Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.10.1996 yildagi 372-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.10.1996 yildagi 372-son
Date of entry into force
30.10.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HARBIY XIZMATChILARI TAʼMINOTINI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yopiq harbiy shaharchalarda va uzoqdagi garnizonlarda yashovchi harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari taʼminotini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, “Oʻzdonmahsulot”, “Oʻzbaliq” davlat korporatsiyalari, “Oʻzbeksavdo”, “Oʻzgoʻshtsutsanoat”, “Yogʻmoytamakisanoat”, “Oziqovqatsanoat” uyushmalari harbiy xizmatchilarga va ularning oila aʼzolariga harbiy doʻkonlar tarmoqlari orqali sotish uchun moʻljallangan tegishli turdagi mahsulotlarni prognoz parametrlarida nazarda tutsinlar hamda ularning toʻliq hajmda birinchi navbatda yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv va “Oʻzmaishiyxizmatuyushma” harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari hayot faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratishda harbiy savdo korxonalari va tashkilotlariga amaliy yordam koʻrsatish tavsiya etilsin, eng zarur sanoat va oziq-ovqat tovarlari turlari bilan toʻliq hajmda taʼminlasinlar, maishiy xizmat koʻrsatish va harbiy savdo korxonalariga ega boʻlmagan uzoqdagi va kam sonli garnizonlarda ularga maishiy xizmatlar koʻrsatishga koʻmaklashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaziy bankka hamda Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi korxonalari va tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklariga xalq isteʼmol tovarlari sotib olish uchun joylarda oʻz boʻlimlari orqali ularga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta mablagʻ bilan taʼminlash stavkasi doirasida kredit berilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Savdo bosh boshqarmasiga 1996-yilning toʻrtinchi choragida 25 mln. soʻm miqdorida aylanma mablagʻlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi 1997-yilgi adresli dasturni shakllantirishda 1-ilovaga* muvofiq harbiy doʻkonlar, zobitlar oshxonalari va askarlar choyxonalari qurilishiga kapital mablagʻlar limitini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Joylardagi harbiy savdo organlariga ular tomonidan nooziq-ovqat tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi qismlari, muassasalari, korxonalari va tashkilotlaridagi harbiy doʻkonlar tarmogʻi orqali naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha sotishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Andijon, Samarqand, Toshkent viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda 2-ilovaga* muvofiq harbiy savdo obyektlarini balansdan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi balansiga tekin bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Berilayotgan inshootlar joylashgan yer uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid tegishli davlat dalolatnomalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilsin va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 30-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
372-son