1-ILOVA
|
1. |
A.A. Abduhakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, tashkiliy qoʻmita raisi |
|
2. |
A.V. Nuridinov |
— |
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
|
3. |
O.A. Nazarbekov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri |
|
4. |
A.X. Kamilov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri |
|
5. |
I.U. Majidov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
6. |
B.S. Yuldashev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti |
|
7. |
F.F. Abduxalikov |
— |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori |
|
8. |
J.A. Artikxodjayev |
— |
Toshkent shahar hokimi |
|
9. |
J.X. Rizayev |
— |
Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi ijrochi direktori |
|
10. |
B.M. Axmedov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri, tashkiliy qoʻmita kotibi |
2-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Zamonaviy darsliklar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va materiallar tayyorlash, pedagog kadrlar hamda iqtidorli oʻquvchilarni ragʻbatlantirish | |||||
|
1. |
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatini yanada takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. |
1. Institutni kompleks rivojlantirish boʻyicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish. 2. 2020 — 2025-yillarda tasviriy, amaliy sanʼat 3. Tegishli qaror loyihasini belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil aprel
|
— |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Keng dunyoqarashga ega, yuksak estetik did va axloqiy tarbiyaga ega ijodkor yoshlarni tarbiyalash. |
1. Oʻquv rejalarining mutaxassislik fanlari blokiga adabiyot, tarix, etika, estetika, ijodkor psixologiyasiga oid fanlar kiritiladigan tasviriy va amaliy sanʼat, dizaynga oid taʼlim yoʻnalishlarini aniqlash. 2. Mazkur taʼlim yoʻnalishlarida adabiyot, tarix, etika, estetika, ijodkor psixologiyasiga oid fanlarni mutaxassislik fanlari blokida oʻqitish. |
2020-yil iyun
|
— |
Badiiy akademiya (A.Nuridinov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
3. |
Xorijda saqlanayotgan Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodiga mansub asarlarning asl yoki koʻchirma nusxalarini yurtimizga qaytarish. |
1. Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodiga mansub chet ellarda saqlanayotgan asarlarning asl yoki koʻchirma nusxalarini yurtimizga qaytarish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish. 2. Xorijda saqlanayotgan asarlarni oʻrganish va ularning asl yoki koʻchirma nusxalarini yurtimizga qaytarish boʻyicha 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish. 3. “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil aprel
|
Tashabbuskorlar mablagʻlari, grantlar, homiylik xayriyalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar |
Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi (R. Bahodirov), |
|
4. |
Badiiy koʻrgazmalar direksiyasini jahon standartlariga muvofiq mukammal rekonstruksiya qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. |
1. Badiiy koʻrgazmalar direksiyasini 2021-yilgi investitsiya dasturiga kiritgan holda jahon standartlariga muvofiq mukammal rekonstruksiya qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. 2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil may
|
— |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), |
|
5. |
Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. |
1. Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari 2. Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari 3. Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlarining moddiy-texnik bazasini normativlarga muvofiq mustahkamlash. |
2020-yil iyun
sentabr
avgust |
Respublika budjeti, |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), |
|
6. |
Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlarning mutaxassislik fanlari boʻyicha yangi avlod darsliklari, oʻquv-metodik qoʻllanmalar, katalog-albomlar, nota va materiallarni tayyorlash hamda chop etish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish. 2. Oʻquv reja va dasturlar boʻyicha oʻquv qoʻllanma 3. Aniqlangan ehtiyojdan kelib chiqib, oʻquv qoʻllanma va darsliklarni ishlab chiqishda tajribali professor, akademik va mutaxassislarni jalb qilish hamda bosqichma-bosqich tayyorlash, shuningdek, chop etish boʻyicha reja-jadval loyihasini ishlab chiqish. 4. Ishlab chiqilgan reja jadval loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil
avgust
sentabr |
Respublika budjeti, |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), |
|
7. |
Respublika va xalqaro tanlovlar gʻoliblariga tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasasiga kirish uchun berilgan imtiyozlarni qayta koʻrib chiqish. |
1. Alohida iqtidor talab etiladigan oliy taʼlim muassasalariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali test sinovlarsiz qabul qilish tartibi joriy etilganligi munosabati bilan respublika va xalqaro tanlovlar gʻoliblariga beriladigan imtiyozlarni qayta koʻrib chiqish (bekor qilish) boʻyicha takliflar tayyorlash. 2. Takliflar asosida Hukumat qarori loyihasini tayyorlash va belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil may
|
— |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), |
|
8. |
Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Badiiy akademiya tizimida maktab-internat tashkil etish. |
1. Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatini tashkil etish uchun aholiga qulay boʻlgan hududni aniqlash. 2. Tanlangan hududda mavjud boʻsh turgan bino 3. Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatini tashkil etish. |
2021-yil
|
Toshkent viloyati mahalliy budjeti |
Toshkent viloyati hokimligi (R. Xolmatov), Badiiy akademiya (A.Nuridinov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), |
|
9. |
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura sanʼati muzeyi faoliyatini takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. |
1. Muzeyni kompleks rivojlantirish boʻyicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish. 2. Muzey faoliyatini yanada takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. 3. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil iyul
|
— |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), |
|
II. Tasviriy va amaliy sanʼat asarlarining badiiy va maʼnaviy saviyasini oshirish, koʻrgazmalar faoliyatini yanada rivojlantirish, Badiiy akademiyaning moddiy taʼminotini kuchaytirish | |||||
|
10. |
Xorijiy davlatlar ijodkorlari ishtirokida Xalqaro plenerlar oʻtkazish. |
1. Tashkiliy guruh shakllantirish, sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Xalqaro plener ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish. |
Doimiy |
“Ilhom” jamoat fondi |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, “Ilhom” jamoat fondi (J. Rizayev) |
|
11. |
Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi qoshida ishlab chiqarish ustaxonasini tashkil etish. |
1. Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi qoshida ijodiy ishlarni qadoqlash, asarlar bagetini tayyorlash va boshqa xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha ishlab chiqarish ustaxonasini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan tashkil etish. 2. Ishlab chiqarish ustaxonasini zamonaviy uskunalar bilan jiho?lash. |
2020-yil dekabr
|
Tashabbuskorlar mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Badiiy akademiya (A.Nuridinov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), |
|
12. |
Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, uning hududiy boʻlimlari tomonidan respublika boʻylab, xususan chekka hududlarda muntazam ravishda koʻchma koʻrgaz?alar tashkil etish. |
1. Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, 2. Grafik asosida hududiy boʻlimlarni ijara asosida mikroavtobus va zamonaviy koʻchma jihozlar bilan taʼminlash. |
Doimiy |
“Ilhom” jamoat fondi |
Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, “Ilhom” jamoat fondi (J. Rizayev) |
|
13. |
Institut talabalarini umumbashariy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash. |
1. “Kitobsevarlar oyligi”, “Nazm va navo oyligi”, “Mehr ulashaylik” kabi tematik tadbirlarni oʻtkazish. 2. “Yosh targʻibotchilar”, “Blogerlar”, “PR Markaz” kabi klublar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 3. Klublar moddiy-texnik bazasini shakllantirish va faoliyati natijadorligini taʼminlash. 4. Tematik tadbirlar va klublar faoliyatiga soha mutaxassislari, mashhur shoir va yozuvchilar, sanʼatkorlarni keng jalb etish. |
Doimiy |
Tashabbuskorlar mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (A. Jumaboyev), Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov) |
|
14. |
Badiiy akademiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. |
Badiiy akademiyaning markaziy apparatiga qoʻshimcha 2 ta xizmat avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratish. |
2021-yil oktabr |
Respublika budjeti |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
15. |
Badiiy akademiya raisiga Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining alohida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zalidan bepul foydalanish huquqini berish. |
1. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. 2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil may
|
— |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
16. |
Badiiy akademiya raisining ayni paytda Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi hisoblanishi tartibini bekor qilish. |
1. Badiiy akademiyasining ustaviga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. 2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil may
|
— |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), “Ilhom” jamoat fondi (J. Rizayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
III. Tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn sohalarida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish | |||||
|
17. |
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini taʼsis etish. |
1. Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini taʼsis etish toʻgʻrisida qaror loyihasini ishlab chiqish. 2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil iyul
|
— |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
18. |
Badiiy ijodkorlar uyushmasining hududiy galereyalarini tashkil etish. |
1. Badiiy ijodkorlar uyushmasining galereyalari mavjud boʻlmagan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻona, Xorazm va Toshkent viloyatlari markazlarida galereyalarni tashkil etish boʻyicha tegishli qarorni qabul qilish. 2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar tomonidan galereyalarini tashkil etish uchun binolarni tekin foydalanish huquqi asosida ajratish va ularni jihozlash. 3. Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan barcha galereyalarda sanʼat asarlarini sotish punktlari tashkil etish. |
2020-yil iyun
|
Mahalliy budjet mablagʻlari, “Ilhom” jamoat fondi |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻona, Xorazm va Toshkent viloyatlari hokimliklari, |
|
19. |
Institutning taʼlim jarayoniga yuqori malakali xorijiy pedagog va sanʼatshunos mutaxassislarni keng jalb etish. |
1. Oʻquv va ilmiy jarayonga xorijiy mamlakatlardan taklif etiladigan yuqori malakali pedagog va mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish. 2. Xorijiy pedagog va mutaxassislarni jalb etish hamda ular ishtirokida ochiq darslar, mahorat darslari, yakka tartibdagi, maʼruza, amaliyot mashgʻulotlari va boshqa turdagi mashgʻulotlarni keng joriy etish. 3. Institutning oʻquv, badiiy va ilmiy jarayoniga taklif etilgan xorijiy pedagog va mutaxassislar faoliyatini oʻrganib borish hamda natijalarini institutning tegishli kengashlarida muhokama qilish. |
Doimiy |
Institut mablagʻlari, respublika budjeti |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (N. Sayfullayev), |
|
20. |
Asarlaridagi ilgʻor gʻoyalari va yuqori estetik didi bilan ajralib turadigan yosh ijodkorlar asarlari koʻrgazmasini tashkil etish hamda ularni keng ommaga tanitish. |
1. Iqtidorli yosh ijodkorlarni saralab olish uchun Badiiy akademiyaning haqiqiy aʼzolaridan iborat tarkibda ishchi guruhni shakllantirish. 2. Iqtidorli yosh ijodkorlarni aniqlash 3. Ishchi guruhning yosh ijodkorlar bilan ishlash dasturini tasdiqlash. 4. “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida yosh ijodkorlar mahoratini oshirib borish, ular asarlarining koʻrgazmasini tashkil etish. |
Doimiy |
Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari, |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, “Ilhom” jamoat fondi (J. Rizayev), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar |
3-ILOVA
“
TUZILMASI