Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
30.01.2023
02.05.2020
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sharoitda qishloq xoʻjaligidagi mavjud resurslar va imkoniyatlardan toʻliq foydalanish, oziq-ovqat ekinlarini ikki barobarga koʻpaytirish, yuqori hosil olish, qishloq xoʻjaligi sohasida yangi ish oʻrinlarini yaratish va manfaatdorlikni oshirish borasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Foydalanishdan chiqib ketgan va yer osti suvlari zaxirasi mavjud boʻlgan yerlarni foydalanishga kiritish, ularni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun aholiga imtiyozli shartlar asosida ajratib berishning quyidagi tartibi joriy qilinsin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.02.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining vakolatlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 10-mayga qadar 1-ilovada keltirilgan hududlarda ekinlarni sugʻorish uchun yaroqli suv chiqarish imkoniyati haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga xulosa taqdim etadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.05.00 Yerdan foydalanishni va muhofaza qilish sohasini rejalashtirish va meʼyorlash;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tabiiy-tuproq hamda iqlim sharoitidan kelib chiqib foydalanishga kiritiladigan yerlarga ekin turlarini joylashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiya beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman hokimligi foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarini konturlar kesimida hisob-kitob qiladi hamda loyihalarni shakllantirib, kelishish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari uch kun ichida ushbu loyihalarni koʻrib chiqqan holda umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi besh kun ichida taqdim etilgan loyihalarni oʻrganib, Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga xulosa taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari besh kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni oʻrganish asosida Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan ajratiladigan mablagʻlarni tumanlar kesimida taqsimlaydi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining taqsimotiga asosan Moliya vazirligi besh kun muddatda tuman budjetiga yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun zarur mablagʻlarni ajratadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman hokimligi quduq qazish, sugʻorish tarmoqlarini tiklash orqali yer maydonlarini suv bilan taʼminlash, elektr energiyasini tortish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishning texnik va moliyaviy koʻrsatkichlarini belgilaydi va ushbu ishlarni amalga oshiruvchi pudratchi tashkilotlarni tanlov asosida aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov qoida tariqasida, tuman hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari raisligida, tuman qishloq xoʻjaligi, arxitektura va qurilish, moliya, statistika, yer resurslari va davlat kadastri, irrigatsiya boʻlimlari, soliq inspeksiyasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman inspeksiyasi hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rahbarlaridan iborat tarkibda tuziladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman hokimligi foydalanishga kiritilgan yer maydonlarini dehqonchilik sohasida bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan, birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarga 1 gektargacha dehqon xoʻjaligini yuritish uchun, istisno tariqasida, 10 yilgacha muddatga ijaraga beradi yoki tajriba-sinov tariqasida mahalliy tadbirkorlik subyektlariga barcha xarajatlarni oldindan toʻlash sharti bilan 5 gektargacha boʻlgan yer maydonlarini 10 yilgacha muddatga ijara huquqini elektron auksion asosida sotadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu yer maydonlarini ajratish boʻyicha tashabbuskor va tuman hokimligi oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomasiga asosan tuman hokimining qarori qabul qilinadi, bunda yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllash va ustuvor ravishda sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlarni ekish, bogʻ va tokzorlar barpo etish nazarda tutiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer maydonlarini ijaraga berish hamda ijara huquqini sotishdan tushadigan mablagʻlar tuman hokimligining sabzavotchilikni rivojlantirish boʻyicha maxsus hisob raqamida jamgʻarib boriladi hamda yangi yer maydonlarini foydalanishga kiritish maqsadlarida ishlatiladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerdan foydalanish davomida belgilangan ekin turlarini ekib, ish oʻrinlarini yaratgan, ijara xarajatlarini oʻz vaqtida qoplagan tadbirkorlik subyektlariga yerdan foydalanish muddatini uzaytirishda ustuvorlik huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman hokimliklari foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarining yaxlitligi, bir mahsulot turiga ixtisoslashishi, meva-sabzavotchilik klasterlari va kooperatsiyalari orqali dehqon xoʻjaliklariga urugʻlik va koʻchatlar yetkazish, ilgʻor agrotexnologiyalarni oʻrgatish, yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishda koʻmaklashsin, shuningdek, mineral oʻgʻitlar va yoqilgʻi-moylash mahsulotlarini yetarli hajmda va hamyonbop narxlarda xarid qilishlari uchun zarur infratuzilmani yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.15.00 Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning cheklanishi (yer uchastkalarini saqlash vazifasi);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.17.00 Bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalaridan foydalanish tartibi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qaror doirasida ijaraga beriladigan yer maydonlarida yengil konstruksiyadagi dala shiypon va sugʻorish inshootlarini joylashtirishga ruxsat beriladi, boshqa turdagi, shu jumladan turar joy, bino va inshootlar qurish qatʼiyan man etiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.12.00 Qishloq xoʻjaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik. Oʻsimliklar karantini. Veterinariya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beriladigan yer maydonlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi, Jahon bankining kredit liniyalari hisobidan kreditlar ajratiladi. Bunda tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan qismi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.12.00 Yerni olib qoʻyish natijasida yetkazilgan zarar va ziyonlarni qoplash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qaror doirasida foydalanishga kiritilgan yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.05.00 Haq toʻlanadigan jamoat ishlari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalarida ishtirok etadigan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalar toifasiga kiruvchi har bir oila parranda boqqan davri (40 kun) uchun Jamoat ishlari jamgʻarmasidan qoʻshimcha 500 ming soʻmdan ragʻbatlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi foydalanishga kiritiladigan yerlarning ijara huquqini elektron auksion asosida sotishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarning yoʻnalishlari va mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, dehqon xoʻjaliklari, shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish hajmini hamda aholi bandligi va daromadini oshirishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunini, shuningdek, “Shaxsiy tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda yangi foydalanishga kiritiladigan yerlarning ijara huquqini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotishga imkoniyat yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan shartlarga javob beruvchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari oʻzi ishlab chiqargan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foydasi boʻyicha foyda soligʻi stavkasi 0 foiz miqdorida belgilangan;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek, ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari balansida boʻlgan mol-mulkining oʻrtacha yillik qoldiq qiymati yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblashda soliq bazasidan kamaytiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomchilatib sugʻorish tizimi qoʻllaniladigan yerlar — tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etilgan oyning boshidan eʼtiboran besh yil muddatga, qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni oʻzlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular oʻzlashtirilgan vaqtdan eʼtiboran besh yil mobaynida hamda yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun foydalanishdan qatʼi nazar, uch yil muddatga yer soligʻidan ozod qilingan;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.09.00 Suvdan foydalanganlik uchun toʻlovlar (shuningdek, 07.10.07.00 va 11.01.11.00larga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5969-son Farmoniga asosan qishloq xoʻjaligidagi yerlarni sugʻorish uchun foydalaniladigan hajmlar boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020-yilda oʻrnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J. Qoʻchqorov Moliya vazirligi bilan birga bir oy muddatda Inqirozga qarshi kurashish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlardan yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun tuman budjetlariga Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining taqsimotiga asosan 300 milliard soʻm ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yilda ajratilishi rejalashtirilgan 30 trillion soʻmlik revolver kreditlarning 2 trillion soʻmini meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va uning eksporti bilan shugʻullanuvchi korxonalarga yoʻnaltirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang);
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.06 Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xomashyolari va oziq-ovqatlari garovi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport shartnomasi boʻyicha kelgusidagi tushum taʼminoti asosida shaxsiy tomorqa yer egalari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun boʻnak ajratish hamda mahsulotlarni sotib olish maqsadlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilarga qisqa muddatli kreditlar ajratish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin. Bunda, kreditlar yaxshi kredit tarixiga ega, kamida 2 yil davomida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti faoliyati bilan shugʻullangan qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilarga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Oʻzpaxtasanoat” AJ tizimidagi korxonalarning ipak qurti boqish inshootlarini “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga toʻlovlarni yigirma yilgacha muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bilan balans (qoldiq) qiymatda investitsiya kiritish sharti bilan sotish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga qarorda belgilangan vazifalar yuzasidan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat va tumanlar hokimlarining hisobotlarini eshitish va tegishli baho berib borish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Moliya vazirligi mazkur qarorda koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Oʻ.I. Barnoyev va J.A. Qoʻchqorov zimmalariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4700-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4700-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yilda foydalanishdan chiqib ketgan va yer osti suvlari zaxirasi mavjud boʻlgan yer maydonlarini oʻzlashtirishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prognoz koʻrsatkichlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4700-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini amalga oshirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Tadbirlar nomlanishi
Amalga oshirish shakli
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
1.
Asosiy maydonga ekinlarni 15-mayga qadar toʻliq ekish boʻyicha kunlik grafiklarni tasdiqlab, har bir klaster, fermer va dehqon xoʻjaliklari kesimida kunlik monitoring yuritishni yoʻlga qoʻyish.
Amaliy chora-tadbirlar
2020-yil may
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
2.
Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan holda 38 ming gektar lalmi va yaylov yerlarni oʻzlashtirib, ozuqa ishlab chiqarishni tashkil etish. Yil yakuniga qadar har bir viloyatda 6 ming bosh naslli qoramol tayyorlash va yetkazib berishni tashkil etish choralarini koʻrish.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida chorvachilik yoʻnalishida 74 ta oilaviy kooperatsiya faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Amaliy chora-tadbirlar
2020-yil dekabr
2020-yil sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekchorvanasl” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
3.
Baliqchilikda intensiv usulni joriy qilgan holda baliq ishlab chiqarish hajmini 350 ming tonnaga yetkazish choralarini koʻrish.
Har bir hududda bitta tumanni baliqchilikka ixtisoslashgan namunali tumanga aylantirish choralarini koʻrish.
Kompleks chora-tadbirlar
2020-yil dekabr
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tijorat banklari
4.
Oʻrmon xoʻjaliklarida 16,5 mingta yangi asalari uyalarini tashkil qilib, asal ishlab chiqarishni koʻpaytirish choralarini koʻrish.
Asal ishlab chiqarishni 5 barobarga oshirish va har bir hududning bitta tumanida asalarichilik klasterini tashkil qilish, 300 tadan 500 tagacha aholi xonadonlariga 10 tadan 20 tagacha asalari uyalarini tarqatish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Kompleks chora-tadbirlar
2020-yil may
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Asalarichilari uyushmasi, “Aloqa bank” ATB
5.
Quyonchilikni rivojlantirish boʻyicha belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda quyonlar bosh sonini 2 barobarga koʻpaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.
Kompleks chora-tadbirlar
2020-yil may
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Mikrokreditbank
6.
Joylarda pilla yetishtirish ishlarini tashkil etish uchun 20 ming nafar malakali mutaxassislarni aniqlab, ularni Jamoat ishlari jamgʻarmasi hisobidan ishga yollash choralarini koʻrish.
“Bir xonadonga — bir quti ipak qurti” tamoyili asosida ipak qurti urugʻi tarqatilishini tashkil etish.
Aniq hisob-kitoblar asosida 2020-yilda 400 ming quti ipak qurti urugʻi boqish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Inqirozga qarshi kurashish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlardan pilla yetishtirish mavsumida belgilangan hosilni olgan ishsiz, kam taʼminlangan oilalarga, har bir quti ipak qurti uchun qoʻshimcha 700 ming soʻm qoʻshib berish.
Dala atrofidagi 95 million tup yakka qator tutlar joylashuvidan kelib chiqib, fermer xoʻjaliklari, paxta va gʻalla klasterlarini pilla boqishga jalb etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2020-yil may
2020-yil may
2020-yil may
2020-yil may — sentabr
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
7.
Yer maydonlari chetlarida tutlar ekilishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.
Amaliy chora-tadbirlar
2020-yil may
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
8.
Sunʼiy havzalardan foydalanish samaradorligiga qarab yer soligʻining tabaqalashgan stavkalarini joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat
2020-yil may
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
9.
Meva-sabzavotchilik klasterlariga aylanma mablagʻ uchun zarur boʻlgan 258 milliard soʻm kredit ajratish choralarini koʻrish.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi takliflari asosida kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ishlab chiqilayotgan davlat dasturi loyihasiga jun, paxta va ipak xom ashyosidan gilam ishlab chiqarish yoʻnalishini alohida komponent sifatida kiritish.
Inqirozga qarshi kurashish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlardan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga qoʻshimcha meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarga avtotransport vositalarida yuk tashish xarajatlarini qoplash uchun 50 milliard soʻm ajratish choralarini koʻrish.
Kompleks chora-tadbirlar
2020-yil may
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J. Qoʻchqorov, Moliya vazirligi, tijorat banklari
10.
Pandemiya sharoitida mahsulotlarni yuklash, chegaradan oʻtkazishga koʻmaklashuvchi doimiy shtab tashkil etish.
Meva-sabzavot mahsulotlariga xaridor topish, ularni eksport qilishlarini viloyatlar, tumanlar, eksport qiluvchilar kesimida aniq hisob-kitob qilish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish.
Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarga avtotransport vositalarida yuk tashish xarajatlarining 50 foizigacha Eksportga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan qoplab berish choralarini koʻrish.
Amaliy chora-tadbirlar
2020-yil may
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S. Umurzoqov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
11.
Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan ixtisoslashgan 55 ta tumanga biriktirilgan vazirlik va idoralar rahbarlari bilan birgalikda kredit, urugʻlik, oʻgʻit, suv, transport, eksport bilan bogʻliq masalalarni operativ hal etish.
Har bir mahallada nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi boʻyicha koʻchma doʻkonlarni tashkil qilish.
Asosiy, bogʻ va tokzorlar qator oralariga hamda takroriy maydonlarga talab qilingan urugʻliklarni olib kelish hamda joylarga yetkazish choralarini koʻrish.
Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda maxsus oʻgʻit doʻkonlarini tashkil etish va mineral oʻgʻitlarning toʻgʻridan-toʻgʻri savdosini yoʻlga qoʻyish.
Amaliy chora-tadbirlar
2020-yil may
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ. Barnoyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Davlat bojxona qoʻmitasi, Transport vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab oʻzgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki va undan ortiq tadbirlar birlashtirilgan holatlarda ushbu tadbirlar uchun belgilangan eng kechki muddat umumlashtirilgan tadbirning ijro muddati hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 07/20/4700/0526-son)