03.07.2020 yildagi 12-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 03.07.2020 yildagi 12-son
Date of entry into force
03.07.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shuningdek, sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli qarori quyidagi mazmundagi 30.1-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“30.1. Kreditorning kafil — “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi”ga (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) nisbatan daʼvosini koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 28-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga eʼtibor qaratilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sudlar inobatga olishi kerakki, agar Jamgʻarma bilan kafillik shartnomasi kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida tuzilgan boʻlsa, Jamgʻarmaga talab bildirilgunga qadar kreditor qarzdordan qarzni undirishga qaratilgan boshqa, shu jumladan, kredit qaytarilishi majburiyatining taʼminotiga qaratilgan barcha choralarini koʻrishi zarur va faqat qarzdorning (boshqa kafilning) majburiyatni bajarish uchun mol-mulki yetarli boʻlmaganda, shuningdek, qarzni garovga qaratilgan mol-mulkdan undirish mumkin boʻlmagandagina, kreditor Jamgʻarmaga talab bildirish huquqiga ega, agar kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning (boshqa kafilning) mol-mulki majburiyatni bajarish uchun yetarli emasligi, shuningdek, qarzni garovga qaratilgan mol-mulkdan undirish imkoniyati mavjud emasligi, davlat ijrochisining ijro hujjatini “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 40-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan, undiruvchiga qaytarish toʻgʻrisidagi qarori bilan tasdiqlanadi. Ushbu qoidalarga amal qilinmaganligi Jamgʻarmaga nisbatan berilgan daʼvoni qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2011-yil 11-fevraldagi 1-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar deganda, jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk, shuningdek, bunday mol-mulkdan foydalanish orqali olingan har qanday foyda yoki naf, xuddi shuningdek toʻliq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud oʻzgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qoʻshilgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk tushuniladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“JK 243-moddasi mazmuniga koʻra, daromadlarni legallashtirish deganda, aybdor tomonidan jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazish, almashtirish, mulkka aylantirish yoʻli bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berilishi, xuddi shuningdek bunday pul mablagʻlari yoki mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, koʻchirish usulini, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkka boʻlgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash tushunilishi lozim. Mulk obyekti sifatida bunday hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 169-moddasida nazarda tutilgan har qanday mulk, shu jumladan, virtual aktivlar (kriptovalyuta va h.k.) boʻlishi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“16. Shaxsning valyutani qonunga xilof ravishda bojxona chegarasida oʻtkazishda aybdorligi masalasini hal etishda sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, Oʻzbekiston Respublikasiga erkin olib kiriladigan va olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy va milliy valyuta miqdori quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-fevraldagi 86-sonli qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalari bilan belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga bir vaqtning oʻzida olib kiriladigan yoki olib chiqib ketiladigan naqd valyutaning faqat bir qismi deklaratsiya qilingan boʻlsa, shaxsning harakatlari naqd valyutaning deklaratsiya qilinmagan qismi miqdoridan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-bandining birinchi xatboshisi “giyohvandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2016-yil 29-iyuldagi 11-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qonunga muvofiq, voyaga yetmagan, shuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalar taʼminoti uchun aliment taraflarning kelishuviga koʻra ixtiyoriy tartibda, shuningdek, sud tartibida undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirilsinki, aliment ota-onaning birining arizasi yoki daʼvosi bilan, agar boshqa ota (ona) voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish majburiyatini bajarmagan holatlarda sud tartibida (sud buyrugʻi yoki sudning hal qiluv qarori bilan) undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan bolalarga aliment toʻlash haqida ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmaganda, shuningdek, aliment ixtiyoriy ravishda toʻlanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilmagan hollarda, voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan aliment undirish haqidagi daʼvo bilan voyaga yetmagan oʻn toʻrt yoshga toʻlgan bola murojaat qilishga haqli. Voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona) va bola alohida yashagan hollarda, voyaga yetmagan oʻn toʻrt yoshga toʻlgan bola ota yoki onasiga yoxud ota-onasining har ikkoviga nisbatan daʼvo taqdim qilishi huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun aliment vasiylik va homiylik organlari, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yetim bolalar va bolalar uchun muassasalar, shuningdek, prokuror daʼvosiga koʻra, sudning hal qiluv qaroriga asosan undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalar taʼminoti uchun aliment ota-onaning birining daʼvosi bilan sudning hal qiluv qaroriga asosan undiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “Soliq kodeksining 329-moddasi 3-bandiga muvofiq” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji” toʻgʻrisida”gi Qonuni 8-moddasi 2-bandi, shuningdek, FPK 174-moddasining birinchi qismiga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “chiqarishda” degan soʻzi “berishda” degan soʻzi, “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bandi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-bandining birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam oylik ish haqiga” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli qarori 10-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda valyuta qimmatliklari qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan hukm chiqarilgan kunda belgilangan kurs boʻyicha aniqlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomi “Giyohvandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
matni “giyohvandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin tegishli kelishikdagi “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Qonunga koʻra, maʼmuriy va jinoiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qarori bilan tasdiqlangan quyidagi roʻyxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilganda kelib chiqadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi taqiqlangan giyohvandlik vositalarining roʻyxati (I roʻyxat);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan giyohvandlik vositalarining roʻyxati (II roʻyxat);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan psixotrop moddalarning roʻyxati (III roʻyxat);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan prekursorlarning roʻyxati (IV roʻyxat).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar oʻtkazish maqsadini koʻzlamay oz miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish uchun aybdorlar barcha hollarda maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar (Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 56-moddasi). Agar mazkur harakatlar oʻtkazish maqsadini koʻzlab sodir etilsa, qilmish JK 273-moddasining birinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunday turdagi ekspertiza oldiga hal etish uchun quyidagi savollarni qoʻyish maqsadga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan vosita yoki modda giyohvandlik, uning analogi, psixotrop hisoblanadimi, agar hisoblansa, uning turi, aktiv moddasining miqdori va sof ogʻirligi qancha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan obyektda giyohvandlik vositasi, uning analogi, psixotrop moddasi qoldiqlari (mikrozarralari) yoki izlari bormi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan yer maydonidan olingan oʻsimlik qaysi turga mansub va u tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimlik hisoblanadimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan vositalar yoki moddalar bir xil hisoblanadimi, ular tayyorlash usuli (texnologiyasi), saqlash sharoiti, foydalanilgan boshlangʻich xom ashyosi, koʻkarib turgan joyi boʻyicha kelib chiqishi jihatidan umumiy manbaga egami”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. Kamilov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 3-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi v.b., Oliy sud sudyasi R. Ismaylov