Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
19.01.2026
02.09.2025
22.05.2025
08.05.2025
01.05.2025
16.08.2024
26.07.2024
12.06.2023
23.12.2022
22.08.2022 01
11.06.2022
01.03.2022 02
01.03.2022
26.10.2021
29.07.2021
24.02.2021
31.12.2020
01.12.2020
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasini boshqarish, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Enologiya laboratoriyasi” unitar korxonasi zarur zamonaviy laboratoriya anjomlari bilan jihozlanishini va xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazilishini, shuningdek, uzum, mevalar va rezavorlardan alkogolli mahsulotlar tajriba ishlab chiqarishi tashkil etilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 30-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) boshqarish, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamg‘arma Agentlik tizimida yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan subsidiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik huzuridagi “Enologiya laboratoriyasi” va “Uzumchilik o‘quv markazi” davlat unitar korxonalarining sof foydasidan belgilangan tartibda amalga oshiriladigan ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarganlik yoki etil spirti hamda alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi uchun to‘lanadigan jarima summasining 50 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan korxonalar tomonidan litsenziya talablari buzilganligi uchun tayinlanadigan jarimalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘lovining 80 foizi miqdorida, shuningdek, iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishga, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyalar berish uchun to‘lanadigan yig‘imlar va yillik litsenziya to‘lovlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va xalqaro moliya tashkilotlarining kreditlari (qarz mablag‘lari) va grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu bandning uchinchi xatboshisi 2022-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamg‘arma mablag‘lari Agentlik tomonidan belgilangan tartibda ochiladigan g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning texnik navli uzumzorlar va vinochilik sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan kompleks maqsadli dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan, uzum ko‘chatlarini xarid qilish, uzumning seleksiya navlarini yaratish va ularni ekishni tashkil etish bilan bog‘liq vazifalarning samarali bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni tejovchi, shu jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda subsidiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoatbop tokzorlarda irrigatsiya tadbirlarini o‘tkazish, jumladan, suv yetkazib berish, artezian quduqlar, quvurlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos va quvurlar, suv saqlash uchun sig‘imlar sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik navli uzum plantatsiyalarini yaratish hamda uzum, mevalar va rezavorlardan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizidan oshmaydigan foiz stavkasi bo‘yicha qarz berish hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz punktigacha chegirgan holda tijorat banklariga kredit resurslarini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy sharoitda tok o‘simligi to‘qimalaridan (meristema hujayra) “In vitro” usulida yetishtirilgan tok ko‘chatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy qiymatining kamida 15 foizi loyiha tashabbuskori tomonidan moliyalashtiriladigan texnik navli uzumchilik yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bo‘lg‘usi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik navli uzum ko‘chatlarini shpaleraga ko‘tarish uchun subsidiyalar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vinochilik sohasidagi xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, uzum yetishtiruvchilarni, Agentlik va vinochilik korxonalari xodimlarini, shu jumladan, xorijda, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy alkogol, shu jumladan, vino mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha festivallar, ko‘rgazmalar va yarmarkalar tashkil etish, alkogol sohasi korxonalarining, shu jumladan xorijda o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishiga ko‘maklashish hamda ularning bunday tadbirlardagi ishtiroki bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoatbop uzumchilik va vinochilik, yangi turdagi alkogol mahsulotlar ishlab chiqarish va marketingda “nou-xau” bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy loyihalarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik navli uzumlarning onalik maydonlari va kolleksiya uchastkalari, ko‘chatxona (pitomnik)lar barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kolleksion vino va konyak distillyati mahsulotlarini zaxiraga qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar hisobidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasini moliyalashtirish;
(5-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik va uning idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uning markaziy apparatini ta’minlash, shu jumladan, Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, xususan, ustamalar to‘lash, shuningdek, Agentlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tadbirlar.
(5-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5200/0731-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar beriladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda yaratilayotgan texnik navli uzum plantatsiyalarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish. Agar shartnomada ko‘rsatilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilishga sarflangan mablag‘ summasi subsidiyaning qonun hujjatlarida belgilangan miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda, subsidiya shartnomada nazarda tutilgan summada ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaratilayotgan har 10 gektar yer maydonidagi texnik navli uzum plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burg‘ulash qudug‘i, sug‘orish uchun daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv chiqarish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming so‘mdan, ammo 120 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining tegishli dalolatnomasiga asosan ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy sharoitda “in-vitro” usulida yetishtirilgan har bir dona texnik navli tok ko‘chati va payvandtagli tok ko‘chati uchun 5 ming so‘m miqdorida ajratiladi;
(6-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5200/0731-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik navli uzum ko‘chatlarini shpalerga (yog‘och va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) ko‘tarish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir dona shpalerga 15 (o‘n besh) ming so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy sharoitda intensiv usulda yetishtirilgan texnik navli tok ko‘chatlari hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun bir dona ko‘chatga 4 (to‘rt) ming so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiyalar ajratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik navli uzum plantatsiyalarida tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish, burg‘ilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish ishlarini loyihalashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir loyihaga 10 million so‘mgacha miqdorda ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi yashash punktlaridan uzoq hududlarda joylashgan 10 gektardan kam bo‘lmagan lalmi va foydalanishdan chiqqan yerlarda texnik navli uzum plantatsiyalarini tashkil etish uchun qayta tiklanuvchi, muqobil elektr energiyasi (quyosh, suv, shamol) bilan ta’minlash maqsadida talab etiladigan uskunalarni sotib olish xarajatlarning 50 foizigacha, biroq 100 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ishlab chiqaruvchi klasterlar tomonidan eksport qilingan har bir litr uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vino (etil spirti qo‘shilmagan holda) hamda brendi uchun 5 (besh) ming so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vinochilik asbob-uskunalarini xarid qilish xarajatlarining 20 foizi, lekin 300 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda ajratiladi;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-sonli qaroriga asosan yettinchi — o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5200/0731-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) tomonidan ko‘p tomonlama tan olish bitimiga kiritilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda zarur bo‘lgan uskuna va laboratoriya jihozlarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, lekin 500 million so‘mdan oshmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik tushumida tayyor oziq-ovqat mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan hamda har yili qiymati 1 million dollardan ortiq miqdordagi mahsulotlarni eksport qiluvchi mahalliy korxonalar tomonidan injener-texnolog, marketolog, dizayner va xalqaro standartlar bo‘yicha xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ularga hisoblangan ish haqining 30 foizi, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 barobaridan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Subsidiyalarni ajratish tomchilab sug‘orish tizimini joriy qilish, yaratilayotgan uzum plantatsiyalarida suv chiqarish uchun nasos stansiyalari va suv chiqarish uchun burg‘ulash quduqlarini qurish, “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok ko‘chatlari ekish va shpalerga ko‘tarish holati bo‘yicha amalga oshiriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun (6-bandda ko‘rsatilgan maqsadlar bundan mustasno) yuridik shaxslarga qisqa va uzoq muddatli (1 yildan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizidan oshmaydigan foiz stavkasi bo‘yicha qarzlar berish hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz punktigacha chegirgan xolda tijorat banklariga kredit resurslarini ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzlar ajratish Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qarz berish va oldin berilgan qarzlarni qayta ko‘rib chiqish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Berilgan qarzlarning har yillik summasi Jamg‘armaning hisobvaraqlariga tushgan har yillik mablag‘lar umumiy summasining 50 foizidan oshmasligi lozim va qarz ta’minoti sifatida ko‘chadigan va ko‘chmas mulk garovi, uchinchi shaxslarning kafilligi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ta’minot turlari taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mablag‘lardan yanada samarali foydalanish va qo‘shimcha foyda manbaini shakllantirish maqsadida Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi, mablag‘ yo‘naltirilishini hisobga olgan holda ushbu Nizomning 3 va 5-bandlarida nazarda tutilgan maqsadlarga belgilangan tartibda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish va taqsimlash Agentlik direktori tomonidan Jamg‘armaning tasdiqlangan daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agentlik direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma mablag‘larini ushbu Nizom asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlari smetasiga muvofiq tasarruf etadi hamda mablag‘lardan qat’iy belgilangan maqsadlarda samarali foydalanilishi uchun javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan shartnomalarni tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaning oldin berilgan mablag‘lari bo‘yicha, shu jumladan, shartnoma shartlarini qayta ko‘rib tuzish, muddatini uzaytirish va o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari hisobi yuritilishini, Jamg‘arma mablag‘laridan ushbu mablag‘larni oluvchilar tomonidan belgilangan maqsadlarda foydalanish monitoringini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasini bajarish bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni taqdim qiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
(5-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
(6-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Agentlikning kredit berish bo‘yicha tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorligi tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Loyiha tashabbuskorlariga tijorat banklari tomonidan ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga (6-bandda ko‘rsatilgan maqsadlar (subsidiya) bundan mustasno) va shartlarda kreditlar berish maqsadida Agentlik va tijorat bankining bosh apparati o‘rtasidagi bosh kelishuvni tuzish yo‘li bilan Agentlik tomonidan tijorat banklariga moliya resurslari beriladi. Resurs ajratiladigan tijorat banklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining elektron dasturiy ta’minoti orqali aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha tashabbuskorlariga tijorat banklari tomonidan ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga (6-bandda ko‘rsatilgan maqsadlar (subsidiya) bundan mustasno) va shartlarda kreditlar berish maqsadida Agentlik va tijorat bankining bosh apparati o‘rtasidagi bosh kelishuvni tuzish yo‘li bilan Agentlik tomonidan tijorat banklariga resurslar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tijorat banklari hisobidan ajratiladigan kreditlar (Jamg‘arma mablag‘lari bundan mustasno) bo‘yicha bo‘lg‘usi hosil, tokzor yoki ko‘char va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklariga Jamg‘armadan ajratilgan resurslar hisobidan beriladigan kreditlar Agentlik bilan kelishgan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda 2020-yil 1-avgustdan boshlab kreditlar tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz punktigacha chegirmani qo‘llagan xolda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tijorat banki joriy yil davomida resurslarning foydalanilmagan yoki to‘lanmagan qismini Agentlikning hisobvaraqlariga 3 ish kuni mobaynida qaytarib berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga (6-bandda ko‘rsatilgan maqsadlar (subsidiya) bundan mustasno) qarzlarni berish Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qarz berish va oldin berilgan qarzlarni qayta ko‘rib chiqish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishni hisobga olish, hisobot berish va nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Agentlik har bir yo‘nalish bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va harakatiga oid alohida hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Jamg‘armaga majburiy ajratmalarni o‘z vaqtida o‘tkazib berish uchun Jamg‘armaga ajratmalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar rahbarlari shaxsan mas’ul hisoblanadi. Alkogol mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchilar ajratmalarni har oyda, keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay amalga oshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajratmalar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, alkogol mahsulotlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchilar har bir kechiktirilgan kun uchun kechiktirilgan ajratmalar summasining 0,01 foizi miqdorida penya to‘laydi, penya summasi kechiktirilgan majburiyatlar umumiy summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur banddagi majburiyatlar belgilangan muddatda va lozim darajada bajarilmagan taqdirda, Agentlik qarzdorlikni majburiy tartibda undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar to‘g‘risidagi hisobotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan va loyiha tashabbuskorlariga o‘tkazilmagan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida belgilangan tartibda keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarni moliyalashtirish haqidagi bitim qarz shartnomasi shaklida rasmiylashtiriladi. Shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, nizo amaldagi qonun hujjatlari talablari doirasida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Jamg‘arma mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanishni nazorat qilish vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qaroriga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 553-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.09.2025-y., 09/25/553/0796-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-yil, 09/19/571/3401 -son):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash bo‘yicha respublika degustatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-dekabrdagi 1039-son qarorida (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2019-y., 09/19/1039/4232-son):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-bandda “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi vakillari (uch nafar)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi vakillari (besh nafar)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Chora-tadbirlar” ustunidagi “Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son)
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 650-sonli qaroriga asosan 2026-yil 19-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2025-y., 09/25/650/0946-son)
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qaroriga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 30-martdagi 271-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Alkogol va tamaki bozorini samarali tartibga solishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 8-iyundagi 474-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 30-martdagi 271-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 6-apreldagi 203-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarori)” 2020-yil 7-iyuldagi 429-son qaroriga 1-ilovaning 39-bandi.