1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Ijro mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Sudyalarning daxlsizligini taʼminlash va tizimda korrupsiyaning oldini olish | ||||
|
1. |
Sud tizimida sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish. |
1. Sudyalarning daxlsizligini taʼminlash, odil sudlov faoliyatiga har qanday aralashuvning oldini olish yuzasidan qatʼiy chora-tadbirlar belgilash. 2. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va sharoitlarini bartaraf etish hamda 2021-yilda sud organlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Sudyalar va sud xodimlarining kasbiy malakasi, maʼnaviyati va masʼuliyatini oshirish, shuningdek, tizimda korrupsiyaning barcha koʻrinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan onlayn oʻquv tashkil etish. 4. Tizimda korrupsiyaga yoʻl qoʻyilishiga omil boʻluvchi har qanday holatlarni tahliliy oʻrganib, bartaraf etish choralarini koʻrish. 5. Korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 6. Sohada korrupsiyaviy holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar haqida OAV orqali keng jamoatchilikni xabardor qilib borish. 7. “Sudyaning maʼnaviyati, odobi va masʼuliyati” nomli kitobni tayyorlash va chop etish. |
2021-yil yanvar -
|
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud
Sudyalar oliy kengashi |
|
II. Malaka hayʼatlarini qaytadan shakllantirish | ||||
|
2. |
Sudyalarning malaka hayʼatlari tarkibini qaytadan shakllantirish. |
1. “Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim qilish. 2. “Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda kiritish. 3. Tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida malaka hayʼati aʼzolarini saylash. 4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida yangi tarkibdagi malaka hayʼatlari faoliyatini boshlash. |
2020-yil 20-dekabrga qadar
2021-yil 15-yanvar |
Sudyalar oliy kengashi
Viloyatlar va unga tenglashtirilgan sudlar malaka hayʼatlari |
|
III. Sudyalik lavozimlariga tanlovning oshkoraligi va ochiqligini taʼminlash | ||||
|
3. |
Ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash jarayonlarining oshkoraligi va ochiqligini taʼminlash. |
1. Kengash faoliyatiga zamonaviy axborot-texnologiyalarni keng joriy qilish. 2. Ilk bor, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash boʻyicha suhbatda beriladigan savollarni avtomatlashtirilgan tizim yordamida tanlashni, shuningdek suhbat jarayonini boshqa nomzodlar monitoring orqali kuzatib turish imkoniyatini yoʻlga qoʻyish. 3. Ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash jarayonlarini Kengash veb-sayti orqali onlayn yoritib borish. |
2021-yil davomida
yanvar
|
Sudyalar oliy kengashi
|
|
4. |
Kengash huzurida oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan sudyalikka nomzodlarning Sudyalar oliy maktabiga kirish va yakunlash imtihonlari natijalaridan norozi boʻlib bergan murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha imtihon komissiyasi tuzish. |
Imtihon komissiyasi faoliyatini tartibga solish boʻyicha nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil mart |
Sudyalar oliy kengashi |
|
IV. Sudyalar faoliyatini baholash mezonlarini takomillashtirish | ||||
|
5. |
Sudyalik lavozimlariga nomzodlar va sudyalarning kasbga munosibligini baholashga koʻmaklashuvchi psixologik test tizimini joriy etish. |
1. Sudyalik lavozimlariga nomzodlar va sudyalarning kasbga munosibligini baholashga koʻmaklashuvchi psixologik test tizimini joriy etishga doir nizomni tayyorlash va qabul qilish. 2. “Psixologik test” elektron dasturini yaratish. 3. Elektron dasturni yoʻlga qoʻyish. |
2021-yil yanvar-fevral 2021-yil mart 2021-yil mart-aprel |
Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi psixologlar uyushmasi
|
|
6. |
Sudyalar faoliyati samaradorligini baholashning elektron tartibini joriy etish. |
1. Sudyalar faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari toʻgʻrisida nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Sudyalar faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha elektron reyting dasturini ishlab chiqish. 3. Sudyalar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari bilan sudyalarni tanishtirish, reytingda ijobiy natijalarga erishish uchun bajarilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha sudyalar orasida seminar mashgʻulotlarini oʻtkazish. 4. Sudyalarning ish faoliyatini elektron dastur orqali baholanishini taʼminlovchi reyting tizimini sinov tariqasida ishga tushirish va mazkur maʼlumotlardan sudyalar hamjamiyatining barcha aʼzolari erkin tanishish imkoniyatini yaratish. 5. Sudyalar ish faoliyati elektron dasturini yoʻlga qoʻyish. |
2021-yil fevral
aprel
|
Sudyalar oliy kengashi, Oliy malaka hayʼati Sudyalar oliy kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sudyalar malaka hayʼatlari Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Sudyalar malaka hayʼatlari Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Sudyalar malaka hayʼatlari |
|
V. Sudyalar va sud faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish | ||||
|
7. |
Sudyalar oliy kengashi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Sudyalar klubini tashkil qilish. |
1. Sudyalar klubining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Sudyalar klubining masʼul aʼzolari tarkibini shakllantirish. 3. Sudyalar klubi faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun elektron platformalarni tashkil qilish. 4. Sud amaliyotidagi moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllash boʻyicha tavsiyaviy xarakterga ega boʻlgan maslahatlar hamda sudyalarning odob-axloq qoidalarini muayyan vaziyatlarda qoʻllanilishi yuzasidan soʻrovlariga tushuntirishlar berib borishni yoʻlga qoʻyish. |
2021-yil yanvar
|
Sudyalar oliy kengashi, Sudyalar assotsiatsiyasi Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Sudyalar assotsiatsiyasi
|
|
8. |
Sudya va faxriy sudyalarni ragʻbatlantirishni yoʻlga qoʻyish. |
1. Odil sudlovni amalga oshirishda samarali faoliyat yuritib, nafaqaga chiqqan hamda nafaqaga chiqib faoliyatini davom ettirayotgan sudyalarni “Sud faxriysi” koʻkrak nishoni bilan; odil sudlovni amalga oshirishda samarali faoliyat yuritgan sudyalarni yil yakuni boʻyicha “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlash boʻyicha nizomlarni tayyorlash va tasdiqlash. 2. “Sud faxriysi” va “Ibratli sudya” mukofotini tayyorlash. 3. Faxriy va ibratli sudyalarning hayoti va ish faoliyatini OAV va televideniye orqali muntazam yoritib borilishini yoʻlga qoʻyish. |
2020-yil dekabr
|
Sudyalar oliy kengashi, Oliy malaka hayʼati, Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti Sudyalar oliy kengashi, Oliy malaka hayʼati, Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti |
|
VI. Sudyalik lavozimiga tayinlashga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish | ||||
|
9. |
Qonun hujjatlariga Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida loyiha tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. |
2021-yil 15-yanvarga qadar |
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud |