Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.03.1994 10.08.1992 yildagi 369-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.08.1992 yildagi 369-son
Date of entry into force
10.08.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.03.1994
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON ShARTNOMALAR VA SAVDO BOʻYIChA DAVLAT-AKSIONERLIK UYuShMASINING USTAVINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-martdagi 136-sonli “Oʻzulgurjibirjasavdo”ni tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasining ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 10-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
369-son

Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 10-avgustdagi 369-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzshartnomasavdo”)ning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
USTAVI

I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzshartnomasavdo”)ni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzshartnomasavdo” faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 9-martdagi 115-son qaroriga va respublikaning amaldagi qonuniga asosan tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzshartnomasavdo” mulkchilik shakllaridan, qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalarning va mazkur Ustavda nazarda tutilgan vazifalarni birgalikda hal etish uchun oʻzlarining kuch va resurslarini birlashtirish xohishini bildirgan alohida ishbilarmonlarning ixtiyoriy birlashmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzshartnomasavdo” tugatilgan “Goskoopsnab” va unga qarashli boʻlinmalarning huquqiy vorisi boʻlib, uyushmaning barcha mulkini boshqaradi, belgilangan tartibda uyushma boʻlinmalarini tuzadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, mehnat jamoalarining qarorlarini hisobga olgan xolda davlat boshqaruvining vakolatli idoralariga ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzshartnomasavdo” yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga va banklarda hisob va boshqa xil schyotlarga va oʻz nomi davlat va rus tillarida yozilgan gerbli hamda dumaloq muhrlarga, shtamplar va blankalarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzshartnomasavdo”ning yuridik nomi quyidagicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilida: ‎ Oʻzbekiston shartnoma va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzshartnomasavdo”)‎
rus tilida: ‎ Uzbekskaya gosudarstvenno-aksionernaya assotsiatsiya po kontraktam i torgovle (Uzkontrakttorg)‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzshartnomasavdo”ning joylashgan manzili:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi, 700038, Toshkent sh., Navoiy koʻchasi, 7.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzshartnomasavdo” oʻz nomidan mulkiy va boshqa huquqqa ega boʻlishi, vazifani bajarishi, sud organlarida daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzshartnomasavdo” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Prezidentning farmonlariga, respublika Hukumatining farmoyishlariga, boshqa meʼyoriy hujjatlarga va mazkur Ustavga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzshartnomasavdo” xoʻjalik tashkilotlari, korxonalari, shu jumladan, yuridik shaxs huquqi bilan tarmoq korxonalari, vakolatxonalar tashkil etish, davlat, kooperativ, aksionerlik korxonalari va tashkilotlari bilan birlashmalarga kirish, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va uning tashqarisidagi boshqa xoʻjalik jamiyatlarining taʼsischisi va qatnashchisi boʻlish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzshartnomasavdo” oʻz vazifalarini bajarish uchun belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish, shartnoma asosida mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, chet el valyutasida bitimlar tuzish, MDH aʼzolari boʻlgan davlatlarda filiallar va vakolatxonalar ochish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. UYuShMANING VAZIFALARI, FAOLIYAT TURLARI VA HUQUQI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar “Oʻzshartnomasavdo”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy tijorat-vositachilik va ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish, kichik hamda qoʻshma korxonalar tarmoqlarini, sugʻurta jamiyatlari, tijorat markazlari, mayda ulgurji, vositachi va chakana savdo doʻkonlari, tovar birjalari, brokerlik idoralari, savdo uylari, ulgurji yarmarkalar, auksionlar, lizing, logistik va boshqa kompaniyalar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri oʻzaro foydali xoʻjalik aloqalarini oʻrnatish va rivojlantirishga doir ishlab chiqarish hamda tijorat-vositachilik xizmatlarini amalga oshirish, ishlab chiqaruvchilardan, ularning qaysi idoraga boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, moddiy resurslar va tovarlarni erkin sotib olishni hamda ularni isteʼmolchilarga sotishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy-texnika resurslariga boʻlgan talablarni oʻrganish, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda mahsulotlarning eng muhim turlari balanslarini ishlab chiqish, ularni davlat ehtiyojlari uchun ishlab chiqarish va yetkazib berish topshiriqlarini aniqlash va koʻrsatilgan ehtiyojlarning moddiy-texnika resurslariga boʻlgan talablarini mahsulotlarning kvotalangan turlari boʻyicha kvotalar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmalarni ishlab chiqarishga joylashtirish, davlat ehtiyojlari uchun xomashyo, mahsulotlar va tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar, savdo vositachilari, shuningdek, xorijiy firmalar bilan kontraktlar va toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika korxonalarida mahsulotlar va tovarlarning eng kamyob turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, eksportga mol yetkazib berishni yanada rivojlantirish, davlat ehtiyojlari va aholini ijtimoiy himoya qilish uchun moddiy-texnika resurslarini, tovarlarni import boʻyicha qoʻshimcha sotib olish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish va respublika Hukumatiga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holatlar oqibatlarini tugatish va ishlab chiqarish vositalari bozorini barqarorlashtirish uchun ehtiyot zaxiralarini, moddiy-texnika resurslari rezervlarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumatlararo savdo-iqtisodiy bitimlarning loyihalarini tuzish, hukumatlararo bitimlar boʻyicha moddiy-texnika resurslari yetkazib berishni tartibga solish va uni nazorat qilish ishlarini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy, ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarda qurilayotgan va qayta qurilayotgan obyektlarni shartnoma asosida asbob-uskunalar, priborlar, elektrotexnika va boshqa mahsulotlar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkilamchi resurslarni tayyorlash va qayta ishlashni, sanoat chiqindilarini ishga solishni, oʻrash-joylash mahsulotlarini tayyorlash va sotishni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun “Oʻzshartnomasavdo” faoliyat va aʼmollarning quyidagi turlari bilan shugʻullanish huquqiga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot va tashkiliy-tijorat xizmatlari koʻrsatish, tijorat, ilmiy-texnika, ekologiya, huquqiy va boshqa axborotlar bilan taʼminlash, isteʼmolchilarga va ishlab chiqaruvchilarga huquqiy va ilmiy-texnikaviy maslahatlar berish, ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va mahsulot ishlab chiqarishga puxta tayyorlash, yetkazib berilgan uskunalarni montaj qilish, priborlar va boshqa buyumlarni tuzatish va tiklash boʻyicha ishlab chiqarish xizmatlari koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar, fond, valyuta birjalarida va birjadan tashqari oborotda aʼmollarning barcha turlarini oʻtkazish, uyushma aʼzolarining qiymatdor qogʻozlarini belgilangan tartibda joylashtirishni, chiqarishni va sotishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara, auditorlik, lizing, konsignatsion va logistik xizmatlarni oʻzaro manfaatdorlik shartlarida bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
parametrlarni aniqlash, vazirliklarga, idoralarga, konsernlarga, uyushmalarga, birlashmalarga va korxonalarga kvotalarning hajmlarini belgilash, davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar va tovarlar ishlab chiqarish hamda yetkazib berish boʻyicha buyurtmalarni joylashtirish, Oʻzbekiston Hukumati tomonidan cheklashlar joriy qilingan mahsulotlarni respublika tashqarisiga olib chiqib ketish uchun litsenziyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumatlararo shartnomalar va savdo-iqtisodiy bitimlar boʻyicha mahsulotlar hamda tovarlarni oʻzaro yetkazib berishni nazorat qilishni va boshqarishni amalga oshirish, kvota boʻyicha olib chiqib ketiladigan mahsulotlar va tovarlarni barter boʻyicha ayirboshlashni tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narx belgilash, qoʻshimcha narxlar, transport tariflari boʻyicha hujjatlarni, monopoliyaga qarshi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, bozor infrastrukturasini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni tayyorlashda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun respublika hududidagi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralardan, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan zarur statistika maʼlumotlarini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, muassasalar, qurilishlar va shu kabilardan shartnoma asosida xomashyo, materiallar, yoqilgʻi va butlovchi buyumlarni ularga muhtoj boʻlgan isteʼmolchilarga vaqtincha yordam koʻrsatish uchun olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsernlar, uyushmalar, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va muassasalarga, ularning qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼi nazar, hukumatlararo savdo-iqtisodiy bitimlar va shartnomalar, shuningdek, “Oʻzshartnomasavdo”ning kvotalari hajmlari doirasida mahsulotlar va tovarlarni joʻnatish muddatlari, tartibi va navbati masalalari boʻyicha bajarish majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot yetkazib beruvchilar, isteʼmolchilar, pudratchilar, budjet bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, shu jumladan, resurslarning ehtiyot zaxiralari va rezervlarini yaratish va davlat buyurtmalarini bajarish uchun kreditlarning barcha turlaridan, shu jumladan, imtiyozli kreditlardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻla xoʻjalik hisobi va oʻzini oʻzi boshqarish prinsiplari asosida tarkibiy, moliyaviy-iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiy faoliyatning barcha masalalarini mustaqil ravishda hal etish, mehnatga haq toʻlash va mukofotlashning shakllari va miqdorlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ehtiyot, zaxira jamgʻarmalari yaratish uchun Kengash qaroriga koʻra oʻz qatnashchilarining mablagʻlarini markazlashtirish va ularni umumtarmoq vazifalarini hal etish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini toʻldirish uchun yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorni ishlab chiqarish vositalari, tovarlar bilan toʻldirish maqsadida moliya-hisob-kitob va kredit xizmatlari koʻrsatish, sotuvchilarga va xaridorlarga tijorat krediti berish, oʻzining tijorat banklarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzshartnomasavdo” tomonidan Oʻzbekistonga oʻzaro hamkorlik qilish (shartnomalar tuzish) va kontraktlarni bajarish masalalari boʻyicha rasmiy ravishda taklif etilgan xorijiy mutaxassislar (sheriklar)ning respublika hududida yashash va transport harajatlari uchun soʻmlar boʻyicha haq toʻlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. UYuShMAGA AʼZOLIK VA KIRISh ShARTLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ustav jamgʻarmasiga oʻz ulushlarini moddiy yoki pul shaklida qoʻshgan yuridik va jismoniy shaxslar “Oʻzshartnomasavdo” qatnashchilari boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushmaga kirish toʻgʻrisidagi ariza Kengash tomonidan uning yaqinda boʻladigan majlisida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Uyushma qatnashchilari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustuvorlik tartibida va imtiyozli shartlarda “Oʻzshartnomasavdo” aksiyalarini sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz kuchi va mablagʻlari bilan uyushma oldida turgan vazifalarni hal etishda qatnashish va uning ustav jamgʻarmasiga qoʻyilgan ulushga mutanosib ravishda uning faoliyati natijalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma faoliyati toʻgʻrisida zarur axborotlar, shuningdek, ustuvorlik asosida uyushma tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzshartnomasavdo” ramzidan, uning roziligi bilan oʻz korxonasi va tashkilotida foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylanadigan organlar ishida, “Oʻzshartnomasavdo” faoliyati dasturini belgilashda qatnashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Uyushma qatnashchilari quyidagilarga majburdirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Ustavga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzshartnomasavdo” faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan texnik-iqtisodiy, tijorat-vositachilik, statistika va boshqa axborotlarni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma faoliyatiga doir maxfiy axborotlarni oshkor qilmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma rahbar organlarining qarorlari va koʻrsatmalarini bajarish, “Oʻzshartnomasavdo” oldida olgan majburiyatlarini ado etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Uyushma qatnashchisining uyushmadan chiqishi uyushma Kengashiga yozma ariza berish yoʻli bilan uyushma oldidagi majburiyatlarni saqlab qolish sharti bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Oʻzshartnomasavdo”ga aʼzolik, agar qatnashchining faoliyati uyushma vazifalariga, Ustaviga, taʼsis shartnomasiga zid boʻlsa, Kengashning tashabbusi bilan tugatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. UYuShMANING BOShQARUV ORGANLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Uyushma Kengashi uning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi, u uyushma qatnashchilari vakolatli vakillarining konferensiyasida toʻgʻridan toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan, koʻpchilik ovoz bilan taʼsischilar va qatnashchilar orasidan 5 yil muddatga saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “Oʻzshartnomasavdo” faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va rejalarini belgilash, uyushmaga kirish va undan chiqish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish uyushma Kengashining alohida huquq doirasiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Uyushma Kengashi oʻz tarkibining kamida 2/3 qismi qatnashganda Kengash majlislarini oʻtkazish uchun qonuniy huquqqa ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Uyushma Kengashi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzshartnomasavdo” faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va uning vazifalari va funksiyalarining bajarilishi uchun javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aʼzolikka kirish, maqsadli va boshqa badallarning miqdorlarini, tartibini, toʻlash muddatlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taftish komissiyasining dalolatnomalarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzshartnomasavdo” daromadlarini taqsimlash tartibini, jamgʻarmalar va rezervlarning turlari, miqdorlari va foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi, narx belgilash masalalarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzshartnomasavdo” xarajatlari va daromadlari smetalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma boshqaruvini, uning raisini va oʻrinbosarlarini koʻpchilik ovoz bilan 5 yilga saylaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. “Oʻzshartnomasavdo” uyushmasi boshqaruvi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushma boshqaruvi raisi va uning oʻrinbosarlari Kengash tomonidan saylanadi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushma boshqaruvi raisining 7 nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrinbosarlar oʻrtasida vazifalar uyushma raisi tomonidan taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushma boshqaruvi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzshartnomasavdo”ni boshqarishning uyushma Kengashining huquq doirasiga kirmaydigan barcha joriy masalalarini hal qiladi, “Oʻzshartnomasavdo” nomidan har qanday faoliyatni ishonchnomasiz amalga oshirish huquqiga egadir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi boʻyicha qarorlar qabul qiladi, uyushma boshqaruvi apparati boʻlinmalari va “Oʻzshartnomasavdo” tizimi tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni yollash va ishdan boʻshatish, tasarrufidagi tashkilotlarning rahbarlari bilan kontraktlar tuzish masalalarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma ustav vazifalarining bajarilishini nazorat qilishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma qatnashchilarining qiymatdor qogʻozlarini chiqarishni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv faoliyatini tekshirish ushbu komissiya toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq taftish komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. UYuShMANING USTAV JAMGʻARMASI VA MOL-MULKI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Uyushma faoliyatini amalga oshirish uchun uyushma aʼzolarining oʻz mablagʻlari tarzidagi pay badallari miqdorida ustav jamgʻarmasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ustav jamgʻarmasiga mablagʻlar uyushma Kengashi belgilaydigan miqdorlarda va ulushlarda taʼsischilar tomonidan qoʻyiladi, Kengash ustav jamgʻarmasini koʻpaytirishi yoki kamaytirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Uyushma boshqaruvi buyurtmalarni joylashtiradi va uyushma aʼzolarining oʻz mablagʻlari qoʻyilmalarining hamma summasiga chiqariladigan aksiyalarni taqsimlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyalarning xar biri kamida 1000 soʻm oddiy va imtiyozli nominal qiymat bilan chiqariladi. Imtiyozli aksiyalar salmogʻi 15 foizdan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtiyozli aksiyalarning egalari dividendlar olishda ustuvor huquqqa ega boʻladilar, lekin ovoz berishda ovoz huquqiga ega boʻlmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Uyushma taʼsischilarining badallari, ular tomonidan ulushlarni (xissalarni) qoʻyish muddatlari va tartibi boshqaruv bilan tuziladigan opsion shartnoma boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mazkur Ustav bilan belgilangan asoslarda va tartibda “Oʻzshartnomasavdo”da aʼzolik tugatilgan yoki undan chiqilgan hollarda uyushma qatnashchisi ustav jamgʻarmasining umumiy summasidan oʻzi qoʻygan ulushni tegishli dividendlar bilan olish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Uyushma oʻz majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari boʻyicha toʻlatish mumkin boʻlgan oʻz mablagʻlari va mol-mulki bilan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushma qatnashchisi birgalikdagi xoʻjalik faoliyatidan koʻrilgan zarar uchun faqat oʻziga tegishli boʻlgan mulk doirasida javob beradi. “Oʻzshartnomasavdo” oʻz qatnashchilarining qarzlari uchun javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Uyushma oʻzining tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar va boshqa qatnashchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda berilgan hamda ularga jamoa mulki huquqida tegishli boʻlgan mol-mulk va mablagʻlarning egasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. “Oʻzshartnomasavdo” uyushma aʼzolari tomonidan ularga mulk huquqida tegishli boʻlgan va ixtiyoriy ravishda uyushmaga berilgan mol-mulkni sotib olish, yuridik hamda jismoniy shaxslarga sotish va berish, shuningdek, asosiy davlat jamgʻarmalarini va mablagʻlarni, ular maʼnaviy va jismoniy eskirganligi sababli, belgilangan tartibda balansdan chiqarishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. UYuShMANING DAROMADLARINI TAQSIMLASh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. “Oʻzshartnomasavdo” daromadlarining Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan majburiy soliqlar va toʻlovlar toʻlangandan soʻng qolgan qismi quyidagilarga taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzshartnomasavdo”ning markazlashtirilgan, rezerv va ehtiyot jamgʻarmalariga ajratmalar uchun — 15 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz korxonalarini ishlab chiqarish texnikaviy va ijtimoiy rivojlantirish uchun yoʻnaltiriladigan jamgʻarma fondiga — 35 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalar boʻyicha dividendlarni bank foizi depozitlari toʻlovlaridan past boʻlmagan miqdorda toʻlashga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Foyda yetishmay qolgan taqdirda imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar tavakkal jamgʻarmasi hisobidan toʻlanadi. Aksionyerlarga oddiy aksiyalar boʻyicha toʻlanadigan dividendlarning miqdori imtiyozli aksiyalar boʻyicha tegishli boʻlgan toʻlovlar miqdoridan oshib ketgan taqdirda bu aksiyalarning egalariga boshqa aksionyerlarga toʻlangan dividendlar miqdorigacha qoʻshimcha toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Aksionyerlarga dividendlarni toʻlash taftish komissiyasining “Oʻzshartnomasavdo” balansi yuzasidan xulosasi chiqarilgandan va hisobot eʼlon qilingandan soʻng yil yakuni boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. UYuShMANING HISOB VA HISOBOTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Uyushma hisob, hisobot va hujjatlar oboroti belgilangan tartibga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. “Oʻzshartnomasavdo” tizimi faoliyati yakunlari yil choragi va yillik balanslarda, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotda, shuningdek, yillik hisobotda aks ettiriladi. Xoʻjalik faoliyatining yillik balansi va hisoboti “Oʻzshartnomasavdo” tomonidan jamlanadi va Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. “Oʻzshartnomasavdo” boshqaruvi faoliyatini tekshirish taftish komissiyasi tomonidan boʻlinmalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish esa — shartnoma boʻyicha auditorlik xizmatlari tomonidan yiliga kamida bir marta amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. UYuShMANING JAVOBGARLIGI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. “Oʻzshartnomasavdo” qonunchilik bilan belgilangan tartibda mulk uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Uyushma qatnashchilari oʻrtasidagi bahsli masalalar barcha hollarda muzokaralar yoʻli bilan, kelishmovchilik hollari roʻy berganda esa — Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. FAOLIYATNI TOʻXTATISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. “Oʻzshartnomasavdo”ning faoliyati uyushmaning vakolatli vakillari yigʻilishining, sud organlarining qaroriga koʻra, toʻla inqirozga uchraganda va boshqa hollarda respublikaning amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda tugatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. “Oʻzshartnomasavdo”ni tugatish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.