Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
03.05.2024
12.01.2023
05.04.2022
04.12.2021
05.05.2021
31.10.2020
23.06.2020
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.05.2024
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi PF-71-sonli “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish, mahsulotni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish borasida olib borilgan izchil islohotlar natijasida agrar sohada faoliyat yuritishning yangi tizimi — klaster usuli joriy etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qisqa davr mobaynida klaster usulida faoliyat yuritish o‘zining ijobiy tomonlarini ko‘rsatdi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyalarni joriy etish, qishloq joylarga sanoatni olib kirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish, infratuzilmani rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish va manfaatlarini davlat boshqaruv organlarida himoya qilish borasida samarali mexanizmlar yaratilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, paxta xom ashyosini chuqur qayta ishlash quvvatlarini ko‘paytirish, ushbu jarayonga ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ularning manfaatlarini davlat hokimiyati boshqaruv organlarida himoya qilish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkilotchilarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasini (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushma tuzilmasida tizimli muammolarni bartaraf etish, marketing innovatsiyalarini faol joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli va ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashni ta’minlovchi maslahat organi — Paxta-to‘qimachilik klasterlari kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini hamda ular tomonidan loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, davlat organlari va tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik klasterlarini hududlarning salohiyati yanada rivojlanishi istiqbollaridan, xom ashyo bazasi, mavjud infratuzilma, mehnat resurslari va bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda joylashtirishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosini yetishtirish jarayoniga ilg‘or agrotexnologiyalar hamda resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning shaffof mexanizmini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini kengaytirish hamda mazkur jarayonlarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini rivojlantirish uchun unifikatsiyalangan imtiyoz va preferensiyalar qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki va tashqi bozorda marketing tadqiqotlarini tashkil qilish, tarmoqni rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, shuningdek, tarmoqqa bozor mexanizmlarini keng joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik qayta jihozlash, yuqori unumli innovatsion texnologiyalarni joriy etishda investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda paxta-to‘qimachilik klasterlariga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini jadal rivojlantirish va barqaror faoliyat yuritishiga to‘siq bo‘layotgan tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, sohaga oid qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik klasterlari Uyushma a’zolari hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushma ijro apparati tuzilmasini tasdiqlash uning muassislari umumiy yig‘ilishi qarori bilan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushma raisi va uning o‘rinbosarlari muassislarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan saylanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushma faoliyatini joriy ta’minlash va moliyalashtirish a’zolik badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(4 va 5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 733-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/733/1131-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining belgilangan tartibda tashkil etilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi ustavining tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi ijro etuvchi apparati tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar jadvaliga muvofiq puxta tanlov asosida yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishiga ko‘maklashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Uyushma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2020-2021-yillarda paxta tozalash zavodlarini modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni ishga tushirish, ip-yigiruv, matoni to‘qish va bo‘yash, tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, chigitni qayta ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, agrologistika va chorvachilik komplekslarini tashkil etish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish bo‘yicha har bir paxta-to‘qimachilik klasterlari bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining hududlarda faoliyat yuritayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Innovatsiyalarni, ilm-fan yutuqlari va yangiliklarini joriy etish bo‘yicha ilmiy markazlar (keyingi o‘rinlarda — Ilmiy markazlar)ni bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilab qo‘yilsinki, Ilmiy markazlarning faoliyati paxta-to‘qimachilik klasterlari qoshida oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik asosida paxtachilikdagi dolzarb muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan tadqiqot va tajriba-konstrukturlik ishlarini yo‘lga qo‘yish, ilm-fan yangiliklari va resurslarni tejaydigan innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali yerlardan samarali foydalanish va mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar Ilmiy markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni va maqbul almashlab ekish tizimini joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g‘o‘zani yangi turdagi mineral va organik o‘g‘itlar bilan zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llagan holda oziqlantirish, paxta yetishtiruvchilarga g‘o‘zani kasalliklar, zararkunanda hashoratlardan himoya qilishning biologik va ekologik jihatdan xavfsiz uyg‘unlashgan kurash usullaridan foydalanish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berish hamda xizmat ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq paxta xom ashyosini yetishtirish hamda tayyor mahsulot eksporti geografiyasini kengaytirish bo‘yicha choralarni ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini rivojlantirishning yaqin va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan istiqbolli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohada raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish, paxta xom ashyosini yetishtirishda qo‘l kuchini kamaytirish, agrotexnik tadbirlarni mexanizatsiyalashtirish darajasini oshirish, mahalliy va xorijiy davlatlarning oliy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida e’lon qilingan grant loyihalari tanlovlarida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g‘o‘zaning yangi serhosil, erta pishar nav va duragaylarini sinash hamda tanlash, ularning urug‘chiligini keng yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklari rahbarlari va agroklasterlarning mutaxassislari uchun ilmiy asoslangan zamonaviy agrotexnologiyalarni keng tatbiq etish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar-treninglar tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsiyalarni, ilm-fan yutuqlari va yangiliklarini joriy etish bo‘yicha ilmiy markazlarni tashkil etadigan paxta-to‘qimachilik klasterlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsiyalarni, ilm-fan yutuqlari va yangiliklarini joriy etish bo‘yicha ilmiy markazlarning namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ro‘yxatga kiritilmagan paxta-to‘qimachilik klasterlarida 2023-yilga qadar bosqichma-bosqich Ilmiy markazlar tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ilmiy markazlar tashkil etadigan paxta-to‘qimachilik klasterlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ikki oy muddatda Ilmiy markazlarning vazifalari doirasida ishlarni amalga oshirish uchun zamonaviy jihozlangan o‘quv-laboratoriya xonalarini tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy markazlarning bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatlarini moliyalashtirish, tarkibida Ilmiy markazlar tashkil qilingan paxta-to‘qimachilik klasterlarining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik klasterlari huzurida tashkil etilgan Ilmiy markazlarga ilmiy muassasalar faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar tatbiq etiladi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik klasterlariga bosqichma-bosqich Ilmiy markazlarni tashkil etishga ko‘maklashsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikadagi tegishli oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan Ilmiy markazlar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilishini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi uch oy muddatda Ilmiy markazlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadigan oliy ta’lim va ilmiy muassasalar tomonidan shakllantiriladigan mavzular doirasida 2021-yil uchun maqsadli tanlovlar e’lon qilish hamda tanlov natijasi bo‘yicha belgilangan tartibda ilmiy loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratish choralarini ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Uyushmaning buyurtmanomalariga ko‘ra, paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan jalb qilinayotgan chet ellik mutaxassislarga belgilangan tartibda kirish vizalari rasmiylashtirilishi (muddati uzaytirilishi)ga ko‘maklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Uyushmaning buyurtmanomalariga ko‘ra, paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan jalb qilinayotgan chet ellik mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi va berilishi (muddati uzaytirilishi)ni hamda vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yilishi va uning muddati belgilangan tartibda uzaytirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Uyushma Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustavelli ko‘chasi, 8-uy manzilidagi “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyatining binosiga imtiyozli asosda (ajratilgan maydon uchun kommunal to‘lovlar va binoni saqlash xarajatlarini qoplash asosida) joylashtirilsin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2023-y., 09/23/11/0018-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Uyushmani belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan hamda yuqori tezlikdagi jahon internet axborot tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Uyushma va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda paxta-to‘qimachilik sanoati tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Uyushmani statistik ma’lumotlar majburiy tarqatiladigan reyestrga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 22-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 733-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/733/1131-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 733-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/733/1131-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 733-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/733/1131-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyundagi 397-son qaroriga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsiyalarni, ilm-fan yutuqlari va yangiliklarini joriy etish bo‘yicha ilmiy markazlarni tashkil etadigan paxta-to‘qimachilik klasterlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-to‘qimachilik klasteri joylashgan tuman nomi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
1.
“Bo’ston cluster” MChJ
Ellikqal’a
Andijon viloyati
1.
“Khantex group” MChJ
Qo‘rg‘ontepa
2.
“Saxovat teks” MChJ
Shahrixon
Buxoro viloyati
1.
“Buxoro cotton textile cluster” MChJ
Romitan
2.
“Mergan teks” MChJ
Qorako‘l
Jizzax viloyati
1.
“Jizzax Industrial To'qima” MChJ
Sh. Rashidov
Qashqadaryo viloyati
1.
“Koson baxt tekstil” MChJ
Koson
2.
“Oq saroy klaster” MChJ
Shahrisabz
Navoiy viloyati
1.
“Navbahor tekstil” MChJ
Navbahor
Namangan viloyati
1.
“Art soft holding” MChJ
Mingbuloq
2.
“Textile finance Namangan” MChJ
Uchqo‘rg‘on
Samarqand viloyati
1.
“Maroqand sifat” MChJ
Narpay
2.
“Maroqand sifat tekstil” MChJ
Ishtixon
Surxondaryo viloyati
1.
“Angor surxon g’ururi” MChJ
Angor
Sirdaryo viloyati
1.
“Poly tex Sirdarya” MChJ
Sayxunobod
Toshkent viloyati
1.
“Tashkent cotton textile cluster” MChJ
Quyi Chirchiq
2.
“ARK Chinoz” MChJ
Chinoz
Farg‘ona viloyati
1.
“Real-Trans-Logistic” UK
Uchko‘prik
2.
“Ekspo kollor prin teks” MChJ
Toshloq
Xorazm viloyati
1.
“Xorazm tex” MChJ
Xonqa
2.
“Textile finance Khorazm” MChJ QK
Shovot
21
Jami
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Izoh. Ilmiy markazlar tashkil etadigan paxta-to‘qimachilik klasterlari ro‘yxatiga Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan kelishilgan holda qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyundagi 397-son qaroriga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsiyalarni, ilm-fan yutuqlari va yangiliklarini joriy etish bo‘yicha ilmiy markazlarning namunaviy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Izoh. Ilmiy texnik kengash tarkibiga paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish, mavjud muammolarni ilmiy asosda hal etish maqsadida ushbu qarorga 2-ilova bilan tasdiqlangan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining yetakchi ilmiy-pedagog xodimlari hamda ishlab chiqarish sohasidagi tajribali mutaxassislar qo‘shimcha tarzda jalb etilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 09/20/397/0796-son, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son; 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/733/1131-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.01.2023-y., 09/23/11/0018-son)