26.08.2020 yildagi 517-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.08.2020 yildagi 517-son
Date of entry into force
27.08.2020
Hujjat 27.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Respublika oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son, “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil avgustdagi PF-5505-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda professor-oʻqituvchilar va xodimlar mehnatini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan munosib ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 40-modda) 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qarab bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009/2010 oʻquv yilidan boshlab — 1:10,5;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab — 1:12,0;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab — 1:14,0;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab — 1:16,0 nisbatida belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasasi kengashlariga, zarur hollarda, mazkur nisbatlarni 50 foizgacha oʻzgartirish vakolatini berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 26-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
517-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 517-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom respublika oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilar — oliy taʼlim muassasasida kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, assistent, oʻqituvchi, tajriba orttiruvchi oʻqituvchi lavozimida faoliyat yuritadigan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa toifadagi xodimlar — oliy taʼlim muassasasida boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar lavozimlarida faoliyat yuritadigan shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilarini va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish pul mukofotlari koʻrinishida, shuningdek, mehnat faoliyatida yuqori ijodiy va ishlab chiqarishdagi erishgan yutuqlari uchun oliy taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan asosiy ish haqiga ustama va qoʻshimcha haqlar belgilash orqali budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Pul mukofotlari, ustamalar va qoʻshimcha haqlar miqdori har bir xodimning oliy taʼlim muassasasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qoʻshgan shaxsiy hissasiga qarab belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oliy taʼlim muassasasi rahbarlariga (rektor, prorektor, filial direktori va oʻrinbosarlari) mehnat faoliyatida erishgan yuqori ijodiy va ishlab chiqarishdagi yutuqlari uchun ustama va qoʻshimcha haqlar hamda pul mukofotlari yuqori turuvchi tashkilotlarning tegishli qarorlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-intellektual salohiyati va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida oliy taʼlim muassasasi har yili professor-oʻqituvchi va xodimlar tomonidan bajarilgan ishlarning samaradorligi va sifatiga qarab moddiy ragʻbatlantirish tartibi va hajmlarini belgilashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Moddiy ragʻbatlantirish nafaqat bir xodim uchun, balki oliy taʼlim muassasasi rahbariyati yoki boshqa boshqaruv organlari tomonidan jamoatchilik ishlarini bajargan butun bir jamoa, kafedra, fakultet, ilmiy laboratoriya va boshqa boʻlinmalar xodimlariga ham berilishi mumkin. Bunda, moddiy ragʻbatlantiriladigan xodimlarning roʻyxati bajarilgan ishlarning aniq koʻrsatkichlari, erishilgan natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oliy taʼlim muassasasi rahbariyatiga bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumot taqdim etgan xodimlar moddiy ragʻbatlantirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oliy taʼlim muassasasining oʻquv-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot va iqtisodiy faoliyati samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida xodimlarni ragʻbatlantirish oʻquv yili davomida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ragʻbatlantirish koʻrsatkichlari bajarilgan ishlarning xususiyati, oʻziga xosligi va oliy taʼlim muassasasi (uning tarkibiy boʻlinmalari)ning yoʻnalishidan kelib chiqib aniqlashtirilgan boʻlishi lozim. Jamoa (aniq bir xodim) moddiy ragʻbatlantirilishida haqiqatan ham erishishi mumkin boʻlgan koʻrsatkichlardan ikki yoki uchtadan koʻp boʻlmagan mukofotlash mezonlari belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi buyruq har bir xodim uchun oliy taʼlim muassasasi rahbari tomonidan imzolanib, kasaba uyushma tashkiloti bilan kelishiladi, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari uchun esa yuqori turuvchi tashkilotning qarori tegishli boshqarma va boʻlimlarining tavsiyasiga binoan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mehnat intizomining buzilishi belgilangan (yoki belgilanadigan) ragʻbatlantirishni bekor qilishga asos boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oliy taʼlim muassasasi rahbari ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ishlab chiqarish intizomi buzilganda ustamalarni bekor qilish yoki kamaytirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagi hollarda oliy taʼlim muassasalari xodimlariga ularning murojaatiga asosan kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bilan oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moddiy yordam toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaqin qarindoshlari (ota-ona, aka-uka, opa-singil, er-xotin) vafot etganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning toʻyi yoki yubiley tantanasi munosabati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning oʻz sogʻligʻini tiklashi munosabati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy ofatlar oqibatlari va boshqa shunga oʻxshash hollarda ularga zarar yetkazilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ishlab chiqarish intizomi buzilganda ustamalarni bekor qilish yoki kamaytirish intizomiy jazo chorasi hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Moddiy ragʻbatlantirish miqdori va manbalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Professor-oʻqituvchilarga ish haqi uchun ustama haq va qoʻshimcha haqlar belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Vazirlar Mahkamasining “1996/1997 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlariga qabul qilish toʻgʻrisida” 1996-yil 5-iyuldagi 236-son qaroriga muvofiq belgilangan miqdorda, oliy taʼlim muassasasining boshqa toifadagi xodimlariga esa — oliy taʼlim muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tavsiyasiga koʻra oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadigan miqdorlarda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan oliy taʼlim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini oshirish maqsadida professor-oʻqituvchi va xodimlarga ustamalar hamda moddiy ragʻbatlantirish turlari va miqdorlari moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib, mustaqil belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarning 30 foizdan koʻp boʻlmagan qismi taʼlim muassasasining professor-oʻqituvchilar tarkibi va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga sarflanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, moddiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlar oliy taʼlim muassasasining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, birlamchi xarajatlari qoplanganidan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning asosiy mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchi va boshqa toifadagi xodimlarini ragʻbatlantirishning asosiy mezonlari sifatida quyidagilar hisobga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayonini tashkil etishdagi salmoqli yutuqlari, ularni jahon standartlari darajasida doimiy ravishda yangilab borish, fan, texnika, yangi texnologiyalar va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari hamda istiqbollari, ilmiy-texnik va ijtimoiy taraqqiyotni belgilaydigan sohalarda maxsus kurslar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv va oʻquv-uslubiy ishlarning samaradorligi va sifatini taʼminlovchi yuqori pedagogik mahoratga, talabaning ijodiy hamda idrok qilish qobiliyatini oshirishni taʼminlovchi oʻqitishning ilmiy-metodik darajasiga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqitishning faol usullaridan foydalanish va bilimlarni nazorat qilish, taʼlim va tarbiyaning uygʻunligini taʼminlash, oʻsib kelayotgan yosh avlodning yuksak axloqiy jihatlarini shakllantirish, besh tashabbus yoʻnalishlari boʻyicha yutuqlarga erishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha turdagi ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish va oʻtkazishni takomillashtirish, talabalar konstruktorlik toʻgaraklarini, yoshlar ijodiy markazlarini hamda talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini boshqarish, shuningdek talabalar orasidan iqtidorlilarini saralab olish, tanlovlarda, konferensiyalar va simpoziumlarda faol qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayonida zamonaviy kompyuter texnikalaridan foydalangan holda oʻqitishning yangi shakllari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish, talabalarning mustaqil taʼlim olishini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlanayotgan mutaxassislar sifatini oshirish maqsadida oliy taʼlimning dolzarb masalalari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashish va ularni oʻquv-tarbiyaviy jarayoniga tatbiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-uslubiy kengashlar va oʻquv-uslubiy birlashmalarda samarali ish olib borish, oʻquv reja va dasturlarini hamda iqtisodiyot tarmoqlarining real ehtiyojlarini hisobga olgan holda mutaxassislar tayyorlash boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan va texnika hamda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshadigan maqolalar, monografiyalar va kitoblarni nashr etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini koʻzlab turli xildagi ijtimoiy-siyosiy va ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlashda, doktorantlar, jumladan xorij davlatlaridagi doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilishda ijobiy natijalarga erishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan doktori diplomini olgandan soʻng talabgor (agar oliy taʼlim muassasasida faoliyat yuritayotgan boʻlsa) va uning ilmiy rahbari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot yili davomida amaliyotga tatbiq qilinadigan diplom loyihalariga rahbarlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet tillaridan (ingliz, fransuz, nemis va boshqa) biri yordamida oʻquv jarayonini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan tashqari mablagʻlarni koʻpaytirishda, shuningdek oliy taʼlim muassasasi moddiy-texnika bazasini homiylik asosida mustahkamlash borasida shaxsiy tashabbus koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir xodimning taʼlim muassasasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qoʻshgan shaxsiy hissasi, berilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishi hamda jamoat ishlarida faol qatnashishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oliy taʼlim muassasasi rahbarlarini ragʻbatlantirishda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasasida tayyorlangan mutaxassislarning sifat koʻrsatkichlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati boʻyicha tarkibi va ularning malakasini oshirganlik darajasi, oliy taʼlim muassasasida faoliyat yuritayotgan xorijdan jalb qilingan malakali professor-oʻqituvchilarning (mutaxassis) salmogʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga qoʻshgan ilmiy salohiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasasidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish darajasi va budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilish usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasasining daromadlari va xarajatlari smetasining ijrosi natijalari (oxiri yillar oʻsish dinamikasi tahlili asosida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat va boshqa boshqaruv organlariga oliy taʼlimni isloh qilish hamda milliy iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirish muammolari boʻyicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasasida jamoaning maʼnaviy, axloqiy va psixologik muhitining holatiga koʻrsatayotgan ijobiy taʼsiri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ragʻbatlantirish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilari va boshqa toifa xodimlarining ilgʻor tajribasini va faoliyati samaradorligini ommaviy axborot vositalarida yoritish hamda oliy taʼlim muassasasi veb-saytiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oliy taʼlim muassasasining shtatdagi xodimlariga mehnatga haq toʻlashning amaldagi tizimida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan boshqa toʻlovlar ham qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ustama haqlarini qatʼiy mezonlarga muvofiq belgilash va toʻlash uchun javobgarlik oliy taʼlim muassasasi rahbari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/517/1226-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)