26.05.2020 yildagi PQ-4731-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 26.05.2020 yildagi PQ-4731-son
Date of entry into force
27.05.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Olmaliq KMK” AJ investitsiya loyihalarini kelgusida amalga oshirishning yagona konsepsiyasini ishlab chiqish, sanoat va eksport salohiyatini barqaror rivojlantirish, xom ashyo bazasini kengaytirish, konlarni qazib olish va mineral-xom ashyo resurslarini qayta ishlashga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi “Yoshlik I” koni negizida “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2807-son qaroriga muvofiq, umumiy hisoblangan kapital qo‘yilmalar summasi 1,7 mlrd AQSH dollari bo‘lgan, 2027-yilga kelib 23 mln tonna ruda qazib olish bo‘yicha “Yoshlik-I” konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish boshlangan;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-martdagi PQ-5037-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2021-y., 07/21/5037/0232-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Olmaliq KMK” AJning quyidagilarni nazarda tutuvchi “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning I bosqichini (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020 — 2024-yillarda karyer qurish, shuningdek, yiliga 60 mln tonna ruda qazib olish va qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan 3-son mis boyitish fabrikasi obyektlarini hamda infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish bilan birga geologik qidiruv va konni o‘zlashtirish bo‘yicha kon-kapital ishlarining birinchi navbatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021 — 2025-yillarda yillik ishlab chiqarish hajmini 290 ming tonna katod misi, 38 tonna oltin va 203 tonna kumushga yetkazgan holda, metallurgiya kompleksi obyektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish ishlarining ikkinchi navbatini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Olmaliq KMK” AJning 250 mln AQSH dollari miqdoridagi o‘z mablag‘lari, shu jumladan 2020-yilda 35 mln AQSH dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) Loyiha doirasida tuzilgan shartnomalarni inobatga olgan holda sotib olinadigan aksiyalarni o‘rnatilgan tartibda qo‘shimcha emissiya qilish hisobiga “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga yo‘naltiriladigan 1 mlrd AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy va xalqaro moliya institutlari konsorsiumining 2021-yildan boshlab, Loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilgandan va yakuniy qiymati tasdiqlaganidan so‘ng jalb qilinadigan sindikatlangan krediti mablag‘lari.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-martdagi PQ-5037-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2021-y., 07/21/5037/0232-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Olmaliq KMK” AJ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2020-yil 1-dekabrgacha Loyihaning birinchi navbati, 2021-yil 1-dekabrgacha esa ikkinchi navbati texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 3-bandiga muvofiq kredit konsorsiumini shakllantirish uchun mahalliy va xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Olmaliq KMK” AJga, istisno tariqasida, quyidagilarga ruxsat berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlangunga qadar Loyihani moliyalashtirishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tga chidamli futerovka va pech qubbasi muddatidan avval eskirishining oldini olish, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda kombinatning texnologik va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida konsentratlar va metallurgiya xom ashyosini zararsiz asosda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar (kontraktlar) bo‘yicha olib kirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Olmaliq KMK” AJ, Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida investitsiya banklari, shuningdek, yetakchi xalqaro injiniring va konsalting kompaniyalari orasidan konsultantlarni quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun jalb qilish choralarini ko‘rsin:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-martdagi PQ-5037-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2021-y., 07/21/5037/0232-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani amalga oshirish, loyihaviy va injiniring ishlarini muvofiqlashtirib borish, texnik va texnologik yechimlarni ro‘yobga chiqarish imkoniyatini va maqbulligini tasdiqlash, shuningdek, Loyiha qiymatini ekspertizadan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jarayonlarni, shu jumladan tender savdolari va kontraktlar tuzish jarayonlarini texnik va maslahat jihatdan kuzatib borish, uskunalar jamlanishi va qurilish-montaj ishlari bajarilishini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamg‘arma, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2021-yil 1-yanvarga qadar Loyihani moliyalashtirish maqsadida Jamg‘arma tomonidan sotib olinadigan “Olmaliq KMK” AJ aksiyalarini keyinchalik sotish mexanizmi to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilab qo‘yilsinki, Loyihani amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida, istisno tariqasida, Loyiha doirasida pudratchilar, investitsiya banklari va konsultantlar bilan tuziladigan shartnomalarga, shuningdek, Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan boshqa import kontraktlariga nisbatan “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda majburiy ekspertiza va ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari tatbiq etilmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-martdagi PQ-5037-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2021-y., 07/21/5037/0232-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Moliya vazirligi 2020-yil 1-iyunga qadar ushbu qarorga muvofiq Jamg‘arma xarajatlari hajmi oshirilishini nazarda tutuvchi “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning II bosqichi bo‘yicha loyiha hujjatlari sifatli tayyorlanishini ta’minlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2021-yil 1-avgustga qadar xalqaro injiniring va konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning II bosqichi dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishini (pre-feasibility study) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022 — 2027-yillarda geologik qidiruv va konni o‘zlashtirish bo‘yicha kon-kapital ishlari, karyerni kengaytirish, shuningdek, yiliga 50 mln tonna ruda qazib olish va qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan 4-son mis boyitish fabrikasi obyektlarini hamda infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024 — 2028-yillarda yillik ishlab chiqarish hajmini 400 ming tonna katod misi, 50 tonna oltin va 270 tonna kumushga yetkazgan holda, metallurgiya kompleksi obyektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2021-yil 1-oktabrga qadar “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishning II bosqichini, shu jumladan kombinat aksiyalarini qo‘shimcha emissiya qilish yo‘li bilan moliyalashtirish manbalari va tarkibi bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2022-yil 1-iyunga qadar “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning II bosqichi texnik-iqtisodiy asoslanishini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Olmaliq KMK” AJga Loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda Jamg‘arma mablag‘lari va jalb etilayotgan sindikatlangan kreditdan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha javobgarlik yuklatilsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-martdagi PQ-5037-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2021-y., 07/21/5037/0232-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Loyihani amalga oshirish doirasida loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Olmaliq KMK” AJ Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 26-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4731-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4731/0671-son; 24.03.2021-y., 07/21/5037/0232-son)