22.06.2020 yildagi PQ-4756-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 22.06.2020 yildagi PQ-4756-son
Date of entry into force
23.06.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga a’zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Ko‘chirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallarni to‘lash mexanizmini soddalashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari mas’uliyatini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning 1-ilovasida ko‘rsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda xalqaro shartnomalar doirasidagi, shu jumladan, badallarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari etib belgilansin (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organlar O‘zbekiston Respublikasining kelgusida tegishli xalqaro tashkilotda ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi hamda a’zolikdan olinadigan iqtisodiy va boshqa foydalar bo‘yicha doimiy tahlil olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro tashkilot faoliyatida ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, vakolatli organlar Vazirlar Mahkamasiga kelgusi xatti-harakatlar bo‘yicha asosli takliflar bilan xulosa kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yildan boshlab xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar va ular bo‘yicha qarzdorliklar bevosita vakolatli organlar tomonidan mazkur qaror bilan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalar va o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va vakolatli organlar bilan birgalikda har yil yakuni bo‘yicha xalqaro shartnomalar doirasida va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va ularning natijadorligi, tashkilotda qatnashishning maqsadga muvofiqligi va a’zolikdan olinadigan iqtisodiy va boshqa foyda, amalda to‘langan a’zolik badallari to‘g‘risida ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda har bir xalqaro shartnoma va xalqaro tashkilotda O‘zbekiston Respublikasi ishtiroki doirasida 2020-2021-yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejalarini tasdiqlasin va ijrosini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vazirligi hamda vakolatli organlar bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro shartnomalar va tashkilotlarga a’zolik badallari to‘lovi bo‘yicha majburiyatlarni xatlovdan o‘tkazsin va natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ma’lumot kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalar va tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar hisobini yuritish jarayoniga axborot texnologiyalarini tatbiq etgan holda, mazkur majburiyatlar bajarilishini doimiy kuzatib boruvchi tizimni joriy qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 22-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4756-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

To‘lovchilar nomi

Xalqaro shartnoma, xalqaro tashkilotning nomi

I. Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi (O‘zbekiston tomoni vakillarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun)

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha tashkiloti Parlament assambleyasi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Parlamentlararo ittifoq

3.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)

Xalqaro ombudsman instituti

Yevropa ombudsman instituti

Osiyo ombudsmanlar uyushmasi

4.

Konstitutsiyaviy sud

Konstitutsiyaviy odil sudlov bo‘yicha umumjahon konferensiyasi

5.

Davlat xavfsizlik xizmati

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar aksilterror markazi

Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashini muvofiqlashtiruvchi xizmat

6.

Mudofaa vazirligi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning mudofaa vazirlari kengashi kotibiyati

7.

Ichki ishlar vazirligi

Jinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti (Interpol)

8.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Tabiiy ofatlarni kamaytirish bo‘yicha Osiyo markazi

9.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

“Egmont” moliyaviy razvedka bo‘linmalari guruhi

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha Yevroosiyo guruhi

10.

Markaziy bank

Xalqaro valyuta jamg‘armasi

11.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Osiyo taraqqiyot banki

Islom taraqqiyot banki

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki

Jahon savdo tashkiloti

Savdoni rivojlantirish bo‘yicha islom markazi

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki

Jahon banki guruhi

Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi

Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi

Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi

Yevroosiyo taraqqiyot banki

Yangi taraqqiyot banki

12.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tashkiloti

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti

Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va treninglar markazi

Pensiya va ijtimoiy jamg‘armalar xalqaro assotsiatsiyasi

PEMPALning Jahon banki tomonidan boshqariladigan trast jamg‘armasi

Xalqaro ijtimoiy ta’minot uyushmasi*

121.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Xalqaro ijtimoiy ta’minot uyushmasi*

13.

Energetika vazirligi

Qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha xalqaro agentlik

14.

Tashqi ishlar vazirligi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ijroiya qo‘mitasi

Shanxay hamkorlik tashkiloti

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha yig‘ilishi kotibiyati

Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi

Turkiy davlatlar tashkiloti

Islom hamkorlik tashkiloti

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti

“Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati

15.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mita

Rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot

16.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Xalqaro mehnat tashkiloti

161.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi

Xalqaro migratsiya tashkiloti

17.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi

Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi

18.

Suv xo‘jaligi vazirligi

Islom konferensiyasi tashkiloti huzuridagi suv resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha Islom davlatlararo tarmog‘i

Irrigatsiya va drenaj bo‘yicha xalqaro komissiya

Butunjahon suv kengashi

Yirik to‘g‘onlar xalqaro komissiyasi

19.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha hadli konvensiyasi kotibiyati

Qizil xoch va qizil yarim oy xalqaro federatsiyasi

20.

Madaniyat vazirligi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarining gumanitar hamkorligi bo‘yicha davlatlararo jamg‘armasi

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)

201.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Madaniy meros muhofazasi bo‘yicha xalqaro alyans (International alliance for the protection of heritage — ALIPH)

21.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkiloti

22.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi

BMTning Cho‘llanishga va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish konvensiyasi

23.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti

Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi konvensiya

24.

Milliy statistika qo‘mitasi  

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Davlatlararo statistika qo‘mitasi

25.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Monreal protokoli ko‘p tomonlama jamg‘armasining trast jamg‘armasi

Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyaning trast jamg‘armasi

Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili bo‘lgan xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar to‘g‘risidagi konvensiya

Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi trast jamg‘armasi

Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli trast jamg‘armasi

Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi trast jamg‘armasi

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi

Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi Konvensiyaning trast jamg‘armasi

Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyaning trast jamg‘armasi

Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel Konvensiyasining trast jamg‘armasi

Afrika, Yevropa va Osiyodagi ko‘chib yuruvchi suv-botqoq qushlarini muhofaza qilish bo‘yicha bitim

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Atrof-muhit dasturining Atrof-muhit jamg‘armasi

Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyaning Bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxena protokoli trast jamg‘armasi

26.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi

Islom hamkorlik tashkilotining Birdamlik islom jamg‘armasi

27.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Xalqaro Islom fiqhi akademiyasi

28.

Markaziy saylov komissiyasi

Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi

29.

Fanlar Akademiyasi Seysmologiya instituti

Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti

30.

Milliy antidoping agentligi

Butunjahon antidoping agentligi

31.

Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti

Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi

32.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining ochiq kalitlar direktoriyasi

33.

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Jahon meteorologiya tashkiloti

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishlari to‘g‘risidagi Hadli konvensiyasiga doir Kioto Bayonnomasi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi

34.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiqot qilish markazi

35.

YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti

YUNESKOning Umumjahon merosi jamg‘armasi

YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni asrash jamg‘armasi

36.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti

Islom dunyosi universitetlari federatsiyasi

37.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom texnologiya universiteti

38.

O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi (Mudofaa vazirligi badal to‘lash bo‘yicha)

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashi huzuridagi jangchi-baynalmilalchilar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi

39.

Hisob palatasi

Oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (INTOSAI)

Osiyo oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (ASOSAI)

391.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

“BMT-ayollar” tuzilmasi

392.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi

II. Budjetdan tashqari jamg‘armalar va badallar to‘lovchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish

40.

Konstitutsiyaviy sud

Osiyo Konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari assotsiatsiyasi

Yevroosiyo konstitutsiyaviy nazorat organlari assotsiatsiyasi

41.

Mudofaa vazirligi

Xalqaro harbiy sport kengashi

Oddiy qurolning haddan tashqari ko‘p zarar keltiradi yoki barcha narsaga baravar ta’sir etadi deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan konkret turlari qo‘llanilishini taqiqlash yoki cheklash to‘g‘risidagi konvensiya

42.

Ichki ishlar vazirligi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududida Uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli turdagi jinoyatchilikka qarshi kurashishni muvofiqlashtirish byurosi

Davlatlararo axborot banki

43.

Bosh prokuratura

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashi kotibiyati

Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi

44.

Majburiy ijro byurosi

Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi

45.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi

Butunjahon pochta ittifoqi

Aloqa sohasida hududiy hamdo‘stlik

Yevropa telekommunikatsiya standartlari instituti

46.

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

Xalqaro astronavtika federatsiyasi

47.

Energetika vazirligi

Energetika xartiyasi kotibiyati

48.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi

49.

Markaziy bank

Moliyaviy ommaboplik alyansi

50.

Turizm qo‘mitasi

Butunjahon turizm tashkiloti

51.

Bojxona qo‘mitasi

Butunjahon bojxona tashkiloti

52.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Xalqaro standartlashtirish tashkiloti

Standartlash, metrologiya va sertifikatlash bo‘yicha davlatlararo kengash

Qonunchilik metrologiyasi xalqaro tashkiloti

Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti

Xalqaro elektrotexnika komissiyasi

53.

Adliya vazirligi

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti

O‘simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro ittifoq

54.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti

Xalqaro zaytun kengashi kotibiyati

55.

“O‘zarxiv” agentligi

Xalqaro arxivlar kengashi

56.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

Yevropa va O‘rta yer dengizi o‘simliklar karantini va himoyasi tashkiloti

O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiya

57.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi

“Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti” xalqaro hukumatlararo ilmiy-tadqiqot tashkiloti

58.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Elektr energetika kengashi

59.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning temir yo‘l transporti bo‘yicha kengashi

Temir yo‘l hamkorlik tashkiloti

60.

“Toshkent metropoliteni” UK

Xalqaro jamoat transporti ittifoqi

“Metro” xalqaro assotsiatsiyasi

61.

A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona

elFL.net xalqaro konsorsiumi

Davriy nashrlarni ro‘yxatdan o‘tkazish xalqaro markazi

Xalqaro standart kitob raqami

Kutubxona uyushmalari va muassasalarining xalqaro federatsiyasi

Yevroosiyo kutubxona assambleyasi

62.

“O‘zekspomarkaz” MKK AJ

Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi

63.

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi

Xalqaro triatlon uyushmasi

Osiyo triatlon konfederatsiyasi

Xalqaro biatlon ittifoqi

Xalqaro aeronavtika federatsiyasi

64.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Sug‘urta nazoratchilari xalqaro uyushmasi

Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti

65.

Soliq qo‘mitasi

Shaffoflik va soliq maqsadlarida axborot almashinuvi bo‘yicha global forum

Soliq bazasini kamaytirish va daromadlarni yashirishga qarshi kurashish bo‘yicha Inklyuziv dasturi (BEPS)

66.

Transport vazirligi

MDH Muvofiqlashtiruvchi transport kengashi

Xalqaro transport forumi

TRASEKA dasturi doirasida “Yevropa-Kavkaz-Osiyo” yo‘lagini rivojlantirish uchun xalqaro tashish to‘g‘risidagi asosiy ko‘p tomonlama bitim ishtirokchisi

67.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi

Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar markazi (ICCROM)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ushbu tashkilotga a’zolik badallarini to‘lash uni to‘lovchilarning a’zolik yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-iyundagi PQ-237-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni to‘lash tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni (keyingi o‘rinlarda — badallar) to‘lash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajalarda xalqaro shartnomalarga qo‘shilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Badallar mazkur qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni to‘lovchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatida (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) ko‘rsatilgan xalqaro tashkilotlarga ushbu nizom talablariga muvofiq to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Badallar va ular bo‘yicha qarzdorliklar bevosita Ro‘yxatda ko‘rsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar hisobini yuritish hamda monitoring qilib borish Moliya vazirligining axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Badallar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Ro‘yxatda ko‘rsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda — to‘lovchilar) budjetdan tashqari jamg‘armalari va o‘z mablag‘lari hisobidan mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan to‘lovchi tashkilot tomonidan to‘lanadigan har qanday ixtiyoriy badallar faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-son qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Badallarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan budjet mablag‘larini rejalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ro‘yxatning 1-bo‘limida ko‘rsatilgan to‘lovchilar yillik asosda to‘lov hujjatlarini (invoys) yoki xalqaro tashkilotning keyingi yil uchun rejalashtirilgan badal summasi to‘g‘risidagi rasmiy xabarnomasini olish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi hamda buning asosida keyingi yil uchun rejalashtirilgan badallar summasi to‘g‘risidagi ma’lumotni 1-iyungacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi hamda axborot tizimiga kiritadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
To‘lov hujjatlari (invoys) yoki xalqaro tashkilotning rasmiy xabarnomasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, oldingi yillarda haqiqatda to‘langan badallar summasidan kelib chiqqan holda, keyingi yil uchun badallarning prognoz miqdorlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelgusi yil badallarini to‘lash maqsadida to‘lov summasini milliy valyutada hisoblash uchun to‘lovchilar keyingi yil uchun xorijiy valyutaning o‘rtacha yillik prognoz kursini, shuningdek, to‘lovlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni (mablag‘larni o‘tkazish uchun vositachilik haqi va boshqalar) hisobga olgan holda, xorijiy valyutadagi mablag‘larni milliy valyutaga qayta hisoblaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda keyingi yil uchun o‘rtacha yillik prognoz kursi to‘lovchilar tomonidan xorijiy valyutaning milliy valyutaga nisbatan kursining o‘zgarish tendensiyasini hisobga olgan holda hisoblab aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida badallar miqdorining kelgusi yilda oshish ehtimolini hisobga olgan holda, badallarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining prognoz parametrlarida nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agar o‘tgan yilda rejalashtirilgan badal miqdori bilan joriy yilda haqiqatda to‘lanishi lozim bo‘lgan miqdor o‘rtasida farq (defitsit) yuzaga kelsa, yetishmagan qism O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida xalqaro tashkilotlarga badallarni to‘lash uchun nazarda tutilgan iqtisod qilingan budjet mablag‘lari, ular mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joriy yilda to‘lanishi lozim bo‘lgan badal miqdorining yetishmagan qismining keyingi yilga o‘tkazilishiga, agar bu O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot faoliyati doirasidagi huquqlarini cheklamasa, jiddiy siyosiy-iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqarmasa, mamlakat nufuziga putur yetkazmasa hamda qarzdorlik, shu jumladan badallarni to‘lamaganlik yoki to‘liq to‘lamaganlik uchun jarima sanksiyalari hisoblanishi hisobidan shakllanishini keltirib chiqarmasa yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Badallarni to‘lash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Badallar to‘lovchilar tomonidan to‘lov hujjatlariga (invoys) yoki joriy yil uchun badal miqdorini tasdiqlovchi xalqaro tashkilotning (yoki tegishli xalqaro shartnomani ma’murlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan tashkilotning (organning)) xabarnomalariga muvofiq to‘lanadi hamda to‘langan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumot va to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlar axborot tizimiga 3 (uch) ish kuni ichida kiritiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ro‘yxatning 1-bo‘limida ko‘rsatilgan to‘lovchilar 10-martgacha bo‘lgan muddatda badallarni inobatga olgan holda xarajatlar smetasini tasdiqlab, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Badallar va ular bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash uchun nazarda tutilgan pul mablag‘larining konvertatsiyasi to‘lovchining o‘rnatilgan tartibda taqdim etilgan buyurtmanomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tomonidan 5 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. G‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan to‘lovchilar badallar va ular bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash uchun mo‘ljallangan pul mablag‘larini qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Badallar to‘lovchilar tegishli to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng 1 (bir) oy muddatda to‘lovlar xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinganligi tasdig‘ini olish choralarini ko‘radi va olingan tasdiq xabarnomalarini 3 (uch) ish kuni ichida axborot tizimiga yuklaydi.
(121-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agar badallarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilmagani O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot faoliyati doirasidagi huquqlari cheklanishiga, jiddiy siyosiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelgan, mamlakat nufuziga putur yetkazgan bo‘lsa, shuningdek, qarzdorlik, shu jumladan badallarni to‘lamaganlik yoki to‘liq to‘lamaganlik uchun jarima sanksiyalari hisoblanishi hisobidan shakllanishiga olib kelgan taqdirda, shaxsiy javobgarlik tegishliligi bo‘yicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatning 1-bo‘limida ko‘rsatilgan to‘lovchilarga budjet mablag‘lari o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda ajratilishini ta’minlash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatda ko‘rsatilgan to‘lovchilarga, g‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan to‘lovchilardan tashqari, ajratilgan mablag‘larni konvertatsiya qilib, o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan to‘lovchilar topshiriqnomasi bo‘yicha to‘lovlar o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha — tijorat banklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
badallarni to‘lash va ular bo‘yicha qarzdorlik yuzaga kelmasligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini kafolatli ta’minlash bo‘yicha — to‘lovchilar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Badallar to‘lovchilar tegishli to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng 1 (bir) oy muddat ichida to‘lovlar xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinganligi tasdig‘ini olish choralarini ko‘radi va olingan tasdiq xabarnomalarini 3 (uch) ish kuni ichida axborot tizimiga yuklaydi.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Badallarni o‘z mablag‘lari hisobidan to‘laydigan to‘lovchilar har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga xalqaro tashkilot nomi, to‘lov miqdori va sanasini ko‘rsatgan holda ma’lumot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Hisobdorlik va badallarni to‘lashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalarni ko‘rib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Markaziy banki axborot tizimdagi ma’lumotlar asosida xalqaro shartnomalar va tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar to‘lanishini doimiy monitoring qilib boradi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joriy yilning 1-dekabr holati bo‘yicha badallarni to‘lamagan to‘lovchilarni aniqlash yuzasidan ma’lumotni shakllantiradi hamda 10-dekabrgacha bo‘lgan muddatda joriy yil uchun badallarni to‘lamagan to‘lovchilarga badal to‘lovini zudlik bilan to‘lash zarurligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. To‘lovchilar mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan xabarnomani olgandan keyin 10 kun muddatda badallarni to‘lashi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligiga badal to‘langani haqida axborot berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar biron-bir sababga ko‘ra tegishli xalqaro shartnomani yoki xalqaro tashkilot faoliyatini moliyalashtirishda O‘zbekiston Respublikasining kelgusida ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, to‘lovchi mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan xabarnomani olgandan keyin 10 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelgusi xatti-harakatlar bo‘yicha asosli takliflar bilan xulosa kiritadi hamda bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda mazkur Nizomning 17-bandiga muvofiq kiritilgan taklif bo‘yicha qaror qabul qiladi yoki masalani ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va (yoki) Prezidentiga axborot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. O‘zbekiston Respublikasining badallarni to‘lash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar oldidagi qarzdorligining so‘ndirilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. O‘zbekiston Respublikasining badallarni to‘lash bo‘yicha qarzdorligi (keyingi o‘rinlarda — qarzdorlik) budjet mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori asosida so‘ndiriladi, mazkur Nizomning 20 va 21-bandlarida nazarga tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qarzdorlikni budjetdan tashqari jamg‘armalar hamda shaxsiy mablag‘lar hisobidan so‘ndirish to‘lovchi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Agar avvalgi yillar bo‘yicha yoki dastlabki hisoblangan badal miqdori bilan haqiqatda to‘lanishi lozim bo‘lgan badal miqdori o‘rtasidagi farq natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikni to‘lab berish uchun vakolatli organlarning joriy yildagi budjet parametrlarida mablag‘lar yetarli bo‘lganda ushbu qarzdorliklar to‘lab beriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211. A’zolik badali to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lgan hollarda, ushbu qarzdorlik yuzasidan ma’lumotlar va tasdiqlovchi hujjatlar ular olingan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida badal to‘lovchilar tomonidan axborot tizimiga yuklanishi lozim.
(211-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ishtirok etish uchun badallar to‘lash nazarda tutilgan xalqaro tashkilotga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilganda yoki xalqaro shartnoma tuzilganda, tegishli mas’ul organ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Ro‘yxatga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida taklif kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
221. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimiga barcha ma’lumotlarning o‘z vaqtida kiritilishi va doimiy yangilab borilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
(221-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan to‘lovchi tashkilot tomonidan badallarni to‘lash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish
muddati

1-bosqich

Ro‘yxatning
1-bo‘limida ko‘rsatilgan to‘lovchi

1. To‘lov hujjatlarini (invoys) yoki xalqaro tashkilotning keyingi yil uchun rejalashtirilgan badal miqdori to‘g‘risidagi rasmiy xabarnomasini olish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga keyingi yil uchun rejalashtirilgan badallar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etadi.

To‘lov hujjatlari (invoys) yoki xalqaro tashkilotning rasmiy xabarnomasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, oldingi yillarda haqiqatda to‘langan badallar summasidan kelib chiqqan holda, keyingi yil uchun badallarning prognoz miqdorlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etiladi.

1-iyungacha bo‘lgan muddatda


Ro‘yxatning
1-bo‘limida ko‘rsatilgan to‘lovchi

Tegishli xalqaro shartnomani yoki xalqaro tashkilot faoliyatini moliyalashtirishda, O‘zbekiston Respublikasining kelgusida ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, Vazirlar Mahkamasiga kelgusi xatti-harakatlar bo‘yicha asosli takliflar bilan xulosa kiritadi hamda bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi.

Zarur hollarda


2-bosqich

Moliya vazirligi

1. Badallarni to‘lashning umumlashtirilgan miqdorini shakllantiradi (AQSH dollari ekvivalentida).

2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining prognoz parametrlarida badallar miqdori kelgusi yilda oshish ehtimolini hisobga olgan holda, badallarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni nazarda tutadi.

Davlat budjeti parametrlarini shakllantirish doirasida


3-bosqich

Ro‘yxatning
1-bo‘limida ko‘rsatilgan to‘lovchi

Badallarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar smetasini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Moliya vazirligiga taqdim etadi.

Har yili
10-martgacha


4-bosqich

Moliya vazirligi

To‘lovchi tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetasini belgilangan tartibda ro‘yxatga oladi.

Qonun hujjatlarida belgilangan

muddatlarda


5-bosqich

To‘lovchi

Badallar va ular bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash uchun nazarda tutilgan pul mablag‘larining konvertatsiyasi bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda shakllantirilgan buyurtmanomani Moliya vazirligi G‘aznachiligiga taqdim etadi.

Xalqaro tashkilotning moliyaviy qoidalarida belgilangan muddatlar hisobga olingan holda, budjet mablag‘lari ajratilgandan so‘ng


6-bosqich

Moliya vazirligi G‘aznachiligi

To‘lovchi tomonidan o‘rnatilgan tartibda taqdim etilgan buyurtmanoma asosida mablag‘lar konvertatsiyasini amalga oshiradi.

Buyurtmanoma taqdim etilgandan so‘ng 5 ish kuni mobaynida


7-bosqich

To‘lovchi

Xorijiy valyutadagi mablag‘larni xalqaro tashkilot hisobiga o‘tkazish uchun Moliya vazirligi G‘aznachiligiga o‘rnatilgan tartibda to‘lov topshiriqnomasini taqdim etadi.

Xalqaro tashkilotning moliyaviy qoidalarida belgilangan muddatlar hisobga olingan holda, konvertatsiya qilingandan so‘ng


8-bosqich

Moliya vazirligi G‘aznachiligi

Xorijiy valyutadagi mablag‘larni xalqaro tashkilot hisobiga o‘tkazadi.

3 ish kuni ichida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* G‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan to‘lovchilar badallar va ular bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash uchun mo‘ljallangan pul mablag‘larini qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 07/20/4756/0795-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 11.04.2023-y., 07/23/117/0207-son; 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son; 02.06.2023-y., 07/23/172/0319-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 08.08.2023-y., 07/23/269/0567-son; 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son; 14.10.2024-y., 06/24/155/0811-son; 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son; 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son; 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son; 16.09.2025-y., 07/25/285/0831-son; 19.11.2025-y., 07/25/344/1063-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son; 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son; 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son; 11.03.2026-y., 07/26/86/0220-son; 22.04.2026-y., 07/26/153/0401-son)