ILOVA
|
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Moliyalash-tirish manbai |
Ijro uchun masʼullar | |
|
I. Maktabgacha taʼlim tizimi sifati va samaradorligini oshirish, bolalar qamrovini oshirish va maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini koʻpaytirish | |||||
|
1. |
3 — 7 yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini 65 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovini 82 foizga yetkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish; davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini oshirish; majburiy bepul maktabga tayyorlov hamda qisqa muddatli guruhlar faoliyatini keng yoʻlga qoʻyish; investitsiya dasturi doirasida yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari qurish, boʻsh turgan binolarni foydalanishga topshirish va maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish. |
2022-yil yanvar |
Davlat budjeti va xususiy sektor mablagʻlari |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. |
Maktabgacha taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash, ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish. |
Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. Chora-tadbirlar rejasida Moodle onlayn taʼlim kurslari negizida pedagoglarni masofadan oʻqitishni tashkil etish, pedagoglar uchun oʻquv material va videoroliklar shaklida taʼlim resurslari bazasini shakllantirishni nazarda tutish. |
2021-yil iyun |
Xalqaro tashkilotlar va Davlat budjeti mablagʻlari |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
3. |
Maktabgacha taʼlim tizimida zamonaviy oʻqitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: bolalarning oʻsishi va rivojlanishi, maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishi monitoringini olib borish uchun axborot tizimlarini joriy etish; maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyatlarni va Vatanga muhabbat tuygʻusini rivojlantirish maqsadida respublika hududlarining urf-odatlari va milliy anʼanalaridan kelib chiqib amaldagi taʼlim-tarbiya dasturlarini takomillashtirish; alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun onlayn platforma yaratish; YUNISEF va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda “Onlayn bolalar bogʻchasi” dasturi doirasida mashgʻulotlar majmuini ishlab chiqish; maktabgacha taʼlim xizmatlari uchun elektron toʻlov tizimini keng joriy etish; Maktabgacha taʼlim tizimini elektron boshqarish tizimi (EMIS)ning boshqa vazirlik va idoralar bilan oʻzaro integratsiyasini joriy etish. |
2021-2022-yillar |
– |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
4. |
Maktabgacha, umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim oʻquv dasturlari va fanlarning uzluksizligini taʼminlash. |
Maktabgacha umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim oʻquv dasturlari va fanlar boʻyicha uzluksiz taʼlim konsepsiyasini tasdiqlash. Konsepsiyada quyidagilarni nazarda tutish: maktabgacha, umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim fan dasturlari uzviyligini taʼminlash; taʼlim jarayoniga yangi oʻquv dasturlari va rejalarini �?riy etish. |
2021-yil dekabr |
– |
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
|
5. |
Ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori. Qarorda quyidagilarni nazarda tutish: ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish; xalqaro standartlar va talablar asosida maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning rivojlanishini baholash mezonlari va koʻrsatkichlarini ishlab chiqish; bolaning jismoniy, aqliy, kognitiv va shaxsiy rivojlanishi uchun muhitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish. |
2021-yil aprel |
– |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) |
|
6. |
Maktabgacha taʼlim tashkiloti va bolaning ota-onasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish. |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ota-onalar uchun konsilium markazlarini tashkil etish; konsilium markazlari tarkibida “Yosh onalar maktabi”, “Buvijonlar maktabi”, “Yosh otalar maktabi” faoliyatini keng yoʻlga qoʻyish; “Eng ibratli oila”, “Kitobxon oila” koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish. |
2021-yil sentabr |
– |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) |
|
II. Umumiy oʻrta taʼlim tizimida taʼlim sifatini oshirish, kadrlar salohiyatini koʻtarish va umumtaʼlim muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | |||||
|
7. |
Maktab direktori faoliyatini 3 yillik dastur asosida olib borishi va yil yakuni boʻyicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hisobot berishi tartibini belgilash. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar va kiritish. Qonun loyihasida quyidagilarni nazarda tutish: maktab faoliyatini tashkil etishda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining vakolatlarini belgilash; maktab direktorining hisobotini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitish; maktab direktorini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish masalalarini koʻrib chiqish. |
2021-yil may |
– |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
8. |
Oʻzbek tili grammatikasini oʻqitishni isloh qilish hamda milliy ruhiyatga mos boʻlgan ona tilini oʻqitishning yangi metodikasini ishlab chiqish. |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: |
– |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) | |
|
ona tili fanidan grammatik tushunchalarni soddalashtirish va takomillashtirish; |
2021-yil mart | ||||
|
ona tili fanidan imlo qoidalarini qayta koʻrib chiqish; |
2021-yil may | ||||
|
boshlan�ich sinflarda yozish va oʻqish koʻnikmalarini uygʻunlikda shakllantirish maqsadida ona tili va oʻqish fanlarini yagona darslik asosida oʻqitib borish; 5 — 11-sinflarda ona tili va adabiyot faniga nutq madaniyati va notiqlik sanʼati mavzularini kiritish. |
Nashr rejasiga asosan | ||||
|
9. |
Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasini takomillashtirish. |
Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. Chora-tadbirlar dasturida quyidagilarni nazarda tutish: aniq va tabiiy fanlarni amaliyot bilan bogʻlash; oʻqituvchilar uchun zamonaviy metodik qoʻllanmalar yaratish; oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash, xususiy xulosalardan umumiy xulosalar chiqarish va umumiy xulosalarni xususiy hollarga tatbiq qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mediaresurslar yaratish; tabiiy fanlarni oʻqitishdagi xalqaro tajribani oʻrganish asosida taʼlim jarayonini spiralsimon yoʻnalishda olib borish; magistrlik va doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan olimlarni umumtaʼlim maktablarida dars berishga jalb qilish; pedagogika yoʻnalishlarida taʼlim olayotgan talabalarning amaliyot soatlarini oshirish, amaliyotni asosan chekka hududlarda joylashgan taʼlim muassasalarida oʻtishini taʼminlash. |
2021/2022 oʻquv yili |
– |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
|
10. |
Umumtaʼlim maktablarida darslik va oʻquv-metodik majmualarni tajriba-sinov asosida hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan oʻtkazish tizimini yaratish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori. Qarorda quyidagilarni nazarda tutish: darslik va oʻquv-metodik majmualarni ekspertizadan oʻtkazish; ekspertiza qilish va taqriz berish jarayonida ishtirok etuvchi ekspertlar va taqrizchilar guruhlarini shakllantirish va ularga haq toʻlash; ushbu jarayonga chet ellik mutaxassislarni jalb etishni nazarda tutish. |
2021-yil aprel |
Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
11. |
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 4-sinf bitiruvchilarining oʻqishini kelgusida ixtisoslashtirilgan sinflarda davom ettirish maqsadida ularni saralab olish tizimini joriy etish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori. Qarorda: umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 4-sinf bitiruvchilarining qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash natijalari asosida ularni ixtisoslashgan sinflarda oʻqitishni davom ettirish tizimini joriy etish; umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 4-sinf bitiruvchilarini fanlar boʻyicha saralash va yoʻnaltirish tartibini tasdiqlash; fanlar boʻyicha ixtisoslashtirilgan sinflarga hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va tegishli fanlardan sinovlar oʻtkazish hamda ota-onalarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tuzish va uning vazifalarini belgilash; fanlar boʻyicha ixtisoslashtirilgan sinflarga oʻquvchilarni qabul qilish va ularni chetlashtirish tartiblarini belgilash. |
2021-yil mart |
Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari |
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Davlat test markazi (M. Karimov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova) |
|
12. |
Qorakoʻl tumanidagi Xalqaro matematika maktabining amaliy tajribasi, metodik va metodologik boshqaruv usullarini hududlarda tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan matematika maktablarining taʼlim jarayoniga tatbiq etish. |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: ixtisoslashtirilgan matematika maktablari oʻqituvchilarini Xalqaro matematika maktabiga stajirovkaga yuborish; Xalqaro matematika maktabining mahoratli oʻqituvchilari tomonidan ixtisoslashtirilgan matematika maktablarida mahorat darslarini oʻtkazish; Xalqaro matematika maktabi tajribasini ommalashtirish maqsadida direktorlar malaka oshirish kurslarida mazkur maktabning boshqaruv metodikasini keng yoritish, shu jumladan metodik qoʻllanmalar va videofilmlar yaratish taʼminlanadi. |
2021-yil sentabr |
– |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
13. |
Uzluksiz taʼlim tizimida bir nechta chet tilini oʻrganish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori. Qarorda quyidagilarni nazarda tutish: uzluksiz taʼlim tizimida bir nechta chet tilini oʻrganish konsepsiyasini tasdiqlash; ayrim fanlar chuqurlashtirib oʻqitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda 5-sinfdan, maktab-internat va ijod maktablarida 7-sinfdan boshlab oʻquv rejadagi baʼzi fanlarni tillar, jumladan chet tillariga oʻtkazish hisobidan 2 va undan ortiq chet tillarini oʻqitishni yoʻlga qoʻyish. |
2021-yil oktabr |
– |
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
|
14. |
Umumtaʼlim maktablarida “Tarbiya” fanining nazariy asoslarini ishlab chiqishda buyuk ajdodlarimiz asarlaridan foydalanish. |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: |
Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xojimatov), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov) | |
|
10-11-sinflar uchun moʻljallangan “Tarbiya” fani boʻyicha darsliklarni yaratishda buyuk bobolarimiz asarlaridan keng foydalanish; |
2021-yil avgust | ||||
|
1 — 9-sinflar uchun yaratilgan “Tarbiya” fani darsligini davriylik asosida qayta nashr etishda buyuk bobolarimiz asarlaridan keng foydalangan holda toʻldirib borish. |
Alohida reja boʻyicha | ||||
|
15. |
Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va respublika psixologik-pedagogik tashxis markazi faoliyatini takomillashtirish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori. Qarorda quyidagilarni nazarda tutish: xalq taʼlimi tizimida kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik xizmat koʻrsatish mexanizmini yanada takomillashtirish, ilgʻor tajribalarga asoslangan kasb-hunarga yoʻnaltirishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish; inklyuziv taʼlimni rivojlantirish hamda bolalar, ota-onalar va pedagogik xodimlarga ijtimoiy-psixologik xizmatlar koʻrsatish orqali bolalar uchun xavfsiz inklyuziv oʻquv muhitini yaratish; xalq taʼlimi tizimining quyi boshqaruv organlari va taʼlim muassasalarida Markaz yoʻnalishi boʻyicha faoliyat olib borayotgan metodist-xodimlar, psixologlar, oʻqituvchi-logopedlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimiga zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish; taʼlim muassasalari psixologlariga malaka toifalarini berish, shuningdek, talabgorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini soddalashtirish va xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda takomillashtirish. |
2021-yil yanvar |
– |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) |
|
16. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmasi boshliqlari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlariga bir vaqtning oʻzida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining taʼlim va tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari maqomini berish va ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmasi boshliqlari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlarini maqomiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining maslahatchisiga tenglashtirish. |
2021-yil yanvar |
– |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
17. |
Tuman(shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarini xizmat avtotransport vositalari bilan taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari soniga mutanosib ravishda Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi shaxsan biriktirilgan xizmat avtotransport vositalarning cheklangan sonini oshirish; |
2021-yil may |
– |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov),Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari |
|
Xalq taʼlimi vazirligining hisob-kitoblariga asosan xizmat avtotransport vositalariga “haydovchi” shtat birliklarini ajratish; |
Mahalliy budjetlar | ||||
|
Xalq taʼlimi vazirligi tizimida xizmat avtotransport vositalarning cheklangan soni oshirilishi hisobiga qoʻshimcha belgilangan yoʻl bosish yillik limiti normalaridan kelib chiqib yoqilgʻi mahsulotlarini ajratish; |
Mahalliy budjetlar | ||||
|
tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlariga 1(bir) dona “Neksiya-3” rusumli yengil xizmat avtotransport vositalarini xarid qilish. |
Mahalliy budjet daromadlarining rejasidan orttirilgan qismi | ||||
|
18. |
Yangi umumtaʼlim muassasalari qurilishi uchun joy belgilash va yer maydonlarining ajratilishida hududlardagi aholi uy-joylari qurilishi va infratuzilmaning rivojlanishlarini inobatga olish hamda yangi barpo etilayotgan massivlarning bosh rejasini ishlab chiqishda ushbu hududlarda yangi maktab qurilishini inobatga olish boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligining xulosalarini olishni qatʼiy belgilash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar. Bunda: yangi barpo etilayotgan massivlarning bosh rejasini ishlab chiqishda ushbu hududlarda yangi maktab qurilishini inobatga olish boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligining xulosalari olinishini taʼminlash; yangi hudud va massivlarda qurilayotgan yangi koʻp qavatli binolar qurilishida ularga mutanosib ravishda yangi oʻquvchi oʻrnini yaratish, jumladan har bir xonadon hisobidan kamida 1,5 yangi oʻquvchi oʻrni yaratilishini taʼminlash; umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda Xalq taʼlimi vazirligi qoshidagi “Injiniring kompaniyasi” DUK tomonidan buyurtmachi vazifasini amalga oshirish va qurilish ishlari sifatli bajarilishi ustidan nazorat olib borishga amaliy yordam koʻrsatish. |
Doimiy |
– |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar (shahar va tuman) hokimliklari, Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
19. |
Xalq taʼlimi muassasalarining infratuzilmasini yaxshilash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar. Bunda: |
Mahalliy budjet, homiylik va grant mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) | |
|
xalq taʼlimi muassasalarini ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan taʼminlanganligi, atrofi toʻliq oʻralganligi, hojatxonalar sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi, oshxona (bufet), faollar zali va sport zali mavjudligi boʻyicha xatlovdan oʻtkazish; |
2021-yil yanvar | ||||
|
viloyatdagi mavjud maktab filiallarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish, birinchi navbatda loy-paxsa, xom gʻishtdan qurilgan filiallarni qaytadan |
2021-yil fevral | ||||
|
qurish, qolganlarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilish natijasida ushbu filiallarni toʻlaqonli maktabga aylantirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish; |
|||||
|
xatlov natijasiga koʻra barcha xalq taʼlimi muassasalarini ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan taʼminlash, atrofini toʻliq oʻrash, |
2021 — 2023-yillar | ||||
|
hojatxonalarini sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan holatga keltirish, oshxona (bufeti), faollar zali va sport zali bilan taʼminlash uchun 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan uch yillik hududiy dasturlar ishlab chiqib, Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan xolda Vazirlar Mahkamasiga kiritish; |
|||||
|
tasdiqlangan dastur asosida Manzilli roʻyxatiga tushgan maktablar uchun yillik xarajatlar smetasida mahalliy budjetdan yetarli mablagʻlarni ajratish; |
2021 — 2023-yillar | ||||
|
tasdiqlangan dasturga kiritilgan umumtaʼlim maktablarini ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan taʼminlash, atrofini toʻliq oʻrash, hojatxonalarini sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi, oshxona (bufeti), faollar zali va sport zali bilan toʻliq taʼminlash, hamda filiallar masalalarini toʻla-toʻkis hal qilish choralarini koʻrish. |
2021 — 2023-yillar | ||||
|
20. |
Umumiy oʻrta va kasb-hunar taʼlimi maktablari, akademik litseylar oʻquvchilarini tibbiy-koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlari. Bunda: umumiy oʻrta va kasb-hunar taʼlimi maktablari, akademik litseylar oʻquvchilarini tibbiy-koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish; xatlov natijalariga koʻra oʻquvchilarini tibbiy-koʻrikdan oʻtkazish tartibini buzganlikda aybdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish. |
2021-yil mart |
– |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
21. |
Xalq taʼlimi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarga yuqori malakali xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilish, ularning faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrish. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar va kiritish. Qonun loyihasida jalb etilayotgan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislarni, shuningdek, ularning oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishi, turar joyi boʻyicha vaqtincha propiska qilinishi va vaqtincha propiska muddati uzaytirilishi uchun toʻlanadigan bojlardan ozod qilishni nazarda tutish. Xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislarga Oʻzbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani olmasdan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ishlash huquqini berish. |
2021-yil may |
– |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
22. |
Yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ularni turli yot gʻoya va tahdidlardan asrash, oʻz mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash. |
Qoʻshma chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. Chora-tadbirlar rejasida quyidagilarni nazarda tutish: turli nominatsiyalardan iborat “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy koʻrik-tanlovi nizomi, dasturi va rejasini tasdiqlash; “Islohotlar bilimdoni” mavzusi ostida “Yilning eng faol milliy gʻoya va maʼnaviyat targʻibotchisi”, “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha eng yaxshi kafedra”, “Eng yaxshi guruh murabbiysi”, “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi”, “Eng faol islohotlar targʻibotchisi” nominatsiyalari boʻyicha oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida respublika ilmiy-maʼrifiy koʻrik-tanlovini oʻtkazish. |
2021-yil yanvar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xojimatov) |
|
23. |
Ajdodlarimiz, olim va ulamolarimizning betakror hamda noyob ilmiy-maʼnaviy merosini yosh avlodga sodda, tushunarli va qiziqarli shakllarda yetkazish. |
Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. Chora-tadbirlar rejasida quyidagilarni nazarda tutish: Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy asoslari haqida ilmiy-ommabop asarlar, ijtimoiy roliklar va hujjatli filmlarni yaratish; birinchi va ikkinchi Uygʻonish davri allomalarining buyuk kashfiyotlari, ilmiy jihatdan asoslab berilgan taʼlimotlari mohiyatini ixcham risolalarda aks ettirish orqali keng aholi orasida targʻib etish; telekanallarda “Ajdodlar merosi — kuch-quvvat va ilhom manbai” nomli turkum koʻrsatuvlarni tayyorlash. |
2020-yil dekabr |
– |
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov) |
|
24. |
Buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy-maʼrifiy va madaniy merosini fundamental asosda nashrga tayyorlash, chop etish va keng ommaga yetkazish, shuningdek, uni oʻrganish metodikasini ishlab chiqib, amalda qoʻllash chora-tadbirlarini amalga oshirish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori. Qarorda quyidagilarni nazarda tutish: buyuk mutafakkirlarning ilmiy-maʼrifiy va madaniy merosiga oid asarlarning davriyligi va tematikasi boʻyicha roʻyxatini tasdiqlash; noyob asar va qoʻlyozmalarni oʻrganish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda bu sohada salohiyatli yosh kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish; asar va qoʻlyozmalarni keng qamrovli oʻrganish, tahlil qilish va chop etish, keng ommaga yetkazish mexanizmi va metodikasini ishlab chiqish; oʻrganilgan materiallarni amalda qoʻllash chora-tadbirlarini ishlab chiqish. |
2021-yil mart |
Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari va ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Ahmedov) |
|
25. |
Umumtaʼlim muassasalarining Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari — Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbarlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Qarorda 2021-yil 1-apreldan boshlab umumtaʼlim muassasalarining Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari — Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbarining ish haqi miqdorini umumtaʼlim maktabining oliy maʼlumotli (toifasiz) oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasiga tenglashtirishni nazarda tutish. |
2021-yil mart |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy tarraqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov) |
|
III. Iqtidorli oʻquvchilarni saralash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish | |||||
|
26. |
Xalq taʼlimi tizimining hududiy boshqaruv organlari sifat tarkibini qayta qoʻrib chiqish va yuqori malakali kadrlarni jalb qilish. |
Qoʻshma qarorni qabul qilish. Bunda: Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boshqaruv organlariga yuqori malakali kadrlarni jalb qilish, ularning malakasini doimiy oshirish hamda bilimlarini baholab borish tizimini joriy etish; 2021-yil 1-iyunga qadar Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boshqaruv organlari boshqaruv xodimlarining bilim va koʻnikmalarini baholashni amalga oshirish; baholash natijalariga muvofiq “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi asosida yuqori malakali nomzodlarni tanlov asosida ishga qabul qilishni taʼminlash. |
2021-yil 10-yanvar |
– |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
27. |
Xalq taʼlimi vazirligi qoshidagi fan olimpiadalari va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti faoliyatini takomillashtirish. |
Xalq taʼlimi vazirining buyrugʻini qabul qilish, tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda: |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) | ||
|
iqtidorli oʻquvchilarni saralash (seleksiya) tizimini takomillashtirish maqsadida Ixtisoslashgan maktablar istiqbolini belgilash boʻlimini tashkil etish; |
2020-yil dekabr | ||||
|
ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrgangan xolda milliy va xalqaro olimpiadalarga oʻquvchilarni tayyorlash tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish. |
2021-yil yanvar | ||||
|
28. |
Maktab oʻquvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish. |
Vazirlik buyrugʻini qabul qilish, tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda: “Zakovat”, “Breyn ring”, “Xamsa” kabi intellektual oʻyinlar boʻyicha “Vazir kubogi”, “Hokim kubogi” tadbirlarini tashkil etish; “zakovat.tv” platformasi orqali maktablar oʻrtasida intellektual musobaqalarni tashkil etish. |
2020/2021 oʻquv yili |
– |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
|
29. |
Umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatlash va bilim darajasini baholashning milliy test tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: |
Sertifikatsiya jarayonlarida ishtirok etadigan talabgorlardan undiriladigan toʻlov |
Davlat test markazi (M. Karimov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) | |
|
fanlar boʻyicha testlarni joriy etish boʻyicha aniq reja-grafikni tasdiqlash; |
2020-yil 10-noyabr | ||||
|
soha mutaxassislari, olimlar va amaliyotchi pedagoglarni jalb qilgan holda nazorat materiallarini yaratish. |
Reja-grafikka asosan | ||||
|
30. |
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori. Qaror loyihasida quyidagilarni nazarda tutish: umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish; matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha olimlar, tajribali trener-oʻqituvchilar, respublika va xalqaro olimpiada gʻoliblaridan iborat maslahat kengashlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish; xalqaro fan olimpiadalarida qatnashuvchi terma jamoa aʼzolarining muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash maqsadida oʻquvchilar va trener oʻqituvchilarga ovqatlanish, yotoqxona hamda oʻquv mashgʻulotlari uchun zarur shart sharoitlarga ega boʻlgan. Iqtidorli yoshlar markazini tashkil etish. |
2021-yil mart |
– |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
|
31. |
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari faoliyatini takomillashtirish. |
Chora tadbirlar dasturi. Bunda: Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish; Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari bilimini monitoring qilish mexanizmini ishlab chiqish; ijod maktablarida oʻquvchilarning qiziqishiga oid yoʻnalishlar tarmogʻini kengaytirish; ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ixtisoslik yoʻnalishi boʻyicha yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish; ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar kadrlari uchun zamonaviy maktabni boshqarishga oid yagona malaka talablarini ishlab chiqish; ijod maktablari oʻquvchilarining ijodiy ishlarini sohaga oid gazeta va jurnallarda tizimli ravishda chop etib borish. |
2020/2021 oʻquv yili |
– |
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
32. |
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi tasarrufidagi maktablarga yoshlarni saralash tajribasidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarga iqtidorli yoshlarni saralash hamda oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini ishlab chiqish. |
Qoʻshma qaror loyihasi. Qaror loyihasida quyidagilarni nazarda tutish: Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga yoshlarni saralash tajribasidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarga iqtidorli yoshlarni saralash tartibini; ixtisoslashtirilgan maktablarga matematika, kimyo va biologiya fani oʻqituvchilarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini belgilash. |
2021-yil yanvar |
– |
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (H. Umarova), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi, (R. Davletov) |
|
33. |
Ijod maktablari tizimini takomillashtirish va yanada kengaytirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. Qarorda quyidagilarni nazarda tutish: ijod maktablari tizimini takomillashtirish va yanada kengaytirish boʻyicha 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Davlat dasturini tasdiqlash; respublika hududlarida 33 ta yangi ijod maktablariga Investitsiya dasturi doirasida zamonaviy bino va inshootlar qurish uchun yer ajratish; ijod maktablarini qurish boʻyicha yagona namunaviy loyihalarini ishlab chiqish; ijod maktablarining ixtisoslik yoʻnalishlarini kengaytirish. |
2021-yil mart |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova), Iqtisodiy taraqqiyot |
|
34. |
Oʻquvchilarning qobiliyatini yuzaga chiqarish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan besh muhim tashabbus doirasida axborot texnologiyalari toʻgaraklari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularni zarur vosita va jihozlar bilan toʻliq taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda, Eksimbank (Janubiy Koreya) kredit mablagʻlarining iqtisod qilingan 8,3 mln AQSH doll. mablagʻi hisobidan 720 ta umumtaʼlim muassasalarini kompyuter sinfi toʻplamlari bilan taʼminlash. |
2021-yil davomida |
Mahalliy budjet va grant mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vaz�rlar Kengashi, viloyatlar va ?oshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov) |
|
IV. Oliy va professional taʼlim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirish | |||||
|
35. |
Xalqaro mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, professional taʼlimning mazmuni va sifatini oshirish dasturini ishlab chiqish. |
Chora tadbirlar rejasini tasdiqlash. Bunda: Oliy va professional taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini Taʼlimning Xalqaro Standart Klassifikatori asosida xatlovdan oʻtkazish hamda mutanosiblikni taʼminlash; tarmoqlarning malaka ramkalari darajalariga toʻgʻri keladigan kasb va lavozimlarning roʻyxatini shakllantirish. |
2021-yil avgust |
– |
Vazirlar Mahkamasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
36. |
Professional taʼlim tizimi rahbar va pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori. Qarorda professional taʼlim tizimi rahbar va pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirishni nazarda tutish. |
2021-yil iyun |
Professional taʼlim muassasalariga mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), tizimida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
37. |
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyini fan olimpiadalariga tayyorlash boʻyicha barcha litseylarga tayanch sifatida belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori. Qarorda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining kimyo va biologiya sohasidagi tajribasini inobatga olgan holda, fan olimpiadalariga tayyorlash boʻyicha barcha akademik litseylarga tayanch sifatida belgilash. Chora-tadbirlar dasturi. Bunda: Akademik litseylarning kimyo va biologiya yoʻnalishida tahsil olayotgan iqtidorli oʻquvchilarni tizimli ravishda fan olimpiadalariga tayyorlash Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyini zamonaviy kimyo va biologiya laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash. |
2020-yil dekabr |
Oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida akademik litseylar mavjud oliy taʼlim muassasalari, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) |
|
38. |
Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalar koʻlamini kengaytirish. |
Chora tadbirlar rejasini tasdiqlash. Chora tadbirlar rejasida quyidagilarni nazarda tutish: oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish boʻyicha maqsadli loyihalarni koʻpaytirish; yoshlarni ilmiy loyihalarga jalb qilish tartibini belgilash; 2021-yildan boshlab oliy taʼlim muassasalarida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan loyihalar sonini oshirish; talabalar ilmiy jamoalarini yagona ilmiy portalga birlashtirish orqali Respublika talabalar ilmiy maktablarining raqamli platformasini yaratish; xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy daraja berish Kengashlarini tashkil qilish. |
2021-yil yanvar |
Davl?t budjetidan davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro grantlar va oliy taʼlim muassasalarining mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
39. |
Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy faoliyatni rivojlantirish maqsadida ilmiy laboratoriyalar tashkil qilish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: oliy taʼlim muassasalarida ilmiy laboratoriyalardan jamoaviy foydalanishni tartibga solish; ilmiy laboratoriya toʻplamlarini xarid qilish boʻyicha tender savdolarini oʻtkazish; oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy ilmiy laboratoriya toʻplamlari bilan taʼminlash darajasini yaxshilash; Andijon davlat universitetida kimyo, biologiya va fizika yoʻnalishidagi ilmiy tadqiqotlarni zamonaviy fan yutuqlari asosida olib borish uchun “Ekologiya va eksperimental biologiya” ilmiy laboratoriyasini tashkil etish. |
2021-yil avgust |
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov) |
|
40. |
Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, oʻquv dasturlari va standartlarini optimallashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: |
Oliy taʼlim muassasalarning mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar | |
|
reyting tizimida faoliyat olib borayotgan oliy taʼlim muassasalarini kredit-modul tizimiga oʻtkazish, hududlar kesimida joylashgan ish beruvchi korxonalar takliflarini inobatga olgan holda malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlarini kredit-modul tizimi asosida ishlab chiqish va tasdiqlash; |
2021-yil avgust | ||||
|
maʼnan eskirgan va zamon talablariga javob bermaydigan darslik va oʻquv adabiyotlarini xatlovdan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish; |
2020-yil noyabr | ||||
|
oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida mavjud darslik va oʻquv adabiyotlarini xatlovdan oʻtkazish; |
2020-yil noyabr-dekabr | ||||
|
kredit-modul tizimiga oʻtgan oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan fan dasturlari asosida zarur oʻquv adabiyotlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash; |
2020-yil noyabr-dekabr | ||||
|
xorij tajribasidan kelib chiqib, oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish. |
2021-yildan boshlab bosqichma-bosqich | ||||
|
41. |
Tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: tibbiyot oliy taʼlim muassasalari yuqori kurs talabalari mashgʻulotlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan xususiy tibbiy muassasalarda oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish; tibbiyot oliy taʼlim muassasalari iqtidorli talabalariga oʻquv ishlari prorektori va fakultet dekanlari tavsiyasiga asosan 4-kursdan boshlab davlat tibbiy muassasalarida oʻrta tibbiyot xodimi sifatida kechki navbatchilikda ishlashga ruxsat berish. |
2021-yil yanvardan boshlab |
– |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) |
|
42. |
Oliy taʼlim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash darajasini oshirish. |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: |
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
“Raqamli universitet” axborot tizimini ishlab chiqish orqali oʻquv va ilmiy jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish; |
2021-yil fevral | ||||
|
oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladigan mutaxassislik fanlari dasturlari mazmunini kadrlar buyurtmachilari takliflarini inobatga olib axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sohada qoʻllash boʻyicha mavzular bilan boyitish; |
2021-yil avgust | ||||
|
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini shartnoma asosida qoʻshimcha ravishda oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab | ||||
|
43. |
Oliy taʼlim muassasalari yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ichki startap tanlovlarini tashkil etish. |
Chora tadbirlar rejasini tasdiqlash. Chora tadbirlar rejasida quyidagilarni nazarda tutish: oliy taʼlim muassasalarida startap loyihalar tanlovini tashkil etish, oʻtkazish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom ishlab chiqish; startap loyihalar tanlovlarini har yili oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish; Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va oliy taʼlim muassasalarining innovatsion jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan tanlov gʻoliblari loyihalarini moliyalashtirish. |
2021-yil mart |
Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, oliy taʼlim muassasalarining innovatsion jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
44. |
Yoshlar akademiyasi texnoparklarida mamlakatimiz rivojlanishi uchun ustuvor boʻlgan sohalar boʻyicha startap akseleratorlar va muammoning yechimiga qaratilgan “xakaton”lar tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejasi. Bunda: yoshlar texnoparklarida startap akseleratorlar va har bir hudud muammolarining yechimiga qaratilgan “xakaton”lar tashkil etish tartibini ishlab chiqish; hududlardagi iqtidorli yoshlarni jalb etgan holda startap akseleratorlar va “xakaton”larni tashkil etish; “xakaton”lar natijasida gʻolib deb topilgan takliflarni ishlanmaga yoʻnaltirish; “xakaton”larda gʻolib deb topilgan va startap akseleratorlarga oʻtgan loyihalarni moliyalashtirish. |
2021-yil may |
Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |