30.10.2020 yildagi 674-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.10.2020 yildagi 674-son
Date of entry into force
31.10.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalarini amalga oshiruvchi vazirliklar va idoralarning masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralarning rasmiy veb-saytlarida mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalari amalga oshirilayotgan davlat ulushi miqdori 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari yoxud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) ustav fondi (ustav kapitali), davlat ulushi, har chorak va yil yakunlari boʻyicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari, ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, ish oʻrinlari soni, korxonalar boshqaruv va nazorat organlari tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (cheklangan holda tarqatiladigan va tijorat siri mavjud boʻlgan maʼlumotlar bundan mustasno) (keyingi oʻrinlarda — asosiy maʼlumotlar) joylashtirish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat ishtirokidagi korxonalarning rasmiy veb-sayti boʻlishi, unda iqtisodiy, moliyaviy va boshqa statistik maʼlumotlarning, shu jumladan, har chorakda yillik biznes-rejaning (loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari bajarilishi va maqsadlarga erishish inobatga olingan holda) bajarilishi va rivojlanish strategiyalarida nazarda tutilgan dasturlarning natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni joylashtirish takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda “Davlat mulki” axborot tizimiga davlat ishtirokidagi korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash orqali taqdim etish imkoniyatini joriy etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Davlat ishtirokidagi korxonalarning rasmiy veb-saytlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-yanvarga qadar xalqaro moliya institutlari va chet el ekspertlarini jalb qilgan holda davlat ishtirokidagi korxonalarning faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi yigʻma hisobot shaklini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ishtirokidagi korxonalar biznes-reja koʻrsatkichlari bajarilishi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, soliq va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar, tashqi qarzdorlik, mahalliylashtirish va investitsiya loyihalari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorak yakunlari boʻyicha hisobot davrining keyingi oyi davomida, yil yakunlari boʻyicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda Agentlikning maxsus axborot tizimida joylashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat nomidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalarini bajaruvchi vazirliklar va idoralar, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarning rahbarlari tegishli rasmiy veb-saytlarda joylashtirilishi belgilangan maʼlumotlarning toʻliq va toʻgʻri joylashtirilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan ular faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot va tegishli hujjatlar “Davlat mulki” axborot tizimiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash orqali taqdim etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlarining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish ushbu qarorning ilovasida koʻrsatilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 30-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
674-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 674-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlarining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Davlat ishtirokidagi korxonalar

Rasmiy veb-saytlarda biznes-reja koʻrsatkichlari bajarilishi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, soliq va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar, tashqi qarzdorlik, mahalliylashtirish va investitsiya loyihalari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish.

Har chorak yakunlari boʻyicha hisobot davrining keyingi oyi davomida, yil yakunlari boʻyicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar


2-bosqich

Mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalarini bajaruvchi vazirliklar va idoralar

Davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitali, davlat ulushi, har chorak va yil yakunlari boʻyicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari, ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, ish oʻrinlari soni, boshqaruv va nazorat organlari tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy veb-saytlarida hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maxsus axborot tizimida joylashtirish.

Har chorak yakunlari boʻyicha hisobot davrining keyingi oyi davomida, yil yakunlari boʻyicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar


3-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Davlat nomidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalarini bajaruvchi vazirliklar va idoralar hamda davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni “Davlat mulki” axborot tizimida joylashtirish.

Har chorak yakunlari boʻyicha hisobot davrining keyingi oyi davomida, yil yakunlari boʻyicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/674/1439-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)