03.11.2020 yildagi PQ-4877-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 03.11.2020 yildagi PQ-4877-son
Date of entry into force
04.11.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, sportda ilm-fanni jadal rivojlantirish, yuqori malakali raqobatbardosh trener-oʻqituvchilar, mutaxassislar hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sport vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Fargʻona filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sportchilarning texnik-taktik, psixofiziologik holatini oʻrganish va tahlil qilish boʻyicha maxsus ilmiy laboratoriyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutini (keyingi oʻrinlarda — Ilmiy tadqiqotlar instituti) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy tadqiqotlar instituti davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialning faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan, Ilmiy tadqiqotlar institutining faoliyati 2021-yil 1-yanvardan boshlab tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim sifatiga qoʻyiladigan xalqaro talablarga muvofiq jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasidagi vazifalarni yuqori darajada bajarishga qodir malakali kadrlar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar va sogʻlomlashtirish tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etish, ilgʻor xorijiy tajribadan foydalangan holda sport sohasiga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim tizimiga zamonaviy taʼlim texnologiyalariga asoslangan oʻquv jarayonlarini joriy qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni tatbiq etish, jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi hamda ochiq axborot-taʼlim muhitini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Ilmiy tadqiqotlar institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya va sport sohasining nazariy va ilmiy metodologik asoslarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek xalqaro hamda mahalliy ilmiy va amaliy grant loyihalarini jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori malakali sportchilarning oʻquv mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish davrida kompleks ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va innovatsion texnologiyalarni keng qoʻllash yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari (yoshlar, oʻsmirlar va kattalar) aʼzolarining hamda sport-taʼlim muassasalari sportchi oʻquvchi va talabalarining jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi, funksional holati, texnik-taktik va psixologik tayyorgarligini ilmiy jihatdan oʻrganish, monitoring qilish va istiqbolini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seleksiya ishlarini samarali tashkil etish maqsadida trener-seleksioner va mutaxassislarga metodik yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olimpiya va paralimpiya sport turlarini tahlil qilish va prognozlashtirish natijalari asosida sport turlari boʻyicha terma jamoalarni xalqaro musobaqalarga tayyorlashda ilmiy-metodik jihatdan koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportchilarning funksional, psixodiagnostika, biomexanik ish qobiliyatini diagnostika qilish va korreksiyalash hamda ommaviy sportni tadqiq etish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya va sport sohasida, shu jumladan sport biomexanikasi va fiziologiyasi boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali, ilmiy asoslangan vositalar va uslublarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining jismoniy tayyorgarligi holati natijalarini monitoring qilish va korreksiyalash boʻyicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining yosh xususiyatidan kelib chiqib, jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini ilmiy asosda oʻrganish va tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-innovatsion faoliyat natijalarining transferi va ularni tijoratlashtirish, startap loyihalarni joriy etish orqali yoshlar, olimlar va professor-oʻqituvchilarni jismoniy tarbiya va sport sohasining ilmiy-texnik muammolarini hal etishga jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish maqsadida xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro va mahalliy tashkilotlarning olimlari, mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, seminar-treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va anjumanlar, tanlovlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalarida barcha boʻgʻinlarida (maktabgacha, umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim, shuningdek maktabdan tashqari sport taʼlimi) ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya va sport sohasi boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar, shu jumladan audio, video va elektron darsliklar, onlayn darslar hamda boshqa turdagi ilmiy-metodik materiallarni tayyorlash.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Filial faoliyatini moliyalashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatini moliyalashtirish:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek Institut xodimlari mehnatiga haq toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
(4-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari, texnik koʻmak va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak doirasida tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida tasdiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Ilmiy tadqiqotlar instituti direktori sport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Ilmiy-tadqiqotlar instituti xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalaridagi tegishli lavozimlarga belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2020-yil 1-dekabrdan boshlab Universitet respublikadagi barcha jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat tashkilotlari hamda sport federatsiyalari (uyushmalari) faoliyati ustidan oʻquv va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning 5-bandida koʻrsatilgan vazifani samarali tashkil qilish maqsadida Universitet huzurida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yuritadigan Respublika ilmiy-uslubiy kengashi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Respublika ilmiy-uslubiy kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat tashkilotlari hamda sport federatsiyalari (uyushmalari) faoliyatining samaradorligini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi sport-taʼlim muassasalarida mashgʻulotlar oʻtkazishning uslubiy asoslarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish va ilmiy jihatdan asoslash boʻyicha xulosalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport sohasida faoliyat yuritayotgan yetakchi mutaxassislarni va ilmiy xodimlarni jalb etgan holda ishchi komissiyalar va ekspert guruhlarini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport vaziriga, zarurat boʻlganda, Ilmiy tadqiqotlar instituti tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Fargʻona viloyati hokimligining Fargʻona shahri, Margʻilon koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan Fargʻona viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining hamda Fargʻona shahri, Kimyogarlar koʻchasi, 9-uy manzilida joylashgan Fargʻona politexnika instituti balansidagi sobiq Fargʻona transport kasb-hunar kolleji bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Fargʻona viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Filialga berilayotgan bino oʻrniga Fargʻona politexnika institutiga teng qiymatli bino ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ilmiy tadqiqotlar instituti Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar koʻchasi, 19-uy manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Innovatsion rivojlanish vazirligi 2021-yildan boshlab har yili jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga va sohadagi muammolarning ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilgan loyihalar tanlovlarining muntazam eʼlon qilinishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi Sport vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining takliflari asosida 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent farmatsevtika instituti va boshqa oliy taʼlim muassasalarida sport tibbiyoti, farmakologiyasi, reabilitologiyasi, psixologiyasi va diyetologiyasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlari magistraturasida “Diyetologiya” va “Nutritsiologiya (ovqatlanish ilmi)” mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yuzasidan tashkiliy choralarni amalga oshirsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda Sport vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra Filial uchun ajratiladigan bino va inshootlarda taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish hamda Ilmiy tadqiqotlar institutida tashkil etiladigan laboratoriya xonalarini jihozlash ishlarining belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Filial va Ilmiy tadqiqotlar institutining tegishlicha nizom va ustavlari tasdiqlanishi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini, ularning yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining tajribasini oʻrganib, kadrlar buyurtmachisi boʻlgan tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yilning yakuniga qadar sport-taʼlim muassasalari hamda sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar) uchun bosma nashrlarni chop etish maqsadida Universitetda budjetdan tashqari mablagʻlar asosida xoʻjalik hisobidagi, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Jismoniy tarbiya va sport” nashriyoti va bosmaxona faoliyatini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov:
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorning sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlasin, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har oyda ularning rahbarlaridan bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni qabul qilsin va aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial hamda Ilmiy tadqiqotlar institutining samarali faoliyat yuritishini taʼminlasin, Universitetda oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin.
(14-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy teleradiokompaniya raisi A.D. Xadjayev, Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Kuchimov — Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan hamkorlikda sport turlarini oʻrgatish metodikasi boʻyicha telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etsin, shuningdek yoshlar, ayniqsa uyushmagan yoshlar oʻrtasida sportni keng targʻib qilish, ularni sogʻlom turmush tarziga amal qilishga qaratilgan alohida koʻrsatuvlar namoyish etish orqali ommalashtirish boʻyicha media-rejani ishlab chiqsin.
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev va Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 3-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4877-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-noyabrdagi PQ-4877-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ilmiy kengash

Direktor

Institut kengashi

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari

Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari ***

Ilmiy kotib

1

Olimpiya va paralimpiya sport turlarini tahlil qilish va prognozlashtirish laboratoriyasi

4

Oʻquv-uslubiy boʻlim***

2

Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boʻlimi

1

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi**

Xodimlar boʻlimi

1

Sportchilarni funksional va psixodianostika qilish laboratoriyasi

3

“Jismoniy tarbiya va sport” nashriyoti va bosmaxona**

Buxgalteriya

2

Sportda biomexanik tahlil qilish va harakatlarni korreksiyalash laboratoriyasi

3

Birlashgan tahririyat**

(“Fan sportga”, “Sportda ilmiy tadqiqotlar” va “Eurasian Journal of Sport Science” jurnallari)

Bosh yuriskonsult

1

Ommaviy sportni tadqiq qilish oʻquv laboratoriyasi

3

Devonxona

1

Yordamchi xodimlar*

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Institut xodimlarining cheklangan umumiy soni — 25 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar — 13 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
***Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari va oʻquv-uslubiy boʻlim xodimlariga oliy taʼlim muassasasining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori (filial direktori oʻrinbosari) hamda oliy taʼlim muassasasining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining hajmidan kelib chiqqan holda qoʻshimcha ravishda mutaxassislar va ilmiy xodimlar shartnoma asosida ilmiy-texnik loyihalarga jalb etiladi/
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-noyabrdagi PQ-4877-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish va natijalarga erishish mexanizmlari

Moliyalashtirish manbalari

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani hamda maʼmuriy boshqaruv tizimini takomillashtirish

1.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish.

1. Oʻquv-meʼyoriy hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish.

2. Oʻrganish va tahlil natijalari asosida taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini qayta ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil

dekabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

2.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi va mahalliy kadrlar isteʼmolchilarining talablaridan kelib chiqqan holda malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini qayta ishlash hamda ularda soha boʻyicha zamonaviy taʼlim xizmatini koʻrsatish jarayonlari, shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalarni aks ettirish.

Zamonaviy mehnat bozori va ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun takomillashgan malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishish.

2020-yil

dekabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov),
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

3.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent farmatsevtika instituti va boshqa oliy taʼlim muassasalarida sport tibbiyoti, farmakologiyasi, reabilitologiyasi, psixologiyasi va diyetologiyasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlari magistraturasida “Diyetologiya” va “Nutritsiologiya (ovqatlanish ilmi)” mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash.

1. Davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Ushbu fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash.

Budjet
va budjetdan tashqari mablagʻlar

2021-yil iyun

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

II. Ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, ilmiy-metodik taʼminotni takomillashtirish, sportda innovatsiya va ilm-fanni rivojlantirish

4.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ilmiy ??�alohiyatini oshirish.

1. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutini tashkil etish.

Budjet
va budjetdan tashqari mablagʻlar

2020-yil noyabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

2. Ilmiy izlanuvchilarning ilmiy faoliyat olib borishlari uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2020-yil

dekabr

5.

Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun maqsadli grantlar berish hamda universitet uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalarini ajratish choralarini koʻrish.

1. Har yili eʼlon qilinadigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligiga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kamida 10 ta maqsadli grantlar loyihalarini kiritish.

2. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga har yili kamida 10 ta qabul kvotasi ajratish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

2021-yil yanvar va har yili reja asosida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov)

6.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Jismoniy tarbiya va sport” nashriyoti va bosmaxona faoliyatini tashkil etish.

1. Nashriyot va bosmaxonani belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish.

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

2020-yil dekabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

2. Nashriyot va bosmaxonani zarur texnik vositalar va boshqa uskunalar bilan jihozlash.

2021-yil

dekabr

7.

Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash uchun zamon talablariga javob beradigan oʻquv adabiyotlarini bosqichma-bosqich nashrga tayyorlash va chop etish.

1. Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarning oʻquv rejalarida belgilangan fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik holatini monitoring qilish.

2. Soha boʻyicha ilgʻor xorijiy oliy taʼlim muassasalarining yetuk olimlari bilan hammualliflikda oʻquv adabiyotlarini yaratish uchun hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

3. Darslik va oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish.

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

2020-2021-yillar
davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

8.

Yangi ochiladigan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar uchun darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish.

Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar xususiyatini hisobga olgan holda xorijiy tajribalarni oʻrganish orqali yangi darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish.

2020-2021-yillar
davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

9.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida sohaning istiqbolli talablaridan kelib chiqib, innovatsion faoliyat va tijoratlashtirish yuzasidan talabalar va professor-oʻqituvchilar bilan uchrashuvlar, seminar-trening, master-klasslar tashkil etish.

1. Seminar-treninglarda iqtidorli talabalar va yosh olimlarning faol ishtirokini taʼminlash.

2. Iqtidorli yoshlarning innovatsion ishlanmalari va faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish.

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

2021-2022-yillar
davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

10.

Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti, Genomika va bioinformatika markazlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish hamda ularning ilmiy xodimlarini universitetning istiqbolli yosh ilmiy tadqiqotchilariga ilmiy rahbar sifatida jalb qilish.

2021-2022-yillar
davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

11.

Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda ustuvor ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

1. Ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha takliflarni Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2020-yil dekabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

2. Ustuvor yoʻnalishlar doirasida yuqori natijalarni taʼminlovchi ilmiy loyihalarni tayyorlash va tanlovlarda ishtirok etish.

3. Loyihalarning bajarilishi ustidan monitoring olib borish va natijalarni tahlil qilish.

Tanlov eʼlon qilingan muddatda

III. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish hamda xalqaro aloqalarni mustahkamlash

12.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yangi taʼlim yoʻnalishlarini ochish.

Buyurtmachi tashkilotlarning ehtiyojlarini oʻrgangan holda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni tashkil etish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish.

2021-2022-yillar
davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

13.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor-oʻqituvchilarining malakasini oshirish va stajirovkalari boʻyicha aloqalarni yoʻlga qoʻyish.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining pedagogik va ilmiy kadrlarining stajirovka oʻtashi va malaka oshirishini tashkil etish hamda oʻqituvchi va yosh olimlarni doktorantura (PhD)da va magistraturada oʻqish uchun yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalariga yuborish.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmuradov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

Malaka oshirish — 30 nafar;

Stajirovka — 10 nafar;

Doktorantura va magistraturada oʻqish — 10 nafar.

2021-2022-yillar
davomida

14.

Xorijiy mutaxassislar, xizmat koʻrsatgan trenerlar, xalqaro toifadagi hakamlar va oʻqituvchilarni oʻquv va ilmiy jarayonlarga jalb qilish, ilmiy va uslubiy hamkorlikni rivojlantirish.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalari va soha mutaxassislarini oʻquv yili davomida taʼlim jarayoniga jalb qilish rejasini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

15.

Universitetga chet el grantlarini jalb qilish.

Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlantirish jamgʻarmasi (OPEC/OFID) loyihalari va boshqa xorijiy taʼlim grantlarida ishtirok etish.

2020-2021-yillar davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2020-y., 07/20/4877/1451-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)