28.09.2020 yildagi 592-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.09.2020 yildagi 592-son
Date of entry into force
29.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet davlat fuqarolariga davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 368-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/368/0595-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan oʻtish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda murojaat qilish tartibi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 368-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/368/0595-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinov imtihonini tashkil etish va oʻtkazishning shaffof va ochiq tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinov imtihonini oʻtkazish boʻyicha imtihon komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinov imtihoni natijalarini eʼlon qilish hamda davlat tilini bilish boʻyicha malaka sertifikatini berish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarini samarali tashkil qilish va oʻtkazish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida masofadan turib elektron tarzda murojaat qilish hamda davlat tilini bilish toʻgʻrisidagi malaka sertifikatini QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlagan holda elektron tarzda olish tizimini joriy etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinovlarni oʻtkazish uchun hududiy imtihon komissiyalari tarkibi tasdiqlanishini hamda zaruratga qarab yangilab borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 3-martdagi 117-son qarorining 3-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda talabgorlarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Majidov va ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 28-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
592-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 592-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning davlat tilini bilish darajasini aniqlash (keyingi oʻrinlarda — davlat tilini bilish darajasini aniqlash) tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish masalalari boʻyicha vakolatli davlat organiga murojaat qilgan va qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami berilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroligi boʻlmagan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan va oʻzining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega boʻlmagan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlat fuqarosi — Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega boʻlmagan, boshqa davlat fuqaroligiga va oʻzining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega boʻlgan shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda talabgorlarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi va uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — Markaz va uning hududiy boʻlinmalari) tomonidan toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tili boʻyicha sinov imtihonini tashkil etish hamda davlat tilini bilish boʻyicha malaka sertifikatini berish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Murojaat qilish va uni koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Talabgor davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinov imtihonida qatnashish uchun davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda murojaat qiladi va Yagona billing tizimi orqali toʻlovni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzrli sabablar mavjud boʻlganda (kasallik va boshqalar), notarial tartibda tasdiqlangan iltimosnoma asosida ishonchli vakil orqali murojaat qilinganda xizmat koʻrsatilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda, uning murojaati masʼul xodim tomonidan, YIDXP orqali murojaat qilganda shaxsan oʻzi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markaz va uning hududiy boʻlinmalariga talabgor davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinov imtihonida qatnashish uchun soʻrovnoma bilan elektron tarzda murojaat qilgan va yigʻim toʻlovi toʻlanganligi haqida idoralararo elektron hamkorlik orqali real vaqt rejimida maʼlumot kelib tushgan kunning oʻzida Markaz yoki uning hududiy boʻlinmalari talabgorning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsini tasdiqlovchi hujjati (chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning tugʻilganlik haqida guvohnomasi hamda Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartasini);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli fotosuratini masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali maʼlumotlar almashinuvi yoʻli bilan onlayn soʻrab oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Hujjatlar masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali qabul qilib olinganidan soʻng darhol, talabgorga uning murojaati qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi sinov imtihonini oʻtkazish vaqti koʻrsatilgan maʼlumotnoma Markaz va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat tili boʻyicha sinov imtihonini tashkil etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat tili boʻyicha imtihon talabgorning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha Markaz yoki uning hududiy boʻlinmalarida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq keltirilgan davlat tilini bilishga qoʻyiladigan minimal talablar asosida sinov imtihoni topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat tilini bilish darajasini aniqlashga tayyorgarlik koʻrish, sinov imtihoni materiallarini tayyorlash maqsadida Markaz va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan ishchi guruh shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sinov imtihoni ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinganidan soʻng bir oy muddatda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sinov imtihonlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan tasdiqlangan tarkibdagi davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinovlarni oʻtkazish uchun hududiy imtihon komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sinov imtihonlariga ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklif etilishi, shuningdek imtihonlar onlayn tarzda kuzatib borilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tilini bilish boʻyicha sinov imtihoni jarayonlari uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va kamida bir yil saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sinov imtihoni test, yozma va ogʻzaki shakllarda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test talabgorning kundalik turmushida foydalanuvchi sodda xabarlar, til egasi bilan tanish va maxsus mavzuda muloqotga kirishganda foydalaniladigan maʼlumotlar asosida tuzilgan 10 ta mantiqiy savollardan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test savollariga toʻgʻri javoblar uchun beriladigan eng koʻp ball 30 ballni tashkil etadi. Test savollarini yechish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlari natijasi shu vaqtning oʻzida maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma sinov shakli diktant shaklida yoki talabgorning sodda anketalarni shaxsiy maʼlumot bilan toʻldira olish, rasmiy xat, ish yuritish qogʻozlarini (ariza, rozilik xatlari, rezyume) yoza olish darajasini aniqlash maqsadida maʼlum bir topshiriqni (anketa toʻldirish, ariza yozish kabi) yozish tarzida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma sinov uchun beriladigan eng koʻp ball 30 ballni tashkil etadi. Yozma sinovni bajarish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ogʻzaki sinov shakli talabgorning oʻzi haqida ogʻzaki maʼlumot bera olish, ijtimoiy-maishiy mavzuda taklif etilgan suhbatga kirisha olish, fikrini sodda tarzda tushuntirib bera olish, tanish mavzularda oʻz fikrini bildira olish (kitoblar, filmlar, musiqa xususida), hikoya yoki muhokama mazmunini sodda iboralar bilan qisqacha gapirib bera olish darajasini bilish maqsadida tuzilgan savollar asosida tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ogʻzaki sinov uchun beriladigan eng koʻp ball 40 ballni tashkil etadi. Ogʻzaki sinovni bajarish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sinov imtihoni yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning 50 foizidan (50 balldan) kam ball olgan talabgor sinov imtihonidan oʻtmagan deb hisoblanadi va qayta qatnashish uchun sinov imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab kamida bir oydan keyin (qayta toʻlov amalga oshirilgan holda) elektron shaklda murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sinov imtihoni natijalari test shaklidagi sinov imtihonida olingan natija inobatga olingan holda uch kun muddatda eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Sinov imtihoni topshirish uchun toʻlov toʻlash shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida sinov imtihonini topshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida Yagona billing tizimi orqali yigʻim toʻlovi toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etilganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablagʻlar — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) YIDXP orqali murojaat etilganda toʻlov summasining 90 foizi undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undirilgan summaning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11,25 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablagʻlar — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Shartnoma talabgor va vakolatli organ oʻrtasida ommaviy oferta talablari asosida belgilangan toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng, tuzilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Davlat tilini bilish boʻyicha malaka sertifikatini berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur Nizomning 3-ilovasida belgilangan davlat tilini bilishga qoʻyilgan minimal talablar asosida sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga Markaz tomonidan davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi davlat tilini bilish toʻgʻrisidagi malaka sertifikati (keyingi oʻrinlarda — malaka sertifikati) imtihon natijalari eʼlon qilingan kundan soʻng uch kun muddatda beriladi, shuningdek “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Ichki ishlar vazirligining “E-fuqaro” idoralararo maʼlumotlar bazasiga yuboriladi. Malaka sertifikati muddatsiz amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Markaz va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan malaka sertifikatlari reyestri yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka sertifikatlari reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugʻilgan sanasi va joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (seriyasi va tartib raqami, kim tomonidan va qachon berilganligi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va uning hududiy boʻlinmalari rahbarlarining malaka sertifikati berish toʻgʻrisidagi tegishli buyrugʻi sanasi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka sertifikatining seriyasi, tartib raqami va berilgan sana.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Malaka sertifikati Markaz va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan pochta (xizmat uchun toʻlovni talabgor qoplagan holda) aloqasi orqali, shuningdek YIDXP orqali murojaat qilinganda talabgorning elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Appelatsiya berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinovlarni oʻtkazish uchun hududiy imtihon komissiyalari tomonidan oʻtkazilgan sinov natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar Markazga apellatsiya berish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya sinov imtihoni natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida, ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Bu haqida Markazga idoralararo elektron hamkorlik orqali maʼlumot kelib tushadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Apellatsiyani koʻrib chiqish uchun Markaz direktorining buyrugʻi bilan 5 — 7 nafar Markaz xodimlari va taʼlim tizimi pedagoglaridan iborat boʻlgan Apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihon natijasi chiqqan kundan boshlab oʻn kun ichida apellatsiya sinov imtihoni olinadi. Sinov natijalari imtihon oʻtgandan soʻng besh kun ichida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori toʻgʻrisida idoralararo elektron hamkorlik orqali davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor Apellatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Apellatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinov imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiyaning qondirilishini rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinov imtihoni natijalarini oʻzgartirish va apellatsiyani qondirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinov imtihoni natijalarini bekor qilish va takroriy sinov imtihoni oʻtkazilishini tayinlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar talabgor tomonidan koʻrsatilgan dalillar tasdiqlanmasa, apellatsiyaning qondirilishini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Sinov imtihoni natijalarini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Nizom talablari buzilgan holda oʻtkazilgan taqdirda qabul qilinadi. Apellatsiya komissiyasining qarorlari ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorni takroriy sinov imtihonidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Markaz sinov imtihonini oʻtkazish sanasini belgilaydi, bu haqda idoralararo elektron hamkorlik orqali davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali elektron shaklda xabar beriladi hamda sinov imtihonini takroran oʻtkazishda toʻlov undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Apelatsiya komissiyasi tomonidan takroriy sinov imtihoni oʻtkazish haqidagi qarorda belgilangan, test, ogʻzaki yoki yozma sinov imtihoni shakli (shakllari) asosida qayta bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Takroriy apellatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs (talabgor

Davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinov imtihonida qatnashish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklda murojaat qiladi va davlat xizmatini koʻrsatish uchun toʻlovni amalga oshiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Talabgor, davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP

1. Talabgor Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda, uning murojaati masʼul xodim tomonidan, YIDXP orqali murojaat qilganda shaxsan oʻzi belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.

2. Talabgor soʻrovnomani identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID kabi) bilan tasdiqlaydi (YIDXP orqali murojaat qilganda soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi).

Davlat xizmati olish uchun murojaat qilingan va toʻlov amalga oshirilganidan soʻng darhol

3-bosqich

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi (Markaz) yoki uning hududiy boʻlinmalari

1. Talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini va raqamli fotosuratini real vaqt rejimida “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali oladi.

Soʻrovnoma kelib tushgan kunning oʻzida

2. Sinov imtihoni (imtihon)ni oʻtkazish vaqti koʻrsatilgan maʼlumotnomani talabgorga davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.

Hujjatlar qabul qilib olinganidan soʻng darhol

3. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlarni oʻtkazadi.

Hujjatlar qabul qilib olinganidan soʻng bir oy muddatda

4. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihon natijalarini eʼlon qiladi.

Imtihon oʻtkazilganidan soʻng uch kun muddatda

4-bosqich

Markaz yoki uning hududiy boʻlinmalari, YIDXP

Imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga belgilangan shakldagi davlat tilini bilish toʻgʻrisidagi malaka sertifikati beriladi.

Imtihon natijalari eʼlon qilingandan soʻng uch kun muddatda

5-bosqich

Talabgor

Imtihon yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning 50 foizidan (50 balldan) kam ball olgan (imtihondan oʻtmagan) taqdirda, qayta qatnashish uchun (qayta toʻlov amalga oshirilgandan soʻng) elektron shaklda murojaat qiladi.

Imtihon oʻtkazilgan kundan boshlab kamida bir oydan keyin

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA

I. Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs (talabgor) toʻgʻrisida maʼlumot:

1. JShShIR

2. F.I.O.

II. Talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning tugʻilganlik haqida guvohnomasi hamda Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi haqida maʼlumot yoki shaxsini tasdiqlovchi

boshqa hujjat)

3. Seriyasi va raqami:

4. Kim tomonidan berilgan:

5. Qachon berilgan:

III. Boshqa maʼlumotlar

6. Doimiy yoki vaqtincha yashash manzili

7. Telefon raqami

8. Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa):

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Davlat tilini bilishga qoʻyiladigan minimal
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TALABLAR

I. Tinglab tushunish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tanish mavzularda maʼlumot beruvchi matnlarning asosiy mazmunini oʻqib, tushuna oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sodda xabarlar, sodda yozma yoʻriqnoma yoki koʻrsatmalarni tushuna oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻz qiziqishlari doirasidagi tele- yoki radiodasturlar va boshqa manbalarni tinglab, asosiy maʼlumotlarni tushuna oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shaxsiy qiziqish, oʻqish yoki kasbga oid sohadagi ogʻzaki manbalarni tinglab, uning asosiy mazmuni hamda maxsus maʼlumotlarni anglay oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Til egasi bilan tanish va maxsus mavzuda muloqotga kirishganda uning aksariyat jihatlarini tushuna oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Gapirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzi haqida ogʻzaki maʼlumot bera oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ijtimoiy-maishiy mavzuda taklif etilgan suhbatga kirisha oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Fikrini sodda tarzda, izchillik asosida, mantiqli tushuntirib bera oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tanish mavzularda oʻz fikrini bildira oladi (kitoblar, filmlar, musiqa xususida).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Hikoya yoki muhokama mazmunini sodda iboralar bilan qisqacha gapirib bera oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Oʻqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tanish mavzularda maʼlumot beruvchi matnlarning asosiy mazmunini tushuna oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Joy yoki insonlar tasvirlangan qisqacha matnni tushuna oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sodda xabarlarni, masalan oddiy xatlar, elektron xatlarni tushuna oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sodda yozma yoʻriqnoma yoki koʻrsatmalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Munozarali matnning xulosasini aniqlay oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Matn mazmunining asosiy gʻoyasini ajrata oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yozish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shaxsiy xatlar (qisqa xabarlar, tabriklar, eslatmalar va boshqalar)ni yoza oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sodda anketalarni shaxsiy maʼlumot bilan toʻldira oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Rasmiy hujjatlar qoliplari asosida sodda shakldagi hujjatlarni yoza oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻz qiziqishlariga taalluqli mavzuda qisqa, sodda esse yoza oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Rasmiy xat, ish yuritish qogʻozlarini (ariza, rozilik xatlari, rezyume) yoza oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻz fikrini imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozma shaklda bayon qila oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Imlo qoidalariga rioya qilgan holda diktant yoza oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Davlat tilini bilish toʻgʻrisidagi malaka sertifikati namunasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

ALIS
NER NAVOIY NOMIDAGI TOSNKENT DAVLAT OʻZBEK TILI
VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
NUZURIDAGI DAVLAT TILIDA ISN YURITISN ASOSLARINI OʻQITISN VA MALAKA OSNIRISN MARKAZI

T
NE CENTER FOR TEACNING TNE BASICS OF OFFICE MANAGEMENT
IN T
NE STATE LANGUAGE AND FURTNER TRAINING AT TASNKENT STATE UNIVERSITY OF TNE UZBEK LANGUAGE AND LITERATURE NAMED
AFTER ALIS
NER NAVOIY
_____________________________________________________________________________
DAVLAT TILINI BILIS
N TOʻGʻRISIDA
SERTIFIKAT

CERTIFICATE
OF KNOWLEDGE OF T
NE STATE LANGUAGE

Sertifikat seriyasi № / Certificate Serieend Number

_____________________________________________________________________________

Talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar / Candidate Details

Talabgorning shaxsiy kodi /Candidate ID

Familiyasi / Family Name

Ismi / First Name

Otasining ismi / Middle Name

Sinov natijalari / Exam Results

_____________________________________________________________________________

Berilgan sanasi: / Date of Issue:

Direktor / Director

_____________

_______________________

Imzo / Signature

F.I.O. / Full Name

M.Oʻ / Stamp Nere

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazining Apellatsiya komissiyasi raisiga ________________________________dan

(Talabgorning F.I.O.)

APELLATSIYA TOʻGʻRISIDA

ARIZA

Talabgor norozi boʻlgan sinov imtihoni shakli (test, ogʻzaki, yozma)

Quyidagilarni koʻrib chiqishingizni iltimos qilaman: ____________________________

____________________________________________________________________________

Talabgorning imzosi: _______________

Shakl toʻldirilgan sana: ______________

Blankaning roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami: 0000000

(chegara)

Apellatsiya toʻgʻrisidagi ariza qabul qilinganligi toʻgʻrisida

XAT-TASDIQNOMA

Talabgorning F.I.O.: ___________________ Talabgorning shaxsiy kodi:______________

Arizani qabul qilib oluvchi masʼul shaxsning F.I.O.: _____________________________

Imzo: ________

(MOʻ)

Apellatsiya qabul qilingan sana: _______

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi apellatsiya komissiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XULOSASI

Talabgorning F.I.O.: _______________

Talabgorning shaxsiy kodi: _____________

Talabgor norozi boʻlgan sinov imtihoni shakli______________________________

(test, ogʻzaki, yozma)

Ariza qabul qilingan sana: ____________

Talabgorning daʼvosi: _________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

Tekshirish natijasi:___________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

Apellatsiya komissiyasining qarori: ______________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

Apellatsiya komissiyasi raisi:

(Imzo)

(F.I.O.)

Apellatsiya komissiyasi aʼzolari:

(imzolar)

(F.I.O.)

(F.I.O.)

(F.I.O.)

(F.I.O.)

Sana: __ __ __ __ __ __ __ __

(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 368-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/368/0595-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/592/1336-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 14.08.2023-y., 09/23/368/0595-son)