ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
1. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini aniqlash va oʻrganish boʻyicha ishchi guruhini tashkil etish. 2. Hududlarga uyushtirilgan ekspeditsiya natijalari asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarining yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash yuzasidan ilmiy-tadqiqot muassasalariga takliflar kiritish. |
2020-yil 2021-yil |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Fanlar akademiyasi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi |
|
2 |
Ilmiy-tadqiqot muassasalarida qishloq xoʻjaligi ekinlarining yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan mahalliy navlarini qayta tiklash. |
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarining yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash boʻyicha ilmiy-tadqiqot muassasalarida sinov ishlarini olib borish. 2. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlaridan istiqbollilarini tanlab olish va seleksiya jarayonida foydalanish. 3. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan hamda qimmatli xoʻjalik belgi va xususiyatlariga ega mahalliy navlarini sinash uchun Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markaziga topshirish. |
2021-2022-yillar davomida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.Xodjayev), Fanlar akademiyasi |
|
3 |
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining qayta tiklangan mahalliy navlari urugʻliklarini bosqichma-bosqich koʻpaytirish. |
1. Tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalarida qishloq xoʻjaligi ekinlarining qayta tiklangan hamda noyob belgi va xususiyatlarga ega boʻlgan mahalliy navlari original urugʻlarini bosqichma-bosqich koʻpaytirishni tashkil qilish. 2. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining qayta tiklangan mahalliy navlari original urugʻliklari asosida elita va 1-reproduksiyali urugʻliklarini tayyorlash hamda ishlab chiqarishga tatbiq etish. |
Doimiy |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.Xodjayev), Fanlar akademiyasi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa |
|
4 |
Qayta tiklangan mahalliy meva va uzum navlari asosida kolleksiya bogʻlarini yaratish. |
1. Qayta tiklangan mahalliy meva va uzum navlarining koʻchatlarini ilmiy-tadqiqot muassasalarida bosqichma-bosqich koʻpaytirishni yoʻlga qoʻyish. 2. Qayta tiklangan mahalliy meva va uzum navlarining koʻchatlari asosida onalik va kolleksiya bogʻlarini barpo qilish. 3. Qayta tiklangan mahalliy meva va uzum navlarining koʻchatlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish. |
Doimiy |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.Xodjayev), Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi (R.Boboyev) |
|
5 |
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining mahalliy navlari original urugʻliklarini yetishtirish sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish. |
1. Urugʻchilik sohasi rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik oʻrnatish va ularning tajribasini oʻrganish. |
Doimiy |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraxmonov) |
|
6 |
Ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi qishloq xoʻjaligi ekinlarining mavjud mahalliy navlarini markazlashgan holda saqlashni tashkil etish. |
1. Ilmiy-tadqiqot muassasalarida qishloq xoʻjaligi ekinlarining mavjud mahalliy navlarini markazlashgan holda “Qishloq xoʻjaligi ekinlari genetik resurslari Milliy genbanki”da saqlashga taqdim etish uchun hamkorlik shartnomalarini tuzish va qishloq xoʻjaligi ekinlarining mahalliy navlari genofondini boyitib borish. 2. “Qishloq xoʻjaligi ekinlari genetik resurslari Milliy genbanki”da qishloq xoʻjaligi ekinlarining mahalliy navlarini saqlash, yangilanishini taʼminlash, oʻrganish va monitoringini yuritish. |
Doimiy |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.Xodjayev), Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Turayev) |