08.06.2020 yildagi PQ-4742-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.06.2020 yildagi PQ-4742-son
Date of entry into force
09.06.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan, biroq soliq davri davomida yuz million so‘mdan oshmaydigan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi. Bunda soliq davrida yuz million so‘mdan oshgan daromadlar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartib asosida soliqqa tortiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2020-yil 1-iyuldan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati ilovaga muvofiq kengaytirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2020-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxatga olish xabar berish tartibida o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod) bergan holda maxsus mobil ilova yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi hamda vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini berish tartibi bekor qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 2020-yil uchun ijtimoiy soliqni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qat’i nazar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida to‘laydi hamda ushbu summa to‘liqligicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda mazkur faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha ish beruvchiga ega bo‘la olmasligi to‘g‘risidagi talab saqlanib qoladi.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat shartnomasiga asosan band bo‘lgan shaxslar (davlat fuqarolik xizmatchilari bundan mustasno) bir vaqtning o‘zida ruxsat berilgan faoliyat turlari bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda shug‘ullanishlari mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Internet tarmog‘i orqali xizmatlar ko‘rsatuvchi (ishlar bajaruvchi) o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga (frilansing) quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun chet eldagi jismoniy va yuridik shaxslar — norezidentlardan xorijiy valyutadagi to‘lovlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritmagan holda O‘zbekiston Respublikasining banklaridagi hisob raqamlariga qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt tuzmasdan, kelishuv to‘g‘risidagi ommaviy taklifni (oferta) qabul qilish yoki elektron yozishmalar almashish yoxud hisob-kitob fakturalarni (invoys), shu jumladan elektron shaklda taqdim qilish yo‘li bilan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 2020-yil 1-iyulga qadar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni masofadan turib ro‘yxatga olish uchun quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi mobil ilovani ishlab chiqsin hamda joriy qilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmalarni qabul qilish va ko‘rsatilgan xizmatlar (tovarlar) uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatishda (tovarlarni sotishda) elektron hisob-kitob fakturalarni taqdim qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mobil ilova yordamida ixtiyoriy asosda daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish hamda ushbu ma’lumotlardan keyinchalik, shu jumladan kredit olish va (yoki) soliqlarni hisobdan chiqarish maqsadida foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) reklama qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rsatilayotgan xizmatlar (tovarlar) sifatini baholash va iste’molchilar tomonidan fikr-mulohazalar qoldirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazish katta miqdorlarda soliq qarzdorligi mavjud bo‘lmagan taqdirda xabar berish tartibini qo‘llagan holda bekor qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish ularni davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda (qayta ro‘yxatga olinayotganda) tadbirkorlik faoliyatini olib borish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma unda yakka tartibdagi tadbirkorning fotosurati aks ettirilgan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qo‘yilsinki, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida uch nafar bo‘lgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘laydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2021-yilga mo‘ljallangan soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini tayyorlashda quyidagilarni nazarda tutsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdorini o‘rnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollanma ishchilariga yollanib ishlash asosida mehnat faoliyatini olib boruvchi shaxslar uchun o‘rnatilgan soliqqa tortish tartibini tatbiq qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda amaliy ahamiyati keng yoritilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 8-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4742-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Uyda yoki davlat ta’lim muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlari xonalarida repetitorlik qilish — bolalar va kattalar bilan ta’lim fanlari bo‘yicha yakka tartibda hamda guruh bo‘lib mashg‘ulotlar o‘tkazish.

2.

Bolalarga qarab turish va ularni parvarish qilish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar

21.

Oilaviy bolalar uyini tashkil etish va faoliyatini yuritish

3.

Bemorlar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga qarab turish va ularni parvarish qilish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar

31.

I guruh ko‘zi ojiz nogironligi bo‘lgan shaxslarga yoki nogironlar aravachasida harakatlanuvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarga mehnat faoliyatini olib borishga ko‘maklashish maqsadida ko‘rsatiladigan hamrohlik xizmati

4.

Uy xo‘jaligini yuritish va uy ishlarini bajarish, shu jumladan, turar joylarni tozalash, ovqat pishirish bo‘yicha uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish

5.

Xonalarni tozalash, jismoniy shaxs hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish

6.

Uyda jismoniy shaxslarning mebellarini ta’mirlash va yig‘ish

7.

Jismoniy shaxslarga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish, qurilish-ta’mirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)

8.

Jismoniy shaxslarning santexnika uskunalarini mayda ta’mirlash va o‘rnatish

9.

Jismoniy shaxslarga kvartira ichida (shaxsiy qurilish ishlarida — uy ichida) elektr montaj ishlari (elektr xavfsizligi bo‘yicha ruxsati bo‘lganda)

10.

Dehqon va fuqarolarning tomorqa uchastkalarida yer chopish va rekultivatsiya ishlari

11.

Fermer xo‘jaliklari egalari, pilla yetishtirish va ipak qurti urug‘chiligi tashkilotlari buyurtmasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlari (qishloq xo‘jaligi o‘simliklari, ipak qurtini va hayvonlarni parvarish qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini yig‘ish, tut ko‘chatlarini ekish va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlari)

12.

Fuqarolarning dala-hovli va tomorqa uchastkalari landshaftini barpo etish ishlari

13.

Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini ekish va parvarish qilishda, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini yig‘ib olishda dehqon va tomorqa uchastkalari egalariga yordam berish

14.

Chorva mollarini o‘tlatish, ularni parvarish qilish, shu jumladan urug‘lantirish, qo‘zilatish, qirqish va dag‘al xashak jamg‘arish ishlari

15.

Jismoniy shaxslarga kompyuterlarni ta’mirlash va sozlash, litsenziyalangan dasturiy ta’minot o‘rnatish

16.

Buyurtmachining uyida bajariladigan maishiy texnikani o‘rnatish va ta’mirlash

17.

Jismoniy shaxslarning shaxsiy avtomobillarini mayda ta’mirlash, ularga aksessuarlar va avtosignalizatsiya o‘rnatish, g‘iloflar va pol qoplamalarini tikish

18.

Jismoniy shaxslarning avtomobillarini yuvish, avtomobillar kuzovlarini silliqlash

19.

Mexanizatsiya vositalarini qo‘llamay, uyda bajariladigan yuk ortish-yuk tushirish ishlari

20.

Makulatura, plastik idish, temir-tersak va qo‘shimcha xom ashyo to‘plash

21.

Xalq tabobati (litsenziyasi bo‘lganda)

22.

Xususiy shaxslarga bosh xizmatkor va konsyerj xizmatlarini ko‘rsatish

23.

Buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno)

24.

Bozorlar va savdo komplekslarida mayda yuklarni aravalarda tashish

25.

Ilgari foydalanilgan tovarlarni sotib olish va sotish

26.

Velosipedlarni ta’mirlash

27.

Yog‘och me’morchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yog‘ochdan yasalgan qurilmalar, haykallar)

28.

Rassomlik

29.

Metall ta’mirlash ishlari (uyda amalga oshiriladigan maishiy metall buyumlarini ta’mirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni ta’mirlash, boshqa maishiy metall buyumlarini oddiy ta’mirlash)

30.

Uyda popkorn, frezerda muzqaymoq tayyorlash va sotish

31.

Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish

32.

Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish

33.

Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur xizmatlari

34.

Kosmetolog xizmatlari va shunga o‘xshash boshqa xizmatlar

35.

Uyda kir yuvish va dazmollash xizmatlari

36.

Tikuv, mo‘yna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va to‘qimachilik galantereyasi buyumlarini ta’mirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmasi bo‘yicha tikuv va trikotaj buyumlarini, bosh kiyimlarini va to‘qimachilik galantereyasi buyumlarini tikish

37.

Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qo‘lda bo‘yash, gazlamalarga, shu jumladan trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish)

38.

Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha poyabzal tikish, poyabzalni ta’mirlash, bo‘yash va tozalash

39.

Yakka tartibda deraza va eshik pardalarini tikish va ta’mirlash, kashtachilik

40.

Galantereya buyumlarini tayyorlash va ta’mirlash

41.

Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash

42.

Kalitlar tayyorlash

43.

O‘lchov vositalari tayyorlash va ijaraga berish

44.

Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sun’iy gullar, ikebaa, gul marjonlarini tayyorlash

45.

To‘siqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va ta’mirlash

46.

Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash

47.

Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni ko‘paytirish va sotish

48.

Musiqa asboblarini ta’mirlash va sozlash

49.

Video va fotosuratga olish xizmatlari

50.

Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlarini tayyorlash va sotish

51.

Milliy non va patirlarni tayyorlash va sotish

52.

Salatlar va tuzlamalarni tayyorlash va sotish, shuningdek, uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va o‘tirish joylarini tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish

53.

Uyda quyib sotish uchun salqin ichimliklar, ayron, go‘ja hamda qurt tayyorlash va sotish

54.

To‘garaklar tashkil etish va yuritish

55.

Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar)

56.

Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish (shu jumladan bonsay san’ati)

57.

Reklama bukletlarini tarqatish, uyda operatorlar tomonidan buyurtmalar qabul qilish

58.

Muqovalash ishlari

59.

Namoyishlarda kiyimlar modelini namoyish qilish, rasmli jurnallarda, reklama filmlari va video kliplarda suratga tushish

60.

Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlari

61.

Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, musahhih, kontent-menejer, muharrir, e-mail orqali xatlarni jo‘natish bo‘yicha mutaxassis, spichrayter, transkriber va boshqalar)

62.

Multimedia, dizayn va san’at materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter o‘yinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallashtiruvchi dizayner, ma’lumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, moushn-dizayner, banner yasovchi, nashriyot dizayneri, flesher, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissori, aranjirovkachi, suxandon, foto muharrir va boshqalar)

63.

Dasturiy ta’minot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash (dasturchi, dasturiy ta’minotni sinovchi mutaxassis, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimizatsiyalash bo‘yicha mutaxassis)

64.

Tarjima qilish xizmatlari (badiiy adabiyotni tarjima qilish, texnik tarjima, veb-saytlar, filmlar, kompyuter va mobil ilovalar, taqdimotlar, video, audio va reklamalar tarjimasi)

65.

Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, link-menejer, targetolog, kontekst-reklama bo‘yicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi)

66.

Kadrlar tanlash sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan ishlovchi menejer, frilanserlar guruhi rahbari, HR-menejer, rekruter, shaxsiy assistent)

67.

Onlayn konsultatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi, vebinar olib boruvchi)

671.

Nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno)

672.Uy sharoitida xonaki tovuqlarni yetishtirish va ko‘paytirish

68.

Hamshiralik ishi

69.

Uy hayvonlari (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati

70.

Avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati

71.

Rieltorlik xizmatini ko‘rsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga ko‘maklashish)

72.

Uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati

73.

Maishiy buyumlarni ijaraga berish xizmati (stol-stul, idish-tovoq, asbob-uskuna va boshqalar)

74.

Gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash)

75.

Tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash

76.

Yog‘och mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni to‘qish

77.

Uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va ko‘chatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam to‘qish va sotish

78.

Kulolchilik

781.Veterinariya davolash-profilaktika faoliyati

79.

Kibersport faoliyati

80.

“O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining stipendiyasi” tayinlangan sportchilar faoliyati

81.

Teri xom ashyosini yig‘ish va tayyorlash

82.

Junni yig‘ish va tayyorlash

83.

Qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar to‘qish

84.

Uy sharoitida loydan tandir tayyorlash

85.

Atlas va adras to‘qish

86.

Mayda munchoq (biser) tikish

87.

Do‘ppido‘zlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash

88.

Temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash

89.

Asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash

90.

Quroqchilik usulida ko‘ylak, ko‘rpa va yopinchiqlar tikish

91.

Qo‘ziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish

92.

Pichoq tayyorlash, charxlash va sotish

93.

Qog‘ozdan qutilar, banderollar tayyorlash

94.

Uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish

95.

Tayyor mahsulotga etiketka biriktirish

96.

Uy sharoitida bolalar o‘yinchog‘i ishlab chiqarish

97.

Uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash

98.

Yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash

99.

Milliy taqinchoqlar yasash

100.

Kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash

101.

Dag‘al jundan gilam, ko‘rpa va yostiq tayyorlash

*102.

Mahallalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib, faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish

103.

Artemiya sistalarini yig‘ish va topshirish

104.

Yengil avtotransport vositasida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish (litsenziya varaqasi bo‘lganda)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanish istagini bildirgan shaxslarni 2026-yil 1-yanvarga qadar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beriladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2020-y., 07/20/4742/0736-son; 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son; 10.02.2021-y., 09/21/6165/0104-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son; 30.08.2022-y., 07/22/366/0790-son; 12.05.2023-y., 07/23/153/0273-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 14.10.2023-y., 07/23/331/0770-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son; 28.02.2025-y., 07/25/78/0191-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)