshqaruvga axborot berib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Uyushmaning mansabdor shaxslari davlat hisobotlarini buzib ko‘rsatganliklari uchun respublika qonuni bilan belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XI. Uyushma faoliyatini tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Uyushmani tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.