24.10.1992 yildagi 491-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.10.1992 yildagi 491-son
Date of entry into force
24.10.1992
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetini tuzish toʻgʻrisida” 1992-yil 23-sentabrdagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Siyosiy ijroiya qoʻmitasining roziligiga koʻra tugatilgan Siyosatshunoslik va boshqaruv institutining binolari va inshootlari mol-mulki, kutubxonasi va arxivi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi tomonidan Universitet uchun sotib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, Universitet mustaqil yuridik shaxs hamda Oʻzbekistonning tashqi aloqalari bilan bogʻliq ixtisoslar boʻyicha mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha bosh tashkilot hisoblanadi, respublika va xorijiy bank muassasalarida oʻz hisoblariga, shu jumladan, valyuta hisoblariga, muhr va tamgʻalarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oʻquv-metodik qoʻllanmalar va asarlarni chiqarish, MDH mamlakatlarining davriy matbuotiga obunani rasmiylashtirish, sputnik aloqasi tizimlari vositalarini sotib olish, xalqaro axborot shoxobchalariga qoʻshilish, Universitet xodimlarini taʼminlash va uning professor-oʻqituvchilari malakasini oshirish uchun, tashkiliy davrda, 1994-1995 oʻquv yili boshlangunga qadar, zarur mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) binolarni jihozlash va asosli tuzatish uchun, shuningdek, oʻquv va ilmiy asbob-anjomlarni sotib olish uchun 1992-yil va keyingi yillarda zarur budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 1993-yildan boshlab har yili vazirliklar va idoralarning buyurtmalariga koʻra Universitet huzuridagi Boshqaruv instituti bazasida mutaxassislarni oʻqitish va qayta tayyorlash, “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetida oʻqiganlik uchun talabalarning haq toʻlash shartlari toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq haq toʻlashdan ozod qilinadigan talabalarni oʻqitishga sarflangan xarajatlarni qoplash uchun zarur budjetdan ajratiladigan mablagʻlar ajratsin.
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Universitetga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan quyidagilar ajratilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yilda xorijiy tillardagi oʻquv adabiyotlarini sotib olish va chet mamlakatlarning davriy matbuotiga obunani rasmiylashtirish uchun 150 ming AKSH dollari miqdorida soʻm bilan qoplanadigan valyuta;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yilda zamonaviy kommunikatsiya va oʻqitish vositalarini sotib olish va chet ellik olimlar va mutaxassislarning oʻqituvchilik va konsultativ faoliyatiga haq toʻlash uchun 300 ming AQSH dollari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki, Universitetda oʻqish ham shartnoma asosida, ham Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Universitet respublika va mahalliy valyuta jamgʻarmalariga majburiy valyuta ajratmalari toʻlashdan 1996-yilgacha ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Universitet rahbariyatiga mavjud mablagʻlar doirasida quyidagilarni mustaqil amalga oshirish huquqi berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon tajribasini hisobga olgan holda Universitetda ishlash uchun mutaxassislarni, shu jumladan chet el mutaxassislarini jalb qilishning turli iqtisodiy shakllaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularning mehnatiga haq toʻlash, shu jumladan, cheklanmagan miqdorlarda erkin almashtiriladigan valyutada haq toʻlash, yuqori malakasi, xorijiy tillarni bilganligi, kompyuter texnikasida ishlash koʻnikmalariga ega boʻlganligi uchun maxsus ustamalar shartlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmani, oʻquv, ilmiy-metodik rejalar va dasturlarni, shuningdek, Universitetning shtat jadvalini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitetga talabalar, tinglovchilarni qabul qilish, bir oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar va tinglovchilar nisbatini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqituvchilik va tadqiqotchilik ishi uchun taklif qilingan chet ellik olimlar va mutaxassislarning yashash va transport xarajatlarini soʻmlarda toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar xodimlarni, boshqaruv boʻgʻinlarining xodimlarini oʻrindoshlik, shuningdek, shartnoma asosida hamkorlik qilishga jalb etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Universitetga oʻquv jarayonining amaliy yoʻnalishini taʼminlash hamda xoʻjalik va tijorat faoliyatini amalga oshirish uchun oʻquv maqsadlarida innovatsiya-investitsiya kompaniyasi va tijorat banki ochishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar Boshqarmasi oʻqituvchilik va tadqiqotchilik ishiga taklif qilingan chet ellik mutaxassislar uchun Universitet talabnomalariga koʻra oʻzining mehmonxona fondidan joy ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-maydagi 225-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Universitetga oʻquv jarayonini va ishlab chiqarish-texnika ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan miqdorda yuk tashiydigan va yengil avtotransport ajratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi va Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi alohida mavzu boʻyicha leksiyalar tayyorlashda va oʻqishda Universitetga tegishli ravishda yordam bersinlar, talabalar va tinglovchilarni harbiy va jismoniy jihatdan tayyorlash boʻyicha maxsus dastur tayyorlashni va amalga oshirishni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oliy attestatsiya komissiyasi Universitet taqdimnomasiga muvofiq tashqi aloqalar boʻyicha kadrlar tayyorlashni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetida jamlab, ixtisoslar va oliy oʻquv yurtlarini ixtisoslashtirish roʻyxatiga ilmiy xodimlar mutaxassisligi nomenklaturasiga oʻzgartirishlar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. 1992-yil 30-dekabrgacha Universitet oʻquv guruhlarini Oliy oʻquv yurtlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan talabalari orasidan ixtiyoriy asosda test tanlovi yoʻli bilan toʻldirish tugallansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddat ichida respublikaning xorijiy muassasalarida ishlash uchun kadrlar tarkibi rezervini shakllantirish toʻgʻrisida Nizom ishlab chiqsinlar, bunda mehnat munosabatlarini oʻrnatishning kontrakt shaklini nazarda tutsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil yanvardan boshlab Universitetning diplomatiya kurslarida respublikaning chet ellardagi muassasalarida ishlash uchun kadrlar rezervi birinchi guruhini tayyorlashni taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitetni bitiruvchilarni har yili oʻz tuzilma boʻlinmalariga, shu jumladan, kontrakt asosida taqsimlashni, ularni oʻqitish xarajatlarini oʻz mablagʻlari hisobiga qoplashni imkoniyati bilan amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining 1993-yil yanvardan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetining Boshqaruv institutida ushbu tashkilotlarning tashqi munosabatlar mutaxassisliklari boʻyicha xodimlarini shartnoma asosida oʻqitish haqidagi takliflariga rozilik bildirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitetni maxfiy boʻlmagan matbaa asarlarining va kitob mahsulotlarining nazorat nusxalarini (2 nusxa) kutubxonani toʻldirish uchun bepul oluvchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitetning oʻquv-uslubiy va ilmiy mahsulotlarini tezkorlik bilan nashr qilishni tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yilda Universitetning oʻz matbaa va tahririyat-nashriyot bazasini barpo etishga yordam bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan Universitet rahbariyatiga va doimiy ishlovchi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diplomatiya martabalari va unvonlari berish tartibi toʻgʻrisida”gi Farmoni, shuningdek, tegishli chet el pasportlarini berish tartibi tatbiq qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet rektori lavozimi Favqulodda va Muxtor elchi martabasiga tenglashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Universitet rektoriga Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiriga, rektor oʻrinbosarlariga va tuzilma asosiy boʻlinmalarining rahbarlariga — kotibiyat mudiri oʻrinbosari uchun belgilangan maishiy taʼminot sharoitlari joriy qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi Universitet rektori oʻrinbosarlarini va tuzilma asosiy boʻlinmalarining rahbarlarini, oʻquv boʻlinmalari rahbarlarini, professor-oʻqituvchilar tarkibini, xodimlari va ularning oila aʼzolarini shartnoma asosida tibbiy xizmat koʻrsatishga qabul qilsin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2020-y., 09/20/36/0076-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Universitetga talabalarning oʻz tuzilma boʻlinmalarida, shu jumladan, chet elda tajriba orttirishlariga moliyaviy va tashkiliy texnikaviy yordam bersinlar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti huzuridagi Boshqaruv institutida 1993-1994-yillarda qayta tayyorlanadigan mansabdor shaxslarning ilova qilinayotgan roʻyxati tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet rahbariyati 1992-yil 30-dekabrga qadar turli boʻgʻinlardagi kadrlarni maxsus dasturlar boʻyicha oʻqitish va qayta tayyorlash toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va konsernlar bilan shartnomalar tuzsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti huzurida Boshqaruv instituti tashkil etilishi munosabati bilan oʻrtoq M.Q. Qoraboyevga 15 kun muddat ichida kadrlar malakasini oshirish idoraviy institutlarining amaldagi tizimini tartibga solish yuzasidan takliflar kiritish yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Moliya vazirligi, Avtomobil transporti vazirligi Universitetga ikkita yengil avtomobil saqlash uchun zarur limitlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Universitetni zarur zamonaviy aloqa turlari va vositalari bilan, shu jumladan, sputnik va hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Toshkent viloyati hokimi Universitetning doimiy ishlovchi ilmiy-oʻquv markazi va sport-sogʻlomlashtirish zonasini qurish uchun yer uchastkasi ajratish masalasini hal qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Universitet Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasining materiallari bir nusxada albatta yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va taʼlim boʻlimiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 24-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
491-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-maydagi 225-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 24-oktabrdagi 491-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti huzuridagi Boshqaruv institutida 1993-1994-yillarda qayta tayyorlanadigan mansabdor shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni masʼul xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari, komissiyalari va qoʻmitalarining raislari va aʼzolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Viloyatlar, shaharlar, tumanlarning hokimlari va ularning oʻrinbosarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislari va ularning oʻrinbosarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat nazorati tashkilotlari apparatining rahbarlari va xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirliklar, idoralar, milliy kompaniyalarning hayʼat aʼzolari, apparat xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Konsernlar, ishlab chiqarish birlashmalari va korxonalarining rahbarlari va xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markaziy muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Valyuta-moliya tashkilotlari va banklarining rahbarlari va xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tashqi iqtisodiy va tashqi savdo tashkilotlari apparatining rahbarlari va xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik muassasalarining rahbarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamoat tashkilotlarining rahbarlari va masʼul xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ijodiy tashkilotlar va uyushmalarning rahbarlari va masʼul xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Respublika, viloyat va tuman gazetalari va jurnallarning muharrirlari.