24.09.2020 yildagi 584-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.09.2020 yildagi 584-son
Date of entry into force
25.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy viloyati tarkibida Gʻozgʻon shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy viloyatining Gʻozgʻon shahri va Nurota tumanining chegaralari oʻzgarishi hamda Gʻozgʻon shahri viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan Navoiy viloyati boʻysunuvidagi Gʻozgʻon shahar hokimligini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Navoiy viloyati Nurota tumani Gʻozgʻon shaharchasini Gʻozgʻon shahri etib oʻzgartirish, Gʻozgʻon shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Navoiy viloyati Nurota tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2019-yil 2-maydagi 2491-III-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Navoiy viloyati Nurota tumani Gʻozgʻon shaharchasini Gʻozgʻon shahri etib oʻzgartirish, Gʻozgʻon shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Navoiy viloyati Nurota tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi SQ-419-III-son qaroriga muvofiq Navoiy viloyati boʻysunuvidagi Gʻozgʻon shahri tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Navoiy viloyati tarkibida viloyat boʻysunuvidagi Gʻozgʻon shahar hokimligi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻozgʻon shahar hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻozgʻon shahridagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari va boshqaruv xodimlarining soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Gʻozgʻon shahrida joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining boshqaruv xodimlari vazirliklar va idoralarning umumiy shtat birliklari doirasida kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn kun muddatda Navoiy viloyati tarkibida viloyat boʻysunuvidagi Gʻozgʻon shahar hokimligini tashkil etish bilan bogʻliq zarur tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda Gʻozgʻon shahri budjetining prognoz parametrlarini belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda Gʻozgʻon shahrini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek, yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Navoiy viloyati tarkibida viloyat boʻysunuvidagi Gʻozgʻon shahri tashkil etilishi munosabati bilan yangidan tashkil etilayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy tuzilmalarini koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirish, shuningdek, Nurota tumanidagi mavjud shtatlarni qisqarishi natijasida boʻsh qolayotgan shaxslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Navoiy viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Gʻozgʻon shahar hokimligi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining Navoiy viloyati tarkibida viloyat boʻysunuvidagi Gʻozgʻon shahri boʻlinmalarini zarur bino va inshootlar hamda moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻozgʻon shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosini tashkil etsin va joyiga chiqqan holda muhokama qilib borsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharda qurilish materiallari ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish orqali aholi bandligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shahar hududida geologiya-qidiruv ishlari koʻlamini kengaytirish orqali yangi konlarni aniqlash va oʻzlashtirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharda koʻp kvartirali uylar qurilishini tashkil etish orqali urbanizatsiya darajasini oshirish va aholi uchun munosib turmush sharoitini yaxshilash ishlariga asosiy eʼtibor qaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ikki oy muddatda Gʻozgʻon shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi statistika koʻrsatkichlarini shakllantirish hamda yuritishda tashkil etilayotgan Gʻozgʻon shahrining maʼmuriy hududlarini inobatga olsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Navoiy viloyati tarkibida viloyat boʻysunuvidagi Gʻozgʻon shahar hokimligi tashkil etilishi natijasida maʼmuriy-hududiy chegaralar oʻzgarganligi munosabati bilan belgilangan tartibda yer hisobotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Navoiy viloyati Gʻozgʻon shahrida adliya boʻlimi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va davlat xizmatlari markazi tashkil etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Gʻozgʻon shahar davlat xizmatlari markazi binosining qurilishi investorlar boʻlmagan taqdirda, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga tashkil etilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Navoiy viloyati hokimi Q.B. Tursunov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 24-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
584-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 584-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻozgʻon shahar hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Hokim

Yordamchi

 

Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi

Hokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari — shahar investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi

Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi

Tashkiliy-nazorat guruhi

1

Bosh mutaxassis — 1

1

Bosh mutaxassis — 1

1

Bosh mutaxassis — 1

1

Bosh mutaxassis — 1

1

Bosh mutaxassis — 1

1

Buxgalteriya

1

Bosh yuriskonsult

1

Devonxona

1

Matbuot kotibi

1

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 17 nafar.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 584-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻozgʻon shahridagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining soni*
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tashkilot nomi

Shtat birliklari soni

1.

Maktabgacha taʼlim boʻlimi

1

2.

Xalq taʼlimi boʻlimi

1

3.

Tibbiyot birlashmasi

2

4.

Davlat soliq inspeksiyasi

4

5.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlimi

2

6.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi

2

7.

Moliya boʻlimi

3

8.

Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi

2

9.

Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi

2

10.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi

2

11.

Qurilish boʻlimi

1

12.

Madaniyat boʻlimi

1

13.

Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi

1

14.

Kadastr agentligining boʻlimi

1

15.

Statistika boʻlimi

1

16.

Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi

2

17.

Gʻaznachilik boʻlinmasi

2

18.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi

1

19.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi

2

21.

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

3

211

Oila va xotin-qizlar boʻlimi

3

22.

Obodonlashtirish boshqarmasi

2

23.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi

1

24.

Yoshlar ishlari agentligi shahar boʻlimi

1

Jami:

41

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan boshqaruv xodimlari cheklangan soni hamda belgilangan shtat birliklari doirasida belgilanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 09/20/584/1315-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)