Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
01.11.2026
21.07.2026
03.03.2025
24.07.2024
14.07.2022
05.04.2022
29.12.2021
11.11.2020
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxiv ishi va ish yuritish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-maydagi PF-5997-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijdan kelib tushgan arxiv hujjatlari boʻyicha soʻrovlar ijrosini taʼminlashning umumiy qoidalarini, arxiv hujjatlari boʻyicha soʻrovlarni qabul qilish tartibini hamda arxiv hujjatlari boʻyicha soʻrovlarni ijro etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan xorijdan kelib tushgan arxiv hujjatlari boʻyicha soʻrovlar ijrosini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 15-son, 168-modda) bilan tasdiqlangan Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 136-bandning beshinchi xatboshisidagi “Oʻzarxiv” agentligi belgilagan va belgilangan tartibda tasdiqlangan tartibda” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Arxivning oʻquv zalida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi, ularning huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi. Arxiv foydalanuvchilarni ushbu Nizom bilan tanishtirishi shart. Foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, arxiv ularga xizmat koʻrsatish vaqti va navbatini belgilashi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 10-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
706-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari (keyingi oʻrinlarda — arxiv) oʻquv zallarida (kinozal, fono hujjat eshitish xonalari va boshqalarda) foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlaridan foydalanish — arxiv hujjatlarini xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, maʼrifiy, taʼlim maqsadida va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda arxivlar tomonidan foydalanuvchilarga taqdim etish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-maʼlumotnoma apparati — arxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni toʻgʻrisida yagona ilmiy-uslubiy asosda tuzilgan, bir-biri bilan bogʻliq, oʻzaro toʻldiruvchi arxiv maʼlumotnomalari majmui (arxivning ilmiy-maʼlumotnoma tizimi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanuvchi — arxiv hujjatlaridan zarur maʼlumotlarni olish va ulardan foydalanish uchun arxivga murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Arxiv xodimlarining foydalanuvchiga xizmat koʻrsatish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlangan boshqa hujjatlar bilan belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Barcha foydalanuvchilar arxiv hujjatlarini kirib koʻrishda teng huquqqa ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻquv zallariga kirish va arxiv hujjatlaridan foydalanish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga muvofiq beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻquv zallarining ish tartibi arxiv rahbariyati tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibi
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar davlat arxivlari tomonidan idoralararo elektron tizimlar orqali aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmaganlar oʻquv zallariga ota-onalari yoki tartibga rioya etishga masʼul boshqa qonuniy vakillari bilan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Barcha foydalanuvchilar ushbu Nizom talablari bilan tanishtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi arxiv soʻrovnomasini toʻldiradilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Chet el fuqarosi boʻlgan foydalanuvchilar davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yozma roziligi bilan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yozma roziligi Oʻzbekistondagi xorijiy davlat elchixonasi, boshqa vakolatli organlar yoki foydalanuvchini rasmiy qabul qiluvchi tashkilot orqali rasmiylashtiriladi. Unda foydalanuvchi doimiy yashaydigan davlat nomi, foydalanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ilmiy darajasi, xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, maʼrifiy, taʼlim va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ishlarni olib borayotganligi va qaysi arxivlarda ishlashi koʻrsatilishi shart.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xorijiy foydalanuvchiga davlat arxivi hujjatlari bilan aniq maqsadlar boʻyicha ishlash uchun yozma roziligi olingandan soʻng xorijiy davlatlarning elchixonasi yoki boshqa vakolatli organ yoxud foydalanuvchini rasmiy qabul qiluvchi tashkilot tegishli davlat arxiviga rasmiy xat taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Rasmiy xatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xorijiy foydalanuvchiga Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlat arxivlarida ishlash uchun roziligi koʻrsatilishi kerak, unda hujjat raqami va sanasi, shuningdek, foydalanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, maʼlumoti, ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi yoki oʻqish joyi, xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, maʼrifiy, taʼlim va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ishlarni olib borayotganligi, izlanish olib borish nazarda tutilgan arxivlar nomi va hujjatlar koʻrsatiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Foydalanuvchiga arxivdagi mavjud ilmiy-maʼlumot apparati (yoʻl koʻrsatkich, roʻyxatlar, kataloglar), shu jumladan kino, foto va fono hujjatlar nusxalari, mikronusxalar, elektron hujjatlar bilan ishlash uchun texnik jihozlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat arxivlarning oʻquv zallarida ishlayotgan foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv zallarining ish tartibi, arxiv tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar va ularni koʻrsatish shartlari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
izlanish maqsadi boʻyicha mavjud hujjatlarning tarkibi va mazmuni, arxiv maʼlumotlari toʻgʻrisida arxiv mutaxassislaridan maslahatlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
izlanish maqsadi boʻyicha hujjatlarni berish va nusxa koʻchirishga cheklovlar, shuningdek, ularning amal qilish muddatlari toʻgʻrisida ogʻzaki yoki yozma axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosma nashrlar saqlovxonalarining bosma nashrlaridan (ilmiy-maʼlumotnoma kutubxonalari, maʼlumotnoma va axborot fondlari) foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
izlanish maqsadi boʻyicha arxiv hujjatlaridan nusxa olishga buyurtma berish, yigʻmajildlar, arxiv hujjatlari, arxiv maʼlumotnomalaridan koʻchirmalar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv rahbariyatining yozma ruxsati bilan boshqa foydalanuvchilarning ishlashiga xalaqit bermagan holda shaxsiy texnik vositalaridan (noutbuk, netbuk, diktofon va boshqalardan) foydalanish yoki arxiv texnik vositalarini ijaraga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
izlanish maqsadiga tegishli ishlanmalar va matnli hujjatlarni arxiv ruxsatnomasiga asosan olib kirish va olib chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat arxivlari oʻquv zallarining ish tartibiga rioya etish, tozalik va tinchlikni saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv zaliga har bir tashrifida qayd etish jurnalida roʻyxatdan oʻtish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrib chiqilgan yigʻmajildlardan foydalanish varaqalarini toʻldirish, unda foydalanish sanasi, ismi, familiyasi, otasining ismi, foydalanish shaklini (nusxa olish, koʻchirma olish, koʻrib chiqish va boshqalar) aks ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv zaliga har bir tashrif yakunida unga taqdim etilgan roʻyxatlar, yigʻmajildlar (saqlov birliklari), arxiv hujjatlari, bosma nashrlarni oʻquv zali xodimiga topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikronusxalar, maxsus axborot tashuvchilardagi hujjatlar bilan ishlashda texnik talablarga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻriqlash xizmati talablariga rioya etish, favqulodda vaziyatlarda (yongʻin, avariya va boshqa xavflar yuzaga kelganda) va boshqa zarur hollarda shaxsiy buyumlarni arxiv xodimlariga koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlariga yetkazilgan shikastlar yoki arxiv hujjatlaridagi yetishmovchiliklar aniqlanganligi toʻgʻrisida tezkor ravishda arxiv va idoraviy arxiv xodimlariga xabar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlaridan olingan maʼlumotlarni buzib koʻrsatish yoki soxtalashtirishga yoʻl qoʻymaslik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Foydalanuvchining qoʻlyozma maʼlumotlari ruxsatnomasiz olib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Arxiv rahbariyati ruxsati bilan foydalanuvchiga tarjimonlar yoki yordamchilar hamroh boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Hamroh boʻluvchi shaxslar oʻquv zallarida ishlash uchun umumiy shartlarga koʻra rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Davlat arxivlarining oʻquv zallari qoidalarini buzgan foydalanuvchi arxivning oʻquv zalida ishlash huquqidan mahrum boʻlishi mumkin. Bu haqida qaror arxiv rahbariyati tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Arxiv hujjatlariga ziyon yetkazish va oʻgʻirlash, shuningdek, arxivga moddiy zarar yetkazgan foydalanuvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2154-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Arxiv hujjatlari, mikronusxalar, bosma nashrlar foydalanuvchilarga buyurtmalar asosida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Arxiv hujjatlari, bosma nashrlar va arxiv maʼlumotnomalari foydalanuvchiga taqdim etilgan materiallarning har biriga buyurtma shaklida kelib tushgan holda beriladi. Buyurtma qilingan materiallarni qabul qilishda foydalanuvchi buyurtma shakliga imzo qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Bir vaqtning oʻzida foydalanuvchiga 5 tagacha roʻyxat, 15 tagacha yigʻmajild/arxiv hujjati (15 tagacha mikronusxa byuksi), xizmat safaridagi foydalanuvchilar uchun 8 tagacha roʻyxat va 20 tagacha yigʻmajild yoki 15 — 20 saqlov birligida uzogʻi bilan 3 soat vaqt mobaynida eshitiladigan kino-foto-fonohujjatlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Buyurtma qilingan yigʻmajildlar va arxiv hujjatlari ikki ish kunigacha muddatda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Oʻquv zalida saqlanayotgan ilmiy-maʼlumot apparati (yoʻl koʻrsatkich, roʻyxatlar, kataloglar) va boshqa bosma nashrlar foydalanuvchiga buyurtma kuni taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Foydalanuvchiga roʻyxatlar besh kun muddatga beriladi. Yagona nusxada boʻlgan, markazlashgan holda saqlanayotgan yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatlar qoidaga koʻra, bir kundan koʻp boʻlmagan muddatga, arxiv rahbari yoki uning oʻrinbosarining ruxsati bilan beriladi va arxiv hujjatlarining aslini berishdagi kabi tartibda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Oʻquv zalida foydalanuvchiga yigʻmajildlar va mikronusxalar bir oy muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida qimmatli hujjatlar (agar ularning foydalanish nusxalari boʻlmasa) foydalanuvchiga ikki haftadan koʻp boʻlmagan muddatga, noyob hujjatlar esa 5 kunga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Foydalanuvchining soʻroviga koʻra oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanish muddati oʻquv zali xodimi tomonidan, alohida qimmatli hamda noyob hujjatlar uchun esa — arxiv rahbariyati tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Foydalanish fondi mavjud boʻlgan qogʻoz koʻrinishidagi asl hujjatlar oʻquv zallariga taqdim etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asl hujjatlar arxiv rahbariyati ruxsati bilan maxsus sharoitlarda (tashqi xususiyatni oʻrganish maqsadida, texnik uskunalar yetishmovchiligi, nusxalar sifatsizligi va boshqalar) berilishiga yoʻl qoʻyiladi, kino-foto-fono hujjatlar foydalanuvchiga nusxa koʻrinishida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Arxiv hujjatlarining saqlanishini va xavfsizligini taʼminlash maqsadida quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv xonalariga portfellar, sport va xoʻjalik sumkalari, soyabon, qoʻl telefonlari va maʼlumot tashish vositalari bilan kirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat, tamaki mahsulotlari va ichimliklar isteʼmol qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv xonalaridan arxiv hujjatlarini olib chiqib ketish, ularni boshqa shaxslarga berish, yigʻmajilddagi varaqlarni boshqalariga qoʻshib yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlardan ruxsatsiz nusxa koʻchirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzoq vaqt hujjatlarni ochiq holda quyosh va elektr nurlaridan himoyasiz qoldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlariga va ularni tashuvchi axborot vositalarining butligiga salbiy taʼsir koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlar bilan ishlashda yelim, skotch, nusxa olish qogʻozi, marker, siyohli ruchka, qaychi va boshqa kesuvchi vositalardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlari maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritish, belgilar qoʻyish, toʻgʻrilash, chizish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Foydalanuvchi tomonidan roʻyxatlar va yigʻmajildlar (saqlov birliklari), arxiv hujjatlarining holati va saqlanishi oʻquv zali xodimi ishtirokida tekshirib qabul qilib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanuvchi arxiv hujjatlaridagi biror-bir kamchilikni, varaqlar yetishmovchiligini, tartib raqami notoʻgʻri ekanligini aniqlasa, oʻquv zali xodimiga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Yigʻmajildlarni (arxiv hujjatlarini) taqdim etishni asosli kechiktirish yoki rad etishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoki fond tashkil etuvchi tomonidan hujjatlar doimiy saqlov uchun topshirilayotganda, hujjatlardan foydalanish boʻyicha cheklov oʻrnatilganda;
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezkor xizmat topshiriqlarini bajarish zarurati (maʼlumotnoma ishlari, fondlarni mavzuli ishlab chiqish, qayta tiklash (restavratsiya) axborot materiallarini tayyorlash, ilmiy-texnik ishlov berish va boshqalar) yuzaga kelganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlari boshqa tashkilotlarga vaqtincha foydalanish uchun taqdim etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlari boshqa foydalanuvchiga taqdim etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtma qilingan yigʻmajild yoki arxiv hujjatlari koʻrgazmada namoyish etilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ilmiy-texnik ishlov berilmagan yigʻmajildlar (arxiv hujjatlari) oʻquv zaliga berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Foydalanuvchi:
1. Shaxsiy tashabbus bilan mustaqil tadqiqot olib borayotgan shaxs.
2. Tegishli tashkilotlarning rejaga muvofiq xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, maʼrifiy, taʼlim va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ishlarni yoki xizmat vazifalarini bajarayotgan shaxs.
3. Chet el fuqarosi boʻlgan foydalanuvchi.
1. Oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish boʻyicha belgilangan tartibda ariza taqdim etadi.
3. Chet el fuqarosi boʻlgan foydalanuvchilar boʻyicha Xorijiy davlatlarning elchixonasi yoki boshqa vakolatli organ yoxud xorijiy foydalanuvchini rasmiy qabul qiluvchi tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yozma roziligini ilova qilgan holda rasmiy xat taqdim etadi.
Xohishiga koʻra
3-bosqich
Foydalanuvchi
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida nizom talablari bilan tanishtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi arxiv soʻrovnomasini toʻldiradi.
2. Arxiv hujjatlari, mikronusxalar, bosma nashrlarga buyurtma beradi.
1. Davlat arxivlari oʻquv zallariga birinchi marotaba tashrif buyurgan kunda
2. Zaruriyatga koʻra
4-bosqich
Davlat arxivlari
Arxiv hujjatlari, mikronusxalar, bosma nashrlar foydalanuvchilarga buyurtmalar asosida taqdim etiladi.
ikki ish kunigacha muddatda
5-bosqich
Foydalanuvchi
Tadqiqot mavzusi oʻzgarganda yoki ruxsatnoma muddati tugaganida yangi ariza taqdim etadi.
Zaruriyatga koʻra
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan xorijdan kelib tushgan arxiv hujjatlari boʻyicha soʻrovlar ijrosini taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan xorijdan kelib tushgan arxiv hujjatlari boʻyicha soʻrovlar ijrosini taʼminlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv — arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiradigan muassasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlari — fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatli boʻlganligi tufayli saqlanishi lozim boʻlgan matnli, qoʻlyozma va mashinada oʻqiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek, boshqa turli moddiy jismlardagi yozuvlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy arxiv — yuridik shaxsning arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv maʼlumotnomasi — yuridik kuchga va soʻrov asosidagi hujjatli maʼlumotga ega boʻlgan, berilayotgan hujjatlarning shifri, saqlov birligi varaqlarining raqamlari koʻrsatilgan, arxiv blankasida tuzilgan arxiv hujjati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi arxivlar, nodavlat arxivlar, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy va vaqtincha yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan arxiv hujjatlari boʻyicha soʻrovlar ijrosini ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha taʼminlaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Arxiv hujjatlari boʻyicha soʻrovlar yuzasidan arxiv maʼlumotnomalari va javob xatlari shakllari Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Soʻrovlarni qabul qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agentlik tizimidagi arxivlar, nodavlat arxivlar, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga xorijiy davlatlardan, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (keyingi oʻrinlarda — MDH) mamlakatlaridan soʻrovlar quyidagi tartibda kelib tushadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarining belgilangan namunadagi soʻrovlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari verbal notalari koʻrinishida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) MDH mamlakatlari pensiya fondlari, Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari Bosh kotiblarining (qarorgohlari, Ijro apparatlarining) soʻrovlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) toʻgʻridan-toʻgʻri chet elda istiqomat qiluvchi fuqarolar, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Isroil, Germaniya va boshqa Ikkinchi jahon urushi davrida jabrlanganlarga kompensatsiya toʻlash masalasi bilan shugʻullanadigan davlatlar notarial idoralari hamda xorijiy nodavlat va nohukumat tashkilotlari soʻrovlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovlar Agentlik va uning tizimidagi arxivlar, nodavlat arxivlar, shuningdek, vazirlik va idoralarga interaktiv xizmatlar yoki ularning rasmiy elektron pochta manzillari orqali ham yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agentlik tizimidagi arxivlar, nodavlat arxivlar, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻy bergan voqea-hodisalar, holatlar toʻgʻrisidagi soʻrovlarni bajaradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovda xorijiy mamlakatlarda sodir boʻlgan holat mavjud boʻlsa, soʻrov hujjatlar saqlanayotgan joyga tegishliligi boʻyicha yuborish uchun murojaatchiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agentlik tizimidagi arxivlar, nodavlat arxivlar, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar fuqarolarning Oʻzbekiston hududidagi mehnat faoliyati, ish haqi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, davolanishda boʻlganligi (gospitaldan tashqari), pensiya olganligi, maʼlumoti, ilmiy darajalar va unvonlar berilganligi, davlat mukofotlari, orden va medallar bilan taqdirlanganligi, jamoat tashkilotlari ishlarida qatnashganligi, evakuatsiya qilinganligi, mulkiy va fuqaroviy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlashga tegishli boshqa hujjatlar toʻgʻrisidagi soʻrovlarini bajaradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agentlik tizimidagi arxivlar vakolatiga kirmaydigan quyidagi soʻrovlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik holati dalolatnomalari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomalar — Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari (keyingi oʻrinlarda — FHDY) organlari tomonidan ularning bajarilishini tashkil etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar qidiruvi (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakolatiga kiradigan qidiruv holatlari bundan mustasno), sobiq SSR Ittifoqi hududida evakuatsiya qilinganlik, Ikkinchi jahon urushi davrida asirlikda hamda getto va konslagerlarda boʻlganlik, shuningdek, sobiq SSR Ittifoqi hududida va xorijiy davlatlarda qabrlarni saqlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etishda amaliy yordam berish boʻyicha — Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyatining Qidiruv xizmatiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida tahsil olgan chet el fuqarolari uchun belgilangan namunadagi maʼlumot toʻgʻrisidagi asl hujjatlarni talab qilib olish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, shuningdek, tizimiga taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1941 — 1945-yillardagi va Afgʻonistondagi urush davrida Oʻzbekiston hududidagi gospitallarda davolanishda boʻlganlik toʻgʻrisida — Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Harbiy-tibbiyot muzeyiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yilga qadar xorijiy mamlakatlarda (Germaniya, Afgʻoniston va boshqalar) armiyadagi xizmat qilganligi toʻgʻrisida — Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Markaziy arxiviga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur masalalar boʻyicha davlat arxivlariga kelib tushgan soʻrovlar besh kundan kechiktirmay taalluqliligi boʻyicha tegishli organlarga, boshqa tashkilotlarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoki elektron shaklda xabar qilinadi. Bunda, kelib tushgan elektron murojaat boʻyicha javob xati murojaat etuvchiga elektron shaklda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovlarni koʻrib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga va tashkilotlarga yuborish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Soʻrovlarni ijro etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agentlik tizimidagi arxivlar, nodavlat arxivlar, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar esa oʻz idoraviy arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar asosida soʻrovlarning ijrosini tashkil qiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning Oʻzbekiston hududidagi mehnat faoliyati, ish haqi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, davolanishda boʻlganlik (gospitaldan tashqari), pensiya olganlik, maʼlumoti, ilmiy darajalar va unvonlar berilganlik, davlat mukofotlari, orden va medallar bilan taqdirlanganlik, jamoat tashkilotlari ishlarida qatnashganlik, evakuatsiya qilinganligi, mulkiy va fuqaroviy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlashga tegishli boshqa hujjatlar toʻgʻrisidagi soʻrovlar Agentlik tizimidagi arxivlar, nodavlat arxivlar, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab 30 kundan oshmagan muddatda bajariladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar bepul amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mavzuli soʻrov boʻyicha taqdim etilgan arxiv maʼlumotnomasi uchun arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlarning narxnomasiga asosan yigʻim undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovlar ijro uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus manzilgohlar va boshqa joylarga majburiy koʻchirilish, surgun qilinish, sudlanganlarning taqdiri hamda ozodlikdan mahrum etish joylarida boʻlganlik toʻgʻrisida — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Davlat xavfsizlik qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Ichki ishlar Xalq komissarligi, Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida xizmat qilganlik, shuningdek, qatagʻon qurbonlarining reabilitatsiyasi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining idoraviy arxiviga va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Tezkor maʼlumotlar boshqarmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston hududida harbiy xizmatni oʻtaganlik, harbiylashgan muassasalar va tashkilotlarda ishlaganlik, harbiy taʼlim muassasalarida oʻqiganlik toʻgʻrisida — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy arxiviga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agentlik tizimidagi arxivlar yoki nodavlat arxivlarga bevosita murojaat etgan, MDH mamlakatlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning soʻrovlari belgilangan tartibda ijro etiladi va arxiv maʼlumotnomalari, javob xatlari arxivlar tomonidan sobiq SSR Ittifoqi davlat arxivlariga nisbatan vorislik toʻgʻrisidagi bitim asosida muallifga mustaqil ravishda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MDH mamlakatlaridan boshqa xorijiy davlatlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning davlat arxivlariga toʻgʻridan-toʻgʻri kelib tushgan har qanday soʻrovlari yuzasidan tayyorlangan arxiv maʼlumotnomalari va javob xatlari Agentlik orqali murojaatchilarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MDH mamlakatlaridan boshqa xorijiy davlatlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning nodavlat arxivlarga toʻgʻridan-toʻgʻri kelib tushgan har qanday soʻrovlari yuzasidan tayyorlangan arxiv maʼlumotnomalari va javob xatlari ushbu arxivlar tomonidan murojaatchiga mustaqil ravishda yoki Agentlik orqali yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan Agentlikka yuborilgan fuqarolarning soʻrovlari davlat arxivlari tomonidan ijro etiladi va javoblar, jumladan arxiv maʼlumotnomalari Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovlar, arxiv maʼlumotlari va boshqa hujjatlar bilan almashish jarayoni Agentlik va boshqa tashkilotlar oʻrtasida idoralararo elektron hujjat almashish tizimlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Mazkur tizimlar orqali yuborilayotgan arxiv maʼlumotnomalari, javob xatlari masʼul shaxslar tomonidan elektron raqamli imzo orqali QR-kod koʻrinishida imzolanadi va ushbu hujjat haqiqiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovlarga javob xatlari va arxiv maʼlumotnomalarini tayyorlashda davlat arxivlari va nodavlat arxivlardagi barcha arxiv hujjatlari sinchkovlik bilan oʻrganiladi, zarur hollarda esa idoraviy arxivlar ham jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Fuqarolarning boshqa davlatlar arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarga oid soʻrovlari yuzasidan tayyorlangan javob xatlari murojaatchilarga ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarda istiqomat qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ularning soʻrovlari ijrosi yuzasidan fuqarolik holati dalolatnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida FHDY organlari tomonidan beriladigan gerbli guvohnomalar va belgilangan xalqaro namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlardan tashqari asl hujjatlar yuborilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asl hujjatlar oʻrniga ushbu hujjatlar asosida tayyorlangan arxiv maʼlumotnomalari va zarur hollarda esa soʻralayotgan hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlikning kelib tushgan soʻrov ijrosi yuzasidan tayyorlagan javobiga asos boʻlgan Agentlik tizimidagi arxivlar, nodavlat arxivlar, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan olingan arxiv maʼlumotnomalari va boshqa hujjatlar MDH mamlakatlaridan boshqa xorijiy mamlakatlarga berib yuborilmaydi, maʼlumotlar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi javob xatlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ular Oʻzbekiston Milliy arxivi tomonidan xorijiy mamlakatlar uchun tegishli namunadagi arxiv maʼlumotnomasi shaklida qayta rasmiylashtiriladi va Agentlikning rasmiy xati bilan ilova shaklida yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agentlik tomonidan qayta rasmiylashtirishda arxiv maʼlumotnomasiga faqat davlat arxivlari, nodavlat va idoraviy arxivlar hujjatlari asosida tasdiqlangan maʼlumotlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxiv maʼlumotnomalari aniq va loʻnda tuziladi. Soʻralayotgan maʼlumotni tasdiqlash uchun zarur boʻlgan arxiv hujjatlarining mavjud emasligi, hujjatlarning saqlanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar arxiv maʼlumotnomasiga kiritilmaydi, bunday maʼlumotlar zarur hollarda kuzatuv xatida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxiv maʼlumotnomasida shaxsning maʼlumotlari, uni ishga tayinlash va ishdan boʻshatish boʻyicha buyruqning raqamlari koʻrsatilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Soʻrovda, verbal notada, xatda berilgan familiya, ism, otasining ismi arxiv hujjatlaridagi maʼlumotlarga mos kelmasa yoki ularda ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan, ulardan biri koʻrsatilgan boʻlsa, ismi, otasining ismining yoyilmasini berish imkoni boʻlmasa, maʼlumotnoma belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va matnda “hujjatda shunday”, “hujjatda koʻrsatilmagan” izohi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Arxiv maʼlumotnomalarini rasmiylashtirishda foydalanilgan hujjatlarning arxiv shifrlari, yaʼni fond roʻyxati, yigʻmajild raqami koʻrsatilmaydi, ular faqat ish yurituvda qoladigan maʼlumotnoma nusxasida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Arxiv maʼlumotnomasi yuqori sifatli A4 formatdagi qogʻoz varagʻida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda, varaqning orqa beti yoki yoyilgan varaqdan foydalanish mumkin. Maʼlumotnoma bir necha varaqlarda tuzilgan boʻlsa, ular tikiladi va tikilgan joyi muhrlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxiv maʼlumotnomalariga oʻchirishlar va tuzatishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxiv maʼlumotnomasi Oʻzbekiston Milliy arxivi direktori tomonidan imzolanadi va arxiv muhri qoʻyilib, maʼlumotnomani qayd raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Arxiv maʼlumotnomasini rasmiylashtirish yoki soʻralgan maʼlumotlarni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar davlat arxivlari, nodavlat va idoraviy arxivlarda boʻlmasa, arxiv maxsus blankasida belgilangan shaklda maʼlumotlar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi javob xati rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladigan xatlarda maʼlumotlar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi javobning sabablari koʻrsatiladi. Mazkur xatda hujjatlar, maʼlumotlar mavjud emasligi va toʻliq boʻlmaganligi maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Arxivlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatiga shaxsan murojaat qilgan MDH mamlakatlaridan boshqa xorijiy mamlakatlar fuqarolarining soʻrovlariga javoblar Agentlikning tushuntirish xati va murojaatchining manzili bilan oʻn ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga tegishli mamlakatlarning elchixonasi yoki vakolatxonasiga va/yoki murojaat muallifiga elektron yoki oddiy pochta orqali yoʻllash uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Soʻrovlar ijrosi yuzasidan tayyorlanadigan arxiv maʼlumotnomalari, agar xalqaro shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, davlat tili yoki rus tilida yoki imkoniyat boʻlgan taqdirda — boshqa maqbul tilda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Xorijiy davlatlardan kelib tushgan ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning hisobi, shuningdek, ularning ijrosi boʻyicha yozishmalarni shakllantirish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari soʻrovlari boʻyicha ish yurituvidan alohida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Agentlik va uning tizimidagi arxivlar, nodavlat arxivlar, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga kelib tushgan soʻrovlar hamda ular tomonidan tayyorlangan arxiv maʼlumotnomalari nusxalari 3 yil saqlanadi va yoʻq qilinishi mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning xorijdan kelib tushgan soʻrovlari ijrosini taʼminlash sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan xorijdan kelib tushgan arxiv hujjatlari boʻyicha soʻrovlar ijrosini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan xorijdan kelib tushgan arxiv hujjatlari boʻyicha soʻrovlar ijrosini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy va vaqtincha yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Xorijiy va xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlat organlari hamda nodavlat va nohukumat tashkilotlari
Quyidagi tartibda soʻrovlar yuboriladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari soʻrovlari, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari verbal notalari — Tashqi ishlar vazirligi orqali;
2. Chet elda istiqomat qiluvchi fuqarolar, MDH mamlakatlari pensiya fondlari, Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari, xorijiy davlatlar notarial idoralari hamda xorijiy nodavlat va nohukumat tashkilotlari — arxivlarga toʻgʻridan-toʻgʻri.
Zaruriyatga koʻra
2-bosqich
“Oʻzarxiv” agentiligi tizimidagi arxivlar, nodavlat arxivlar, idoraviy arxivlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻy bergan voqea-hodisalar, holatlar toʻgʻrisidagi soʻrovlar:
ushbu arxivda saqlanayotgan hujjatlar asosida ijro qilish imkoniyati boʻlsa ijroga qabul qilinadi;
arxivlar vakolatiga kirmaydigan soʻrovlar tegishliligi boʻyicha yuboriladi.
2. Xorijiy mamlakatlarda sodir boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi soʻrovlar tegishliligi boʻyicha yuborish uchun murojaatchiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qaytariladi.
5 ish kunidan kechiktirmay
3-bosqich
“Oʻzarxiv” agentiligi tizimidagi arxivlar, nodavlat arxivlar, idoraviy arxivlar — ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar, boshqa mavzuli soʻrovlar boʻyicha.
Ichki ishlar vazirligining Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasi,Davlat xavfsizlik xizmatining idoraviy arxivi,Mudofaa vazirligining Markaziy arxivi*.
Soʻrovlar boʻyicha arxiv maʼlumotnomasi rasmiylashtiradi hamda:
a) Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgan soʻrovlar boʻyicha — murojaatchiga taqdim etish uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi;
b) arxivlarga toʻgʻridan-toʻgʻri kelib tushgan soʻrovlar boʻyicha:
MDH mamlakatlarida istiqomat qiluvchi/joylashgan murojaatchilarga — mustaqil ravishda yuboradi;
boshqa xorijiy davlatlarda istiqomat qiluvchi/joylashgan murojaatchilarga — tayyorlangan arxiv maʼlumotnomalarini “Oʻzarxiv” agentligiga yuboradi.
30 kundan oshmagan muddatda
4-bosqich
“Oʻzarxiv” agentiligi, Oʻzbekiston Milliy arxivi
Arxiv maʼlumotnomasi Milliy arxivi tomonidan xorijiy mamlakatlar uchun tegishli namunadagi arxiv maʼlumotnomasi shaklida qayta rasmiylashtiriladi;
“Oʻzarxiv” agentligining tushuntirish xati shakllantiriladi hamda murojaatchiga yuboriladi.
10 ish kunidan kechiktirmay
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ichki ishlar vazirligining Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasi — maxsus manzilgohlar va boshqa joylarga majburiy koʻchirilish, surgun qilinish, sudlanganlarning taqdiri hamda ozodlikdan mahrum etish joylarida boʻlganlik toʻgʻrisida, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Ichki ishlar Xalq komissarligi, Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida xizmat qilganlik, shuningdek, qatagʻon qurbonlarining reabilitatsiyasi boʻyicha soʻrovlar boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xavfsizlik xizmatining idoraviy arxivi — Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Davlat xavfsizlik qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlarida xizmat qilganlik toʻgʻrisida soʻrovlar boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mudofaa vazirligining Markaziy arxivi — Oʻzbekiston hududida harbiy xizmatni oʻtaganlik, harbiylashgan muassasalar va tashkilotlarda ishlaganlik, harbiy taʼlim muassasalarida oʻqiganlik toʻgʻrisida soʻrovlar boʻyicha.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2020-y., 09/20/706/1497-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)