19.03.1997 yildagi 152-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.03.1997 yildagi 152-son
Date of entry into force
19.03.1997
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MASHINA-TRAKTOR PARKLARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASH VA ULARNING FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mashina-traktor parklarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish-texnika xizmati koʻrsatishda ularning ahamiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasining faoliyat koʻrsatayotgan mashina-traktor parklari va qishloq xoʻjaligi texnikasiga ishlab chiqarish-texnik va servis xizmati koʻrsatish korxonalari negizida davlat-aksiyadorlik mashina-traktor parklari tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini quyidagi tartibda birlamchi joylashtirish nazarda tutilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ulushi‎

— ustav jamgʻarmasining 35 foizi;‎

jamoa ulushi‎

— ustav jamgʻarmasining 15 foizi;‎

qishloq xoʻjaligi korxonalari oʻrtasida joylashtirish ‎

‎— ustav jamgʻarmasining 30 foizi;‎

erkin sotish, shu jumladan, chet el investorlariga ‎

— ustav jamgʻarmasining 20 foizi.‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat-aksiyadorlik mashina-traktor parkining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va uning ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish”” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi davlat-aksiyadorlik mashina-traktor parkining namunaviy ustavini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashina-traktor parklarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga 1997-yilda respublika budjetidan 1314 mln. soʻm ajratish nazarda tutilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi 1997-yilda respublika budjetiga 685 mln. soʻm qarzni qaytarishdan ozod qilingan, koʻrsatib oʻtilgan summa oʻz aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi korxonalaridan mashina va mexanizmlarni sotib olish tartibini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjaliklardan qishloq xoʻjaligi texnikasini, ularni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish tartibini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashina-traktor parklari tomonidan xorijiy texnikadan foydalangan holda bajariladigan mexanizatsiyalashtirilgan ishlar (xizmatlar) qiymatini, ulardan foydalanishning haqiqiy muddatlarini hisobga olgan holda, aniqlash metodikasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi mayda tovar ishlab chiqaruvchilarga, fermer va dehqon xoʻjaliklariga ularning buyurtmanomalari boʻyicha servis xizmati koʻrsatish masalalari “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasiga yuklansin. Buning uchun mashina-traktor parklari tarkibida ixtisoslashtirilgan boʻlimlar tashkil etilsin, ularni shakllantirishning ahvoli alohida nazorat ostiga olinsin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu masala boʻyicha takliflar bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi “Keys-Korporeyshn” korporatsiyasi bilan respublikada xorijiy qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha “OʻzKeysservis” qoʻshma korxonasi tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma tuzganligi, muassislar ulushlari belgilanganligi (51 foiz — “Keys-Korporeyshn” korporatsiyasi ulushi, 49 foiz — oʻzbekistonlik muassislar ulushi) va shu yil may oyida korxonani tashkil etish boʻyicha taʼsis yigʻilishi oʻtkazish moʻljallanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi buyurtmanomalari boʻyicha amaldagi normalar asosida mashina-traktor parklariga foydalanish ehtiyojlari va texnikaga texnik xizmat koʻrsatish uchun moylash materiallari yetkazib berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “Oʻzmashsanoat” va “Oʻzavtosanoat” uyushmalari “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi texnikasiga ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar ishlab chiqarishni tashkil etish dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi mashina-traktor parklari mexanizatorlari va muhandis-texnik xodimlari chet el texnikasini ishlatish va ularga xizmat koʻrsatish qoidalari boʻyicha muntazam oʻqitilishini tashkil etsin va taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari mashina-traktor parklari shakllanishi va ular faoliyati tashkil etilishiga har tomonlama yordam koʻrsatsinlar hamda ularni qoʻllab-quvvatlasinlar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari mashina-traktor parklari faoliyati uchun shaxsan javob berajaklari toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Q. Gʻ. Obidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 19-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
152-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-martdagi 152-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MTP” davlat-aksiyadorlik jamiyatining namunaviy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-fevraldagi 84-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)