01.05.2020 yildagi PQ-4701-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 01.05.2020 yildagi PQ-4701-son
Date of entry into force
02.05.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joylar qurilishiga keng jalb qilish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5886-son Farmoniga (keyingi o‘rinlarda — Farmon) muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi (keyingi o‘rinlarda — yangi tartib) joriy qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan o‘z mablag‘lari va tijorat banklarining kreditlari hisobiga qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2020-yil 1-maydan boshlab 2022-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni (mazkur qarorning 31-bandida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng ko‘p miqdorlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq joylarida 1 va 2 xonali kvartiralar uchun 174 mln so‘mdan 240 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 224 mln so‘mdan 320 mln so‘mgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda 1 va 2 xonali kvartiralar uchun 180 mln so‘mdan 240 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 232 mln so‘mdan 320 mln so‘mgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida 1 va 2 xonali kvartiralar uchun 198 mln so‘mdan 264 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 255 mln so‘mdan 352 mln so‘mgacha oshirilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan xonalarga bo‘linmagan holda qurilgan kvartiralarni sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditlarining cheklangan miqdori quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida — umumiy maydoni 60 metr kvadratgacha bo‘lgan kvartiralar uchun — 264 mln so‘m, umumiy maydoni 60 metr kvadratdan ortiq bo‘lgan kvartiralar uchun — 352 mln so‘m;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa hududlarda — umumiy maydoni 60 metr kvadratgacha bo‘lgan kvartiralar uchun — 240 mln so‘m, umumiy maydoni 60 metr kvadratdan ortiq bo‘lgan kvartiralar uchun — 320 mln so‘m.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur banda ko‘zda tutilgan ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar to‘lanmaydi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari) muddati 15 yildan 20 yilgacha (yigirmanchi yilni ham qo‘shgan holda) uzaytirilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda yangi tartib doirasida tijorat banklarida joylashtirgan kredit resurslari muddatini 15 yildan 20 yilgacha (yigirmanchi yilni ham qo‘shgan holda) uzaytirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari bir oy muddatda yangi tartib doirasida jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlari muddatini 15 yildan 20 yilgacha (yigirmanchi yilni ham qo‘shgan holda) uzaytirsin hamda tuzilgan shartnomalarga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorning 3, 31 va 4-bandlarida nazarda tutilgan tartib va shartlar 2021-yil 11-martga qadar amal qiladi va yangi tartibga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlariga nisbatan tatbiq etiladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorning 3-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan kvartiralarni sotib olishga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida to‘lanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan 2021-yil 11-martga qadar belgilanadigan uy-joylarning hisoblangan qiymatida bir xonali kvartiralar ham inobatga olinadi.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida tajriba tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tijorat banklariga ajratgan kredit resurslari hisobidan jismoniy shaxslarga qonunda belgilangan tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun kreditlar ajratishga ruxsat berilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi PF-6274-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 06/21/6274/0766-son)
(7-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Farg‘ona viloyati hokimligi, Markaziy bank va Moliya vazirligining Farg‘ona viloyatining cho‘l-adir hududlarida, istisno tariqasida, 2020-2021-yillarda yakka tartibdagi namunaviy uylar qurilishi taklifiga rozilik berilsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi namunaviy uy-joylar qurilishi xususiy pudrat tashkilotlarining o‘z mablag‘lari, tijorat banklaridan olingan kredit va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurilish me’yorlariga mos, tayyor holda qurib bitkazilgan yakka tartibdagi namunaviy uylarni aholi tomonidan sotib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi namunaviy uylar qurilishini reyting bahosi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan belgilanadigan darajadan kam bo‘lmagan qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farg‘ona viloyati hokimligi aholi arizalari va uy-joy bozorini o‘rganish hamda aholining ipoteka kreditlari bo‘yicha real to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda yakka tartibdagi namunaviy uylarning qurilish ishlarini tashkil etsin.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshiriladigan tajriba natijalaridan kelib chiqib, yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2020-2021-yillar davomida uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan Farmon bilan tegishli hudud uchun belgilangan subsidiyalar sonini 1,3 baravarga va summasini 40 foizgacha oshirishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2020-yil 1-maydan 2022-yil 31-dekabrga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga yangi tartib doirasida shaharlarda 7 va undan yuqori, qishloq joylarida 5 va undan yuqori hamda Toshkent shahrida 9 va undan yuqori qavatli ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari bo‘yicha:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 06/21/33/1147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son — 2022-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kreditning butun davri, biroq kredit olingan kundan boshlab 24 oydan ortiq bo‘lmagan muddat davomida kompensatsiya taqdim etiladi. Bunda:
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son — 2022-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompensatsiya bitta uy-joy uchun kreditning 5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismi bo‘yicha to‘lanadi;
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son — 2022-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kafillik va kompensatsiyalar qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joydagi jami kvartiralar sonining kamida 70 foizi maydoni 70 kvadrat metrdan oshmagan kvartiralar tashkil etganda beriladi.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 06/21/33/1147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) ikki xafta muddatda yangi tartib doirasida shaharlarda ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalarini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasidagi elektron auksioniga chiqarish choralarini ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4701-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 07/20/4701/0527-son; 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 06/21/6274/0766-son, 10.12.2021-y., 06/21/33/1147-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)