08.10.2019 yildagi PF-5847-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.10.2019 yildagi PF-5847-son
Date of entry into force
09.10.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, oliy taʼlimni modernizatsiya qilish, ilgʻor taʼlim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy taʼlim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sogʻlom raqobat muhitini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarining flagmaniga aylantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga, shu jumladan Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy taʼlimning ilgʻor standartlarini joriy etish, jumladan oʻquv dasturlarida nazariy bilim olishga yoʻnaltirilgan taʼlimdan amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qoʻshadigan, mehnat bozorida oʻz oʻrnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining akademik mustaqilligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bogʻliqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar koʻlamini kengaytirish va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga oliy taʼlim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik koʻrsatkichlari oshishi, shuningdek respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi “xab”ga aylantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlimning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy taʼlim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talaba-yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablagʻlarini keng jalb qilish hisobiga yaxshilash, ularni bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlimning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorligini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlarni yaxshilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019-yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsepsiya tegishli davrga moʻljallangan maqsadli parametrlar va asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan “Yoʻl xaritasi” orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlari kengashi negizida nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi Respublika oliy taʼlim kengashini (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilar, talabalar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish, jamoatchilik va ish beruvchilarning fikrini oʻrganish hamda ilgʻor xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali oliy taʼlim sifatini oshirish, oʻquv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlimni davlat tomonidan boshqarish tizimi samaradorligiga va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ular tomonidan taʼlim berishda qoʻllanilayotgan taʼlim-tarbiya usullarining taʼsirchanligiga xolisona baho berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim berishda yuqori sifatni taʼminlash yuzasidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, bu borada ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida shaffoflik, xolislik va obyektivlikni taʼminlash, korrupsiyaga sharoit yaratuvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirilishi boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va pedagoglarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishlarni mazmunli va maqsadli tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro aloqalar natijadorligini tahlil qilib borish, qoʻshma dasturlar samaradorligini baholash, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, chet ellik professor-oʻqituvchilar va xorijdagi vatandoshlarni oliy taʼlim tizimiga jalb etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash va takomillashtirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish asosida ularni respublika oliy taʼlim muassasalari sharoitida qoʻllash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning faoliyati natijalari, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hayʼat majlisida yiliga kamida ikki marta Kengash aʼzolari bilan birgalikda koʻrib chiqiladi, natijasi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash tomonidan tayyorlangan taklif va tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tarkibida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar hamda oliy taʼlim muassasalari tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi, ular Kengashga vazifalarini amalga oshirishda har tomonlama koʻmak beradilar, soʻralgan zarur maʼlumotlarni taqdim etib boradilar;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash faoliyati natijalari, oliy taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Kengash faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Taʼlim sifatini yaxshilash borasidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida davlat oliy taʼlim muassasalari (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tizimidagi oliy taʼlim muassasalari bundan mustasno) rahbar xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishini boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idorani xabardor qilgan holda amalga oshirish tartibi joriy qilinsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda oliy taʼlim muassasasi rahbar xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatga xizmat safari oldidan asosiy maʼlumotlar, jumladan mamlakat nomi, tashrif maqsadi va rejasi, safar natijalari yuzasidan esa oliy taʼlim muassasasi kengashiga amalga oshirilgan ishlar va xarajatlar toʻgʻrisida taqdim etilgan hisobot oliy taʼlim muassasasi veb-saytiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-dekabr kuniga qadar 2030-yilga qadar respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga, shu jumladan Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritishni, bunda mazkur oliy taʼlim muassasalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 1-dekabrga qadar oʻtayotgan yil boʻyicha tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” bajarishi yakunlarini puxta oʻrganish asosida Konsepsiyani kelgusi yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritsin va uning natijalarini har chorakda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar mazkur Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlar), grantlari mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimovga — masʼul vazirliklar va idoralarning Konsepsiya hamda “Yoʻl xaritalari”ni bajarish boʻyicha faoliyati va oʻzaro hamkorligini samarali tashkil etish, “Yoʻl xaritalari” bajarilishini monitoring qilish davomida aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga — Konsepsiya va “Yoʻl xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidovga — Konsepsiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini keng yoritish boʻyicha chiqishlar va tematik koʻrsatuvlar tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 8-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5847-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KONSEPSIYASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) oliy taʼlim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, taʼlim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini taʼminlash asosida taʼlim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlimni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari, vazifalari, oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Oliy taʼlim tizimining joriy holati va mavjud muammolar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bugungi kunda respublikada 114 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud boʻlib, ulardan 93 tasi mahalliy hamda 21 tasi xorijiy oliy taʼlim muassasasi va ularning filiallari hisoblanadi. Jumladan, soʻnggi 3 yilda yangi 6 ta oliy taʼlim muassasasi, 17 ta filial va 14 ta xorijiy oliy taʼlim muassasasi filiali tashkil etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga 329 ta taʼlim yoʻnalishi va 582 ta magistratura mutaxassisligi kiritildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019/2020 oʻquv yilida 59 ta oliy taʼlim muassasasida sirtqi taʼlim, 10 ta oliy taʼlim muassasasida kechki taʼlim shakli joriy etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 410 ming, magistratura mutaxassisligi boʻyicha esa 13 ming nafarni tashkil qilib, soʻnggi 3 yilda 1,7 baravarga oshdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabalarning 54,8 foizi gumanitar va pedagogik, 25,2 foizi ishlab chiqarish-texnik, 5,2 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi qishloq va suv xoʻjaligi, 4,4 foizi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot, 4,5 foizi xizmat koʻrsatish bilim sohalariga oid taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha tahsil olmoqdalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistratura talabalarining 40,8 foizi gumanitar va pedagogik, 23,3 foizi ishlab chiqarish-texnik, 13,3 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi qishloq va suv xoʻjaligi, 13,5 foizi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot, 3,2 foizi xizmat koʻrsatish bilim sohalariga oid taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olmoqdalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019/2020 oʻquv yili uchun qabul parametrlari 121 mingtani tashkil etdi va oʻtgan yilga nisbatan 18 foizga, 2016-yilga nisbatan esa 92 foizga oshdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikaning 16 ta oliy taʼlim muassasasida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi, Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Biofizika va biokimyo instituti, Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bugungi kunda oliy taʼlim muassasalaridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar soni 84 tani tashkil qilmoqda (2017-yilda 48 ta). Soʻnggi 3 yilda 1 693 nafar professor-oʻqituvchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishi natijasida oliy taʼlim muassasalarida ilmiy darajaga ega pedagog xodimlar soni 9 636 nafarga yetdi (shundan 2 130 nafari fan doktori (DSc), 7 506 nafari fan nomzodi (PhD) hamda respublika oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyati 5,1 foizga oshishiga erishildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi 3 yilda oliy taʼlim muassasalarining 1 611 nafar professor-oʻqituvchisi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida stajirovka oʻtashi va malaka oshirishi taʼminlandi. Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalar magistratura mutaxassisligiga 112 nafar, doktoranturasiga 51 nafar yoshlar taʼlim olishga qabul qilindi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali 46 nafar professor-oʻqituvchining Kanada, Buyuk Britaniya va Italiya davlatlarida stajirovka oʻtashi taʼminlandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2019-yillarda taʼlim jarayoniga 1 154 nafar xorijlik yuqori malakali pedagog xodim va olim jalb etildi (AQSHdan 94 nafar, Yevropa mamlakatlaridan 445 nafar, Osiyo mamlakatlaridan 299 nafar, MDH mamlakatlaridan 316 nafar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalarida fan doktori ilmiy darajasiga ega professorlarning bazaviy lavozim maoshlari 2016-yilga nisbatan 3,2 baravarga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy taʼlim tizimi oldida bugungi kunda oʻz yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oliy taʼlim bilan qamrov va taʼlim sifatini taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim bilan qamrov darajasi pastligicha qolmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi malaka talablari, oʻquv reja va dasturlari mazmun jihatidan bitiruvchilarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilmagan, oʻquv rejalarida nomutaxassislik fanlari ulushi yuqoriligicha qolmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari va kadrlar buyurtmachilari bilan oʻzaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash boʻyicha ishlar samarali yoʻlga qoʻyilmagan, ish beruvchilarning oliy taʼlim mazmunini shakllantirishdagi ishtiroki yetarli emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish koʻnikmalari shakllantirilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish korxonalarida amaliy mashgʻulotlar samarali tashkil etilmagan, tayyorlanayotgan mutaxassislar malakaviy darajasi mehnat bozorining zamonaviy talablariga yetarlicha javob bermaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilarning xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻzlashtirish darajasi pastligi sababli ularning kasbiy mahorati bugungi kun talablaridan ortda qolmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv adabiyotlari yetishmovchiligi saqlanib qolib, mavjudlarining aksariyat qismi zamon talablariga javob bermaydi, oʻquv adabiyotlari sifatini yaxshilash, xorijiy adabiyotlardan qoʻshimcha yoki muqobil oʻquv adabiyotlari sifatida foydalanish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida fan olimpiadalarini oʻtkazishning shaffof mexanizmlari joriy etilmagan, olimpiadalar gʻoliblari bilan ishlash tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtidorli yoshlar orasidan oliy taʼlim muassasalariga talabalarni saralab olish mexanizmlari mavjud emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog xodimlarning malaka oshirish tizimi samarali tashkil etilmagan, jumladan malaka oshirish muassasalarida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish uchun yuqori malakali professor-oʻqituvchilar jalb qilinmagan, malaka oshirishga jalb etishda tinglovchilarning salohiyati inobatga olinmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlimda maʼnaviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak maʼnaviy gʻoyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot gʻoya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurati mavjud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari ilmiy faoliyati hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib tashkil etilmagan, tahlillar asosida innovatsion rivojlanishni prognozlashtirish faoliyati yoʻlga qoʻyilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsion faoliyat, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni jalb etish natijadorligi yetarli emas, taʼlim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasi taʼminlanmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyati atigi 36,4 foizni tashkil etmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajaga ega xodimlarning oʻrtacha yoshi 49 boʻlib (fan doktorlari — 56 yosh, falsafa doktorlari va fan nomzodlari — 43 yosh), yuqoriligicha qolmoqda, fan doktorlari orasida nafaqa yoshidagilarning ulushi 45 foizni tashkil etmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot ishlari ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlaridagi mavjud muammolar yechimiga qaratilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻnggi yillarda nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarga iqtiboslar soni kamaymoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanayotgan professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar va yosh olimlar faoliyatini ragʻbatlantirishning taʼsirchan mexanizmlari yaratilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalar turar joylari, kutubxona, oʻquv ustaxonalari, laboratoriyalar, sport sogʻlomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari quvvatlari mavjud ehtiyojni qanoatlantirmaydi, ularning aksariyat qismida bugungi kun talablariga javob beradigan moddiy-texnik baza shakllantirilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriyalar bilan jihozlanish darajasi yetarli emas, xalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv laboratoriya uskunalarining salmogʻi atigi 10 foizni tashkil etadi, shu bilan birga oʻquv jarayoni laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar) bilan yetarlicha taʼminlanmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari moliyaviy xarajatlarining asosiy qismi ish haqiga sarflanib, oʻquv va ilmiy laboratoriyalarni yangilashga, bino va inshootlarni taʼmirlashga yetarlicha mablagʻ yoʻnaltirilmayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oliy taʼlimning jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda raqobatbardoshlikni taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika oliy taʼlim muassasalari xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga, ularning rasmiy veb-saytlari Webometrics xalqaro reytingining 1 000 talik roʻyxatiga kirmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim dasturlari va talabalar bilimini baholash tizimi xalqaro standartlarga moslashtirilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud talabalar turar joylari hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlari xorijiy talabalar ehtiyojlariga moslashtirilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy fuqarolarni mamlakatimizda taʼlim olishga keng jalb qilish borasidagi targʻibot ishlari, jumladan PR-loyihalar (Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari kunlarini tashkil qilish, taqdimotlar oʻtkazish va boshqalar) yetarli darajada tashkil qilinmagan, bu borada interaktiv virtual platforma mavjud emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oliy taʼlim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim tizimining rivojlanishi mazkur Konsepsiya ilovasida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar oliy taʼlim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va maʼnaviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohada sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini oshirish, jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, oliy taʼlim tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yoʻnalishlar asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar taʼsirchanligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini taʼminlash, moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari, shuningdek investitsiyalarni jalb qilgan holda nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish orqali oliy taʼlimda raqobat muhitini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlar va milliy anʼanalar uygʻunligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlovchi, yetakchi taʼlim va ilm-fan markazi — Prezident universitetini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini Investitsiya dasturlari, hududiy va tarmoq dasturlari, vasiylik kengashlari talablari, jahon miqyosidagi texnologik oʻzgarishlarni inobatga olgan holda shakllantirish, taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, bunda STEAM yoʻnalishlarini (aniq fanlar, texnologiya, injiniring, ijodiy sanʼat va matematika) rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa asosiy koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini oliy taʼlim muassasasi tomonidan mustaqil belgilash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat granti asosida kadrlar tayyorlash parametrlarini bosqichma-bosqich oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida tanlov oʻtkazish yoʻli bilan taqsimlash mexanizmlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning oliy taʼlim olishga boʻlgan huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish, taʼlim olishda gender tengligi tamoyillari ustuvorligini taʼminlash, mahallalar, umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida muntazam ravishda xotin-qizlarni oliy taʼlimga keng jalb qilishga yoʻnaltirilgan keng targʻibot ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlimning uzluksizligiga erishish maqsadida umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va oliy taʼlim dasturlarining uygʻunligi va izchilligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining oʻquv rejalarini kredit-modul tizimiga oʻtkazish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich mazkur tizimga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
individual taʼlim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv rejalar ishlab chiqish orqali talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq taʼlim dasturlarini shakllantirish, ularni tasdiqlash boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga bosqichma-bosqich akademik mustaqillik berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil taʼlim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil taʼlim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, oʻquv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish, bu borada oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy materiallarni keng joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalar bilimini baholash tizimi texnologiyalarini takomillashtirib borish va xolisonaligini taʼminlash, jumladan baholashning talabalar bilan bevosita aloqasiz shakllarini rivojlantirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fanlarni oʻzlashtirishda talabalar orasida sogʻlom raqobatni rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv rejalarida fanlar sonini nomutaxassislik fanlari hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda tutashlikdagi fanlarni tanlov fanlari roʻyxatiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gumanitar va pedagogik yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash sifatiga eʼtiborni kuchaytirish, pedagogik taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv reja va dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish, mazkur yoʻnalishda tahsil olayotgan talabalarda taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirish, pedagogik taʼlim infratuzilmasini yaxshilash, hududlardagi barcha umumtaʼlim maktablariga xorijiy tillarni oʻzlashtirgan, yuqori malakali professional pedagog kadrlarni yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor xorijiy tajribalar asosida oliy taʼlim muassasalariga yuqori malakali pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida oʻquv-uslubiy faoliyat uchun masʼul boʻlgan mutaxassislar malakasini muntazam oshirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha xorijiy tillarda oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari salmogʻini oshirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabalarining yuqori saviyada ilmiy izlanishlar olib borish, pedagogik faoliyat yuritish, boshqaruv, tanqidiy fikrlash va tizimli tahlil qilish qobiliyatiga ega boʻlishi uchun mazkur taʼlim bosqichi oʻquv reja va dasturlarini muntazam takomillashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratish tartibini soddalashtirish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish ishlarini jadallashtirish, xorijiy adabiyotlardan qoʻshimcha yoki muqobil oʻquv adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxonalar fondlarini muntazam ravishda yangilab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov asosida aniqlangan va oʻquv adabiyotlariga mualliflik qilayotgan professor-oʻqituvchilarning yillik oʻquv yuklamasini taqsimlash mexanizmini takomillashtirish, bunda ularning umumiy yillik yuklamalarida oʻquv adabiyotlarini yaratish uchun ajratilgan vaqtni dars oʻtish yuklamasi vaqti hisobidan oshirishni nazarda tutish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imkoniyati cheklangan talabalarga koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari turlarini koʻpaytirish va ularning sifatini yaxshilash, taʼlimda inklyuziv jarayonlarni rivojlantirish, adaptiv texnologiyalarni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha oliy taʼlim muassasalarida dars mashgʻulotlari boʻyicha talabalar fikrini oʻrganish (feedback) hamda oʻzaro tashrif (peer review) tizimini rivojlantirish asosida talabalarga taʼlim xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan sohalari boʻyicha professor-oʻqituvchilarning kasbiy muloqot maydonchalarini yaratish, taʼlim sifatini taʼminlash jarayoniga talabalarni keng jalb etish hamda “tyutorlik” tashkiliy-metodik yordam tizimini joriy etish orqali talabalarning mustaqil taʼlim olish faoliyatini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, talaba-yoshlarning akademik faoliyati, muammolari va turmush tarzi, oʻquv jarayoni hamda yaratilgan sharoitlar boʻyicha talabalar fikr-mulohazalarini oʻrganish maqsadida ular oʻrtasida har yili respublika miqyosida milliy soʻrov oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv-pedagogik va ilmiy faoliyat yuritish uchun xorijlik yuqori malakali professor-oʻqituvchilar va mutaxassislar, taʼlim va ilm-fan sohasida faoliyat yuritib, salmoqli yutuqlarga erishgan, yurt rivojiga hissa qoʻshish istagida boʻlgan xorijdagi vatandoshlarni jalb etish, bu borada ularga akademik va infratuzilmaga oid qulayliklar yaratib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori malakali professor-oʻqituvchilar, olimlarni taʼlim jarayoniga jalb qilishning samarali mexanizmlarini yaratish, muayyan koʻrsatkichlar asosida ularning faoliyatini baholash tizimini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega boʻlgan, xorijiy tillarni mukammal oʻzlashtirgan professor-oʻqituvchilar va talabalar ulushini tizimli ravishda oshirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi koʻmagida professor-oʻqituvchilarni xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka oʻtash, magistratura va doktoranturada oʻqitish orqali ularning kasbiy mahoratini oshirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻp yillik mehnat stajiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni taʼlim jarayoniga keng jalb qilish, professor-oʻqituvchilarning tegishli soha korxona va tashkilotlarida stajirovka oʻtashini tizimli tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy soha va iqtisodiyotning barcha tarmoqlari mutaxassislari uchun uzluksiz malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etishning meʼyoriy-huquqiy va oʻquv-metodik asoslarini takomillashtirib borish, bu borada masofaviy taʼlim imkoniyatlaridan keng foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida talabalarning ishdan ajralmagan holda oʻqishini taʼminlash maqsadida sirtqi va kechki taʼlim shakllarida kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, bunda raqamli texnologiyalarga asoslangan zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotning zamonaviy talablariga muvofiqlikni taʼminlash maqsadida davlat taʼlim standartlarini takomillashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarning ishlab chiqarish, malakaviy va boshqa turdagi amaliyotlarini mazmunli tashkil etish uchun uslubiy bazani ishlab chiqish va rivojlantirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika oliy taʼlim muassasalariaro ichki akademik mobillik dasturlarini, oʻzaro tajriba almashish mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik doirasida professor-oʻqituvchilar va doktorantlar akademik mobilligi dasturlarini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirishda ichki nazorat va hisobdorlik mexanizmlarini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlarida bitiruvchilarning attestatidagi oʻrtacha bahoni inobatga olgan holda, taʼlim yoʻnalishlariga mos boʻlgan fanlardan milliy va xalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega boʻlgan abituriyentlarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tajribasini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy baholash tizimi sertifikatlari taqdim etiladigan fanlar roʻyxatini kengaytirish, bunday xizmatlar koʻrsatadigan davlat va nodavlat muassasalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari fan olimpiadalarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish, shaffoflikni taʼminlash, baholash mexanizmlarini xalqaro olimpiada va tanlovlar mezonlariga moslashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli iqtisodiyot uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va taʼlim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini taʼminlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy taʼlim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, “blended learning”, “flipped classroom” texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy taʼlim dasturlarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim jarayonlarida “bulutli texnologiyalar”dan foydalanish;
(2-paragrafning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimini keng joriy etish, talabalarning oliy taʼlim muassasasida oʻqishni tamomlaganlaridan soʻng kutubxona fondi, axborot bazalaridan foydalanishini yoʻlga qoʻyish orqali ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borish imkoniyatlarini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy elektron taʼlim resurslari yaratilishini jadallashtirish, xorijiy elektron taʼlim resurslarini tarjima qilish ishlarini tashkil etish, taʼlim jarayonida elektron resurslar salmogʻini bosqichma-bosqich oshirib borish, elektron oʻquv adabiyotlar yaratish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish maqsadida kutubxonalarda QR-kod yordamida elektron resurslar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasasining konferensiya materiallari, bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalaridan iborat ilmiy-texnik maʼlumotlar elektron bazasini yaratish, kelgusidagi ilmiy-texnik maʼlumotlar yangiligini taʼminlash maqsadida antiplagiat tizimidan foydalanishni keng joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining oʻziga xosligidan kelib chiqib, taʼlim jarayonida xalqaro miqyosda keng qoʻllaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli hisobot va maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qogʻoz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimi va oʻquv jarayonlari, kutubxona va hujjatlar aylanmasini elektronlashtirishni taʼminlovchi “Elektron universitet” platformasiga bosqichma-bosqich oʻtish, taʼlim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilishning elektron tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlari, bakalavriat, magistratura talabalari va doktorantlariga oid maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi va muntazam yangilanib boruvchi elektron baza (Student Record System) yuritilishini yoʻlga qoʻyish asosida uning milliy tizimini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya tashkilotlari koʻmagida oliy taʼlim sohasidagi oʻquv-uslubiy, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, statistik maʼlumotlar, shuningdek davlat interaktiv xizmatlari koʻrsatishga doir maʼlumotlarni oʻzida mujassam etgan va muntazam yangilanib turadigan oliy taʼlimning yagona axborot platformasi — “Oliy taʼlim boshqaruvi axborot tizimi”ni ishga tushirish, unda vakant oʻrinlarga oʻtkazilayotgan tanlovlarga oid eʼlonlarni hamda arizalarni onlayn qabul qilish imkoniyatlarini nazarda tutish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish uzviy bogʻliqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar koʻlamini kengaytirish va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga oliy taʼlim muassasalari tarkibida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarni tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qilish va prognozlashtirish boʻyicha faoliyat olib borishlarini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, magistratura va bakalavriat talabalarini tashkil etiladigan texnoparklarda ilmiy va innovatsion faoliyat olib borishlariga erishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga startap loyihalari asosida tijoratlashtirish salohiyati yuqori boʻlgan yangi mahsulotlar va texnika-texnologiyalarni yaratish orqali oliy taʼlim muassasalari huzurida ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish bilan shugʻullanuvchi “spin-off” va “spin-out” korxonalarini tashkil etish, akademik tadbirkorlikni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro SsiVal axborot-tahlil tizimi yordamida jahondagi ilmiy-tadqiqot natijalarini tahlil qilib borish asosida ilm-fanning ilgʻor yutuqlari bilan uygʻun rivojlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari ilmiy jurnallarining Scopus, ScienceDirect va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalariga bosqichma-bosqich kiritilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, mavjud ilmiy maktablarni saqlab qolish va yangilarini yaratish, ularning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, bunda iqtidorli yoshlarning ilm-fanga keng jalb etilishini ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga kiruvchi nufuzli ilmiy nashrlarda maqolalar eʼlon qilish orqali faoliyatining ilmiy natijalari xalqaro darajada tan olinishini belgilovchi koʻrsatkich “Xirsh” indeksi (h-indeks) yuqori boʻlgan olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda yosh ilmiy izlanuvchilarni budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirib borish tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar sifatini koʻtarish, ularni statistik, texnik va boshqa maʼlumotlar bilan taʼminlash mexanizmlarini yaratish, bu borada tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilar tarkibining ilmiy daraja va unvonlarga ega xodimlar yoshi nuqtai nazaridan optimal nisbatiga erishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlarini taʼlim jarayoni va ilmiy rahbarlikka jalb qilish, magistratura va doktorantura bosqichlaridagi ilmiy ishlarni mazkur ilmiy-tadqiqot muassasalarida olib borilishi hamda himoya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon ilmiy tadqiqotlar bozori tendensiyalaridan kelib chiqib, har bir oliy taʼlim muassasasida (fakultet, kafedra va laboratoriyalar kesimida) ilmiy tadqiqotlarni tor va fanlar tutashligidagi sohalarga ixtisoslashtirish, ularni ishlab chiqarish va hududiy rivojlanish ehtiyojlariga moslashtirish, qiyosiy ustunlikka ega boʻlgan istiqbolli ilmiy yoʻnalishlarni belgilash, ushbu yoʻnalishlarda yuqori malakali professor-oʻqituvchilar va talabalar salmogʻini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi Oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki hamda Urganch davlat universiteti huzuridagi “Xorazm” innovatsion texnoparkining faoliyati samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablagʻlarini keng jalb qilish orqali innovatsion faoliyat infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida “Hujayra va molekulyar biotexnologiya”, “Tibbiy genetika”, “Ekofiziologiya”, “Materialshunoslik”, “Energiya tejovchi texnologiyalar, nazorat-oʻlchov va avtomatlashtirilgan tizimlar”, “Qurilish materiallari” hamda “Oziq-ovqat mahsulotlari va texnologiyasi” yoʻnalishlari boʻyicha 7 ta oliy taʼlim muassasalariaro ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi, Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Biofizika va biokimyo instituti, Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazida zamonaviy ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilishini taʼminlash va rivojlantirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tegishli institutlari hamda nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yetakchi mahalliy oliy taʼlim muassasalarining faol hamkorligini yoʻlga qoʻyish, bunda mentorlik modelidan keng foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilar tomonidan yuritilishi lozim boʻlgan turli jurnal va oʻquv-uslubiy hujjatlar sonini qatʼiy qisqartirish orqali ularning ilmiy faoliyatini jadallashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot ishlarini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlaridagi, shu jumladan hududiy miqyosdagi mavjud muammolarning innovatsion yechimiga qaratish, fanlar tutashligidagi muammolarni keng tadqiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtidorli yoshlarni aniqlash, akademik litseylarga jalb qilish, oliy taʼlim muassasalariga saralab olish, chuqurlashtirilgan taʼlim dasturlari asosida oʻqitish, ularning fan olimpiadalaridagi ishtirokini kengaytirish, ilmiy faoliyatga boʻlgan qiziqishini oshirish, “ustoz-shogird” tizimi asosida tegishli sohada yuqori natijalarga erishgan malakali mutaxassislarga biriktirish, bu boradagi maʼlumotlar elektron bazasini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar akademiyasi hamda Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari ilmiy salohiyatini oshirish, maqsadli doktorantura orqali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy daraja dasturlarini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari faoliyatini xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, ilmiy kengashlar va himoyalar tizimini xalqaro tajribaga muvofiqlashtirish;
(3-bobning yigirma beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajalar va unvonlar berish vakolatini bosqichma-bosqich oliy taʼlim muassasalariga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doktoranturaga qabul qilish shartlarini belgilashda oliy taʼlim muassasalariga erkinlik berish, talabgorlarni saralab olishda ularning ilmiy yutuqlariga alohida eʼtibor qaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar majlislarini hududlardagi oliy taʼlim muassasalaridan turib onlayn kuzatish platformasini yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar taʼsirchanligini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar taʼsirchanligini oshirish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talaba-yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, jumladan talaba-yoshlarni madaniyat va sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, ularning kompyuter va internet texnologiyalaridan foydalanish savodxonligini oshirish, kitobxonlikni keng targʻib qilish, talaba-qizlarning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, yoshlarning intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalq manfaatlari uchun xizmat qilish tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlod sifatida tarbiyalashga qaratilgan talaba-yoshlarning maʼnaviy-axloqiy ongini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir, yurtparvar, tashabbuskor, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirgan, insoniy fazilatlarga ega yoshlarni professional kasb egasi sifatida tayyorlash, bu borada yangicha yondashuvlarni talab etadigan taʼlim-tarbiya usullaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida sportni qadriyat sifatida rivojlantirish, talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning qonun hujjatlari mazmun-mohiyatidan xabardorligi, huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, ularda sogʻlom turmush tarziga rioya etish, inson huquqlari, gender tengligi, tinchlikparvarlik va millatlararo totuvlik, vijdon erkinligi, barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalarini hurmat qilish kabi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy-axloqiy qadriyatlarni kamol toptirish, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faollik, mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imkoniyati cheklangan talabalarning ijtimoiy moslashuvi uchun keng sharoitlar yaratish, inklyuzivlik gʻoyalarini targʻib qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar tarbiyasida ota-onalar, mahallalar va oliy taʼlim muassasalari hamkorligini tizimli tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida sotsiologik va pedagogik-psixologik xizmat guruhlari ishini takomillashtirib borish, talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilani mustahkamlash borasidagi targʻibot ishlarini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talaba-yoshlarni hunar oʻrganish, yangi bilim egallash, oʻz ustida ishlash, zamonaviy texnologiya yutuqlaridan maqsadli foydalanish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga undash orqali ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun taʼlim muassasalarida shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talaba-yoshlarni turli axborot xurujlari, yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishi, ular tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishi holatlarining oldini olish, Vatanimiz istiqboli yoʻlida birlashtirish maqsadida taʼlim-tarbiyaning taʼsirchan usullari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etishda ularning qiziqishini eʼtiborga olish va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Maktab — maʼnaviyat va maʼrifat oʻchogʻi” konsepsiyasi doirasida oliy taʼlim muassasalarining umumtaʼlim maktablari bilan oʻquvchi-yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini shakllantirish, huquqiy savodxonligini oshirish, kasbga yoʻnaltirish va mustaqil hayotga tayyorlash kabi masalalarda mentorlik modeli asosida hamkorligini rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish borasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining oʻziga xosligidan kelib chiqib, oʻquv rejalari va dasturlari mazmuni hamda mutaxassislik fanlari boʻyicha soatlar taqsimotini kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikda fan va texnologiyalarning soʻnggi yutuqlari asosida shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzularini iqtisodiyotning real sektori, shuningdek hududiy (viloyat, tuman, shahar, mahalla, hududiy obyekt) muammolardan kelib chiqib shakllantirish hamda mavzularni tor qamrovda chuqur tadqiq qilishga oʻtish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari aloqalarini mustahkamlash hamda klaster usulida faoliyat yuritishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish rivojlangan hududlar va iqtisodiy zonalarda oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarning tegishli soha boʻyicha ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda taʼlim jarayonidan tashqari vaqtda mehnat faoliyati olib borishlariga shart-sharoit yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-texnik buyurtma va grantlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishda mavjud muammolarga yangicha yechim topish, tajribali amaliyotchilarni oʻquv jarayoniga faol jalb qilish, taʼlimda ishlab chiqarish infratuzilmasi va amaliy misollardan keng foydalanish kabi yoʻnalishlarda oliy taʼlim muassasalarining ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro manfaatli hamkorligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish korxonalarida mutaxassislik kafedralari filiallari, oliy taʼlim muassasalari huzurida ishlab chiqarish korxonalari tarkibiy boʻlinmalarini, texnoparklar, biznes inkubatorlar, kovorking markazlari faoliyatini tashkil etish, texnologiyalar transferini amalga oshirish orqali taʼlimning ishlab chiqarish bilan samarali hamkorligini ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida malaka oshirish tizimini joriy etish, shuningdek ishlab chiqarishda katta tajribaga ega, biroq ilmiy darajasi boʻlmagan mutaxassislarni taʼlim jarayoniga, jumladan taklif etilgan va faxriy oʻqituvchi sifatida jalb etishning taʼsirchan mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish, bunda ushbu mutaxassislarni muayyan sohadagi stajiga muvofiq tegishli lavozimlarga ishga qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish korxonalarida dars mashgʻulotlari va talabalar amaliyotini samarali tashkil etish tartibini takomillashtirish, bunda amaliy koʻnikmalarni tasdiqlovchi sertifikatlar berish tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar buyurtmachilari murojaati asosida oliy taʼlim muassasalari bazasida ishlab chiqarishdan tajribali amaliyotchilarni jalb etish yoʻli bilan maqsadli taʼlim dasturlari, professional malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari, treninglar tashkil etish mexanizmlarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari tuzilmasini isloh qilish asosida faoliyati talabalar amaliyoti va ishga joylashishiga har tomonlama koʻmaklashish, potensial ish beruvchilar roʻyxatini shakllantirib borish va hamkorlik qilish, shuningdek avvalgi bitiruvchilar salohiyatidan unumli foydalanishga qaratilgan “Karyera markazlari”ni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bilim hamda koʻnikmalarini baholovchi markazlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini tijoratlashtirish kabi masalalarda kadrlar buyurtmachilari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, biznes inkubatorlar va venchur moliyalashtirish faoliyatini rivojlantirish, mazkur masalalarda tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doktorlik dissertatsiyalari ilmiy natijalarining amaliyotga tezkor joriy etilishini taʼminlash, yoshlarning ilmiy faoliyatga qiziqishlarini oshirish va ragʻbatlantirish, ilmiy faoliyat nufuzini koʻtarish maqsadida doktorlik (tayanch doktorlik) ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoyalar tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar tanlovlarida ilmiy natijalarning tijoratlashtirilishi, ularning amaliyotga joriy etilishi muddatidan kelib chiqqan holda grantlar miqdori va davomiyligini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vasiylik kengashlari tarkibini kadrlar buyurtmachilari, yirik ish beruvchilar, jamoat arboblari va tegishli sohada katta yutuqlarga erishgan tadbirkorlar hisobidan shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitiruvchilar malakasining ishlab chiqarish talablariga mos kelishini aniqlash, kadrlar tayyorlashda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish maqsadida har yili respublika miqyosida kadrlar buyurtmachilari oʻrtasida milliy soʻrovlar oʻtkazish anʼanasini yoʻlga qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini taʼminlash, moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini taʼminlash, moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, mehnatga haq toʻlash tizimini takomillashtirish, moliyalashtirishning samarali va shaffof mexanizmlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlarining kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda, shuningdek istiqbolda oliy taʼlim muassasalarining reytingi va oʻz xarajatlarini qoplash darajasidan kelib chiqib bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha toʻlov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining taʼlim xizmatlari eksporti va qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishga doir faoliyatini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, ushbu jarayonda innovatsion texnologiyalarga asoslangan, resurstejamkor va tez barpo etiladigan konstruksiya va materiallardan foydalanish boʻyicha ilgʻor texnologiyalar va muhandislik yechimlarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy dasturiy mahsulotlar bilan taʼminlash, oʻquv va ilmiy jarayonlarni oʻquv va laboratoriya uskunalari, shuningdek laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar) bilan muntazam ravishda zarur miqdorlarda taʼminlab borishning samarali mexanizmlarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalar turar joylari, kutubxona, oʻquv ustaxonalari, laboratoriyalar, sport sogʻlomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga nisbatan oʻsib borayotgan ehtiyojni oʻz vaqtida taʼminlash va zamon talablari asosida ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imkoniyati cheklangan talabalarga oliy taʼlim muassasalari va talabalar turar joylari binolarida qoʻshimcha sharoitlar yaratish, ular uchun taʼlim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida xorijiy fuqarolarning istiqomat qilishi va taʼlim olishi boʻyicha qulay shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsion kutubxonalarni tashkil etish, ulardagi kitob fondini yangi avlod oʻquv adabiyotlari bilan muntazam boyitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarini yuqori tezlikdagi internet bilan uzluksiz taʼminlash, talabalarning mustaqil taʼlim olishi uchun infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalar, oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilarning elektron taʼlim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va maʼlumotlar bazalaridan bepul foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan boʻlgan talabalarni moddiy ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida homiylik va ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishdan tushgan, maqsadli kapital va boshqa mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladigan endaument jamgʻarmalarini (endowment fund) tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Oliy taʼlim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kadrlar tayyorlash sifati va koʻlamini inobatga olgan holda oliy taʼlim muassasalarini quyidagi toifalarga ajratish va ularni rivojlantirish strategiyalarini belgilash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi toifa — flagman universitetlar (Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi toifa — ilm-fan va innovatsion markaz funksiyasini bajaruvchi hududiy oliy taʼlim muassasalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi toifa — sohalar uchun taʼlim va ilmiy tadqiqotlar boʻyicha tayanch muassasalar rolini bajaruvchi tarmoq oliy taʼlim muassasalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) institut maqomidagi oliy taʼlim muassasalari faoliyati koʻlamini kengaytirish va institutsional salohiyatini kuchaytirish orqali ularni universitetga aylantirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oliy taʼlim muassasalarini ularning quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa asosiy koʻrsatkichlaridan kelib chiqib bosqichma-bosqich yiriklashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tajriba tariqasida davlat ulushining 51 foizdan kam boʻlmagan qismini saqlab qolgan holda ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarini (oliy harbiy taʼlim muassasalari bundan mustasno) davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularda korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) oliy taʼlim sohasini rivojlantirish boʻyicha hujjat loyihalarini ishlab chiqish va muhokama etishda Respublika oliy taʼlim kengashi nufuzi va faolligini oshirish, masʼuliyatini kuchaytirish, oliy taʼlim muassasalarida jamoatchilik nazoratining zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) oliy taʼlim tizimida boshqaruv jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida optimallashtirish, davlat interaktiv xizmatlari koʻlamini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirishda strategik rejalashtirish tamoyillarini joriy etish, bunda vasiylik kengashlari masʼuliyati va rolini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi funksiyalarini xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, bunda taʼlim sifatini baholashning yangi mexanizmlarini joriy etish, kadrlar buyurtmachilari va talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan milliy soʻrov natijalarini chuqur tadqiq qilish orqali muammolarni bartaraf etish, davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini taʼsirchan instrumentlar yordamida nazorat qilib borish, bitiruvchilar sifati va ularning ixtisosligi boʻyicha ishga joylashish masalalariga eʼtibor qaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) taʼlim sifatini nazorat qilish va oliy taʼlim muassasalari reytingini yuritishning nodavlat tizimini yaratish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
y) oliy taʼlim muassasalarida ishga qabul qilish va yuqori lavozimlarga tayinlashda oliy taʼlim tizimi rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshuvchi kadrlarni tanlash, ularning faoliyati, professional xususiyatlari, soha oldidagi alohida xizmatlarini adolatli va xolisona baholashni nazarda tutuvchi meritokratiya tamoyillarini qoʻllash, rahbarlik lavozimlariga tayinlashda gender tengligi tamoyillariga qatʼiy rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) oliy taʼlim muassasalari rahbarlik lavozimlariga zaxira kadrlarni shakllantirish, maqsadli oʻqitish va tayyorlash samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) oliy taʼlim muassasalari rahbar xodimlarini rotatsiya qilish mexanizmini joriy qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini izchil davom ettirish, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga barham berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarini tajribali, halol, pok vijdonli, masʼuliyatli professor-oʻqituvchi va xodimlardan shakllantirib, ularning vazifalarini aniq belgilab berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining jamiyat oldidagi hisobdorligi va taʼlim sifatini taʼminlashdagi masʼuliyatini oshirish, keng jamoatchilikni shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida taʼlim xizmatlari sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan xabardor qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilar bilan talabalar oʻrtasidagi byurokratik omillarni bartaraf etish, baholash mezonlaridagi shaffoflikni kuchaytirish, talabalar bilimini baholashda adolatni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abituriyentlar va magistraturada taʼlim olish uchun talabgorlar hujjatlarini qabul qilish, barcha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish, ularning bilimini baholash, oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash jarayonlarida suiisteʼmolchilik holatlarining oldini olish, bu borada jamoatchilik kengashlarining rolini oshirish, shaffoflikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilarning jamiyatdagi mavqeyini mustahkamlash, ushbu kasb jozibadorligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, fuqarolik jamiyati institutlari bilan aloqalarini mustahkamlash, jamoatchilikka axborot taqdim etishning tezkor va zamonaviy shakllarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlash va amaliyotga tatbiq etish, nazorat-monitoring, xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, oliy taʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganish va tizimdagi boshqa jarayonlarda shaffoflikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamalarini optimallashtirish, kasbiy faoliyatga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish asosida oliy taʼlim tizimi xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim tizimida pedagog kadrlarni ishga qabul qilish, lavozimlarga tanlov oʻtkazishda adolat va ochiqlikni taʼminlash, oʻquv yili yakunlari boʻyicha pedagog kadrlar faoliyatiga baho berish, bu borada jamoatchilik nazoratining yangi va samarali mexanizmlarini amaliyotga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarini moliyalashtirishning amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlariga rioya qilinishi, xarajatlar smetalarini shakllantirish tartibiga amal qilish va ichki moliyaviy taftish ishlarini takomillashtirish, ushbu jarayonda korrupsiyaga oid holatlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim tizimida kadrlar zaxirasini shakllantirish, odob-axloq normalariga rioya etilishini taʼminlash masalalarini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Oliy taʼlim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini taʼminlash boʻyicha qoʻyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga, shu jumladan Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish, bunda mazkur oliy taʼlim muassasalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti oshishidagi ishtirokini va mamlakat ijobiy xalqaro imidjini shakllantirishdagi rolini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika oliy taʼlim tizimini xalqaro taʼlim standartlari bilan uygʻunlashtirish, ilgʻor xorijiy tajribani chuqur oʻrganish va tahlil qilish asosida taʼlim dasturlarini jahonda tan olingan xalqaro standartlar talablariga moslashtirish boʻyicha asoslangan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim toʻliq xorijiy tillarda olib boriladigan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari, fakultetlar salmogʻini oshirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy fuqarolarni oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda oʻtkaziladigan suhbat asosida magistratura va doktoranturaga qabul qilish boʻyicha tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjat qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim xizmatlari eksportini rivojlantirish boʻyicha xorijiy mamlakatlar bilan taʼlim sohasida hamkorlikni kengaytirish va ularning meʼyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Study in Uzbekistan” (“Oʻzbekistonda tahsil ol”) loyihasini amalga oshirish, mamlakat taʼlim jozibadorligini targʻib qiluvchi maxsus veb-portal yaratish va uni barcha oliy taʼlim muassasalari boʻyicha batafsil va ishonchli maʼlumotlar bilan toʻldirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlimda brendlar, ilmiy anʼanalar tizimini yaratish asosida oliy taʼlim va oliy taʼlim muassasalari imijini shakllantirish strategiyasi boʻyicha dastur qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalariaro xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyatini kengaytirish, hamkorlikda oʻtkaziladigan ilmiy konferensiyalar va seminarlar sonini koʻpaytirish, xalqaro ilmiy va taʼlim loyihalarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlangan xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda xalqaro qoʻshma ilmiy jurnallar, shuningdek taʼlim forumlari, rektorlar konferensiyalari va boshqa anjumanlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari rasmiy veb-saytlarini Webometrics tashkiloti reyting tizimida egallagan oʻrinlarini yaxshilab borish, shu jumladan oliy taʼlim muassasalari tomonidan yetakchi tashkilotlar va korxonalarda bitiruvchilarning ishga joylashishi haqidagi maʼlumotlar, taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklari, ilmiy-texnik salohiyati, professor-oʻqituvchilar, infratuzilmasi, erishgan yutuqlari kabi asosiy maʼlumotlarni veb-saytlarda muntazam ravishda eʼlon qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlarda mahalliy oliy taʼlim muassasalari filiallarini tashkil etish, qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim olish uchun xorijiy fuqarolarni jalb etish boʻyicha mahalliy va xorijiy agentliklar tomonidan konsalting xizmatlari koʻrsatilishining meʼyoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika oliy taʼlim tizimining xalqaro imijini yaratishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, xorijiy mamlakatlardagi elchixonalar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy PR-loyihalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida xalqaro moliya institutlari, yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash, bu borada mamlakat taʼlim tizimi manfaatlariga mos keluvchi innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishda quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasasalari, shu jumladan nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish asosida oliy taʼlim bilan qamrov darajasining 50 foizdan yuqori boʻlishi taʼminlanadi, sohada raqobat muhiti yaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarining flagmaniga aylantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasi xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga, shu jumladan Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetining birinchi 500 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kirishiga erishiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy taʼlimning ilgʻor standartlari joriy etiladi, jumladan oʻquv dasturlarida nazariy bilim olishga yoʻnaltirilgan taʼlimdan amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim tizimiga bosqichma-bosqich oʻtiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim mazmuni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtariladi, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qoʻshadigan, mehnat bozorida oʻz oʻrnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining akademik mustaqilligi taʼminlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bogʻliqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasi bosqichma-bosqich joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar koʻlamini kengaytirish va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga oliy taʼlim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlari tashkil etiladi hamda ular tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq etuvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik koʻrsatkichlari oshishi, shuningdek respublika ilmiy jurnallari xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishi taʼminlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimi Markaziy Osiyoda xalqaro taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi “xab”ga aylantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlimning investitsiyaviy jozibadorligi oshiriladi, xorijiy taʼlim va ilm-fan texnologiyalari jalb etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talaba-yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbus asosida rivojlantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasi, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablagʻlarini keng jalb qilish hisobiga yaxshilanadi, ularni bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkaziladi va moliyaviy barqarorligi taʼminlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlimning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorligi yoʻlga qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy taʼlim bilan qamrov darajasi oshiriladi, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlar yaxshilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli koʻrsatkichlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

Yillar kesimida

Masʼul ijrochilar

2019

2020

2023

2025

2030

1.

Oliy taʼlim bilan qamrab
olish darajasi

foizda

(jami bitiruvchilar
soniga nisbatan)

20

25

30

35

50

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Moliya vazirligi

2.

Nodavlat oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida

nodavlat
oliy taʼlim muassasalari soni

5

10

20

28

35

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Taʼlim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi,
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

3.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalari dasturlari asosida oʻqitishni tashkil qilish (qoʻshma taʼlim dasturlari
bundan mustasno)

xorijiy dasturlar asosida tashkil etilgan oliy taʼlim muassasalari soni

23

26

31

36

45

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,
Taʼlim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi

6.

Xorijda malaka oshirgan
yoki stajirovka oʻtagan professor-oʻqituvchilar ulushi

foizda

(professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

2

4

10

15

20

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

7.

Respublika oliy taʼlim muassasalariga jalb qilingan xorijiy professor-oʻqituvchilar ulushi (xorijiy oliy taʼlim muassasalari bundan mustasno)

foizda

(professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

1

2

5

8

12

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

8.

Malaka oshirish kurslarida
dars beruvchi xorijda malaka oshirgan professor-oʻqituvchilar ulushi

foizda

(malaka oshirish
kurslari professor-oʻqituvchilari soniga nisbatan)

5

15

40

60

80

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

11.

Oʻquv va ilmiy adabiyotlarning elektron shaklda mavjudligi

foizda

(oʻquv va ilmiy adabiyotlar
soniga nisbatan)

20

30

50

70

90

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

12.

Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimining joriy etilishi

foizda

(oliy taʼlim muassasalari soniga nisbatan)

20

30

80

100

100

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

13.

Taʼlim sifatini taʼminlash jarayonlarini elektron taʼlim boshqaruv tizimi orqali
nazorat qilish

foizda

(oliy taʼlim muassasalari soniga nisbatan)

mavjud emas

20

50

100

100

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Taʼlim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi

15.

Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyati

(ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi)

foizda

(professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

36

38

40

60

70

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oliy attestatsiya komissiyasi

16.

Magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarini ilmiy faoliyatga yoʻnaltirish

foizda

(magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari soniga nisbatan)

15

29

32

38

45

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Moliya vazirligi

17.

“Scopus”, “ScienceDirect”,
“Web of Science” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar
bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar

indekslanuvchi jurnallardagi
maqolalar soni

750

1 200

2 500

4 000

7 000

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi

18.

“Scopus”, “ScienceDirect”,
“Web of Science” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga kiritilgan oliy taʼlim muassasalari ilmiy jurnallari

ilmiy jurnallar
soni

mavjud emas

2

10

25

35

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi

19.

Oliy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan “Xirsh” indeksi (h-indeks) 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar

professor-oʻqituvchilar soni

142

171

295

460

900

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: yuqoridagi koʻrsatkichlarga erishish uchun tarkibida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar ham masʼul hisoblanadilar, shuningdek boshqa manfaatdor davlat organlari oʻzlarining vakolatlari doirasida amaliy yordam koʻrsatadilar.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019-yilda amalga oshirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish tartibini takomillashtirish.

1. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil noyabr



2019-yil dekabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

tarkibida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

2.

Nodavlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini kengaytirish.

1. Nodavlat, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish istagida boʻlgan shaxslarga huquqiy va uslubiy yordam koʻrsatish.

2. Nodavlat oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

2019-yil davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

tarkibida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

3.

Oʻzgaruvchan oʻquv rejalari va dasturlarini joriy etish, oʻquvchilarning qiziqishlari inobatga olgan holda maxsus taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.

1. Oʻzgaruvchan oʻquv rejalari va dasturlari, maxsus taʼlim dasturlari boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrganish.

2. Xorijiy tajribalar asosida oʻzgaruvchan oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari, maxsus taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.

3. Ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlarini sinovdan oʻtkazish uchun oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlarini belgilash.

2019-yil

oktabr

2019-yil
noyabr

2019-yil

dekabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

tarkibida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

4.

Tabiiy va muhandis-texnik sohalarda kadrlar tayyorlashni kengaytirish.

1. Tabiiy va muhandis-texnik sohalari boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.

2. Tabiiy va muhandis-texnik sohalar boʻyicha 2020/2021 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish.

2019-yil

dekabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

5.

Kunduzgi oʻqish shakli boʻyicha bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini qayta koʻrib chiqish.

1. Oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarini xorijiy tajriba asosida qayta koʻrib chiqish orqali kunduzgi oʻqish shakli boʻyicha oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari xususiyatidan kelib chiqib 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini 1:12 nisbatda belgilash va kelgusida 1:16 nisbatga bosqichma-bosqich oshirib borish hamda oliy taʼlim muassasasi kengashlariga zarur holatda mazkur nisbatni 50 foizgacha oʻzgartirish huquqini beruvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil

oktabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev)

7.

Respublika oliy taʼlim muassasalarida vasiylik kengashlari faoliyatini tashkil etish va ularning rolini oshirish.

1. Respublika oliy taʼlim muassasalari vasiylik kengashlarini xatlovdan oʻtkazish.

2. Xatlov natijasiga koʻra, oliy taʼlim muassasalari vasiylik kengashlari boʻyicha takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil

oktabr

2019-yil

noyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

tarkibida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

8.

Oliy taʼlim muassasalarining zamonaviy boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish, rahbarlik lavozimlariga munosib nomzodlarni tayyorlash hamda ularning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirib borish tizimini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

oliy taʼlim muassasalari boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladigan nomzodlarga qoʻyiladigan professional kompetensiyalarga oid talablar;

nomzodlarning intellektual, psixologik barqarorlik, tashkilotchilik mahorati va boshqaruv salohiyati darajasini aniqlash, ularni sotsiometrik soʻrov elementlaridan foydalangan holda baholash tartibi;

rahbarlik lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlarni maqsadli oʻqitish, ularning professional kompetensiyalarini rivojlantirish va tegishli sohalardagi bilimlarini oshirish mexanizmlari.

2019-yil

dekabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov), Davlat boshqaruv akademiyasi (X. Azizov),

tarkibida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

9.

Samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari — KPI asosida oliy taʼlim muassasalari rahbar xodimlari faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish.

1. Samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari — KPI asosida oliy taʼlim muassasalari rahbar xodimlari faoliyatini baholash boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrganish.

2. Respublika oliy taʼlim muassasalari rahbar xodimlari faoliyati samaradorligining eng muhim koʻrsatkchilari va ularni aniqlash tartibini ishlab chiqish.

2019-yil

oktabr


2019-yil

noyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

tarkibida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

10.

Nufuzli xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalarida oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish choralarini koʻrish.

1. Nufuzli xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalariga kirishga salohiyati yuqori boʻlgan oliy taʼlim muassasalari ilmiy jurnallarini aniqlash va ularni mazkur bazalarga kiritish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish.

2. Nufuzli xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalarida oliy taʼlim muassasalari va professor-oʻqituvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xatlovdan oʻtkazish, roʻyxatdan oʻtmagan respublika oliy taʼlim muassasalari haqida maʼlumotlar kiritish, ularning resurslarini shakllantirish.

3. Olimlar tomonidan chop etiladigan maqolalarning sohalarga taqsimlanishidan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasalari ilmiy jurnallarini nufuzli xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalariga kiritish uchun maqsadli yoʻnaltirish.

2019-yil

davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

tarkibida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

11.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari amaliyotini samarali tashkil etish.

1. Talabalar amaliyotini kadrlar buyurtmachilari boʻlgan korxona va tashkilotlarda samarali tashkil etish, amaliyot oʻtash uchun shart-sharoitlar yaratish va ushbu jarayonni takomillashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil

noyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

tarkibida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

12.

Oliy taʼlim muassasalari faoliyati toʻgʻrisida fuqarolar xabardorligini oshirish, jumladan yoshlarni qiziqishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishga jalb qilish.

1. Oliy taʼlim muassasalari taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklari, ilmiy-texnik salohiyati, professor-oʻqituvchilar, infratuzilmasi, erishgan yutuqlari kabi doimiy ravishda yangilanib boriladigan maʼlumotlarni mujassam etgan veb-portal yaratish.

2. Oliy taʼlim muassasalari tomonidan umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey oʻquvchilari oʻrtasida taʼlim yoʻnalishlari, oʻquv-laboratoriya bazalari va boshqa sharoitlar toʻgʻrisida targʻibot ishlarini olib borish, oliy taʼlim muassasalari huzurida “Yozgi maktab”lar faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlarini tasdiqlash.

2019-yil

noyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

tarkibida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

13.

Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini mutaxassisligi boʻyicha ishga yoʻnaltirish.

1. Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashishi holatini tahlil qilish.

2. Kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikda bitiruvchilarni mutaxassisligi boʻyicha ishga yoʻnaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2019-yil

oktabr


2019-yil

dekabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

tarkibida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

14.

Oliy taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish faoliyatini takomillashtirish.

1. Talabalarni adabiyot, sanʼat va sportga, sogʻlom turmush tarziga jalb etish, ularda estetik did va kasbiy etika, axborot tahlili madaniyatini shakllantirish, vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish va barcha oliy taʼlim muassasalarida mazkur chora-tadbirlar rejasi ijrosini taʼminlash.

2. Talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni amaliy kasb egasi sifatida tayyorlash ishlarini tashkil qilish va tizimli ravishda olib borish.

2019-yil

davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

tarkibida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2019-y., 06/19/5847/3887-son; 30.04.2020-y., 06/20/5987/0521-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)