29.07.2016 yildagi 11-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarori, 29.07.2016 yildagi 11-son
Date of entry into force
29.07.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QarorI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasiga koʻra, ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96, 100-moddalarida, ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga, shuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga taʼminot berishi shartligi belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiya talablari asosida ishlab chiqilgan huquqiy bazada voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalarning moddiy taʼminot olish huquqi aniq belgilab qoʻyilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalarning moddiy taʼminot olish huquqini taʼminlash va bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi normalarini toʻgʻri va aniq tatbiq etilishi boʻyicha bir xil sud amaliyotini shakllantirish maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddimaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning eʼtibori bolalarning sogʻlom va barkamol avlod sifatida voyaga yetishida ota-onalar masʼulligiga va ular oʻzlarining voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalarini ijtimoiy taʼminlashga majbur ekanligiga, ushbu majburiyatni ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan aliment faqat sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrugʻi chiqarish orqali undirilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aliment toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilish bolalar manfaatlari himoyasining muhim kafolatlaridan biri hisoblanishini nazarda tutgan holda, qonunlarga qatʼiy rioya etish zarurligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qonunga muvofiq, voyaga yetmagan, shuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalar taʼminoti uchun aliment taraflarning kelishuviga koʻra ixtiyoriy tartibda, shuningdek, sud tartibida undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirilsinki, aliment ota-onaning birining arizasi yoki daʼvosi bilan, agar boshqa ota (ona) voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish majburiyatini bajarmagan holatlarda sud tartibida (sud buyrugʻi yoki sudning hal qiluv qarori bilan) undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan bolalarga aliment toʻlash haqida ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmaganda, shuningdek, aliment ixtiyoriy ravishda toʻlanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilmagan hollarda, voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan aliment undirish haqidagi daʼvo bilan voyaga yetmagan oʻn toʻrt yoshga toʻlgan bola murojaat qilishga haqli. Voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona) va bola alohida yashagan hollarda, voyaga yetmagan oʻn toʻrt yoshga toʻlgan bola ota yoki onasiga yoxud ota-onasining har ikkoviga nisbatan daʼvo taqdim qilishi huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun aliment vasiylik va homiylik organlari, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yetim bolalar va bolalar uchun muassasalar, shuningdek, prokuror daʼvosiga koʻra, sudning hal qiluv qaroriga asosan undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalar taʼminoti uchun aliment ota-onaning birining daʼvosi bilan sudning hal qiluv qaroriga asosan undiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oila kodeksining 81-moddasi 2-qismiga koʻra, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani oʻz bolasiga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilmaydi. Shu munosabat bilan sudlarga tushuntirilsinki, agarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishida bolaga aliment undirish masalasi hal qilinmagan boʻlsa, aliment undirish yuzasidan vakolatli shaxs daʼvo (ariza) bilan murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oila kodeksining 165-moddasida farzandlikka olinganlar va ularning ota-onasi (ota-onasining qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarini yoʻqotishlari hamda oʻzaro majburiyatlardan ozod boʻlishlari belgilanganligi sababli farzandlikka olinganlarning taʼminoti uchun ota-onasidan aliment undirilmasligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Aliment undirish yuzasidan sud buyrugʻi chiqarish toʻgʻrisidagi ariza ham, daʼvo ariza ham sudlovga taalluqlilikning umumiy qoidalariga koʻra, javobgarning yashash joyi boʻyicha beriladi, shuningdek, FPK 34-moddasining uchinchi qismiga muvofiq arizachi yoki daʼvogarning oʻzi yashab turgan joyda ham taqdim etilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun aliment undirish haqida sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza, shuningdek, voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalar taʼminoti uchun aliment undirish haqida daʼvo ariza berganlik uchun davlat boji Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji” toʻgʻrisidagi Qonuni 8-moddasi 2-bandi, shuningdek, FPK 174-moddasining birinchi qismiga muvofiq undirilmaydi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar aliment miqdorini kamaytirish, aliment toʻlashdan ozod qilish haqidagi daʼvo arizalarini qabul qilishda hamda aliment undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori yoki buyruq qabul qilishda davlat daromadiga undiriladigan davlat boji miqdorini belgilashda FPK 129-moddasi talablari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi 14-sonli qarori tushuntirishlariga (xususan, 21-bandi tushuntirishlarga) asoslanishlari lozim.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aliment undirish toʻgʻrisida sud buyrugʻi berishda, agar qarzdor shu vaqtda ishlamasa yoki uning ish haqi va (yoki) daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa, davlat boji qonunchilikda oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sudlarga tushuntirilsinki, Oila kodeksining 99-moddasiga muvofiq voyaga yetmagan bolalarga aliment undirishda aliment miqdorini ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining muayyan (1/4, 1/3, 1/2) qismi miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu toʻlovlar miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa eʼtiborga sazovor holatlarni hisobga olgan holda oʻzgartirilishi (kamaytirilishi yoki koʻpaytirilishi) mumkin. Mazkur holatda ham u foizda emas, ish haqi va (yoki) boshqa daromadning muayyan qismi meʼyorida belgilanishi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oila kodeksining 100-moddasida ota-onaning voyaga yetgan bolalariga aliment toʻlashi belgilangan boʻlib, bunda sudlar qonun talabiga koʻra, voyaga yetgan bolaning mehnatga layoqatli yoki layoqatsizligi hamda moddiy yordamga muhtojligi yoki muhtoj emasligini aniqlashga eʼtibor qaratishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudga murojaat qilgan taraf voyaga yetgan bolaning mehnatga layoqatsizligi va yordamga muhtojligi toʻgʻrisida dalil (nogironlik haqida TIEK yoki boshqa vakolatli organ xulosasi, moddiy ahvoli toʻgʻrisida maʼlumot va boshqa) taqdim etishi lozim. Yordamga muhtoj yoki muhtoj emasligiga esa tegishli maʼlumotlar asosida sudning oʻzi baho berishi lozim.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar aliment undirishda bolalarning mehnatga layoqatliligini yoʻqotilganlik darajasi va ularning haqiqatdan muhtoj ekanligini, taraflarning moddiy va oilaviy ahvolini eʼtiborga olishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oila kodeksining 101-moddasi talabiga muvofiq, ota-onadan voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga undiriladigan aliment miqdori har oyda pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda aliment miqdorini aniqlashda, sud aliment toʻlashi shart boʻlgan ota-onaning oilaviy va moddiy ahvolidan kelib chiqishi, yaʼni sud tomonidan belgilangan miqdor asoslantirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sudlar aliment miqdorini aniqlashda, Oila kodeksining 102-moddasida belgilangan tartibga qatʼiy rioya etishlari, sud hal qiluv qarorida aliment miqdori har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadning muayyan qismida yoki pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada belgilanganligi sababini koʻrsatishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bolaning taʼminoti uchun qoʻshimcha xarajatlarni undirish masalasini hal etishda, sudlar Oila kodeksining 103-moddasida qayd etilgan qoʻshimcha xarajat qanday favqulodda holatlar (bolalarning ogʻir shikastlanishi, kasal boʻlishi va boshqalar)da kelib chiqqanligini hamda bu bola taʼminoti uchun zarurligini koʻrsatishi va ularning oilaviy va (yoki) moddiy ahvolini hisobga olib, qisman pul bilan toʻlanadigan qoʻshimcha xarajatlarning qatʼiy miqdorini aniqlashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, neustoyka toʻlash majburiyati (Oila kodeksi 142-moddasining ikkinchi qismi) aliment agar sud hujjatiga asosan undirilgan boʻlsa vujudga keladi. Aliment toʻlash boʻyicha kelishuv bajarilmagan hollarda, javobgarlik Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga asosan yuzaga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, aliment undirish toʻgʻrisidagi sud hujjati ijrosi jarayonida aliment boʻyicha qarz vujudga kelishi sababli neustoyka miqdorini hisoblash va undirish davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Aliment toʻlash toʻgʻrisida kelishuv bajarilmagan, aliment boʻyicha qarz vujudga kelgan taqdirda esa, aliment undiruvchi bank foizlarini undirish yuzasidan sudga daʼvo bilan murojaat etishga haqli.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oila kodeksining 144-moddasiga muvofiq, sudning hal qiluv qaroriga asosan pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada undirilayotgan alimentlarni indeksatsiya qilish alimentlar ushlab qolinayotgan joyda qonunchilikda oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Indeksatsiya qilish maqsadida alimentning miqdori sud tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining muayyan qismiga mos ravishda pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunga koʻra, qatʼiy summada undirilishi lozim boʻlgan aliment miqdori sud tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining muayyan qismiga mos ravishda pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada (mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yarmi, bir baravari, bir yarim baravari va hokazo) belgilanishi lozim.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sudlarning eʼtibori sud hujjati asosan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining muayyan qismida undirilayotgan alimentni qatʼiy summada yoki bir vaqtda muayyan qismda va qatʼiy summada undirish toʻgʻrisidagi manfaatdor tarafning talabi FPK 454-moddasi tartibida emas, daʼvo ish yurituvida koʻrilishi lozimligiga qaratilsin. Chunki bu holatda sud qarorini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish emas, balki aliment miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida masala hal etiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sudlarga tushuntirilsinki, qarzdor aliment undirish toʻgʻrisidagi sud buyrugʻining koʻchirma nusxasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida arz qilingan talabga qarshi eʼtiroz bildirsa, FPK 181-moddasi tartibida sud buyrugʻi bekor qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud buyrugʻi FPK 177-moddasiga asosan ijroga qaratilganidan oʻn kun muddat oʻtganidan soʻng bildirilgan eʼtirozlar muddatni tiklash haqida ariza mavjud boʻlmasa, sud tomonidan koʻrilmaydi va arizachiga qaytariladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agar sudning bola taʼminoti uchun aliment undirish haqidagi hal qiluv qarori yoki buyrugʻi ijro etilishi vaqtida bola aliment toʻlayotgan ota(ona)ning tarbiyasi va qaramogʻiga oʻtgan boʻlsa, undiruvchi esa, aliment olishdan voz kechmagan boʻlsa, keyingi toʻlanadigan alimentdan ozod qilish masalasi ota(ona) tomonidan tegishli tartibida qoʻzgʻatilgan daʼvo asosida sud tomonidan hal etilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar undiruvchi yuqorida qayd etilgan holatlarda alimentdan voz kechsa, ijro ish yurituvi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 37-moddasi 2-qismini 1-bandiga asosan tugatilishi lozimligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Aliment miqdorini kamaytirish yoki aliment toʻlashdan ozod qilish haqidagi daʼvolar FPK 33-moddasiga koʻra, javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashgʻul boʻlgan joydagi sudga beriladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun undirilayotgan aliment miqdori sudning hal qiluv qaroriga koʻra, oʻzgargan taqdirda alimentning yangi miqdorda undirilishi sudning bu haqdagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oila kodeksining 105, 115-moddalarida belgilangan holatlarda aliment miqdorini kamaytirish, aliment toʻlashdan ozod qilish hamda sudning bir necha hujjatlari boʻyicha undiriladigan aliment miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi arizalarni hal etishda, mazkur ishlarni koʻrishda barcha undiruvchilar jalb qilinishi lozim.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga taʼminot berish majburiyatlari belgilangan Oila kodeksining 122-moddasiga muvofiq, ota-onasi yoʻq boʻlgan yoki ulardan taʼminot ololmaydigan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj shaxslarga taʼminot berish sud tomonidan ularning qarindoshlari: bobo, buvi, nevara, aka-uka, opa-singil, shuningdek, oʻgay ota va oʻgay ona, oʻgay oʻgʻil va oʻgay qiz hamda doimiy tarbiyada boʻlgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, sudlar aliment miqdorini, qarzdorning hamda undiruvchi (daʼvogar)ning moddiy va oilaviy ahvolini hisobga olgan holda, har oyda pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada belgilashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Voyaga yetmagan bola ota-ona qaramogʻidan olinib, bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirilgan har qanday holatda, bolalarga taʼminot berishda ota-ona majburiyatlarining tengligidan kelib chiqib, Oila kodeksi 107-moddasiga asosan ota-onasining har biridan aliment bolaning foydasiga undirilib, bola nomiga ochilgan bank hisob-varagʻida jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oila kodeksining 136-moddasi 4-qismiga koʻra, agar taʼminot uchun mablagʻ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar koʻrilganligi, ammo aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning uni toʻlashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, oʻtgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkinligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aliment toʻlashdan bosh tortish deganda, shaxsning aliment toʻlash majburiyatini aybli ravishda bajarmasligi, xususan aliment toʻlash toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi taklifni rad etish, turar joyini va (yoki) ish joyini yashirish tushunilishi sudlarga koʻrsatib oʻtilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Sudlarning eʼtibori, aliment undirish haqidagi ish boʻyicha daʼvogarning daʼvodan voz kechishi yoki taraflar kelishuv bitimi tuzishi munosabati bilan ish yuritish tugatilishiga, agar bu bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi. Holat oʻzgarganda, daʼvogarning aliment undirish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga qayta murojaat qilishi istisno etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjatlariga binoan aliment undirilishi yuklatilgan shaxs tomonidan jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida aliment toʻlamaslik holati aniqlansa, sud maʼmuriy javobgarlikka tortish yoki jinoyat ishini qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qilishi shart.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari ushbu toifadagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borish, ularni qonun bilan belgilangan muddatlarda koʻrish va sud hujjatlarini oʻz vaqtida ijroga qaratishga qaratilgan choralarni koʻrsin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi D. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 29-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-son