30.07.2020 yildagi 459-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.07.2020 yildagi 459-son
Date of entry into force
30.07.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlariga suv chiqarish ishlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-son qarori ijrosini ta’minlash, suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatishni davlat tomonidan subsidiya ajratish orqali qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligining suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatishga davlat tomonidan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplashga quyidagi shartlarda subsidiyalar ajratiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi tomorqa yerini sug‘orish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq bo‘lgan kichik hajmdagi har bir vertikal sug‘orish qudug‘ini burg‘ilash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning birinchi metridan boshlab 100 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kamida 30 ta aholi tomorqa yerlarini sug‘orish uchun katta hajmdagi vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash va ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlarning 100 foizini, biroq 150 million so‘mdan oshmagan miqdorda;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun 0,15 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda 30 yilga ijaraga berilgan va bitta konturda yoki yonma-yon ikkita konturda joylashgan kamida 10 ta dehqon xo‘jaliklari yerlarini sug‘orish uchun katta hajmdagi vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning 100 foizini, biroq 150 million so‘mdan oshmagan miqdorda.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 1-yanvar va 1-iyulga qadar suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalarida burg‘ilanadigan vertikal sug‘orish quduqlarining manzilli dasturini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiyalar O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadigan ro‘yxatga asosan 2020-yilda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan, 2021 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan hamda 2026-yildan boshlab — O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining kelgusi yillarda Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqa yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga subsidiya ajratishga zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 30-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
459-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-martdagi 205-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 12-son, 224-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidan “(Mirzayev, Narbayeva)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘rtinchi xatboshidagi “tomorqa yer uchastkalariga” so‘zlari “dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2 — 5-boblarning nomlaridagi, 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 9-bandning birinchi — uchinchi xatboshilaridagi, 10-banddagi, 15-banddagi, 17-banddagi, 18-bandning “a” kichik bandidagi “tomorqa er” so‘zlari “dehqon xo‘jaligi va tomorqa er” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining raisi” so‘zlari “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limi boshlig‘i — tuman hokimining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ishchi guruh tarkibiga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limi, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi), tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman irrigatsiya bo‘limi, tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi, profilaktika inspektori, tuman kasaba uyushmalari, tuman bandlikka ko‘maklashish markazi, tuman davlat soliq inspeksiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari kiritiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va parvarishlash, shuningdek, zarur moddiy resurslar yetkazib berilishini muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi guruhi
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

O‘.I. Barnoyev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari

2.

R.T. Mamatov

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbarining o‘rinbosari

3.

A.A. Xaitov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, Respublika ishchi guruhi rahbarining o‘rinbosari

4.

I.I. Norqulov

Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

5.

E.M. Muxitdinov

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari

6.

A.A. Mirzayev

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari

7.

S.S. Xodjayev

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari

8.

A.J. Toshqulov

Adliya vaziri o‘rinbosari

9.

A.E. Ergashev

Moliya vaziri o‘rinbosari

10.

A.I. Ikramov

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

11.

F.K. Umarov

Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

12.

M.I. Ruzmetov

“Davyergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

13.

A.A. Ikramov

Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

14.

A.A. Raximov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari

15.

B.X. Maxmadaliyev

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari

16.

B.R. Parpiyev

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari

17.

T.Sh. Bozorov

O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o‘rinbosari

18.

A.R. Sidiqov

Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi, Respublika ishchi guruhi kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Respublika ishchi guruhi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va parvarishlash, shuningdek, zarur moddiy resurslar yetkazib berilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika ishchi guruhi a’zolariga biriktirilgan hududlarning
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hududlar nomi

Hududlarga biriktirilgan vazirlik va idoralar

F.I.O.

lavozimi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Umarov F.K.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

2.

Andijon

Toshqulov A.J.

Adliya vaziri o‘rinbosari

3.

Buxoro

Ergashev A.E.

Moliya vaziri o‘rinbosari

4.

Jizzax

Muxitdinov E.M.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari

5.

Qashqadaryo

Mirzayev A.A.

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari

6.

Navoiy

Ruzmetov M.I.

Davyergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

7.

Namangan

Bozorov T.Sh.

O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o‘rinbosari

8.

Samarqand

Raximov A.A.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari

9.

Surxondaryo

Ikramov A.A.

Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

10.

Sirdaryo

Norqulov I.I.

Iqtisodiy tarqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

11.

Toshkent

Ikromov A.I.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

12.

Farg‘ona

Parpiyev B.R.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari

13

Xorazm

Xodjayev S.S.

Qishloq xo‘jaligi vazir o‘rinbosari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-band “rekonstruksiya qilish” so‘zlaridan keyin “shuningdek, suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “sug‘oriladigan yerlarga” so‘zlari “sug‘oriladigan yerlarga hamda tuman hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi kooperativlariga ajratilgan yerlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 3-band:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“vertikal sug‘orish qudug‘i — yer osti suvlarini chiqarishga xizmat qiladigan, suv qabul qilgich, elektr nasos, quvurlar, shuningdek, boshqarish stansiyasi bilan jihozlangan hamda xizmat ko‘rsatayotgan maydonni suv bilan ta’minlash uchun barpo etiladigan quduqdan iborat suv xo‘jaligi obyekti”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“talabgorlar — aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish istagini bildirgan tomorqa yer egalari”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan har bir gektar erni foydalanishga kiritish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barovaridan oshmagan qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi o‘rinlarda Davlat budjeti deb ataladi) mablag‘lari hisobidan (subsidiya sifatida) tuzilgan investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida bir marta qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash hamda ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun subsidiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi tomorqa yerini sug‘orish uchun chuqurligi 10 metrdan ortiq bo‘lgan har bir vertikal sug‘orish qudug‘ini burg‘ulash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajtlarni qoplashga quduqning har bir metr chuqurligi uchun 100 ming so‘mdan, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barovaridan oshmagan qismini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kamida 30 ta aholi tomorqa yerlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning 70 foizini, biroq 120 million so‘mdan oshmagan qismini qoplash uchun ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, loyiha tashabbuskorlarining qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish uchun irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya ishlari, shuningdek, talabgorlarning suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarining qolgan qismi ularning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlarini o‘zlashtirish uchun irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari xarajatlarining bir qismini qoplashga zarur qo‘shimcha mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xat boshidagi “ilovada” so‘zi “1-ilovada” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Talabgorlarning suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash hamda ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 2-bob nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2-bob. Manzilli dasturni shakllantirish tartibi”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 2-bob nomlanishidan keyin quyidagi mazmundagi 1-§ nomlanishi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1-§. Qurish va rekonstruksiya qilish obyektlarining manzilli dasturini shakllantirish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “manzilli ro‘yxatini” so‘zlarini “tuman (shahar) manzilli ro‘yxatini” so‘zlari bilan, “hamda” so‘zi “hamda tasdiqlab” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qishloq xo‘jaligi kooperativlariga mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlari miqdori”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan taqdim etilgan tuman (shahar) manzilli ro‘yxatini belgilangan tartibda ko‘rib chiqib hududiy manzilli ro‘yxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda hisobot yilining 1-martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga va Qishloq ho‘jaligi vazirligiga taqdim etadilar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Manzilli ro‘yxatni” so‘zlari “Tuman (shahar) va hududiy manzilli ro‘yxatlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hududiy manzilli ro‘yxatlarni ko‘rib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda hisobot yilining 1-apreliga qadar tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi kooperativlari bo‘yicha manzilli dastur O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi bilan ham kelishiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) quyidagi mazmundagi 2-§ paragraf bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2-§. Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish bo‘yicha talabgorlarning manzilli dasturini shakllantirish tartibi”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Tuman (shahar) hokimliklari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligining tuman bo‘limlari hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda hisobot yilida suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish bo‘yicha talabgorlarning manzilli ro‘yxatini yiliga ikki marta, ya’ni birinchi marta hisobot yilining 1-fevraliga qadar, ikkinchi marta hisobot yilining 1-iyuniga qadar shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) manzilli ro‘yxatini shakllantirishda vertikal sug‘orish quduqlari burg‘ulanadigan suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan mahalla fuqarolari yig‘inlari, aholi xonadonlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan taqdim etilgan tumanlar manzilli ro‘yxatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqib hududiy manzilli ro‘yxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda hisobot yilining tegishlicha 1-marti va 1-iyuliga qadar Kengashga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) va hududiy manzilli ro‘yxatlarni sifatli shakllantirish, taqdim etilgan ma’lumotlarning aniq va ishonchligi yuzasidan javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Kengash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hududiy manzilli ro‘yxatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda hisobot yilining 1-apreliga va 1-avgustiga qadar tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash hisobot yilida suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish bo‘yicha talabgorlarning manzilli dasturini hisobot yilining tegishlicha 15-apreli va 15-avgustiga qadar ommaviy axborot vositalarida hamda Kengashning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib boradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) 4-bob nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4-bob. Xarajatlarni davlat tomonidan qoplab berish tartibi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) 4-bob nomlanishidan keyin quyidagi mazmundagi 1-§ paragraf nomlanishi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1-§ Qurish va rekonstruksiya qilish xarajatlarini davlat budjetidan qoplab berish tartibi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) 17-banddagi “15” raqami “16” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
r) 18-band quyidagi tahrida bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“18. Suv xo‘jaligi vazirligining hududiy organlari loyiha tashabbuskorlarining qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish bo‘yicha bajarilgan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish yuzasidan kelib tushgan hujjatlarni uch ish kuni ichida ko‘rib chiqadi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) quyidagi mazmundagi 2-§ paragraf bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2-§ Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarni davlat tomonidan qoplab berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
201. Talabgorlar vertikal sug‘orish quduqlari burg‘ulanib ishga tushirilgandan so‘ng sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga mablag‘ olish uchun tegishli ravishda tuman (shahar) fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (keyingi o‘rinlarda — tuman kengashi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza-talabnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi (hisob-faktura va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari raisligida tasdiqlanadigan foydalanishga qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish bo‘yicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
202. Tuman kengashlari talabgorlar tomonidan mazkur Nizomning 201-bandida belgilangan hujjatlar to‘liq taqdim qilinmaganda, ularni uch ish kunida talabgorga to‘liq holda qayta taqdim qilish uchun qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
203. Tuman kengashlari talabgorlar tomonidan to‘liq taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi, tuman (shahar) hokimligi bilan kelishadi hamda viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga (keyingi o‘rinlarda — hududiy kengashlar) taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
204. Hududiy kengashlar talabgorlarning suv ta’minoti og‘ir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash hamda ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarining bir qismini qoplash bo‘yicha tushgan hujjatlarni uch ish kuni ichida ko‘rib chiqadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishib Kengashga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
205. Kengash hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ularga asosan talabgorlarning suv ta’minoti og‘ir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash hamda ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarining bir qismini qoplash yuzasidan uch ish kunida talabgorlar kesimida buyurtmanoma rasmiylashtiradi. Buyurtmanomalarni:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yilda Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;
(2-band “s” kichik bandining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yildan boshlab — Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga mazkur jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplash uchun taqdim qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
206. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun mobaynida Kengash tomonidan kiritilgan buyurtmanoma asosida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
(2-band “s” kichik bandining o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band “s” kichik bandining o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
208. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bir ish kunida Kengash tomonidan kiritilgan buyurtmanoma asosida subsidiyalarni bir ish kunida talabgorlarning tegishli tijorat bankidagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
t) 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“21. Qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, suv ta’minoti og‘ir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash hamda ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash bo‘yicha hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilishi hamda davlat tomonidan subsidiya mablag‘lari ajratilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan tizimli ravishda nazorat amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“22. Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish uchun davlat tomonidan subsidiya beriladigan yer maydonlarida qurish va rekonstruksiya ishlari yuzasidan nazorat belgilangan vakolatlar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligining hududiy organlari zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi tomorqa va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirishga Davlat budjetidan subsidiya beriladigan yer maydonlarida burg‘ulanadigan va ishga tushiriladigan vertikal sug‘orish quduqlari yuzasidan nazorat begilagan vakolatlar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari, Kengash hamda uning hududiy organlari zimmasiga yuklatiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) Nizomga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Loyiha tashabbuskorlarining yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarini davlat budjetidan qoplash
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati


1-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari

Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning tuman (shahar) manzilli ro‘yxatini shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

1-fevralga qadar


2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Tuman (shahar) manzilli ro‘yxatini ko‘rib chiqib hududiy manzilli ro‘yxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda O‘zbekiston Res�ublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga va Qishloq ho‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.

1-martga
qadar


3-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligi

Hududiy manzilli ro‘yxatlarni ko‘rib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib,O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

Mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi kooperativlari bo‘yicha manzilli dasturni O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi bilan ham kelishadi.

1-aprelga qadar


4-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligi

Hisobot yilida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning tasdiqlangan manzilli dasturini ommaviy axborot vositalarida hamda vazirlikning rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi.

15-aprelga qadar


5-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari

Tasdiqlangan manzilli dasturga asosan loyiha tashabbuskorlari bilan investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim imzolaydi.

kelishuvga ko‘ra


6-bosqich

Loyiha tashabbuskorlari

Irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanib, sarflangan xarajatlarningbir qismini Davlat budjeti hisobidan qoplash uchun Suv �?jaligi vazirligining viloyat hududiy organlariga hujjatlarni taqdim etadi.

Talabgor murojaati tushgan kundan boshlab
3
kun mobaynida


7-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligining viloyat hududiy organi

Loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni umumlashtirib Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.

3 kun mobaynida


8-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligi

Yer maydonlarini foydalanishga kiritishda qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining Davlat budjetidan qoplanadigan qismini loyiha tashabbuskorlarining bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

3 kun mobaynida

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
x) Nizom quyidagi tahrirdagi 2-ilova bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Talabgorlarning suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligining tuman bo‘limlari hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda

Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish bo‘yicha talabgorlarning tuman (shahar) manzilli ro‘yxatini shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritadi.

yiliga ikki marta:

1-fevral va
1-iyunga qadar

2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Tumanlar (shahar) manzilli ro‘yxatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi, hududiy manzilli ro‘yxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda Kengashga taqdim etadi.

yiliga ikki marta:

1-mart va
1-iyulga qadar

3-bosqich

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi

Hududiy manzilli ro‘yxatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

yiliga ikki marta:

1-aprelva
1-avgustga qadar

4-bosqich

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi

Manzilli dasturini ommaviy axborot vositalarida hamda o‘zining rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi.

yiliga ikki marta:

15aprel va

15-avgustga qadar

5-bosqich

Talabgor

Vertikal sug‘orish quduqlari burg‘ulanib ishga tushirilganidan so‘ng sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga mablag‘ olish uchun tegishli ravishda tuman kengashiga zarur hujjatlarni taqdim etadi.

Ixtiyoriga ko‘ra

6-bosqich

Tuman kengashi

Talabgorlar tomonidan to‘liq taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda tuman (shahar) hokimligi bilan kelishilgan holda viloyat fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashlariga taqdim qiladi.

Talabgor murojaati tushgan kundan boshlab
3 kun mobaynida

7-bosqich

Hududiy kengash

Tuman kengashi tomonidan kiritilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishadi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi taqdim etadi.

3 kun mobaynida

8-bosqich

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi

Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ularga asosan talabgorlarning suv ta’minoti og‘ir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash hamda ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarining bir qismini qoplash yuzasidan talabgorlar kesimida buyurtmanoma rasmiylashtiradi. Buyurtmanomalarni:

2020-yilda Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;

2022-yildan boshlab — Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplash uchun mazkur jamg‘armaga taqdim qiladi.

3 kun mobaynida

9-bosqich

Moliya vazirligi

Kengash tomonidan 2020-2021-yillarda kiritilgan buyurtmanoma asosida zarur mablag‘larni Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

3 kun mobaynida

10-bosqich

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Kengash tomonidan 2022-yildan boshlab kiritilgan buyurtmanoma asosida zarur mablag‘larni talabgornin� tegishli tijorat bankidagi hisobvaraqasiga o‘tkazib beradi.

Bir ish kunida

”.

(2-band “x” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son; 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)