28.05.2020 yildagi 274-F-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi, 28.05.2020 yildagi 274-F-son
Date of entry into force
28.05.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmoyishi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga asosan Qirgʻiziston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qirgʻiziston Respublikasiga oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy buyumlar shaklidagi insonparvarlik yordami 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha yuborilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzdonmahsulot” AKning “Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” AJ insonparvarlik yordami yukini shakllantirish punkti (keyingi oʻrinlarda — shakllantirish punkti) va yuk joʻnatuvchi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yuki yetkazib berilishi uchun masʼul etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Oʻzdonmahsulot” AKning “Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” AJ hamda “Oʻzkimyosanoat” AJning “Navoiazot” AJ buyurtmalariga asosan kerakli miqdordagi vagonlarni ajratsin va insonparvarlik yordami yukining belgilangan manzilga (Qirgʻiziston Respublikasi, Oʻsh shahri) yetkazib berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insonparvarlik yordami yukining tannarxi, uni qadoqlash, shakllantirish punktiga hamda belgilangan manzilga yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlar 2-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insonparvarlik yordami yukini tashish bilan bogʻliq transport xarajatlari va tariflar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning asosiy faoliyatidan tushadigan mablagʻlar hisobiga qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston tomonining insonparvarlik yordami koʻrsatish niyati toʻgʻrisida Qirgʻiziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini belgilangan tartibda xabardor qilsin, shuningdek, insonparvarlik yuki yetkazib beriladigan punktni va uni topshirish bilan bogʻliq boshqa tashkiliy masalalarni kelishsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi ushbu farmoyishga muvofiq davlat zaxiralaridan chiqarilgan moddiy boyliklarning oʻrni belgilangan tartibda toʻldirilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari insonparvarlik yukining yetkazilishi va topshirilishida ishtirok etadigan Oʻzbekiston Respublikasi vakillariga chiqish hujjatlari tezkor rasmiylashtirilishini hamda insonparvarlik yuki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan toʻsiqlarsiz oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi joʻnatilayotgan yukning bojxona deklaratsiyasi hamda karantin nazorati va fitosanitariya guvohnomalari bepul rasmiylashtirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va “Dunyo” axborot agentligi Qirgʻiziston Respublikasiga insonparvarlik yordami koʻrsatish boʻyicha ishlar ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, elektron ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari A.X. Qoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 28-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
274-F-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 274-F-son farmoyishiga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qirgʻiziston Respublikasiga insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy buyumlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tashkilot nomi

Mahsulot nomi

Oʻlchov birligi

Miqdori

1.

“Oʻzdonmahsulot” AK

un*

tonna

1 000,0

2.

“Oʻzkimyosanoat” AJ

suyuq natriy gipoxloridi

tonna

60,0

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini

boshqarish qoʻmitasi

bir marotabalik qoʻlqoplar (sterillangan)

dona

5 000,0

4.

“Madaniyat tekstil koʻp tarmoqli” MChJ

bir marotabalik bosh kiyimli himoya kombinezoni

(1-darajali)

dona

2 500,0

5.

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

bir marotabalik tibbiy yuz niqobi

dona

5 000

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Un “Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” AJ omborlaridan unning davlat resurslari hisobidan yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 274-F-son farmoyishiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qirgʻiziston Respublikasiga insonparvarlik yordami yukining tannarxi, uni qadoqlash, shakllantirish punktiga hamda belgilangan manzilga yetkazib berish bilan bogʻliq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XARAJATLAR SMETASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tashkilot nomi va xarajatlar turi

Dastlabki hisob-kitoblar

Summasi*

1.

“Oʻzdonmahsulot” AK

2 487 789 000,0 soʻm

1.1

Un mahsulotining shakllantirish punktiga yetkazib berish xarajatlari bilan birgalikdagi narxi**

1 000 000,0 kg x 2 487,789 soʻm

2 487 789 000,0 soʻm

2.

“Oʻzkimyosanoat” AJ

91 200 000,0 soʻm

2.1

Suyuq natriy gipoxloridining shakllantirish punktiga yetkazib berish xarajatlari bilan birgalikdagi narxi

60,0 tonna x 1 520 000,0 soʻm

91 200 000,0 soʻm

3.

“Madaniyat tekstil koʻp tarmoqli” MChJ

116 645 000,0 soʻm

3.1

Bir marotabalik bosh kiyimli himoya kombinezonining shakllantirish punktiga yetkazib berish xarajatlari bilan birgalikdagi narxi

2 500 dona x 46 658,0 soʻm

116 645 000,0 soʻm

4.

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

11 250 000,0 soʻm

4.1

Bir marotabalik tibbiy yuz niqoblarining shakllantirish punktiga yetkazib berish xarajatlari bilan birgalikdagi narxi

5 000 dona x 2 250,0 soʻm

11 250 000,0 soʻm

5

“Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” AJ

10 706,0 AQSh dollari

5.1

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Oʻzbektemiryoʻlekspeditsiya” UK bilan shartnomasi asosida Qirgʻiziston Respublikasi hududida temir yoʻl orqali yuk tashish xarajatlari

1 060,0 tn x 10,1 AQSh dollari

10 706,0 AQSh dollari

Jami:

2 706 884 000,0 soʻm 10 706,0 AQSh dollari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Mablagʻlar amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib, tasdiqlovchi hujjatlarga asosan ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Un narxi “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJning 2020-yil 13-apreldan 17-aprelgacha boʻlib oʻtgan birja savdolari natijasida shakllangan narxlarda belgilanmoqda.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2020-y., 09/20/274-F/0691-son)