09.10.2020 yildagi 636-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.10.2020 yildagi 636-son
Date of entry into force
10.10.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning vaxta usuli toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning vaxta usuli toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaxta usulida ishlayotgan xodimlarning dam olish vaqtida hayoti va ish faoliyatini taʼminlash uchun vaxta shaharchalarini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni vaxta usulida tashkil qilishda mehnat va dam olish rejimi, ish vaqti hisobini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaxta usulidagi ishlarda band boʻlgan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash, imtiyozlar va kompensatsiyalar tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni vaxta usulida tashkil qilishda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlar.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 9-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
636-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 636-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning vaxta usuli toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan obyektlardagi qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini mehnatni tashkil qilishning vaxta rejimida amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vaxta usuli korxonadan uzoq masofada joylashgan sharoitda ishlarni mehnat resurslaridan foydalanish asosida tashkil qilishning shakli hisoblanadi. Vaxta usuli chekka va uzoq hududlardagi ijtimoiy soha va muhim obyektlarda qurilish, taʼmirlash, ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya qilish, boshqa sanoat ishlari amalga oshiriladigan, lekin mahalliy mehnat resurslari bilan taʼminlamagan hududlarda qurilish muddatlarini qisqartirish maqsadida qoʻllanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarni kontrakt bilan ishga qabul qilishda ishlar vaxta usulida bajariladigan mehnat sharoitlari nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ishlab chiqarish obyektlari vaxta usulida ishlash joyi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish joyi oʻzgargani sababli xodimlarning boshqa joyga koʻchib oʻtishi ularning boshqa ishga oʻtkazilishi deb hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimning vaxtaga joʻnatilishi xizmat safari hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyekt joylashgan hududda ishlarni bajarish va smenalararo dam olish davrlari vaxta vaqti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaxtaning davomiyligi bir kalendar oydan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vaxta xodimlari obyektda boʻlgan davrda maxsus tashkil qilinadigan vaxta shaharchalarida yoki yashash uchun moslashtirilgan boshqa maxsus xonalarda (keyingi oʻrinlarda — vaxta shaharchalari) istiqomat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ishlarni vaxta usulida tashkil qilish haqidagi qaror kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tashkilot rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qurilish obyektlarida vaxta usulini qoʻllashning maqsadga muvofiqligi qurilishni tashkil etish loyihalari va boshqa loyiha-texnologik hujjatlarni ishlab chiqish jarayonida ishlar bajarilishini tashkil qilish sharoitlari hisobga olingan holda texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni bajarish orqali asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vaxta usulini qoʻllash bilan bogʻliq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq hisobga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlarni vaxta usulida bajarish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar, shuningdek, vaxta usulida ishlayotgan mehnat jamoalariga xizmat koʻrsatish uchun jalb etilgan ijtimoiy-maishiy soha tashkilotlarining qoʻshimcha xarajatlarini qoplash uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar ham obyekt qurilishi uchun kelishilgan narxni belgilashda, tomonlarning kelishuviga koʻra kelishilgan narx tarkibida hisobga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vaxta usulida bajarish uchun moʻljallangan ishlarning aniq hajmlari va turlari pudratchi hamda buyurtmachi tomonidan qurilishni bajarish uchun pudrat shartnomasi tuzilayotganda, subpudratchi tashkilotlari uchun esa — subpudrat shartnomasi tuzilayotganda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilot joylashgan joydan ish joyigacha yetib olish va u yerdan qaytish uchun xodimlar uch soatdan koʻproq vaqt sarflaydigan boʻlsa yoki favqulodda vaziyatlarda, tashkilotlarning rahbarlari, agar bu iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq deb topilsa, ishlar vaxta usulida bajarilishini tashkil etishga haqli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishlarni vaxta usulida tashkil qilish uchun amaldagi xarajatlar hisoblangan koʻrsatkichlardan oshib ketadigan boʻlsa, ularning qiymatlari orasidagi farq qurilish boʻyicha bosh pudratchi (subpudratchi) tashkilotning asosiy faoliyati hisobiga qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ishlarni vaxta usulida tashkil etish bilan bogʻliq, biroq ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ishlarni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vaxta usulining tashkil etilishi obyektlardagi ishlar bir maromda, uzluksiz va kompleks ravishda, asosan, ularning uzluksiz amalga oshirilishi boʻyicha oʻzgaruvchan grafikka binoan bajarilishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlar, qoida tariqasida, yiriklashtirilgan komleks brigadalar tomonidan, ishlar bajarilishi va mehnat uchun toʻlovning pudrat prinsiplarini qoʻllagan holda, shuningdek vaxta xodimlari ketma-ket almashinishi va moddiy boyliklar saqlanishini taʼminlash bilan bajarilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vaxta usulida ishlaydigan xodimlar tarkibini butlash tashkilot shtatida roʻyxatga olingan va kontrakt boʻyicha vaqtincha jalb etiladigan, ushbu usulda bajarilishi koʻzda tutilgan ishlarni amalga oshirishni rad etuvchi tibbiy koʻrsatmalarga ega boʻlmagan xodimlar bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vaxta usulida bajariladigan ishlarga 18 yoshga toʻlmagan ishchi va xizmatchilar, homilador ayollar va 3 yoshga toʻlmagan farzandlari boʻlgan ayollar jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vaxtalarni kadrlar va mutaxassislar bilan tartibli ravishda taʼminlash maqsadida tashkilot xodimlar bilan kelishgan holda ularni ishlarning bir uchastkasidan boshqasiga oʻtkazishga haqli. Bunda bir ish uchastkasidan boshqasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq (farmoyish)da tashkilot rahbari “vaxta” muddati yakunlanganidan soʻng xodimlar avvalgi ish joyi (lavozim)da tiklanishi, agar ish joyi tugatilgan boʻlsa, ushbu ish joyi (lavozim)ga tenglashtirilgan tashkilotdagi boshqa ish joyi (lavozim)ga oʻtkazilishini taʼminlashi lozim. Shuningdek, buyruq (farmoyish)da “Vaxta usulida ishlash uchun” oʻtkazish maqsadi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xodimlarni tashkilot joylashgan joydan yoki yigʻilish punktidan vaxtaga yetkazish va qayta olib kelish iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq hisoblangan transport turlari bilan, imkon qadar idoraviy transport vositalaridan foydalangan holda pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaxta shaharchalariga yetib kelgan barcha xodimlarga mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Vaxta shaharchalarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vaxta shaharchalari vaxta usulida ishlayotgan xodimlarning vaxtadagi dam olish vaqtida hayot va ish faoliyatini taʼminlash uchun moʻljallangan turar-joy, madaniy-maishiy, sanitariya xonalari, shuningdek, qurilish texnikasi va maxsus texnikaga, avtotransportga xizmat koʻrsatiladigan, tovar-moddiy boyliklar zaxirasi saqlanadigan xoʻjalik bino va inshootlari kompleksidan iborat. Vaxta shaharchalariga texnik va maishiy xizmat koʻrsatish, odatda, ushbu maqsadlar uchun jalb etiladigan tegishli xizmatlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vaxta shaharchalarini saqlash, shaharchada yashayotgan xodimlarga maishiy xizmat koʻrsatish, ular bilan madaniy-ommaviy ishlarni tashkil etish balansida vaxta shaharchasi boʻlgan tashkilot maʼmuriyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasiga yuklanadi. Ushbu tashkilotlar maʼmuriyati tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda ushbu shaharchada barcha yashovchilarga xizmat koʻrsatishning ichki tartibi tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vaxta shaharchasi, hudud sharoitlariga bogʻliq ravishda, namunaviy yoki yakka-tartibdagi loyiha boʻyicha qurilib, ushbu loyihada ijtimoiy-maishiy soha obyektlari, elektr, suv, issiqlik taʼminoti, aloqa vositalari, kirish yoʻllari va uchish-qoʻnish polosasi (texnik zarurat mavjud boʻlsa), vaxta xodimlarini yetkazib kelish usuli, shuningdek, shaharchani qurish va faoliyatini taʼminlash xarajatlarining smetasi koʻzda tutiladi. Shuningdek, loyihada shaharchada ishlayotgan va istiqomat qilayotgan xodimlar ovqatlanishi, dam olishi va ishdan boʻsh vaqtini tegishli tarzda tashkil qilish, ularga tibbiy, savdo-maishiy va madaniy xizmat koʻrsatish masalalari ham hal qilinadi. Vaxta shaharchasi joylashuvini tanlashda xodimlarni vaxta shaharchasidagi yashash joylaridan ish joyigacha yetkazish va qaytib olib ketish vaqtini qisqartirish talabi majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaxta shaharchasining loyihasi tegishli kasaba uyushmasi tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va yongʻin nazorati organlari bilan kelishiladi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Vaxta shaharchasi foydalanishga mahalliy hokimliklar tomonidan tayinlanadigan va tarkibi tashkilot maʼmuriyati, mahalliy hokimiyat organlari, kasaba uyushmasi tashkiloti, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda yongʻin xavfsizligi xizmatlari, shuningdek sogʻliqni saqlash organlari va qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari vakillaridan tashkil topgan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vaxta xodimlarining vaxtalararo dam olish davrida shaharchada yashashiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Mehnat va dam olish rejimi, ish vaqti hisobini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ishlarni vaxta usulida tashkil qilishda, odatda, bir oy, bir chorak yoki boshqa uzoq muddatli, lekin bir yildan ortiq boʻlmagan davr uchun ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobga olingan davr umumiy ish vaqti, tashkilot joylashgan joydan yoki yigʻilish punktidan ish joyigacha yetib olish va qaytish vaqti hamda vaqtning ushbu kalendar davrga toʻgʻri keladigan dam olish vaqtini qamrab oladi. Bunda hisobga olingan davr uchun ish vaqtining davomiyligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan bir haftalik ish vaqti soatlaridan oshib ketmasligi kerak.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotlarda har bir xodim uchun ish vaqti va dam olish vaqtining oylar va hisobga olingan davr uchun qoʻshilib jamlangan yakuni boʻyicha maxsus hisob-kitob yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Hisobga olinadigan davr doirasidagi ish vaqti va dam olish vaqti tegishli kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilib, tashkilot maʼmuriyati tomonidan ish grafigiga muvofiq, odatda, bir yil uchun belgilanadi va amalga kiritilishidan kamida ikki oy oldin xodimlarga yetkaziladi. Grafiklarda, shuningdek, xodimlarni vaxtaga yetkazish va qayta olib kelish uchun zarur boʻlgan vaqt ham nazarda tutiladi. Har kungi ish vaqti 12 soatdan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Xodimlarning har kungi dam olish vaqti, ovqatlanish uchun belgilangan vaqtni ham hisobga olganda, 12 soatdan kam boʻlmasligi lozim. Ishlab chiqarish zaruriyati sababli har kungi dam olish vaqti qisqartirilganda, toʻliq foydalanilmagan har kunlik dam olish soatlari va har haftalik dam olish kunlari jamlanib, xodimlarga hisobga olingan davr davomida qoʻshimcha dam olish kunlari (vaxtalararo dam olish kunlari) shaklida taqdim etiladi. Joriy oy mobaynidagi haftalik dam olish kunlarining soni ushbu oydagi toʻliq haftalar sonidan kam boʻlmasligi lozim. Haftalik dam olish kunlari haftaning istalgan kuniga toʻgʻri kelishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobga olingan davr yakunlanishidan oldin ishdan boʻshagan xodimlar uchun ishdan boʻshash sanasi, ularning roziligi bilan, vaxtalararo dam olish kunlarini hisobga olgan holda koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tashkilot rahbarlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda ustalar, prorablar, uchastka (smena) boshliqlari va obyekt (uchastka)da bevosita rahbarlik funksiyalarini amalga oshirayotgan boshqa sex xodimlari uchun asosiy xodimlar uchun belgilangan mehnat va dam olish rejimini oʻrnatish huquqi berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Hisobga olinadigan davr mobaynida xodim ishlab beradigan soatlarning normal yigʻindisi besh kunlik ish haftasi va 8 soatlik ish smenasi hamda bayram arafasidagi 7 soatlik ish smenasidan (40 soatlik ish haftasi uchun) kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noqulay mehnat sharoitlarida bajariladigan ishlar uchun ish vaqtining normasi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan qisqartirilgan ish kunidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol. 2019-yilning iyul oyida 23 ish va 8 dam olish kunlari bor. Ushbu hisobga olinadigan davr (1 oy) ichida xodim ishlab berishi kerak boʻlgan soatlarning normal miqdori 184 soatga teng (23 x 8 = 184).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaxtadagi ish vaqtining normal uzunligi hisobga olingan davr uchun yuqorida belgilangan tartib boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol. Normal mehnat sharoitlari boʻlgan 15 kunlik (2019-yil 1 — 15-iyul kunlari) vaxtadagi ish vaqtining uzunligi 88 soatga teng (11 x 8 = 88).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaxtada 15 kun (2019-yil 1 — 15-iyul kunlari) 12 soatdan ishlash grafigiga muvofiq xodimlar ikkala misolda ham 180 soatdan (15 x 12 = 180) ishlab berganlar. Bu xodimlarga 2019-yilning iyul oyida smenalararo va har haftadagi dam olish kunlarining yigʻindisidan iborat 15 kun taqdim etilgan (smenalararo foydalanilmagan dam olishning 4 soati x 10 kun — har haftadagi dam olishning foydalanilmagan 12 soati x 5 dam olish kuni + 4 dam olish kuni = 100 soat : 8 soat + 4 kun = 16 kun). Bunda 21-bandga muvofiq ishlab berilgan 4 soatga kirmagan vaqt xodimning vaxtalararo dam olishini hisoblashda eʼtiborga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobga olinadigan davrda yoki vaxtada ish vaqti toʻliq boʻlmaganda (mehnat taʼtili, kasallik tufayli ishga chiqmaslik va boshqalar) norma boʻyicha belgilangan ish soatlaridan ishda boʻlmagan kunlarga toʻgʻri keladigan kalendar boʻyicha xodim soatlari ayirib tashlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Mehnatga haq toʻlash, imtiyozlar va kompensatsiyalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ishlarni vaxta usulida tashkil etishda xodimlarga mehnat haqi quyidagi tartibda toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishbay xodimlarga — bajarilgan ishlar hajmi boʻyicha yiriklashtirilgan (kompleks) va amaldagi boshqa narxlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtbay xodimlarga — amalda ishlab berilgan hamma soatlar uchun razryadlar boʻyicha belgilangan tarif stavkalariga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustalar, prorablar, uchastka (smena) boshliqlari va obyektda bevosita rahbarlik funksiyalarini bajarayotgan sex xodimlariga grafik boʻyicha ishlab berilgan vaqt (soatlar) uchun razryadlar boʻyicha belgilangan tegishli tarif stavkasiga muvofiq toʻlanadi. Bunda xodimlarning soatlar boʻyicha stavkasi bir oylik lavozim maoshini hisoblanayotgan oyning kalendar boʻyicha ish soatlariga boʻlish orqali aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaxtada ishlayotgan boshqa rahbarlar, mutaxassilar va xizmatchilarga mehnat haqi amalda ishlab berilgan vaqt (kunlar) uchun bir oylik lavozim maoshiga muvofiq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Xodimlarni mukofotlash tashkilotda amal qiluvchi jamoa shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mukofot vaxtada ishlagan davr uchun belgilangan ish haqi boʻyicha hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilot, tegishli xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq, vaxta usulida ishlab (korxona tarkibiga kirmagan holda), mehnat jamoasiga xizmat koʻrsatayotgan tibbiyot, bolalar, madaniy-maʼrifiy va sport muassasalalari, umumiy ovqatlanish va boshqa tashkilotlar xodimlarini ragʻbatlanirish uchun mablagʻ ajratishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Vaxta usulida ishlarni bajarayotgan barcha xodimlarning (shu jumladan vaxta usulida ishlayotgan jamoalarga xizmat koʻrsatayotgan savdo va umumiy ovqatlanish, aloqa, transport, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar xodimlari) ish haqiga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan oʻlchamlardagi koeffitsiyentlar (hududiy, baland togʻli, choʻl, suvsiz zonalar va boshqa omillar boʻyicha koeffitsiyentlar) qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Toʻliq ish kunlariga nisbatan karrali boʻlmagan ortiqcha ishlab berilgan ish vaqtlari kalendar yil davomida vaxtalararo dam olishning toʻliq ish kunlarigacha jamlanib borilishi mumkin. Xodim ishdan boʻshaganida yoki kalendar yil yakunlanganida koʻrsatilgan soatlar uchun jamoa shartnomasiga muvofiq haq toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ortiqcha ishlab berilgan ish vaqti ishdan tashqari bajarilgan hisoblanadi va bu vaqt uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq haq toʻlanadi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Vaxta xodimlari obyektga oʻz vaqtida yetib kelmasa, ishlarni vaxta usulida bajarayotgan tashkilotlarning rahbarlari kasaba uyushmalari qoʻmitalari bilan kelishgan holda yangi smena yetib kelguniga qadar xodimlarni ish grafigida belgilangan ish vaqtidan koʻproq vaqt ishlashga jalb etishi mumkin. Bunday holatlarda maʼmuriyat vaxta xodimlari eng qisqa muddatlarda obyektga yetkazib kelishi boʻyicha barcha choralarni qoʻllashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Vaxta usulida ishlarni bajarayotgan barcha xodimlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, vaxta usulida ishlayotgan jamoalarga xizmat koʻrsatayotgan savdo va umumiy ovqatlanish, aloqa, transport, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar xodimlariga vaxta davrida ishlar bajarilayotgan joylardagi har bir kun uchun, shuningdek, tashkilot joylashgan joydan (yigʻilish punktidan) ish joyigacha va qaytish vaqti uchun vaxta usulida ishlash uchun toʻlanadigan ish haqiga ustama toʻlanadi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish haqiga ustama miqdori jamoa shartnomasida belgilanib, respublika hududida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ishlarning harakatli tusi va dala sharoitlaridagi xarajatlar uchun kompensatsiyaning boshqa turlari toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaxta usulida bajarilgan ishlar uchun ustama summasini hisoblash xodimlarning vaxtada boʻlgan amaldagi vaqtidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga kunbay haq toʻlanishida — tegishli xodimning lavozim maoshi joriy oydagi kalendar kunlar soniga boʻlinadi. Kunlik stavka vaxtada ishlangan kunlar va yoʻlga sarflangan kunlar soniga koʻpaytiriladi va chiqqan summadan belgilangan miqdordagi ustama puli belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat uchun ishbay haq toʻlanishida — xodimning amalda bajarilgan ishlar hajmi uchun hisoblangan oylik ish haqi bir oydagi kalendar kunlar soniga boʻlinadi. Keyingi hisob-kitoblar razryadlar boʻyicha belgilangan tarif stavkasida haq oladigan ishchilarga boʻladigan toʻlovlar tartibida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Meteorologik sharoitlar sababli, transport tashkilotlarining aybi bilan yoki boshqa nazarda tutilmagan vaziyatlar tufayli yoʻlda ushlanib qolgan kunlar uchun xodimlarga avvalgi ikki kalendar oyda hisoblangan ish haqi boʻyicha aniqlanadigan oʻrtacha kunlik stavka miqdoridan kelib chiqadigan kompensatsiya toʻlanadi. Bu holatlarda xodimlarga turar joy ijarasi bilan bogʻliq xarajatlarning qoplanishi xizmat safarlari toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan normalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Xodim uzrli sabablarga koʻra vaxta xodimlari yigʻiladigan punktga oʻz vaqtida yetib kelmagan boʻlib, ish obyektigacha mustaqil yetib borgan boʻlsa, tashkilot maʼmuriyati unga transport xarajatlarini xizmat safarlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda koʻzda tutilgan normalarga muvofiq qoplab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ustama va hududiy koeffitsiyent toʻlash, shuningdek, vaxtalararo dam olish kunlari uchun haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar tashkilotlarning ish haqi toʻlash normativ fondi doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishning vaxta usuli uchun ustama toʻlash hamda yoʻlda boʻlish va ushlanib qolingan vaqt uchun xaq toʻlash bilan bogʻliq harajatlar smeta va ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishga xarajatlar doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Ijtimoiy-maishiy taʼminot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Vaxta shaharchalarida yashovchilar transport, ijtimoiy-maishiy xizmatlar, shuningdek, kuniga uch marta issiq ovqat bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Tashkilot kasaba uyushmasi qoʻmitasi va tashkilot maʼmuriyati mehnat jamoasining roziligi bilan vaxta usulida ishlayotgan xodimlar uchun sanatoriy-kurortlarda davolanish, dam olish va turizm boʻyicha yoʻllanmalarni imtiyozli tarzda birinchi navbatda taqdim etilishi masalalarini hal qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlar va kompensatsiyalarni taqdim etish tartibi
(7-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Vaxta usulida bajariladigan ishlarda band boʻlgan xodimlarga navbatdagi mehnat taʼtili, u dam olish kunlaridan foydalanganidan keyin, belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har yilgi asosiy taʼtil va zararli mehnat sharoitlarida ishlagani, tashkilotdagi uzluksiz staji uchun qoʻshimcha taʼtilga chiqish huquqini beruvchi stajga dam olish kunlari ham qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar har yilgi mehnat taʼtilining yakunlanishi u ishlaydigan jamoaning vaxtalararo dam olish davriga toʻgʻri kelib qolsa, uning roziligi bilan vaxta boshlanganiga qadar boshqa ish taklif etiladi. Tomonlarning kelishuviga koʻra ushbu xodimga haq toʻlanmaydigan mehnat taʼtili taqdim etilishi haqidagi masala ham koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Har yilgi taʼtil kunlari uchun toʻlanadigan oʻrtacha ish haqi, hisobga olingan davr ichida taqdim etiladigan dam olish kunlarini hisobga olgan holda belgilangan tartibda hisob-kitob qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xodimga ishlangan vaqt uchun haq toʻlanadigan dam olish kunlari (otgullar), shuningdek, ishdan boʻshayotganida otgullar uchun kompensatsiya taqdim etiladigan boʻlsa, otgul kunlari uchun toʻlovlar oylik ish haqini hisob-kitob qilishda hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Xodimning umumiy ish vaqtini hisobga olgan holda oʻrtacha ish haqi boʻyicha toʻlovni bajarishda bir soat uchun oʻrtacha ish haqining miqdori hisoblanadi. Buning uchun soʻngi uch oy davomida ishlab berilgan barcha soatlar uchun hisoblangan ish haqi ushbu soatlar soniga boʻlinadi. Ushbu xodimning ish grafigi boʻyicha toʻlov bajarilishi lozim boʻlgan vaqt oraligʻidagi ish soatlari uchun haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Vaxta usuli qoʻllanadigan tashkilotlar xodimlarining davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar bilan taʼminlanishi amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Ishni vaxta usulida bajarayotgan xodimlarda ularga berilgan dam olish davrida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan taqdirda dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan mehnatga layoqatsizlik kunlari uchun nafaqa berilmaydi. Agar vaqtincha mehnatga layoqatsizlik dam olish muddati tamom boʻlgandan keyin ham davom etsa, nafaqa xodim ishga tushishi kerak boʻlgan kundan boshlab beriladi. Bunda nafaqa mehnatga layoqatsizlik oqibatida oʻtkazib yuborilgan ish soatlari uchun qonunchilikda belgilangan ish vaqti normasi doirasida tuzilgan grafik boʻyicha beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Tibbiy yordamning tashkil etilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ishlarni vaxta usulida amalga oshirayotgan tashkilot maʼmuriyati xodimlarga tibbiy xizmatlar koʻrsatilishi va ularning tibbiy koʻriklardan oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida tashkilot joylashgan hududdagi sogʻliqni saqlash organlari bilan xodimlarni davolash-profilaktika muassasasiga biriktirish masalasini hal qiladi, xodimlarning tibbiy koʻrik va tekshiruvlardan oʻz vaqtida va tartibli ravishda oʻtishlari uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Balansida vaxta shaharchalari boʻlgan tashkilotlar maʼmuriyati sogʻliqni saqlash muassasalari bilan birgalikda vaxta shaharchalari jamoalariga tibbiy yordam koʻrsatilishini, shaharchalarni tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, dori-darmon va tibbiy uskunalar bilan butlanishini tashkil qiladi va kasallar evakuatsiyasini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Vaxta usulida bajariladigan ishlarga joʻnatilayotgan shaxslarni ishga kirayotgandagi dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtkazish yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasasida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Vaxta shaharchasiga yoki obyektga joʻnatilishidan 2 — 4 kun oldin xodimlar tashkilot shifokori tomonidan yoki yashash joyidagi poliklinikada koʻrikdan oʻtkazilishi kerak, tibbiy koʻriklardan oʻtish ustidan nazorat qilish tashkilot maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Hududida vaxta shaharchalari va obyektlari joylashgan sogʻliqni saqlash organlari va muassasalari qurilishning umumiy qiymati hisobidan vaxtada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
feldsherlik punktlari (xodimlar soni 50 va undan koʻproq boʻlganida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot punktlari (xodimlar soni 500 va undan koʻproq boʻlganida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vrachlik punktlarini (xodimlar soni 1500 dan koʻproq boʻlganida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlovchilar soni 50 nafargacha boʻlganda — vaxtaga kelib-ketishlarning davriyligi tashkilot maʼmuriyati bilan kelishiladigan tibbiy brigadalarni tashkil qilgan holda vaxtada ishlovchilarni tibbiy yordam bilan taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy brigadalarni obyektlarga qatnovi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Vaxta shaharchalarining qurilishi, ularda ijtimoiy-maishiy soha obyektlarining ishga tushirilishi ustidan ogohlantiruvchi sanitariya nazorati, shuningdek, sanitariya-gigiyenaga oid va epidemiyaga qarshi norma va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkaziladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ishga kirishdagi dastlabki va xodimlarni vaxtaga joʻnatishdan oldin oʻtkaziladigan davriy tibbiy koʻriklar natijalari boʻyicha tibbiy xulosalarni qayd etib borish maqsadida har bir xodim nomiga amalga oshirilgan emlashlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etilgan ixtiyoriy shaklda tuzilgan sanitariya daftarchalari ochiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Vaxta usulida ishlaydigan tashkilotlarga kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari orqali joʻnatilgan va tanlangan mutaxassislik boʻyicha ishlash rad etadigan tibbiy koʻrsatmalar olgan xodimlar boshqa ishga xuddi shu organlar tomonidan joylashtiriladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan obyektlardagi qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini mehnatni tashkil qilishning vaxta rejimida amalga oshirishda kelib chiqadigan kelishmovchiliklar va nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Arizalar, murojaatlar va shikoyatlarni koʻrib chiqishning batafsil mexanizmi shartnomalarda keltirilgan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/636/1362-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)