10.11.2020 yildagi PQ-4887-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 10.11.2020 yildagi PQ-4887-son
Date of entry into force
11.11.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Ko‘chirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikamizda sog‘liqni saqlash hamda jismoniy tarbiya va sport sohalarini isloh qilish yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu tizimlarni takomillashtirish barobarida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga mazkur sohada davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ahamiyat qaratilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jumladan, 2025-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, 2022-yilga qadar yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish konsepsiyalari hamda sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi va ijroga qaratildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, jismoniy faollik hamda ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, shuningdek yetarli darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik oqibatida yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasi oqibatlaridan olingan saboqlar kasallikning og‘irligi va o‘lim holatlarining katta qismi noto‘g‘ri turmush tarzi tufayli kelib chiqadigan yo‘ldosh kasalliklar bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining sog‘lom ovqatlanishi va jismoniy faolligini ta’minlashda davlat siyosatini yanada mustahkamlash, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, har bir fuqaroda sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik madaniyatini shakllantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2021-yil 1-iyundan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar “A” vitamini bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2 — 10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2022-yil 1-iyuldan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta’minlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2021-yil 1-apreldan boshlab birinchi nav bug‘doy uni bilan bir qatorda oliy nav bug‘doy uni mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda respublika hududida realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bolalarning 5 yoshgacha bo‘lgan davrda optimal rivojlanishi va o‘sishini ta’minlash maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi patronajning universal-progressiv modeli 2022-yil 1-yanvarga qadar bosqichma-bosqich joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
homilador va tug‘ruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalar uchun amaldagi shtatlar doirasida alohida patronaj hamshirasini biriktirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu patronaj hamshirasi tomonidan umumiy holati qoniqarli va xavf guruhidagi aholini aniqlash hamda ular sog‘lig‘ining umumiy holatini differensiallashgan yondashuv asosida kuzatib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy holati qoniqarli bo‘lgan barcha homilador va tug‘ruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalarni yagona me’yor asosida bevosita kuzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruhiy tushkunlik holati, bolaning to‘g‘ri ovqatlanishi va rivojlanishi uchun sog‘lom muhitni ta’minlashda qiyinchiliklari mavjud xavf guruhidagi homilador va tug‘ruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarning har biriga individual reja asosida kengaytirilgan yordam ko‘rsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sirdaryo viloyatining tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida 2021-yil 1-yanvardan boshlab eksperiment tariqasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini yuritish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalari tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik masalalarida yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika budjetidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan zarur moddiy-texnik vositalar bilan jihozlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tuman (shahar) bo‘linmalari shtatlarini qayta ko‘rib chiqish hisobiga shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova) Moliya vazirligi (J.I. Abruyev) bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar eksperiment natijalarini tanqidiy tahlil qilib, uni respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tatbiq etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markaz, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiy xodimlari uchun diyetologiya bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini, aholi uchun ovqatlanish bo‘yicha maslahatchi tayyorlash kurslarini tashkil etish vakolati berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutiga qo‘shimcha ravishda sog‘lom va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari xomashyosining asosiy turlarini kengaytirish, oziq-ovqat mahsulotlarini mikronutriyentlar bilan boyitish, aholining yoshi, jinsi, fiziologik holati, kasbi va kasalliklaridan kelib chiqqan holda sog‘lom va parhezli ovqatlanish hamda profilaktik tibbiyot masalalari bo‘yicha canitariya qoidalari va me’yorlarini tayyorlash, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlar olib borish vazifalari yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-tadqiqot instituti (O‘.X. Adilov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-fevralga qadar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida diyetolog mutaxassislar va ovqatlanish bo‘yicha maslahatchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini tayyorlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-mayga qadar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqotlar instituti bilan birgalikda aholining yoshi, jinsi, fiziologik holati va kasbiga ko‘ra guruhlari uchun tavsiya etiladigan o‘rtacha kunlik ovqatlanish me’yorlari hamda jismoniy mashqlar kompleksini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Markaz (B.T. Odilova) targ‘ibot ishlarini taniqli madaniyat vakillari va sportchilarni jalb qilgan holda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda videorolik shaklida, aholi orasida infografik tarqatma materiallardan foydalangan holda olib borish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin. Bunda, ayniqsa, noto‘g‘ri ovqatlanish va kam harakatlanishning inson salomatligiga salbiy ta’siri, xususan buning oqibatida yuzaga keladigan kasalliklar va ularning asoratlari hamda kasalliklar profilaktikasi va uni davolashda meva va sabzavotlarning xususiyatlari, jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishning inson salomatligiga foydasini yoritishga alohida e’tibor qaratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.I. Ikramov), Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni tizimli amalga oshirishda Markazga yaqindan ko‘maklashsin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov, J.I. Abruyev) 2021-yildan boshlab to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini yuritish bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini, jumladan aholi va tibbiyot xodimlari uchun tarqatma materiallarni tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlarni moliyalashtirish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra Davlat budjetidan mablag‘lar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov) ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, xususan sog‘lom ovqatlanish masalalari bo‘yicha muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalarning tanlovlar asosida shakllantirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilansinki, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Shaxsiy gigiyena va jismoniy tarbiya asoslari” mashg‘ulotlari o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv darslarini qayta ko‘rib chiqqan holda 1 — 4-sinflar uchun “Tarbiya” va “Atrofimizdagi olam” fanlari, yuqori sinflar uchun “Biologiya” fani tarkibida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha “Salomatlik saboqlari” mavzulari kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litsey, professional va oliy ta’lim muassasalarining “Jismoniy tarbiya” fani doirasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot texnikumlarida valeolog, diyetolog, nutritsiolog mutaxassisliklarini tayyorlash, nutritsiolog va diyetolog magistratura (internatura, klinik ordinatura) mutaxassisliklarini 1 yillik o‘quv dasturlari asosida tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat, klinik ordinatura, magistratura, tibbiyot kollejlari va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining barcha yo‘nalishlarida to‘g‘ri ovqatlanish mavzulari alohida siklda o‘qitiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha mutaxassisliklar bo‘yicha vrach va o‘rta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish, qayta tayyorlash kurslari bo‘yicha fan dasturlariga “Sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish mezonlari” mavzulari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Sh. Inoyatov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan o‘quv mashg‘ulotlarini Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Sh. Inoyatov) hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (R.S. Irmatov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) uch oy muddatda malaka oshirish va seminar-mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joy hamda ularni moliyalashtirish manbalarini aniq ko‘rsatgan holda quyidagi dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, jumladan ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlarida faoliyat yurituvchi vrach va o‘rta tibbiyot xodimlarini diyetologiyani chuqurlashtirib o‘rgatgan holda valeologiya bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish;
(10-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarini Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga asosan yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha katta yoshdagi aholiga maslahatlar berish yuzasidan o‘qitish;
(10-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga xodimlari hamda dekretiv guruh vakillari uchun to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi va sanitar-gigiyenik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha seminar-mashg‘ulotlar o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Salomatlik yo‘laklari”da davlat organlari va tashkilotlarining xodimlarini jalb etgan holda piyoda va velosipedda yurish bo‘yicha marafonlar va sport musobaqalarini o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2021-yil 1-oktabrga qadar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini yuritish bo‘yicha tavsiyalari asosida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga oid diagnostika (davolash) standartlari va klinik protokol (qo‘llanma)larni qayta tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2022-yil 1-yanvarga qadar mahallalar kesimida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha “aholining salomatlik profili”ni yaratsin va uni o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qilib borsin. Bunda, aholining ovqatlanish xarakteri, tana vazni indeksi, alkogolli ichimlik va tamakiga qaramlilikning mavjudligi, arterial bosim, qondagi qand miqdori va xolesterin darajasi kabi ko‘rsatkichlarning qamrab olinishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Belgilansinki, oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini ko‘rsatuvchi belgilar bilan tamg‘alash quyidagi tartibda ikki bosqichda joriy etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2021-yil 1-iyuldan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfsizlik belgisi bilan tamg‘alangan oziq-ovqat mahsulotlarining reklamasi imtiyozli tariflar asosida tarqatiladi (joylashtiriladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim, sport va tibbiyot muassasalarida xavfsizlik belgisi bilan tamg‘alanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday mahsulotlarni realizatsiya qilish savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2025-yil 1-yanvardan boshlab respublika hududida realizatsiya qilish uchun olib kiriladigan va mahalliy ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari ularning inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini ko‘rsatuvchi belgilar bilan majburiy tartibda tamg‘alanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdorini hisobga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlarining inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini belgilash davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020 — 2025-yillarda aholida sog‘lom ovqatlanish odatini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020 — 2025-yillarda aholida sog‘lom ovqatlanish odatini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish samaradorligini aniqlash indikatorlari 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021 — 2023-yillarda qabul qilinadigan oziq-ovqat sanoati sohasidagi xalqaro standartlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021 — 2023-yillarda qayta ko‘rib chiqiladigan oziq-ovqat xavfsizligiga oid canitariya qoidalari va me’yorlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorning alohida bandlari ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha harakatlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvardan boshlab oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari milliy standart va me’yorlarga muvofiqligini hamda mahsulot o‘ramidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini xolis o‘rganuvchi “Sifat nazorati” televizion ko‘rsatuvi namoyish etib borilishini ta’minlasin;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Oziq-ovqat mahsulotlari sifat haftaligi” tadbirini 2021-yildan boshlab har yili noyabr oyida o‘tkazishni yo‘lga qo‘ysin.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi “2106 90 980 3” pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2106909803

Mikronutriyenti dlya obogosheniya muki

0

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev, vazir o‘rinbosari E.I. Basitxanova, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i B.Q. Yusupaliyev va Markaz direktori B.T. Odilova belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari L.N. Tuychiyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 10-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4887-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020 — 2025-yillarda aholida sog‘lom ovqatlanish odatini shakllantirish bo‘yicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chora-tadbirlar dasturi

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Mablag‘ miqdori

Moliyalashtirish manbai

Ijro uchun mas’ullar

Ijro mexanizmi

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda xalqaro me’yorlar va standartlarni implementatsiya qilish

1.

Tayyor va yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlari retsepturasini o‘zgartirish, shuningdek davolash va ta’lim muassasalarida, ish joylarida natriyni past miqdorda taqdim etish orqali aholi tomonidan tuz iste’molini kamaytirish.

2021 — 2025-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Chora-tadbirlar dasturi

2.

Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi bo‘yicha amaldagi canitariya qoidalari va me’yorlarini hamda davlat standartlarini va texnik reglamentlarni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — JSST)ning tavsiyalari va Alimentarius Kodeksi normalariga muvofiqlashtirish.

2021 — 2023-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov),
JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Davlat standartlari, texnik reglamentlar, canitariya qoidalari
va me’yorlari

3.

Chakana savdo shoxobchalarida xalq iste’moli tovarlari nazorat xaridini amalga oshirish va tovar (ish, xizmat)larni ekspertizadan (laboratoriya sinovlaridan) o‘tkazish tartiblarini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (D. Kasimov)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

4.

“Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

2020-yil

dekabr

Vazirlar Mahkamasi,
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

Qonun loyihasi

5.

Oliy nav bug‘doy unini vitamin va mikronutriyentlar bilan boyitish bo‘yicha davlat standarti va texnik reglamentni tasdiqlash hamda unni boyitish davlat dasturiga o‘zgartirish kiritish.

Shuningdek, un mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda import qilishga ruxsat berish tartibini o‘rnatish.

2021-yil

yanvar

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
“O‘zdonmahsulot” AK (F. Pulatov),
JSST va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonalari
(kelishuv asosida)

Davlat standarti
va texnik reglament

6.

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish, jumladan unga yuqori malakali va ilmiy salohiyatli kadrlarni jalb etish, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalar, vivariy va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha yangi klinika tashkil etish.

2021-yil

yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (B. Yusupaliyev)

Ijrochilar qarorlari,
zarur hollarda,
normativ-huquqiy hujjat loyihasi

7.

Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar indikatorlarini va reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalar ovqatlanishidagi muammolarni kuzatish imkoniyatini beruvchi statistik hisobotlarning davlat va idoraviy shakllarini qayta ko‘rib chiqish.

2021-yil

I chorak

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov)

Statistik hisobotlar

8.

JSSTning tavsiyalari asosida oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini belgilovchi me’yorlarni ishlab chiqish.

2021-yil

1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
JSST va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonalari
(kelishuv asosida)

Texnik reglament,
canitariya qoidalari
va me’yorlari

9.

Respublika hududida realizatsiya qilish uchun olib kiriladigan va mahalliy ishlab chiqariladigan ozi?-ovqat mahsulotlarini tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori inson sog‘lig‘i uchun foyda yoki zararli ekanligini hisobga olgan holda tamg‘alash bo‘yicha “Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2021-yil

1-mart

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov),
JSST va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonalari
(kelishuv asosida)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

10.

Aholi orasida yod tanqisligining ommaviy profilaktikasini amalga oshirish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini yod bilan boyitish bo‘yicha joriy etilgan davlat standartlari va texnik reglamentlarni takomillashtirish.

2021-yil

II chorak

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
JSST va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonalari
(kelishuv asosida)

Davlat standartlari
va texnik reglamentlar

11.

JSSTning tavsiyalariga asosan bolalarga qaratilgan oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar marketingini tartibga solish.

2021-yil

III chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Ijrochilar qarori

12.

Biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish.

2022-yil

I chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

Ijrochilar qarori

13.

Raqamli va chakana savdo muhitida bolalar va o‘smirlar uchun tuz, qand va yog‘ miqdori belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va kuchli gazlangan, rangli, shirin hamda energetik ichimliklarning marketingini tartibga solish.

2022-yil

II chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

14.

Sog‘lom, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz me’yor doirasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dastur ishlab chiqish.

2022-yil

III chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Ijrochilar qarori,
zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

II. Noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni kamaytirish bo‘yicha profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish

15.

JSSTning xavfsiz ovqatlanishni ta’minlash bo‘yicha “besh kalit dasturi”ni targ‘ib qilish.

2020 — 2025-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov),
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
(B. Musayev),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(A. Ikramov),
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sagdullayev),
JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

16.

Ota-onalar va bolalar uchun interfaol usulda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha “Sog‘lom ovqatlanaylik” turkum ko‘rsatuvlarini tayyorlash va tizimli ravishda efirga uzatish.

2021-yil yanvardan boshlab doimiy

MTRK (A. Xadjayev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(A. Ikramov),
nodavlat telekompaniyalar
(kelishuv asosida)

Teleko‘rsatuv

17.

Aholining yosh, jins, fiziologik holat va kasb bo‘yicha turli guruhlari uchun ovqatlanishning maqbul me’yorlarini ishlab chiqish.

2021-yil
1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
JSST va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonalari
(kelishuv asosida)

Ijrochilar qarorlari

18.

Aholini qarorning 1-bandida nazarda tutilgan vitamin va minerallar bilan bepul ta’minlash bo‘yicha davlat dasturini qabul qilish.

2021-yil
15-fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
JSST va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonalari
(kelishuv asosida)

Hukumat qarori

19.

Quyidagilarni amalga oshirish:

6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;

6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni “A” vitamini bilan;

2 — 10 yoshli bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan;

homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan;

35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan bepulta’minlash. Bunda, 35 yoshgacha bo‘lgan homilador va bola emizuvchi ayollarni alohida me’yor asosida ta’minlash.

2021-yil
1-iyundan boshlab
doimiy

2022-yil
1-iyuldan boshlab doimiy

Hisob-kitoblar asosida

Budjet mablag‘lari,
grantlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
JSST va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolanxonalari
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

20.

Noqulay mehnat sharoiti ishlarida band bo‘lgan ishchilar uchun profilaktik ovqatlantirish normalarini ishlab chiqish.

2021-yil
II chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

Ijrochilar qarorlari

21.

Tibbiyot muassasalarida bemorlar uchun mo‘ljallangan ovqatlanish me’yor va taomnomalarini, jumladan parhez taomlarini qayta ko‘rib chiqish.

2021-yil
II chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Ijrochilar qarorlari

22.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish tizimini takomillashtirish.

Xususan, maktab oshxonalarini sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlari talablariga mos holatga keltirish, taomlar sifati va xavfsizligini nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish.

2021-yil

II chorak

Xalq ta’limi vazirligi(Sh. Shermatov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev)

Normativ-huquqiy hujjat

23.

Umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida band bo‘lgan mutaxassislar uchun sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2021-yil
III chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Targ‘ibot materiallari

24.

Noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha laboratoriya test sinovlari standartlarini qayta ko‘rib chiqish.

Laboratoriya test sinovlari standartlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari laboratoriyalarini zarur uskuna, sarf materiallari va reaktivlar bilan ta’minlash.

2021-yil
III chorak

2021-2022-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun ajratilgan budjet mablag‘lari,
mahalliy budjet mablag‘lari,
grantlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Amaliy
chora-tadbirlar

25.

Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga oid diagnostika va davolash standartlari hamda klinik qo‘llanma va protokollarni to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini yuritish bo‘yicha JSSTning tavsiyalari asosida qayta tasdiqlash.

2021-yil
III chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Davolash
va diagnostika standartlari hamda klinik protokollar

26.

Respublika bo‘yicha patronajning universal progressiv modelini ishlab chiqish yo‘li bilan homilador ayollar va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalariga ovqatlanish masalalari bo‘yicha maslahat berib borish tizimini yaratish.

2021-yil
yanvar —dekabr

1 mln. AQSH doll.

YUNISEF mablag‘lari
(kelishuv asosida)

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
YUNISEFning
O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Universal progressiv modelni amaliyotga
joriy etish

27.

Aholi, xususan bolalar uchun mahalliy meva, sabzavot va boshqa xomashyolar asosida ilmiy asoslangan oziq-ovqat va ichimliklar retsepturalarini ishlab chiqish.

2022-yil
II chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

Retsepturalar ishlab chiqish

III. Ovqatlanish gigiyenasi va uning nutritsiologiya, diyetologiya kabi yo‘nalishlarida kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish hamda sog‘lom ovqatlanishni shakllantirish sohasida ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash

28.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining tibbiy xodimlarini JSSTning tavsiyalariga ko‘ra yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalingan bemorlarni o‘zlarini parvarishlash va o‘z salomatligini nazorat qilishga o‘rgatish bo‘yicha o‘qitish.

2021 — 2025-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(A. Ikramov),
JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

29.

Homilador, emizikli onalar va 2 yoshgacha bolalarning sog‘lom ovqatlanishiga oid JSSTning “Birinchi 1000 kunlik” dasturi asosida shifokor va hamshiralar malakasini oshirish.

2021 — 2025-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),

JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

30.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida JSSTning tavsiyalariga ko‘ra 40 va undan katta yoshdagi fuqarolarda yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning xavf omillarini aniqlash.

2021 — 2025-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

31.

Keng turdagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali respublika aholisining turmush tarzi, ovqatlanishi va yondosh kasalliklariga bog‘liq holatda ularning metabolomikasini o‘rganish.

2021-2022-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Tanlov natijalariga
ko‘ra ajratiladigan mablag‘lar

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
ilmiy-tadqiqot institutlari

Ilmiy-tadqiqot ishlari

32.

Tibbiyot ta’limi tizimida ayol va bolalarning ovqatlanishi bo‘yicha o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish.

Oilaviy shifokor, pediatr, bolalar tor mutaxassislari, akusher-ginekolog, diyetolog va nutritsiologlar tayyorlash dasturlariga reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar, bolalar va o‘smirlarning to‘g‘ri ovqatlanishi mavzusini kiritish.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab

50 ming AQSH doll.

YUNISEF mablag‘lari
(kelishuv asosida)

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(ke�ishuv asosida)

O‘quv dasturlari

33.

Davlat muassasa va tashkilotlarida diyetologiya mutaxassisini jalb qilgan holda tizimli ravishda to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha seminar-mashg‘ulotlar o‘tkazib borish.

2021-yildan boshlab doimiy

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
davlat muassasa
va tashkilotlari

Seminar mashg‘ulotlari

34.

Dekretiv kontingent vakillari uchun sog‘lom turmush tarzi, sanitariya-gigiyena ko‘nikmalarini hosil qilish bo‘yicha maxsus kurslarni tashkillashtirish va tizimli ravishda amalga oshirish.

2021-yildan boshlab doimiy

Ijrochilarning mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
muassasa va tashkilotlar

Seminar mashg‘ulotlari

35.

Nutritsiologiya va diyetologiya mutaxassislarini tayyorlashda diplomgacha, diplomdan keyingi va malaka oshirish dasturlarini qayta ko‘rib chiqish.

2021-yil
I chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

O‘quv dasturlari

36.

Oliy ta’lim muassasalarida “Oziq-ovqat texnologiyasi”, “Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi”, “Oziq-ovqat xavfsizligi”, “Agrobiotexnologiya”, “Meva-sabzovotchilikda biotexnologiya”, “Qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik”, “Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashning an’anaviy hamda innovatsion texnologiyasi va sertifikatsiyasi”, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini sifat va standart nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish.

2021-yil
II chorak

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Veterinariya
va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (B. Norqobilov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
tegishli vazirlik
va idoralar

O‘quv dasturlari

37.

Yoshlar orasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish bo‘yicha global tekshiruv (GYTS) tadqiqot dasturini amalga oshirish.

2021-yil aprel

10 ming AQSH doll.

JSST mablag‘lari (kelishuv asosida)

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Xalq ta’limi vazirligi(Sh. Shermatov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

38.

Bolalar va ayollar holatini baholash bo‘yicha YUNISEFning multiindikatorli “MICS” tadqiqot dasturini amalga oshirish.

2021-yil

sentabr

295,0 ming AQSH doll.

700,0ming AQSH doll.

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lar

YUNISEF mablag‘lari
(kelishuv asosida)

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

39.

Bolalarda semizlikni epidemiologik nazorat qilish bo‘yicha Yevropa tashabbusi (COSI) dasturini 5 yilda bir marta amalga oshirish.

Dastlab 2021/2022 o‘quv yilida

20 ming AQSH doll.

JSST mablag‘lari (kelishuv asosida)

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Turizm va sport vazirligi (A. Karimov),

JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi (kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

40.

O‘zbekiston aholisi orasida JSST va YUNISEFning tavsiya va metodikalari asosida har 5 yilda quyidagilarni nazarda tutuvchi tadqiqotlar o‘tkazish:

anemiya kasalligi, yod, foliy kislotasi va “A” vitamini yetishmasligini o‘rganish;

homilador va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanishdarajasini o‘rganish;

aholi tomonidan tuz iste’mol qilish darajasini o‘rganish;

yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavf omillariring tarqalganlik darajasi va sabablarini o‘rganish.

2022-yildan boshlab

Hisob-kitoblar asosida

Grantlar,
Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(A. Ikramov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
JSST va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonalari
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

IV. Respublika hududida sotish maqsadida tayyorlan?digan va olib kiriladigan oziq-?vqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida

41.

Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi to‘yingan yog‘ kislotalari miqdorini kamaytirish va ularni to‘yinmagan yog‘ kislotalari, transyog‘larni to‘yinmagan yog‘lar bilan almashtirish, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarda erkin qand miqdorini kamaytirish choralarini ko‘rish.

2021 — 2025-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘all�kni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov),
Sog‘�iqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

Davlat standartlari va texnik reglamentlar

42.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha biotexnologik jarayonlarni takomillashtirish, shu jumladan ferment preparatlari va biologik faol moddalar yordamida yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish.

2021 — 2025-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Grantlar, ijrochilar mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

Ilmiy tadqiqotlar

43.

Korxonalarda mahsulotlarning xavfsizlik ko‘rsatkichlarini belgilovchi yangi qabul qilinayotgan davlat standartlari va texnik reglamentlari asosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

2021 — 2025-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

Amaliy
chora-tadbirlar

44.

Oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish zanjirida ishtirok etuvchi korxonalarda xavf-xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari (HACCP) tamoyillari asosida xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish.

2021 — 2025-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A . Xadjibayev),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

Chora-tadbirlar dasturi

45.

Import va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida sanoat transyog‘lari, jumladan texnik palma yog‘i bo‘lmasligi ustidan nazorat o‘rnatish.

2021 — 2025-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (B. Yusupaliyev),
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Sh. Sharaxmetov),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

Amaliy
chora-tadbirlar

46.

Maktab o‘quvchilarining aqliy rivojlanishini o‘rganib borish maqsadida ular orasida har yili IQ-testlarini o‘tkazib borish hamda test natijalarini respublika miqyosida umumlashtirish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Prezident, ijod
va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova)

Amaliy
chora-tadbirlar

47.

Oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlarida ko‘rsatiladigan ma’lumotlarni xalqaro standartlar va Alimentarius Kodeksi umumiy tamoyillariga muvofiqlashtirish.

2021-yil
II chorak

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Texnik reglamentlar

48.

Oziq-ovqat mahsulotlariga umumiy xavfsizlik talablarini belgilovchi “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament”ni ishlab chiqish.

2021-yil

II chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Veterinariya
va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (B. Norqobilov),
O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi
(I. Ergashev),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

49.

JSSTning tavsiyalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyog‘lardan, jumladan palma va kokos yog‘laridan foydalanishni cheklash.

2021-yil
II chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Texnik reglament,
canitariya qoidalari va me’yorlari

50.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida oziq-ovqat mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2021-yil

III chorak

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Veterinariya
va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (B. Norqobilov),
O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi (I. Ergashev)

Tahliliy ma’lumot, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

51.

Ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan oshxonalardagi oshpaz va oshpaz yordamchilari uchun sog‘lom ovqatlanish mavzulari bo‘yicha maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

2021-yil
III chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi

O‘quv kurslar

V. Sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

52.

O‘zbekiston Respublikasining “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq ona suti bilan oziqlantirishning afzalliklari to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish.

2020 — 2025-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov),
“O‘zA” agentligi (A. Ko‘chimov),
MTRK (A. Xadjayev),
nodavlat telekompaniyalar
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

53.

Kasalliklar profilaktikasi, jumladan sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish bo‘yicha qisqa maslahatlar berib borish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda maxsus kanallar ochish.

2020-yil
IV chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

Ijtimoiy tarmoqlarda maxsus kanallar

55.

Xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari va ularni ishlab chiqaruvchilarning ochiq elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2021-yil
III chorak

Hisob-kitoblar asosida

Ijrochilar mablag‘lari,
grantlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (E. Xayitmetov),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

Elektron ma’lumotlar bazasi

56.

Mahallalar kesimida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha “aholining salomatlik profili”ni yaratish.

“Aholining salomatlik profili” asosida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha xavf guruhiga kiruvchi aholi bilan manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.

2022-yil
1-yanvar

Hisob-kitoblar asosida

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratiladigan budjet mablag‘lari,
grantlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Aholining salomatlik profili

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020 — 2025-yillarda aholida sog‘lom ovqatlanish odatini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish samaradorligini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
indikatorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Ko‘rsatkichlar

Ma’lumotlar manbai

2019-yil

2025-yil

Kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligini oshirish

1.

Tug‘ilishdan kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi (ikkala jinsda) (yillarda)

Statistika ko‘rsatkichi

75,1

76,4

2.

Erkaklarning umr ko‘rish davomiyligi (yillarda)

Statistika ko‘rsatkichi

72,8

74,1

3.

Ayollarning umr ko‘rish davomiyligi (yillarda)

Statistika ko‘rsatkichi

77,4

78,7

Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, jumladan to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish va kasalliklar profilaktikasi

4.

Anemiya bilan kasallanish (100 ming aholiga)

Idoraviy statistika hisoboti

5 278,8

4 587,8

5.

Yod yetishmasligi bilan bog‘liq kasallanish (100 ming aholiga)

Idoraviy statistika hisoboti

902,2

760,5

6.

Ichak infeksiyalari bilan kasallanish (100 ming aholiga)

Idoraviy statistika hisoboti

140,8

80,0

7.

Aholi tomonidan iste’mol qilinayotgan kunlik tuz miqdori (gr.)

YUNISEF tadqiqotlari

15,1
(2017-y.)

10,5

8.

Bo‘y o‘sishi kechikishi mavjud bo‘lgan 5 yoshgacha bolalar ulushi (foiz)

YUNISEF tadqiqotlari

8,7

(2017-y.)

6,1

9.

Vazn og‘irligi yetishmasligi mavjud 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushi (foiz)

YUNISEF tadqiqotlari

2,6

(2017-y.)

1,5

10.

Ortiqcha vazni mavjud 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushi (foiz)

YUNISEF tadqiqotlari

4,6

(2017-y.)

4,0

11.

Ortiqcha vaznga ega (BVI≥25 kg/m²) katta yoshdagi aholi ulushi (foiz)

STEPS tadqiqotlari

56,4

56,4 (o‘sishini to‘xtatish)

12.

Semizligi (BVI≥30 kg/m²) mavjud aholi ulushi (foiz)

STEPS tadqiqotlari

23,5

23,5 (o‘sishini to‘xtatish)

13.

Yurak qon-tomir kasalliklarining xavf omillari yuqori bo‘lgan 40 va undan katta yoshdagi aholining ulushi (foiz)

STEPS tadqiqotlari

20,2

20,2 (saqlab qolish)

14.

30 — 69 yoshdagi aholining o‘lim sabablarida yurak qon-tomir kasalliklarining ulushi (foiz)

Davlat statistika hisoboti

52,8

43,0

15.

30 — 69 yoshdagi aholining o‘lim sabablarida saraton kasalliklarining ulushi (foiz)

Davlat statistika hisoboti

15,1

14,0

16.

30 — 69 yoshdagi aholining o‘lim sabablarida qandli diabet kasalligining ulushi (foiz)

Davlat statistika hisoboti

5,7

5,0

17.

30 — 69 yoshdagi aholining o‘lim sabablarida nafas a’zolari surunkali kasalligining ulushi (foiz)

Davlat statistika hisoboti

1,1

0,9

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021 — 2023-yillarda qabul qilinadigan oziq-ovqat sanoati sohasidagi xalqaro standartlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Mahsulot turi

Standart soni

Standart indeksi

2021-yilda — 39 ta standart

1.

Qayta ishlangan meva va sabzavotlar (margimush tarkibini aniqlash, patulin tarkibini aniqlash, tanin tarkibini aniqlash usuli)

20

ISO 17239, ISO 8128-2, ISO 21803, ISO 3959, ISO 5500, ISO 6557-1, ISO 6557-2, ISO 6560, ISO 6636-2, ISO 6636-3, ISO 6637, ISO 7952, ISO 6661, ISO 6638-1, ISO 6638-2, ISO 5377, ISO 6664, ISO 6665, ISO 939, ISO 6477

2.

Yog‘-moy mahsulotlari (linolen kislotaning murakkab va metil efirlari, yog‘ kislotalarining metil efirlarida erkin va umumiy glitserin va mono, di-triglitseridlarni aniqlash)

6

EN 14105, EN 14106, EN 14107, EN 14108, EN 14109, EN 14538

3.

Bolalar uchun sutli aralashmalar (“E” va “A” vitaminlarini aniqlash, “B (12)” vitaminini aniqlash, mio-inozitni aniqlash, umumiy yod miqdorini aniqlash)

5

ISO 20633, ISO 20635, ISO 20636, ISO 21446, ISO 23293

4.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining majburiy dasturlari (oziq-ovqat xavfsizligi uchun zaruriy dasturlar, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashish uchun texnik shartlar)

5

ISO/TS 22002-1, ISO/TS 22002-2, ISO/TS 22002-3, ISO/TS 22002-4, ISO/TS 22002-5

5.

Yog‘siz mahsulotlar (ditiokarbamat va tiuram disulfid qoldiqlarini aniqlash)

2

EN 12396-1, EN 12396-2

6.

Iste’mol uchun arzon oziq-ovqatlar (parhezbop oziq-ovqat mahsulotlari)

1

EN 16814

2022-yilda — 51 ta standart

7.

Qo‘shimchalar tarkibini aniqlash (sulfit, “A” vitamin tarkibini, nitrat, oxratoksin “A”, toksin T-2ni aniqlash)

39

EN 1785, EN 1786, EN 1988-1, EN 1988-2, EN 12823-2, EN 15829, EN 15890, EN 12014-7, CWA 16255, CEN/TS 15634-5, EN 14177, EN 16857, EN 1377, EN 1378, EN 1379, EN 15911, EN 1376, CEN/TS 15634-3, CEN/TS 15634-4, EN 15634-2, EN 17251, EN 1164, CEN/TS 16233-1, CEN/TS 16233-2, CEN/TS 17303, CWA 16960, EN 16924, EN 16995, EN 14332, EN 16801, EN 16802, EN 17266, CEN/TS 17083, EN 16620, EN 17250, EN 16852, EN 15890, EN 16187, EN 16923

8.

Sirka (2H-NMR, C-IRMS sirka kislotalarining tahlili)

5

EN 13188, EN 13189, EN 16466-1, EN 16466-2, EN 16466-3

9.

Don va don mahsulotlari (oxratoksin A miqdorini, xom kleykovina tarkibini, yashirin hasharotlar zararlanishini aniqlash)

4

ISO 16624, ISO 5530-3, ISO 7971-1, ISO 7305

10.

Go‘sht va go‘sht mahsulotlari (umumiy fosfor miqdorini aniqlash, nitritni aniqlash usuli, L-(+) -glutamin kislota miqdorini aniqlash)

2

ISO 4134, ISO 1442

11.

Oziq-ovqat tarkibiy qismlarini aniqlash va texnik mezonlari (oziq-ovqat moddalari uchun texnik mezonlar)

1

ISO/TS 19657

2023-yilda — 68 ta standart

12.

Meva va sabzavot sharbatlari (pHni aniqlash, natriy, kaliy, kalsiy
va magniyni aniqlash, kulning umumiy ishqoriyligini aniqlash)

30

EN 1131, EN 1133, EN 1134, EN 1135, EN 1136, EN 1138, EN 1139, EN 1140, EN 1141, EN 1142, EN 12133, EN 12134, EN 12135, EN 12136, EN 12137, EN 12138, EN 12143, EN 12144, EN 12145, EN 12146, EN 12147, EN 12148, EN 12630, EN 12631, EN 12632, EN 12742, ENV 12140, ENV 12141, ENV 12142, ENV 13070

13.

Qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari (sirop ko‘rinishidagi glukoza,
quruq moddani aniqlash, azot miqdorini Kjeldahl usuli bilan aniqlash,
benzoy va sorbin kislotalarining konsentratsiyalarini aniqlash)

15

ISO 1741, ISO 1742, ISO 1838, ISO 1871, ISO 18787, ISO 13495, ISO 21983, ISO 22855, ISO 2295, ISO 24276, ISO 26642, ISO 6541, ISO 7304-2, ISO 6540, ISO 7002

14.

Sut va sut mahsulotlari (atom emissiyasi spektrometriyasi usuli, sut yog‘ining titrlangan kislotaliligini aniqlash)

8

ISO 15151, ISO 21422, ISO 21424, ISO 23291, ISO 8086, ISO 9874, ISO 5764, ISO 488

15.

Molekulyar biomarker tahlil (SSR kungaboqar tahlili, SSR marker yordamida makkajo‘xori tahlili)

6

ISO/TR 17622, ISO 16577, ISO 16578, ISO 20813, ISO/TR 17623, ISO/TS 16393

16.

Gorizontal molekulyar biomarkerlarni tahlil qilish usullari (genetik o‘zgartirilgan organizmlarni aniqlash uchun tahlil usullari, PCRga asoslangan real vaqtdagi skrining usul)

5

ISO/TS 21569-2, ISO/TS 21569-3, ISO/TS 21569-4, ISO/TS 21569-5, ISO/TS 21569-6

17.

Hayvonlar va o‘simliklarning yog‘ moylari (sterol va stanol tarkibini aniqlash, oksidlanishga chidamlilikni aniqlash)

3

ISO 23349, ISO 6463, ISO 18363-2

18.

Kraxmal (oltingugurt dioksidi tarkibini aniqlash)

1

EN 1185

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021 — 2023-yillarda qayta ko‘rib chiqiladigan oziq-ovqat xavfsizligiga oid canitariya qoidalari va me’yorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Yo‘nalish nomi

SanQvaM soni

shundan:

2021-yil

2022-yil

2023-yil

soni

indeksi

soni

indeksi

soni

indeksi

1.

Fiziologik ehtiyojlar normalari

11

2

№ 0036-95,
№ 0097-00

4

№ 0107-01, № 0126-01, № 0132-02, № 0135-03

5

№ 0140-03, № 0333-16, № 0347-17, № 0348-17, № 0353-18

2.

Oziq-ovqat korxonalari uchun o‘rnatilgan va ishlab chiqarish jarayoni qoidalari

15

2

№ 0048-95, № 0066-96

6

№ 0084-98, № 0265-09, № 0281-09, № 0106-01, № 0290-11, № 0257-08

7

№ 0301-12, № 0309-14, № 0308-14, № 0328-16, № 0344-17, № 0367-19, № 0369-19

3.

Oziq-ovqat mahsulotlari xomashyosi va qo‘shimchalari

3

1

№ 0070-97

1

№ 0338-16

1

№ 0366-19

4.

Oziq-ovqat sifati

8

2

№ 0060-96, № 0067-96

3

№ 0085-98, № 0087-99, № 0093-99

3

№ 0108-01, № 0200-06, № 0362-18

Jami

37

7

14

16

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4887-son qarorining alohida bandlari ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakatlar rejasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Respublika darajasida

Viloyat darajasida

Tuman (shahar) darajasida

1.

Aholini qarorning 1-bandida nazarda tutilgan vitamin, mineral va dori vositalari bilan ta’minlash.

1. Aholini vitamin, mineral va dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

muddat: 3 oy

2. Keyingi yil uchun davlat dasturini moliyalashtirish maqsadida respublika budjetining xarajatlar smetasida zarur mablag‘larni nazarda tutish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (Sh. Shoraxmedov), Moliya vazirligi (J. Abruyev)

muddat: har yili 1-aprelga qadar

1. Davlat dasturi bilan qamrab olinadigan aholi sonining prognoz ko‘rsatkichini tahlil qilish va umumlashtirish.

mas’ullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari, viloyat statistika boshqarmalari

muddat: har yili 1-fevralga qadar

1. Davlat dasturi bilan qamrab olinadigan aholi sonining keyingi yil uchun prognoz ko‘rsatkichini aniqlash.

mas’ullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, tuman (shahar) statistika bo‘limlari

muddat: har yili 1-yanvarga qadar

3. Davlat dasturi bilan qamrab olingan aholining elektron reyestrini shakllantirish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (elektron reyestrni ishlab chiqish A. Azizov, unga kontingentni kiritib borish A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil 1-may

2. Elektron reyestrga kiritilgan aholini tahlil qilish va ular sog‘lig‘ini monitoring qilib borish.

mas’ullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari

muddat: tahlil qilish — har yili 15-aprelga qadar, monitoring qilish — doimiy

2. Elektron reyestrga davlat dasturi bilan qamrab olinadigan aholi kontingentini kiritish.

mas’ullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: dastlab — 2021-yil 15-mart, keyinchalik — kontingent aholi aniqlangan kun davomida

4. Davlat dasturi bo‘yicha zarur vitamin, mineral va dori vositalarini markazlashgan tartibda xarid qilish va hududlarga yetkazish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (Sh. Shoraxmedov)

muddat: har yili 1-iyunga qadar

3. Davlat dasturi bo‘yicha xarid qilingan vitamin, mineral va dori vositalarini birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga yetkazish hamda preparatlarning aholiga manzilli yetkazilishi ustidan nazorat olib borish.

mas’ullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari, viloyat hokimliklari, viloyat prokuraturalari

muddat: yetkazish — tuman (shahar) tibbiyot bo‘limidan talab tushgach 3 kun ichida, nazorat — doimiy

3. Davlat dasturi bo‘yicha hududlarga yetkazilgan vitamin, mineral va dori vositalarini aholiga bevosita yetkazish.

mas’ullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: kontingent aholi aniqlangan kunda

3.

Bolalarning 5 yoshgacha bo‘lgan davrda optimal rivojlanishi va o‘sishini ta’minlash maqsadida patronajning universal-progressiv modelini 2022-yil 1-yanvarga qadar to‘liq joriy etish.

1. YUNISEFning tavsiyalari asosida patronaj hamshiralarini universal-progressiv model bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish dasturini ishlab chiqish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 1 oy

1. Mazkur model bo‘yicha ishlaydigan patronaj hamshiralarini saralab olish.

mas’ullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari

muddat: 2021-yil davomida

1. Mazkur model bo‘yicha ishlaydigan patronaj hamshiralarining nomzodlari bo‘yicha takliflar kiritish.

mas’ullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: har chorak yakunida

2. Hamshiralarni o‘qitish tarmoq rejasini tuzish va unga asosan o‘qitish ishlarini amalga oshirish hamda patronaj hamshirasining yuklamasini qayta ko‘rib chiqish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil davomida

2. Mazkur model bo‘yicha patronaj hamshiralarini dastur bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish.

mas’ullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari, o‘rta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish markazlari

muddat: 2021-yil davomida

2. Mazkur model bo‘yicha ishlaydigan patronaj hamshiralari uchun zarur sharoitlar yaratish.

Hududlar kesimida homilador va tug‘ruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalar reyestrini shakllantirish va ularni belgilangan me’yorlar asosida kuzatib borish

mas’ullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: tarmoq rejasiga muvofiq

4.

Aholiga to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik masalalarida yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib borish bo‘yicha “Sirdaryo eksperimenti”ni o‘tkazish.

1. “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalarini tashkil etish uchun tizimning amaldagi shtat me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

1. “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalarida faoliyat yuritadigan shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarini maxsus dastur bo‘yicha qayta tayyorlash.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati tibbiyot boshqarmasi (R. Yuldashev), Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazining Guliston filiali (M. Qarshiboyeva)

muddat: 2021-yil 1-may

1. Sirdaryo viloyatining tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalarini tashkil etish va jihozlash.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) hokimliklari va tibbiyot birlashmalari

muddat: 2021-yil 1-yanvar

2. “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalari faoliyat yuritadigan shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining funksional vazifalari, tibbiy-sanitariya yordam hajmi va ular faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

2. “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, tibbiyot xodimlari faoliyatini baholash natijalarini tahlil qilish.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati tibbiyot boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: har oyda, 2022-yil 1-iyulga qadar

2. “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalari tibbiyot xodi��lari faoliyati samaradorligini baholab borish.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: har oyda, 2022-yil 1-iyulga qadar

3. Eksperiment natijasini atroflicha tahlil qilib, uni takomillashtirish va respublikaning boshqa hududlariga bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2022-yil 1-iyul

3. Eksperiment natijasini umumlashtirib borish, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati tibbiyot boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: har chorakda, 2022-yil 1-iyulga qadar

3. “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalarida profilaktik tadbirlardan o‘tgan aholining takliflarini umumlashtirish.

mas’ullar: Sirdaryo viloyatining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: doimiy, 2022-yil 1-iyulga qadar

5.

Oziq-ovqat mahsulotlarining inson sog‘lig‘i uchun foyda yoki zararli ekanligini hisobga olgan holda ularni tamg‘alash tizimini joriy etish.

1. Oziq-ovqat mahsulotlarining inson sog‘lig‘i uchun foyda yoki zararli ekanligini hisobga olgan holda ularni tamg‘alash belgilarini ishlab chiqish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi (kelishuv asosida)

muddat: 2021-yil 1-fevral

2. Tamg‘alash belgilarini hisobga olgan holda JSSTning tavsiyalari asosida oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini belgilovchi me’yorlarni ishlab chiqish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi (kelishuv asosida)

muddat: 2021-yil 1-mart

1. “Nazorat xaridi” orqali aniqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash qoidalariga rioya etmaydigan ishlab chiqaruvchilar to‘g‘risida keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari

muddat: doimiy ravishda

1. Oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash qoidalariga rioya etilishini “nazorat xaridi” orqali o‘rganib borish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘limlari, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Sh. Sharaxmetov)

muddat: doimiy ravishda

(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2020-y., 07/20/4887/1496-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son; 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)