Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2025 06.11.2020 yildagi 690-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.11.2020 yildagi 690-son
Date of entry into force
07.11.2020
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli “Rasmiy statistika faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, milliy statistika tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Rasmiy statistikani tayyorlovchilarning statistika uslubiyotlarini auditdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi B.A. Begalov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 6-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
690-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 690-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy statistikani tayyorlovchilarning statistika uslubiyotlarini auditdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom rasmiy statistikani tayyorlovchilarning statistika uslubiyotlarini auditdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy statistika tizimi — rasmiy statistikani birgalikda tayyorlaydigan va tarqatadigan davlat statistika organlari hamda rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy statistikani tayyorlovchi — milliy statistika tizimining bir qismi boʻlgan, statistika maʼlumotlarini rasmiy statistika sohasidagi statistika dasturlariga muvofiq tayyorlaydigan davlat boshqaruvi organi va (yoki) uning boʻlinmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika maʼlumotlari — statistika kuzatuvlari natijasida va/yoki maʼmuriy maʼlumotlar asosida olingan iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy va ekologik xususiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika uslubiyoti — statistika faoliyatini tashkil etishning umum eʼtirof etilgan usullari, qoidalari va prinsiplari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika uslubiyotlarini auditdan oʻtkazish — rasmiy statistikani tayyorlovchilarning statistika maʼlumotlarini tayyorlash bilan bogʻliq faoliyatida qoʻllaydigan uslubiy hujjatlarning umum eʼtirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiqligini baholash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Audit Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan koʻp yillik va bir yillik statistika dasturlariga kiritilgan rasmiy statistikani tayyorlovchilarda (keyingi oʻrinlarda — tayyorlovchi) oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Statistika uslubiyotlari Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan auditdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tayyorlovchining statistika uslubiyotlarini auditdan oʻtkazish Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan statistikani ishlab chiquvchilar bilan kelishgan holda har yili tasdiqlanadigan reja-jadvalga asosan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Audit oʻtkazish, uning natijalarini koʻrib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlar ushbu Nizomga ilova qilinadigan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tayyorlovchida statistika uslubiyotlarini auditdan oʻtkazish har besh yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Auditni oʻtkazish qonuniylik, mustaqillik, xolislik va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Auditning maqsadi va asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Auditning maqsadi Davlat statistika qoʻmitasidan tashqari boshqa tayyorlovchi tomonidan foydalanilayotgan statistika uslubiyotlarini xalqaro standartlarga muvofiqlik yuzasidan baholash hamda ularni yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Audit boshqa tayyorlovchining rasmiy statistika sohasida oʻzlari yoki yuqori organlar tomonidan qabul qilingan uslubiy hujjatlarni baholashni nazarda tutadi hamda Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan, tasdiqlangan va joriy etilgan statistika uslubiyotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar auditning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilayotgan statistika uslubiyotlarini xalqaro standartlarga muvofiqlik yuzasidan baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlanayotgan va eʼlon qilinayotgan statistika maʼlumotlarining foydalanilayotgan statistika uslubiyotlariga mosligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, statistika uslubiyotlarini va statistika maʼlumotlarini tayyorlash faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Audit oʻtkazishni tayinlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat statistika qoʻmitasi har yili 1-dekabrga qadar tayyorlovchining statistika uslubiyotlarini auditdan oʻtkazish boʻyicha kelgusi yil uchun audit oʻtkazish reja-jadvalini (keyingi oʻrinlarda — reja-jadval) tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Reja-jadvalga kiritilgan tayyorlovchi oʻtkaziladigan audit toʻgʻrisida Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan audit boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnomada auditning boshlanish sanasi, baholanadigan yoʻnalishlar va hujjatlarning dastlabki roʻyxati, shuningdek, auditni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Audit oʻtkaziladigan ishlab chiquvchi audit boshlangunga qadar xabarnomada koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarni tayyorlab qoʻyishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tayyorlovchida audit oʻtkazish yuzasidan Davlat statistika qoʻmitasining buyrugʻi chiqariladi. Buyruq bilan audit oʻtkazish dasturi va audit guruhi tarkibi tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Audit oʻtkazish dasturi quyidagilarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audit oʻtkazish maqsadlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audit oʻtkazish sohasi (oʻrganiladigan faoliyat turlari roʻyxati);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audit oʻtkazish sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audit grafigi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audit oʻtkazuvchi masʼul xodim yoki audit guruhining (agar audit oʻtkazish boʻyicha guruh tashkil etilsa) majburiyatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Audit oʻtkazish dasturi tayyorlovchida audit oʻtkazish jarayoniga oid boshqa maʼlumotlarni ham oʻz ichiga qamrab olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Audit oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq hamda audit oʻtkazish dasturi tayyorlovchining rahbariga audit boshlanishidan oʻn kun oldin taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Audit oʻtkazish dasturiga tomonlarning kelishuviga muvofiq audit boshlanishidan oldin va zarur hollarda audit davomida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan auditda ishtirok etish uchun xalqaro ekspertlar, ilmiy jamoatchilik vakillari va boshqa rasmiy statistikani tayyorlovchining malakali mutaxassislari ixtiyoriylik yoki shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Audit oʻtkazilayotgan davrda amalda foydalanilayotgan uslubiy hujjatlarga audit oʻtkazilayotgan tayyorlovchi tomonidan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Audit oʻtkazishning umumiy muddati uch oydan oshishi mumkin emas. Auditni oʻtkazish muddati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilayotgan uslubiyotlarga taalluqli hujjatlarni xalqaro tashkilotlardan olishga va hujjatlarni tarjima qilishga qoʻshimcha vaqt zarur boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrganilishi lozim boʻlgan hujjatlar hajmining koʻpligi sababli auditni oʻtkazish uchun buyruqda koʻrsatilgan muddatga qoʻshimcha vaqt talab qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audit oʻtkazish jarayonida oʻrganilishi talab qilingan qoʻshimcha hujjatlar (axborotlar) toʻliq taqdim qilinmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro va milliy ekspertlar xulosalarini olish zarurati yuzaga kelgan holatlarda uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Audit muddati auditni oʻtkazuvchi guruh rahbarining asoslangan bildirishnomasiga asosan Davlat statistika qoʻmitasi raisining ruxsati bilan uzaytiriladi. Bunda tegishli bildirishnoma auditning muddati tugashidan kamida besh ish kunidan oldin berilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Audit muddati uzaytirilganda Davlat statistika qoʻmitasi raisining bu haqida qoʻshimcha buyrugʻi chiqariladi va audit oʻtkazilayotgan ishlab chiquvchi xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Auditni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Statistika uslubiyotlarini auditdan oʻtkazish bevosita tayyorlovchining binosida, karantinga oid choralar amal qilishi davrida shaxslarning binolarga kirishi cheklangan hollarda yoki ish beruvchining asosiy ish faoliyatiga taʼsir koʻrsatmaslik maqsadida — masofaviy shaklda Davlat statistika qoʻmitasi binosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Audit masofaviy shaklda oʻtkazilgan hollarda barcha zarur hujjatlar tayyorlovchi tomonidan Davlat statistika qoʻmitasiga roʻyxat asosida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning kelishuviga asosan oʻrganiladigan hujjatlarning nusxalari, shu jumladan, elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Audit oʻtkaziladigan tayyorlovchi auditni oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan oʻz vakilini tayinlaydi hamda zarur hujjatlarning audit guruhiga oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Auditni oʻtkazish quyidagi hujjatlar va axborotlarni oʻrganishni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlovchining statistika maʼlumotlarini tayyorlash sohasida foydalanilayotgan statistika uslubiyotlari hamda ularni asoslovchi normativ-huquqiy hujjatlar (buyruqlar, qarorlar, qoʻshma qarorlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika uslubiyotlarini ishlab chiqishda foydalanilgan xalqaro tashkilotlarning uslubiy hujjatlari va tavsiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika uslubiyotlarida qoʻllanilayotgan xorijiy davlatlarning tajribasini asoslovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika maʼlumotlarini tayyorlashda foydalaniladigan birlamchi manbalar (idoraviy hisobot shakllari, soʻrovnomalar, blankalar, kartochkalar, namunaviy jadvallar va boshqalar) hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlangan va tarqatilgan statistika maʼlumotlari (toʻplam, byulleten, broshyura, press-reliz, jadvallar, metamaʼlumotlar va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, statistika uslubiyotlarini yanada takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlarni asoslovchi hujjatlar (konsepsiya, strategiya, chora-tadbirlar, “yoʻl xaritalari” va boshqalar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Audit maqsadidan kelib chiqqan holda zarurat tugʻilganda qoʻshimcha hujjatlar va axborotlar oʻrganilishi mumkin. Tayyorlovchining rahbari ularni audit guruhi soʻroviga asosan taqdim etish choralarini koʻrishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Audit olingan hujjatlar hamda axborotlarning xalqaro va milliy standartlarga muvofiq kelishi yoki kelmasligini aniqlash uchun ularni xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan uslubiy hujjatlar va tavsiyalar bilan solishtirish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrganish zarurati tugʻilgan va xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan uslubiy hujjatlar va tavsiyalar audit oʻtkazuvchilar tomonidan mustaqil ravishda xalqaro tashkilotlardan soʻrov orqali olinishi yoki jahon internet axborot tarmogʻidagi rasmiy manbalardan foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Audit uni oʻtkazuvchilar tomonidan mustaqil ravishda, tayyorlovchi vakillarining ishtirokisiz, olingan hujjatlar va maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlagan holda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Audit oʻtkazish uchun taqdim etilgan barcha ochiq hujjatlar va maʼlumotlar auditda ishtirok etish uchun jalb etilgan milliy va xorijiy ekspertlardan tashqari uchinchi tomonga oshkor etilmasligi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshkor etilishi qonunchilik hujjatlarida taqiqlangan yoki cheklangan hujjatlar va maʼlumotlar auditdan faqat Davlat statistika qoʻmitasining ushbu hujjatlardan foydalanishga tegishli ruxsati boʻlgan masʼul xodimlari tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Audit oʻtkazilayotgan hujjatlarga aniqlik kiritish va tushuntirish olish maqsadida audit oʻtkazilayotgan ishlab chiquvchining masʼul xodimlari Davlat statistika qoʻmitasiga taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Audit oʻtkazish jarayoniga xorijiy ekspertlar masofaviy tarzda jalb etilgan hollarda oshkor etilishi qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan hujjatlar va maʼlumotlar nusxalarining ularga elektron shaklda yuborilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Auditni oʻtkazish muddati audit natijalari toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilgan (imzolangan) kunda tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Audit natijalarini rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Audit natijasiga koʻra ikki nusxada audit dalolatnomasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Audit dalolatnomasida quyidagilar aks ettirilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlovchining statistika maʼlumotlarini tayyorlash boʻyicha faoliyati tahlili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audit davomida qoʻllanilayotgan uslubiyotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan aniqlangan kamchiliklar, ularning paydo boʻlishi sabablari va sharoitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, uslubiy asoslar va statistika maʼlumotlarini tayyorlash faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Audit dalolatnomasiga audit davomida aniqlangan kamchiliklarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Agar audit natijasida kamchiliklar aniqlanmagan boʻlsa, bu haqida audit dalolatnomasida qayd etiladi hamda taqdimnoma rasmiylashtirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Audit dalolatnomasining barcha nusxalari auditni oʻtkazuvchi shaxs (shaxslar) va tayyorlovchining birinchi rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tayyorlovchining birinchi rahbari yoki uning oʻrinbosari audit dalolatnomasini imzolashdan bosh tortgan taqdirda, auditni oʻtkazuvchi bu haqida audit dalolatnomasiga tegishli yozuvni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Audit dalolatnomasining bir nusxasi auditdan oʻtkazilgan tayyorlovchiga tekshiruv tugaganidan keyin uch kun ichida topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditdan oʻtkazilgan tayyorlovchi audit dalolatnomasida bayon etilgan faktlarga va (yoki) audit guruhining xulosalari hamda takliflariga rozi boʻlmagan taqdirda, audit dalolatnomasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Davlat statistika qoʻmitasiga mazkur dalolatnoma boʻyicha umuman yoki uning ayrim holatlari yuzasidan yozma eʼtirozlarini taqdim etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditdan oʻtkazilgan tayyorlovchi oʻz eʼtirozlarining asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini) yozma eʼtirozlarga ilova qilishga yoki kelishilgan muddatda Davlat statistika qoʻmitasiga topshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Audit natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etuvchi harakatlarni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Audit natijalariga koʻra statistika uslubiyotlarida xalqaro standartlarga muvofiqlik yuzasidan kamchiliklar aniqlangan hollarda Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tayyorlovchiga ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdimnoma tayyorlovchiga audit tugaganidan keyin oʻn kun ichida topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdimnomada audit davomida aniqlangan kamchiliklar, ularning paydo boʻlishiga sabab boʻlgan shart-sharoitlar, kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrilishi yuzasidan qarorlar va ularni bajarish muddatlari aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar koʻlamidan kelib chiqqan holda tayyorlovchiga ularni bartaraf etish uchun 12 oygacha muddat belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim hollarda tayyorlovchining asoslangan taklifiga koʻra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taqdimnomada belgilangan muddat Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Auditdan oʻtkazilgan tayyorlovchi taqdimnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan sanadan bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda chora-tadbirlar rejasi yoki “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqishi va maʼlumot uchun Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tayyorlovchi chora-tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”) ijrosi yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-kunigacha Davlat statistika qoʻmitasiga maʼlumot berib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Davlat statistika qoʻmitasi audit natijalari boʻyicha tayyorlovchiga kiritilgan taqdimnomalar hamda ular boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”) ijrosi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Tayyorlovchi taqdimnomada keltirilgan muddatlarda audit davomida aniqlangan kamchiliklarni toʻliq bartaraf etish choralarini koʻradi hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Davlat statistika qoʻmitasiga yakuniy maʼlumotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Davlat statistika qoʻmitasi yakuniy maʼlumotlarni oʻrganadi va oʻrganish yakunlari yuzasidan kamchiliklarni bartaraf etish natijalari boʻyicha xulosa tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Statistika uslubiyotlarini auditdan oʻtkazish natijalari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Statistika kengashi yigʻilishi muhokamasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tayyorlovchining rahbari auditni oʻtkazish uchun kerakli sharoitlarning yaratib berilishi, masʼul vakillarning biriktirilishi, zarur hujjatlar audit guruhiga oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etilishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur choralar koʻrilishi hamda amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida choraklik va yakuniy maʼlumotlar oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Auditni oʻtkazish davomida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy statistikani tayyorlovchilarning statistika uslubiyotlarini auditdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Statistika uslubiyotlarini auditdan oʻtkazish, uning natijalarini koʻrib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Davlat statistika qoʻmitasi

1. Rasmiy statistikani tayyorlovchilarda statistika uslubiyotlarini auditdan oʻtkazish reja-jadvalini tasdiqlash.

Har yili1-dekabrga qadar

2. Auditni Nizomda belgilangan talablar asosida oʻtkazish.

Belgilangan muddatlarda

3. Oʻtkazilgan audit natijalariga koʻra dalolatnoma, zarur hollarda taqdimnoma tuzish va tayyorlovchiga taqdim etish.

Audit yakunlangandansoʻng 10 kun muddatda

2-bosqich

Tayyorlovchi

1. Taqdimnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Taqdimnomada belgilangan muddatlarda

2. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisida choraklik va yakuniy maʼlumotni Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etish.

Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-kunigacha

3-bosqich

Davlat statistika qoʻmitasi

1. Audit natijalari boʻyicha kiritilgan taqdimnomalar ijrosi yuzasidan monitoring olib borish.

Doimiy ravishda

2. Tayyorlovchi tomonidan taqdim etilgan yakuniy maʼlumotlarni oʻrganish va oʻrganish yakunlari yuzasidan kamchiliklarni bartaraf etish natijalari boʻyicha xulosa tuzish.

Maʼlumot olingandan soʻng10 kun muddatda

3. Audit natijalari va koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Statistika kengashi yigʻilishi muhokamasiga kiritish.

Yil yakuni boʻyicha

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 690-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 3-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat statistikasini” soʻzlari “rasmiy statistikani” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Statistika kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 36-son, 955-modda) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisida
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat statistika qoʻmitasi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat statistika qoʻmitasi, rasmiy statistika sohasida rivojlanishning milliy va mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda ilmiy metodologiyaga, xalqaro standartlar va qoidalarga asoslangan yaxlit milliy statistika tizimini yaratishga va uning faoliyat koʻrsatishiga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, rasmiy statistikadan foydalanuvchilar, shu jumladan, xorijiy foydalanuvchilarni ishonchli va rasmiy statistika maʼlumotlari bilan taʼminlovchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat statistika qoʻmitasi rasmiy statistikani shakllantirish bilan bogʻliq oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat statistika qoʻmitasi tizimiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasining markaziy apparati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat statistika qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat statistika qoʻmitasi oʻz faoliyatini boshqa davlat organlari va yuridik shaxslar bilan oʻzaro hamkorlikda, shu jumladan, idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat statistika qoʻmitasi oʻz faoliyatini har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat statistika organlarining qonuniy faoliyatiga, shu jumladan, rasmiy statistika hisobotlari va kuzatuvlarini oʻtkazish hamda ularni nashr qilish va eʼlon qilish jarayonlariga har qanday aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat statistika qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, qisqartirilgan nomi — Davlat statistika qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ingliz tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — The State Committee of the Republic of Uzbekistan on Statistics, qisqartirilgan nomi — The State Committee on Statistics;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) rus tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po statistike, qisqartirilgan nomi — Goskomstat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat statistika qoʻmitasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat statistika qoʻmitasining joylashgan joyi (pochta manzili): 100170, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 63-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat statistika qoʻmitasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagilar Davlat statistika qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy statistika sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, rasmiy statistikani tashkil etishning samarali tizimini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy statistika sohasini muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan yagona statistika metodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-iqtisodiy va demografik hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari toʻgʻrisidagi statistika axborotlarini yigʻish, qayta ishlash, toʻplash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va eʼlon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini belgilangan tartibda statistika axboroti bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish, statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalar tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistikasi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarning respublikaning rivojlanishini toʻliq tavsiflovchi va iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining rivojlanishidagi, shuningdek, aholi turmush darajasidagi sifat oʻzgarishlarini yanada toʻliq ochib beruvchi koʻrsatkichlarning keng roʻyxatidan erkin foydalanishlarini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati va uning tarkibiy boʻlinmalarining ish usullari va shakllarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga oʻz vaqtida munosabat bildirish, yuklangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning masʼuliyatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Davlat statistika qoʻmitasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) rasmiy statistikasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va bajarish, statistikani tashkil qilishning samarali tizimini taʼminlash va rasmiy statistika sohasini muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistik maʼlumotlardan foydalanuvchilarning talablarini oʻrganishni hisobga olgan holda istiqbolli maqsadlar va yoʻnalishlarni, rasmiy statistikani rivojlantirish uchun kadrlar bilan va moliyaviy taʼminlashni belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika ishlari dasturini ishlab chiqadi, Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Statistika kengashi va Jamoatchilik kengashi bilan kelishilishini taʼminlaydi hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tahliliy salohiyatni mustahkamlash, Davlat statistika ishlari dasturining mazmunini doimiy ravishda takomillashtirish, uning mamlakat va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, tarkibiy va bozor islohotlari, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida islohotlarning borishini tavsiflovchi tegishli maqsadli koʻrsatkichlar bilan oʻzaro bogʻliqligini oshirish boʻyicha zarur choralarni koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy statistika tamoyillariga rioya etilishini va xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan statistik metodologiyaning yagonaligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy statistikani tashkil etish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi, rasmiy statistika faoliyati masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va tegishli organlarga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro statistika tashkilotlari va xorijiy mamlakatlarning statistika organlari bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda bitimlar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlar Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portalida oʻz vaqtida aks ettirilishi boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan yagona statistika metodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy, tarmoq va hududiy darajalarda oʻrganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning qamrovini kengaytirishga qaratilgan statistik maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashning zamonaviy metodologiyasi va metodikalarini keng joriy etish yoʻli bilan statistik kuzatuvlar tizimini qabul qilingan xalqaro amaliyotga yanada moslashtirishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va joriy etadi, statistika kuzatuvlarini oʻtkazish usullarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy statistika sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan davlat va idoraviy statistika kuzatuvlari tizimini maqbullashtirish yoʻli bilan xolisona, sifatli va talab yuqori boʻlgan hisobot maʼlumotlari tayyorlanishini, tanlanma statistika kuzatuvlari sonini va natijalarining ishonchliligi bosqichma-bosqich oshirilishini muvofiqlashtiradi, idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika sohasida tadqiqot ishlarini, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatlar reyting baholarini tuzish uchun foydalaniladigan axborot manbalarini oʻrganishni tashkil etadi va amalga oshiradi, ular asosida shakllantiriladigan va tarqatiladigan statistik koʻrsatkichlar tarkibini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat ehtiyojlariga muvofiq rasmiy statistika sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, xalqaro tavsiyalar asosida koʻrsatkichlarni hisoblash metodikalarini doimiy ravishda takomillashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ijtimoiy-iqtisodiy va demografik hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari toʻgʻrisidagi statistik axborotlarni yigʻish, qayta ishlash, toʻplash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va eʼlon qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika ishlari dasturining bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatni, uning mintaqalarini, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi yuzasidan davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika hisobotlarini elektron shaklda, zarur hollarda qogʻozda yigʻishni, uy xoʻjaliklarini statistik kuzatishni, roʻyxatdan oʻtkazishlarni, bir martalik hisobga olishlarni, soʻrovlarni va boshqa kuzatuvlarni tashkil etadi va taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning statistik hisob-kitoblarini amalga oshiradi hamda mamlakatdagi eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning dastlabki statistik tahlilini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika, hisobot koʻrsatkichlarining va oʻtkazilgan tanlanma kuzatuvlar natijalarining tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini, statistik axborotlarning qulayligi, ochiq-oydinligi va oshkoraligini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika ishlarini tashkil etishning statistik axborotlarini yigʻish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining har qanday aralashuvini istisno qiladigan tizimni yaratish chora-tadbirlarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga elektron hujjat shaklidagi davlat statistika kuzatuvlari shakllarini tuzish va taqdim etish uchun maxsus dasturiy taʼminotdan bepul foydalanish imkonini beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ishonchli davlat statistika hisobotlarini taqdim etishda har tomonlama koʻmaklashadi, statistik maʼlumotlarni taqdim etish sohasida huquqiy madaniyatni oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olishning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqadi, statistik nazoratni amalga oshirishning zamonaviy usullarini joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-statistik maʼlumotlar bazasini, statistik registrlarni, veb-saytlarni shakllantiradi, yuritadi va yangilab boradi, foydalanuvchilarga ulardan foydalanishga doir tushuntirishlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan statistik maʼlumotlarning maxfiyligini va davlat sirlariga ega boʻlgan statistik maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq statistika organlari faoliyati jarayonida yuzaga kelgan arxiv hujjatlarini komplektlash, saqlash, hisobga olish va ulardan foydalanish ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida Davlat statistika qoʻmitasi faoliyati jarayonida olingan xizmat, bank, tijorat sirlarini va boshqa maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborotlarni saqlash va himoyalashning tegishli tartibini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini belgilangan tartibda statistika axboroti bilan taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy va xorijiy foydalanuvchilarning keng ommasi uchun statistik axborotlarning maksimal darajada ochiq-oydinligi va oshkoraligini, shu jumladan, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish koʻrsatkichlari va materiallarini xalqaro statistik toʻplamlarda chop etgan holda xalqaro statistik tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalarida joylashtirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini tavsiflovchi kompleks tahliliy maʼruzalar, press-relizlar va maqolalar tayyorlaydi, tarqatilayotgan statistik maʼlumotlarga tahliliy va maʼlumotnoma materiallar majburiy tartibda ilova qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning rivojlanishini, islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash, xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, respublika hududlarini kompleks rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlarning amalga oshirilishini, aholi turmush darajasidagi sifat oʻzgarishlarini yanada toʻliq aks ettiradigan statistik axborotlarni tezkor va sifatli tayyorlashni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika iqtisodiyotining rivojlanishi holati, iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi holati toʻgʻrisidagi yillik va choraklik statistik va tahliliy materiallarni tayyorlaydi va belgilangan tartibda taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq statistik maʼlumotlarni davlat statistika organlari, boshqa davlat organlari, xalqaro tashkilotlar nashrlarida joylashtirish yoʻli bilan tarqatadi va barcha foydalanuvchilarga statistik maʼlumotlardan foydalanish uchun teng imkoniyatlarni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy statistika organlari bilan ochiq statistik axborotlarni almashadi, respublikaning rivojlanishi toʻgʻrisidagi materiallarni xalqaro statistik toʻplamlarda chop etish uchun axborotlarni tayyorlash va taqdim etishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlari asosida ommaviy axborot vositalarida tahliliy lavhalar, diagrammalar va grafiklarni keng namoyish qilish, statistik nashrlarga koʻrsatkichlarni vizuallashtirishning ilgʻor usullarini joriy etish yoʻli bilan alohida statistik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida aholini xabardor qilish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvlari va rasmiy statistika axborotlari masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda statistik, tahliliy, axborot, noshirlik xizmatlarini va Davlat statistika ishlari dasturidagidan tashqari boshqa xizmatlarni koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri va statistika ishlarini tashkil qilish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalarni yuritish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona tasniflar tizimi asosida yuridik shaxslarni davlat tomonidan hisobga olish va identifikatsiyalashni, Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrining samarali faoliyat koʻrsatishini hamda rivojlantirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan iqtisodiy-statistik klassifikatorlarni ishlab chiqadi va yuritadi, xalqaro standart klassifikatorlar asosida ularning muntazam ravishda qayta koʻrib chiqilishini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzaro mos axborot tizimlarini va resurslarini yaratish uchun asos sifatida statistik klassifikatorlardan foydalanishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
internet-resurslarga joylashtirish yoʻli bilan statistik klassifikatorlar va ularga kiritilayotgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni foydalanuvchilarga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) davlat statistikasi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarning respublikaning rivojlanishini toʻliq tavsiflovchi hamda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining rivojlanishidagi, shuningdek, aholi turmush darajasidagi sifat oʻzgarishlarini yanada toʻliq ochib beruvchi koʻrsatkichlarning keng roʻyxatidan erkin foydalanishlarini taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika axborotlarining tezkorlik bilan uzatilishini va qayta ishlanishini taʼminlovchi yangi axborot-kommunikatsiya resurslari va texnologiyalarini davlat statistika organlari faoliyatiga joriy etadi, ularning respublikaning boshqa axborot tizimlari bilan mos kelishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistik maʼlumotlar bilan ishlash jarayonini avtomatlashtirish darajasini chuqurlashtirishni, davlat statistika organlarida foydalaniladigan axborot tizimlarini doimiy takomillashtirishni, statistik maʼlumotlarning yagona bankini shakllantirish, koʻrsatilayotgan interaktiv xizmatlarning tarkibini kengaytirish va sifatini oshirishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlardan foydalanuvchilarga real vaqt rejimida koʻrsatkichlarning kengaytirilgan roʻyxatidan erkin foydalanish imkonini beruvchi statistik maʼlumotlar bazasini ishlab chiqadi va yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligini taʼminlash, axborot almashishning himoyalangan elektron shakliga bosqichma-bosqich oʻtish, xavflarga qarshi tizimning samarali ishlashini taʼminlash uchun normativ-huquqiy va tashkiliy-texnik bazani takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy axborot makoni yaxlitligini saqlash, davlat statistika organlari axborot resurslari va tizimlarining axborot xavfsizligini taʼminlash, davlat statistikasi axborot-hisoblash tizimini ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati va uning tarkibiy boʻlinmalarining ish usullari va shakllarini yanada takomillashtirish, fuqarolar murojaatlariga oʻz vaqtida munosabat bildirish, yuklangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning masʼuliyatini oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida hududiy statistika organlari ishini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar va takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatning ilmiy va taʼlim muassasalari hamda xorijiy statistika tashkilotlari bilan hamkorlikda statistika sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tizimli asosda taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika axborotlarini yigʻish va tarqatishda qulay sharoitlar yaratish, ishbilarmonlik muhitining holatini yanada yaxshilash va davlat statistikasi sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish choralarini ishlab chiqish jarayoniga tadbirkorlik subyektlari va fuqarolik jamiyati vakillarini jalb qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarni qabul qilishni tashkil qiladi, jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va ogʻzaki murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini, ular boʻyicha qarorlar qabul qilinishini va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda murojaat egalariga javoblar yuborilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan davlat statistikasi sohasidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olishga qaratilgan ogohlantiruvchi va profilaktika xususiyatiga ega choralarni, shuningdek, aniqlangan qonunbuzarliklar oqibatlarini bartaraf etish choralarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatga olish hujjatlari shakllarini, roʻyxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatga olish dasturlarini va roʻyxatga olish varaqalari shakllarini ishlab chiqadi va hududlarga yetkazilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatga olishni oʻtkazish toʻgʻrisida aholini xabardor qilishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatga olishga jalb etiladigan xodimlarni tanlab olish va oʻqitish tartibini belgilaydi va oʻqitishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatga olish natijalari milliy va xorijiy foydalanuvchilarning keng ommasi uchun eʼlon qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatga olish varaqlari va boshqa roʻyxatga olish hujjatlarining saqlanishi (shu jumladan, vaqtincha saqlanishi), yoʻq qilinishi tartibini belgilaydiva ularning bajarilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat statistika qoʻmitasining huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat statistika qoʻmitasi oʻziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlaridan, xoʻjalik birlashmalaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, banklardan, boshqa yuridik shaxslardan (zarur hollarda — ularning vakolatxonalari va filiallaridan) davlat statistika hisobotini belgilangan tartibda olish hamda undan statistika maqsadlarida foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlaridan, xoʻjalik birlashmalaridan, davlat tashkilotlaridan davlat statistika ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni (ularni ishlab chiqishning istalgan bosqichida), shuningdek, ularga ilova qilinadigan tushuntirishlarni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlardan, shuningdek, yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning registrlari va axborot bazalarini shakllantiruvchi va yurituvchi davlat organlari va ularning idoraviy mansub tashkilotlaridan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va faollashtirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy statistika boʻyicha yagona davlat siyosatini olib borish sohasida davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilarning statistika metodologiyalarini xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan auditdan oʻtkazish va audit natijalariga koʻra vazirliklar va idoralarga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika kuzatuvlari shakllarini, ularni taqdim etish tartibini tasdiqlash, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat statistika kuzatuvlarini olib borish usullarini belgilash hamda davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining idoraviy statistik hisobot va kuzatuvlari shakllarini kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining davlat statistika kuzatuvlarini olib borish va olingan maʼlumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistik maʼlumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari, yuridik shaxslar, ularning vakolatxonalari va filiallari, yakka tartibdagi tadbirkorlar bajarishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuvlarni oʻtkazish, rasmiy statistik materiallarni shakllantirish va tahlillarni amalga oshirish maqsadida vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan oʻzaro elektron bogʻlanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika kuzatuvlarining metodologiyasi va tashkil etilishi, shuningdek, rasmiy statistika axborotlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy statistik maʼlumotlardan notoʻgʻri foydalanish va talqin qilish holatlarini koʻrib chiqish hamda ular boʻyicha tushuntirishlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan rasmiy statistika sohasidagi qonun hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olinayotgan statistik maʼlumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi va xolisonaligini ekspertizadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy statistik maʼlumotlarda buzilishlar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish va yigʻma davlat statistik maʼlumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy jazo choralari koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga qoʻllaniladigan maʼmuriy jarimalardan tushumlar hisobiga Davlat statistika qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasini shakllantirish va undan belgilangan tartibda foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi tizimiga kiradigan tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda takliflarni tayyorlash va kiritish, shuningdek, ushbu tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlar (ustavlar)ni tasdiqlash, davlat statistika kuzatuvlarini olib borish uchun shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy statistika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, ularni ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy muassasalari, respublikaning boshqa tashkilotlari va xorijiy tashkilotlarni, shuningdek, mamlakatimizning yetakchi olimlari va xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida kengash va ekspert organlari (kengashlar, komissiyalar, guruhlar) tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro statistika va iqtisodiyot tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish, statistika masalalari boʻyicha, shu jumladan, xalqaro seminarlar va kengashlarni oʻtkazish va ularning ishida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida statistik, tahliliy, axborot, noshirlik xizmatlari va Davlat statistika ishlari dasturidan tashqari boshqa xizmatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat statistika qoʻmitasi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, ragʻbatlantirish, mukofotlash va ragʻbatlantirishning boshqa turlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida vazifalarni bajarish uchun funksional boʻlinmalar tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohasda huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi ichki va boshqa hujjatlarni tayyorlash hamda ulardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq maʼlumotlar portalini rivojlantirish, shuningdek, eʼlon qilinadigan maʼlumotlarga taalluqli masalalar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlaridan bepul asosda maslahat yordami olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, shartnoma asosida ekspertlar, konsultantlar va tashkilotlarni (shu jumladan, xorijiy) hamda statistik kuzatuvlarni oʻtkazish uchun yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy statistika sohasini rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning grantlari va texnik koʻmagi mablagʻlarini jalb etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davlat statistika qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi, zarurat boʻlganda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birga qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat statistika qoʻmitasi va uning mansabdor shaxslari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasining mansabdor shaxslari harakatlari ustidan shikoyat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat statistika qoʻmitasi tizimi rahbarlari va xodimlari rasmiy statistika sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik, tarqatilishi cheklangan statistik maʼlumotlar, statistik axborotlar va (yoki) maʼlumotlar bazasini yoʻqotganlik, sotganlik, berganlik va boshqa noqonuniy oshkor etganlik uchun, shuningdek, statistik maʼlumotlarni yashirganlik va buzib koʻrsatganlik uchun yoxud koʻrsatib oʻtilgan huquqqa zid qilmishlarga koʻmaklashganlik uchun qonunga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Davlat statistika qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat statistika qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raisning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va uch nafar oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi raisi maqomiga koʻra vazirga, raisning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosarlari — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat statistika qoʻmitasi raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi tizimi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Davlat statistika qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda Davlat statistika qoʻmitasini ifodalaydi yoxud Davlat statistika qoʻmitasi nomidan ishonchnoma va (yoki) vakolatlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi xodimlarining belgilangan soni doirasida markaziy apparat shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilgan davlat statistika ishlari hajmlariga muvofiq moliyaviy va moddiy-texnika resurslarini taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparatining boshqarmalari, hududiy statistika organlari va Institut toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari rahbarlarini tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari taqdimnomasiga koʻra belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi, rais oʻrinbosarlari, Davlat statistika qoʻmitasi, hududiy statistika organlari va Institutning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlari, majburiyatlari va javobgarligi darajasini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda Davlat statistika qoʻmitasi, hududiy statistika organlari va Institut tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni hamda statistika ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida Davlat statistika qoʻmitasi, hududiy statistika organlari va Institutning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladi, buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari, hududiy statistika organlari va Institut rahbarlarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalarini hal etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika organlari xodimlariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi va ularning mehnatini ragʻbatlantirish tizimini shakllantiradi, yuqori malaka uchun ustamalar belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi tizimida kadrlar zaxirasini shakllantirish, shuningdek, tizim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy statistika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy muassasalarini, respublikaning boshqa tashkilotlari va xorijiy tashkilotlarni, shuningdek mamlakatimizning yetakchi olimlari va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzadi va belgilangan tartibda oʻziga yuklangan vazifalar doirasida xorijiy davlatlarning statistika organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasining hayʼati yigʻilishlarida raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat statistika qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarga bevosita rahbarlik qiladilar va Davlat statistika qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi raisi tomonidan oʻzlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlari boshliqlari — tegishli tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davlat statistika qoʻmitasida Davlat statistika qoʻmitasi raisi (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek, Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Davlat statistika qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Hayʼat quyidagilarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika faoliyati samaradorligini yanada oshirish, respublika va hududiy darajada davlat statistika organlarining funksiyalari va vazifalarini takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda davlat statistika tizimi faoliyatining qonun hujjatlarida belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tanqidiy koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistikasi sohasidagi siyosatni amalga oshirishda Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatida boshqa davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika ishlari bajarilishining borishi natijadorligini har chorakda tanqidiy koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlar statistika organlari bilan statistik axborotlarni almashishni tashkil etish, shuningdek, statistik axborotlarni xalqaro statistik, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarga taqdim etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalaridan tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan samarali nazoratni taʼminlovchi ijro intizomi darajasini oshirish, davlat statistikasi sohasidagi eng muhim muammolarni hal etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylarda davlat statistikasi organlari faoliyatining dolzarb masalalarini muhokama qilgan, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlar ishlab chiqqan va qabul qilgan holda kengaytirilgan sayyor hayʼat yigʻilishlari oʻtkazilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy statistika organlari va Institut rahbarlarining hisobotlarini eshitishni tizimli asosda tashkil qilish, ularga yuklangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirishni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat Davlat statistika qoʻmitasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Hayʼat majlisiga Davlat statistika qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Hayʼat qarorlari Davlat statistika qoʻmitasi qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda rais bu toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga xabar qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat yigʻilishlari, qoida tariqasida, har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Davlat statistika qoʻmitasi huzurida rasmiy statistikani rivojlantirish, faoliyat yuritish va muvofiqlashtirish muammolari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy jamoatchilik, jamoat tashkilotlari vakillaridan va statistika boʻyicha milliy ekspertlardan tarkib topgan kollegial maslahat organi hisoblanuvchi Statistika kengashi faoliyat yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Statistika kengashi faoliyatining tashkiliy-texnik taʼminoti Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Statistika kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Davlat statistika qoʻmitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan, hududiy davlat statistika organlari, birinchi navbatda tuman va shahar statistika boʻlimlari rahbarlarining kasbiy darajasi va malakasini ikki yilda kamida bir marta oshirishni taʼminlaydigan hamda statistika sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi faoliyat yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi toʻgʻrisidagi nizom Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Faoliyat samaradorligini baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi raisi, raisning birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosarlari faoliyati samaradorligi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan faoliyat samaradorligini baholashning integratsiyalashgan koʻrsatkichlari asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati boshqarmalari va boʻlimlarining rahbarlari hamda xodimlari, hududiy statistika organlari va idoraviy boʻysunuvdagi tashkilotlar rahbar va xodimlarining faoliyati samaradorligi — Davlat statistika qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash koʻrsatkichlari asosida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati boshqarmalari va boʻlimlarining rahbarlari hamda xodimlari, hududiy statistika organlari va idoraviy boʻysunuvdagi tashkilotlar rahbar va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika taʼminoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Davlat statistika qoʻmitasining mol-mulkini asosiy vositalar va aylanma mablagʻlar, shuningdek, qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Davlat statistika qoʻmitasini moliyalashtirish va uning moddiy-texnika taʼminoti Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi budjet mablagʻlari oluvchisi hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga zarur moliyalashtirish hajmini belgilashda budjet qonunchiligiga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan amalga oshirilgan statistika ishlari uchun haq toʻlash davlat statistika ishlarini bajarishga shartnoma va Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan har oyda taqdim etiladigan bajarilgan ishlar dalolatnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan va ularni ishlab chiqishga qoʻshimcha xarajatlar talab qilinadigan qoʻshimcha statistika ishlariga haq toʻlash buyurtmachilar mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan olingan foyda, amortizatsiya ajratmalari, shuningdek, boshqa tushumlar uning ixtiyorida qoladi hamda ulardan davlat statistikasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish, xodimlarning kasb mahoratini, oʻz lavozim vazifalarini sifatli bajarganligini, ijodiy faolligini va tashabbuskorligini ragʻbatlantirish uchun belgilangan tartibda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Davlat statistika qoʻmitasi Davlat statistika ishlari dasturini bajarish doirasida ajratilgan mablagʻlarning va oʻz ishlarining boshqa natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq amalga oshiradi, statistika hisobotini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Davlat statistika qoʻmitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-fevraldagi 61-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 690-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-avgustdagi 686-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida” 2019-yil 10-dekabrdagi OʻRQ-591-son Qonuni)” 2020-yil 16-apreldagi 234-son qaroriga ilovaning 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 4-son, 87-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/690/1473-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)