08.06.2020 yildagi PQ-4742-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.06.2020 yildagi PQ-4742-son
Date of entry into force
09.06.2020
Hujjat 09.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2020-yil 1-iyuldan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxati ilovaga muvofiq kengaytirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2020-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni roʻyxatga olish xabar berish tartibida oʻzini oʻzi band qilgan sifatida roʻyxatdan oʻtganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod) bergan holda maxsus mobil ilova yoxud soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi hamda vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini berish tartibi bekor qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 2020-yil uchun ijtimoiy soliqni oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qatʼi nazar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida toʻlaydi hamda ushbu summa toʻliqligicha budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda ish beruvchiga ega boʻla olmasligi toʻgʻrisidagi talab saqlanib qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Internet tarmogʻi orqali xizmatlar koʻrsatuvchi (ishlar bajaruvchi) oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga (frilansing) quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun chet eldagi jismoniy va yuridik shaxslar — norezidentlardan xorijiy valyutadagi toʻlovlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli maʼlumotlarni kiritmagan holda Oʻzbekiston Respublikasining banklaridagi hisob raqamlariga qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt tuzmasdan, kelishuv toʻgʻrisidagi ommaviy taklifni (oferta) qabul qilish yoki elektron yozishmalar almashish yoxud hisob-kitob fakturalarni (invoys), shu jumladan elektron shaklda taqdim qilish yoʻli bilan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 2020-yil 1-iyulga qadar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni masofadan turib roʻyxatga olish uchun quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi mobil ilovani ishlab chiqsin hamda joriy qilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmalarni qabul qilish va koʻrsatilgan xizmatlar (tovarlar) uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatishda (tovarlarni sotishda) elektron hisob-kitob fakturalarni taqdim qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mobil ilova yordamida ixtiyoriy asosda daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish hamda ushbu maʼlumotlardan keyinchalik, shu jumladan kredit olish va (yoki) soliqlarni hisobdan chiqarish maqsadida foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) reklama qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilayotgan xizmatlar (tovarlar) sifatini baholash va isteʼmolchilar tomonidan fikr-mulohazalar qoldirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qayta roʻyxatdan oʻtkazish katta miqdorlarda soliq qarzdorligi mavjud boʻlmagan taqdirda xabar berish tartibini qoʻllagan holda bekor qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish ularni davlat tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilayotganda (qayta roʻyxatga olinayotganda) tadbirkorlik faoliyatini olib borish joyi boʻyicha amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma unda yakka tartibdagi tadbirkorning fotosurati aks ettirilgan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida uch nafar boʻlgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi 2021-yilda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishni osonlashtirish, shu jumladan quyidagilarga imkon yaratuvchi servislardan real vaqt rejimida foydalanishga yordam beradigan “Biznes navigator” axborot tizimini joriy qilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatining tegishli hududdagi raqobatbardosh turini tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit olish uchun zarur boʻlgan biznes-reja loyihasi va hujjatlar toʻplamini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tadbirkorlik faoliyati uchun taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisida maʼlumot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun koʻchmas mulk obyektlarini tanlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi “Biznes navigator” axborot tizimini yaratish boʻyicha buyurtmachi etib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari “Biznes navigator” axborot tizimini yaratish, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishlarning moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2021-yilga moʻljallangan soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini tayyorlashda quyidagilarni nazarda tutsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan toʻlanadigan ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdorini oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollanma ishchilariga yollanib ishlash asosida mehnat faoliyatini olib boruvchi shaxslar uchun oʻrnatilgan soliqqa tortish tartibini tatbiq qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda amaliy ahamiyati keng yoritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 8-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4742-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Uyda repetitorlik qilish — bolalar va kattalar bilan taʼlim fanlari boʻyicha yakka tartibda hamda guruh boʻlib mashgʻulotlar oʻtkazish

2.

Bolalarga qarab turish va ularni parvarish qilish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar

3.

Bemorlar hamda doimiy ravishda oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish va ularni parvarish qilish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar

4.

Uy xoʻjaligini yuritish va uy ishlarini bajarish, shu jumladan, turar joylarni tozalash, ovqat pishirish boʻyicha uy xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish

5.

Xonalarni tozalash, jismoniy shaxs hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish

6.

Uyda jismoniy shaxslarning mebellarini taʼmirlash va yigʻish

7.

Jismoniy shaxslarga murakkab boʻlmagan umumiy qurilish, qurilish-taʼmirlash ishlari (beton quyish, boʻyoqchilik, suvoqchilik ishlari, gʻisht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)

8.

Jismoniy shaxslarning santexnika uskunalarini mayda taʼmirlash va oʻrnatish

9.

Jismoniy shaxslarga kvartira ichida (shaxsiy qurilish ishlarida — uy ichida) elektr montaj ishlari (elektr xavfsizligi boʻyicha ruxsati boʻlganda)

10.

Dehqon va fuqarolarning tomorqa uchastkalarida yer chopish va rekultivatsiya ishlari

11.

Fermer xoʻjaliklari egalari buyurtmasi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlari (qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari va hayvonlarni parvarish qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini yigʻish va boshqa qishloq xoʻjaligi ishlari)

12.

Fuqarolarning dala-hovli va tomorqa uchastkalari landshaftini barpo etish ishlari

13.

Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini ekish va parvarish qilishda, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini yigʻib olishda dehqon va tomorqa uchastkalari egalariga yordam berish

14.

Chorva mollarini oʻtlatish, ularni parvarish qilish

15.

Jismoniy shaxslarga kompyuterlarni taʼmirlash va sozlash, litsenziyalangan dasturiy taʼminot oʻrnatish

16.

Buyurtmachining uyida bajariladigan maishiy texnikani oʻrnatish va taʼmirlash

17.

Jismoniy shaxslarning shaxsiy avtomobillarini mayda taʼmirlash, ularga aksessuarlar va avtosignalizatsiya oʻrnatish, gʻiloflar va pol qoplamalarini tikish

18.

Jismoniy shaxslarning avtomobillarini yuvish, avtomobillar kuzovlarini silliqlash

19.

Mexanizatsiya vositalarini qoʻllamay, uyda bajariladigan yuk ortish-yuk tushirish ishlari

20.

Makulatura, plastik idish, temir-tersak va qoʻshimcha xom ashyo toʻplash

21.

Xalq tabobati (litsenziyasi boʻlganda)

22.

Xususiy shaxslarga bosh xizmatkor va konsyerj xizmatlarini koʻrsatish

23.

Shaxsiy transportdan foydalanib, jismoniy shaxslarga tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno)

24.

Bozorlar va savdo komplekslarida mayda yuklarni aravalarda tashish

25.

Ilgari foydalanilgan tovarlarni sotib olish va sotish

26.

Velosipedlarni taʼmirlash

27.

Yogʻoch meʼmorchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yogʻochdan yasalgan qurilmalar, haykallar)

28.

Rassomlik

29.

Metall taʼmirlash ishlari (uyda amalga oshiriladigan maishiy metall buyumlarini taʼmirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni taʼmirlash, boshqa maishiy metall buyumlarini oddiy taʼmirlash)

30.

Uyda popkorn, frezerda muzqaymoq tayyorlash va sotish

31.

Dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish

32.

Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish

33.

Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur xizmatlari

34.

Kosmetolog xizmatlari va shunga oʻxshash boshqa xizmatlar

35.

Uyda kir yuvish va dazmollash xizmatlari

36.

Tikuv, moʻyna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va toʻqimachilik galantereyasi buyumlarini taʼmirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmasi boʻyicha tikuv va trikotaj buyumlarini, bosh kiyimlarini va toʻqimachilik galantereyasi buyumlarini tikish

37.

Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qoʻlda boʻyash, gazlamalarga, shu jumladan trafaretli bosma va qoʻlda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish)

38.

Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari boʻyicha poyabzal tikish, poyabzalni taʼmirlash, boʻyash va tozalash

39.

Yakka tartibda deraza va eshik pardalarini tikish va taʼmirlash, kashtachilik

40.

Galantereya buyumlarini tayyorlash va taʼmirlash

41.

Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash

42.

Kalitlar tayyorlash

43.

Oʻlchov vositalari tayyorlash va ijaraga berish

44.

Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sunʼiy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlash

45.

Toʻsiqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va taʼmirlash

46.

Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash

47.

Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni koʻpaytirish va sotish

48.

Musiqa asboblarini taʼmirlash va sozlash

49.

Video va fotosuratga olish xizmatlari

50.

Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlarini tayyorlash va sotish

51.

Milliy non va patirlarni tayyorlash va sotish

52.

Salatlar va tuzlamalarni tayyorlash va sotish, shuningdek, uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va oʻtirish joylarini tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish

53.

Uyda quyib sotish uchun salqin ichimliklar, ayron, goʻja hamda qurt tayyorlash va sotish

54.

Toʻgaraklar tashkil etish va yuritish

55.

Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar)

56.

Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish (shu jumladan bonsay sanʼati)

57.

Reklama bukletlarini tarqatish, uyda operatorlar tomonidan buyurtmalar qabul qilish

58.

Muqovalash ishlari

59.

Namoyishlarda kiyimlar modelini namoyish qilish, rasmli jurnallarda, reklama filmlari va video kliplarda suratga tushish

60.

Ekskursiyani tashkil etish va oʻtkazish xizmatlari

61.

Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, musahhih, kontent-menejer, muharrir, e-mail orqali xatlarni joʻnatish boʻyicha mutaxassis, spichrayter, transkriber va boshqalar)

62.

Multimedia, dizayn va sanʼat materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter oʻyinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallashtiruvchi dizayner, maʼlumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, moushn-dizayner, banner yasovchi, nashriyot dizayneri, flesher, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissori, aranjirovkachi, suxandon, foto muharrir va boshqalar)

63.

Dasturiy taʼminot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish va texnik qoʻllab-quvvatlash (dasturchi, dasturiy taʼminotni sinovchi mutaxassis, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimizatsiyalash boʻyicha mutaxassis)

64.

Tarjima qilish xizmatlari (badiiy adabiyotni tarjima qilish, texnik tarjima, veb-saytlar, filmlar, kompyuter va mobil ilovalar, taqdimotlar, video, audio va reklamalar tarjimasi)

65.

Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, link-menejer, targetolog, kontekst-reklama boʻyicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi)

66.

Kadrlar tanlash sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan ishlovchi menejer, frilanserlar guruhi rahbari, HR-menejer, rekruter, shaxsiy assistent)

67.

Onlayn konsultatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi, vebinar olib boruvchi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2020-y., 07/20/4742/0736-son; 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son; 10.02.2021-y., 09/21/6165/0104-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son; 30.08.2022-y., 07/22/366/0790-son; 12.05.2023-y., 07/23/153/0273-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 14.10.2023-y., 07/23/331/0770-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son; 28.02.2025-y., 07/25/78/0191-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)