Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
19.12.2025
19.08.2022
17.08.2021
29.09.2020
27.06.2020
20.04.2020
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.02 (Кучини йукотган) Oʻrta taʼlim muassasalari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5815-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-sentabrdagi PQ-4444-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020 — 2022-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy uskunalari, anjomlar, inventar va boshqa vositalar bilan jihozlash dasturi 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamgʻarmasining Vasiylik kengashi tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Toshkent shahar hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining Toshkent shahar, M. Ulugʻbek tumani, Doʻrmon yoʻli koʻchasi, 29-uy manzilida joylashgan maʼmuriy bino va inshootlarini operativ boshqaruv huquqi asosida Agentlikka tekin berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Agentlik binosini qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yilga moʻljallangan investitsiya dasturlarida iqtisod qilingan markazlashgan kapital qoʻyilmalar hisobidan belgilangan tartibda zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida kelgusi yillar Investitsiya dasturini shakllantirishda Agentlik binosida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur kapital qoʻyilma mablagʻlarini nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.91.00 (Кучини йукотган) Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar va oʻquv qurollari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning kutubxona fondlari zarur umumtaʼlim fanlaridan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul taʼminlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligiga umumtaʼlim fanlaridan darsliklar hamda oʻquv-metodik majmualarni shakllantirish uchun buyurtma beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik boʻysunuvidagi maktablar uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni xarid qilish va yetkazib berish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Agentlikning viza buyurtmanomalariga binoan, mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agentlik buyurtmanomalari boʻyicha jalb etiladigan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari boʻyicha vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi hamda uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori S.N. Babaxodjayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 18-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-apreldagi 240-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agentlik uning tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda (keyingi oʻrinlarda — Agentlik tizimidagi maktablar) iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, oʻqitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va samarali amalga oshirish uchun masʼul davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha davlat idoralari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agentlik va uning tuzilmasiga kiradigan muassasalar yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz ustaviga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, logotipiga, shtamp va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agentlikning rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi” (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ingliz tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Agency for the development of Presidential, creative and specialized schools under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rus tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Agentstvo po razvitiyu Prezidentskix, tvorcheskix i spetsializirovannix shkol pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agentlikning pochta manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Doʻrmon yoʻli koʻchasi, 29-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agentlikning tuzilmasi quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning markaziy apparati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boʻlimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prezident maktablari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lardagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Renessans” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, oʻqitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat taʼlim standartlariga muvofiq Agentlik tizimidagi maktablar faoliyatini yagona shaklda muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarning oʻquv-tarbiyaviy jarayoniga ilgʻor taʼlim shakllari, pedagogik texnologiyalar va axborot yangiliklarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar oʻquvchilarida vatanparvarlik va Vatanga muhabbat, bagʻrikenglik tuygʻularini, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmatni shakllantirish, ularning maʼnaviy, axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb qilgan holda Agentlik tizimidagi maktablar pedagogik kadrlarini tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarni rivojlantirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va uygʻunlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ushbu muassasalardagi bino va inshootlardan foydalanish boʻyicha ishlar monitoringini olib borish va muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, oʻqitish va tarbiyalash, yosh isteʼdodlarni yanada qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, darsliklar va metodik qoʻllanmalarni tayyorlash va nashr etishdagi muammolarni bartaraf qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablar faoliyatini boshqarish va tashkil etishning maxsus tizimini yaratish boʻyicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarning faoliyatini tashkil etish va yaxshilash masalalarida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarni rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtiradi va davlat dasturlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarda Agentlik tomonidan tasdiqlangan davlat taʼlim standartlarining sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tomonidan tasdiqlangan davlat taʼlim standartlari, Agentlik tizimi mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablarining bajarilishi yuzasidan idoraviy nazoratni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarining respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishni davom ettirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar tomonidan budjet qonunchiligi buzilishlari profilaktikasi va uning oldini olishga qaratilgan, shu jumladan, axborot texnologiyalari va eʼtirof etilgan moliyaviy nazoratning xalqaro standartlarini joriy etish orqali moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida mustaqillik gʻoyalariga sadoqat, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va uning taqdiri uchun daxldorlik, fidoyilik tuygʻularini shakllantiradi, ularni turli mafkuraviy xatarlardan himoya qilish ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar faoliyatining taʼlim va ijtimoiy jihatdan samaradorligi tahlilini oʻtkazadi, uni maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimi faoliyatiga daxldor jurnal va gazetalar, blankalar, oʻquv-metodik majmualar, byulletenlar hamda oʻquv qoʻllanmalarini nashr etadi, shuningdek, Agentlik veb-sayti ishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qoshidagi “Oʻqituvchi” ilmiy-uslubiy nashriyot markazi bilan birgalikda Agentlik tizimidagi maktablar uchun mazmun va sifat jihatidan xalqaro va milliy talablarga javob beradigan, yangilangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv-metodik qoʻllanma va adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida xalqaro aloqalarni kengaytiradi va uning samaradorligini oshirishga koʻmaklashadi, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni va hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat taʼlim standartlariga muvofiq Agentlik tizimidagi maktablar faoliyatini yagona shaklda muvofiqlashtirish va metodik rahbarlik qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar uchun darsliklar va metodik qoʻllanmalarni yaratish, tayyorlash va nashr etish bilan bogʻliq ishlarni olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-texnik rivojlanishdan, jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib, oʻquvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlarini, shuningdek, ularning oʻzlashtirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda Agentlik tizimidagi maktablarda davlat taʼlim standartlarini, oʻquv rejasi, dasturlar va darsliklarni tasdiqlaydi va uzluksiz ravishda takomillashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarda taʼlim sifatining tizimli monitoringini olib borish uchun ilgʻor texnologiyalarni qoʻllaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarda chet tillarini oʻqitishning samaradorligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Agentlik tizimidagi maktablarning oʻquv-tarbiyaviy jarayoniga ilgʻor taʼlim shakllari, pedagogik texnologiyalar va axborot yangiliklarini joriy etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarda milliy va jahon adabiyoti, musiqa, kino, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat va boshqa ijodiy yoʻnalishlardagi asarlarga ega boʻlgan zamonaviy kutubxonalarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarda metodik jarayonni avtomatlashtirishni va zamonaviy axborot texnologiyalari va pedagogik innovatsiyalarni joriy etishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prezident maktablari bitiruvchilarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga ega boshqa tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, yirik kompaniya va birlashmalarga ishga joylashishlari uchun sharoit yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar oʻquv jarayoniga taʼlimning ilgʻor shakllarini, pedagogik texnologiyalar va axborot yangiliklarini joriy etish maqsadida xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning taʼlimda erishgan yutuqlarini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda Agentlik tizimidagi maktablarning ishtiroki boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganadi va tatbiq etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar oʻquvchilari turli fanlardan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etishini hamda ularning xorijiy madaniy-maʼrifiy safarlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-tarbiyaviy jarayonda ilgʻor va innovatsion taʼlim shakl va uslublarini joriy qilgan holda talab yuqori boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar sonini koʻpaytiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Agentlik tizimidagi maktablar oʻquvchilarida vatanparvarlik va Vatanga muhabbat, bagʻrikenglik tuygʻularini, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmatni shakllantirish, ularning maʼnaviy, axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada oshirish sohasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda oʻquvchi yoshlarga psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha Agentlik tizimidagi maktablar faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchi yoshlarda huquqiy, estetik, ekologik tarbiyani rivojlantirish boʻyicha turli tadbirlar tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtidorli oʻquvchi yoshlarni aniqlash va oʻqitish boʻyicha psixologik-pedagogik va tashkiliy shart-sharoitlar yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyatini qurish va demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida yosh pedagog va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishni, yoshlarni jismoniy sogʻlom, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sadoqatli va qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʻlgan inson etib tarbiyalashni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning maʼnaviy dunyosini boyitish, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini targʻib qilish maqsadida kitobxonlik madaniyatini shakllantiradi, oʻquvchilarni yot gʻoyalar va zararli odatlarning salbiy taʼsiridan himoya qilish boʻyicha faoliyatni tashkil qilishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning xohish-istaklari va takliflaridan kelib chiqqan holda ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishga yoʻnaltirilgan tizimli faoliyat boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar davomatini nazorat qilishni taʼminlaydi, ushbu yoʻnalishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa jamoat tashkilotlari va huquqni muhofaza qilish organlarining hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb qilgan holda Agentlik tizimidagi maktablar pedagogik kadrlarini tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarga malakali va tajribali, chuqur bilimli va mahoratga ega, davlat tilini va chet tillarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va oʻqitishning innovatsion usullarini mukammal oʻzlashtirgan pedagoglarni jalb qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlari va muassasalarning xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirishni hamda ularni xizmat safarlari va stajirovkalariga, jumladan, xorijiy ilmiy-tekshirish, taʼlim muassasalariga va boshqa muassasalarga yuborishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalarning rahbarlarini mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishmasdan lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik boshqaruv kadrlari malakasini oshirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida Agentlik tizimidagi maktablar rahbarlari bosqichma-bosqich malakasini oshirishdan oʻtishlarini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagogik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Agentlik tizimidagi maktablarni rivojlantirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va uygʻunlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni, shu jumladan, tashabbus koʻrsatilgan loyihalarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi, zarur hollarda davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) Agentlik tizimidagi maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ushbu muassasalardagi bino va inshootlardan foydalanish boʻyicha ishlar monitoringini olib borish va muvofiqlashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarni zamonaviy sport zali, inventar, uskuna va boshqa jihozlar bilan taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar, Agentlik tizimidagi maktablar bino va inshootlaridan tegishli tarzda, shu jumladan, kuz-qish davrida foydalanish boʻyicha ishlar muvofiqlashtirilishi va monitoring olib borilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvdan foydalanishning belgilangan tartibiga rioya qilishni tizimli tahlil qiladi, shuningdek, energiyani tejovchi va innovatsion vositalar va texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan ulardan oqilona foydalanish boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarajatlar smetasini tuzish va ijrosi, ish xaqining hisoblanishi va toʻlanishi, tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish, Agentlik tizimidagi maktablarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobi yuritilishi monitoringini olib borish, shuningdek, oʻz faoliyati yoʻnalishi boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan daromadlarni tasarruf etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noqonuniy sarf-xarajatlar va budjet mablagʻlarining talon-taroj qilinishi holatlari profilaktikasi, oldini olish va aniqlash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bino va inshootlarning saqlanishiga doir belgilangan qoidalarga rioya qilmagan rahbarlar va xodimlarni mukofotlarning bir qismidan yoki toʻliq mahrum qilish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya dasturlarini amalga oshirish doirasida Prezident, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda qurish, shu jumladan, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi va monitoringini olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda, davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalaridan zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida bajarish va ularga erishish boʻyicha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar va muassasalarni tashkil etish va ularni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, xorijiy ekspertlarni ishga jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning tashkiliy tuzilmasi hamda xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning markaziy apparati, Agentlik tizimidagi maktablar, shuningdek, ularning yotoqxonalari xarajatlari smetasi va shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar va muassasalar, shuningdek, ularning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan sonini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar faoliyatini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni tasarruf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarni rivojlantirish uchun zarur sarf-xarajatlar boʻyicha takliflarni shakllantirish, shuningdek, zarurat boʻlganda, xorijiy kreditlar, grantlar va boshqa mablagʻlarni jalb qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik, uning idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar va muassasalarning koʻchmas mulki va boshqa turdagi mol-mulkini samarali boshqarishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish boʻyicha faoliyatni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarda oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar uchun qabul qilingan davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejasi va dasturlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazorat yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimli monitoring olib borilishini taʼminlagan holda uzoq muddatli va har yilgi rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan muhim koʻrsatkichlarga erishish sohasidagi ishlarni samarali tashkil etish uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Agentlik rahbariyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan 3 nafar oʻrinbosarga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Agentlik direktori oʻz maqomiga koʻra vazirga, direktorning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, direktor oʻrinbosari esa — vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Direktor vaqtincha boʻlmagan davrda uning vakolatlarini vazifalar taqsimotiga binoan direktorning birinchi oʻrinbosari bajaradi. Direktorning birinchi oʻrinbosari vaqtincha boʻlmagan vaqtda esa uning vazifalarini direktor buyrugʻiga asosan direktor oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Direktor Agentlik markaziy apparati xodimlarini va idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalarning birinchi rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Direktor Agentlikning idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar va muassasalarning nizomi (ustavi) va tuzilmasini, shuningdek, ularning rahbar xodimlari umumiy cheklangan sonini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Agentlik markaziy apparatining idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qilishi tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Agentlikning idoraviy mansub tashkilot va muassasalar bilan oʻzaro hamkorligi Agentlik rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Agentlik tarkibiy boʻlinmalari Agentlikning idoraviy mansub tashkilotlari va muassasalari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiriqlarni idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalarga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalari faoliyatini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning idoraviy mansub tashkilotlari va muassasalari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobot, axborot materiallari, statistik va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Agentlikning boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilishi tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Agentlik tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Agentlik faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining tegishli tarkibiy boʻlinmasi tomonidan mutasaddilik qilinadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Quyidagilar direktorning asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar hamda tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari va muassasalari faoliyati bilan bogʻliq muhim koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini hamda Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlik va oʻz oʻrinbosarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishni tashkil etish boʻyicha taʼsirchan tizimni yaratish va monitoring olib borish, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash uchun kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka ishga qabul qilinayotgan kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga muvofiq tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz oʻrinbosarlari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy apparatning tasdiqlangan tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, boshqa idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar tuzilmasi va nizom (ustav)larini tasdiqlash, unda ularning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan sonini nazarda tutish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Quyidagilar direktor oʻrinbosarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish hamda Agentlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini taʼminlash, Agentlik direktori tomonidan belgilangan ijro intizomini mustahkamlash uchun kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, xodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktori qarorlari, buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun tegishli rahbarga kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik direktoriga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tarkibiy boʻlinmalariga kadrlarni tanlash va tayinlashda Agentlik direktoriga takliflar kiritish, oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarga ishga qabul qilinayotgan kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va maʼnaviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ular Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻz vakolati doirasida toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish va Agentlik direktoriga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga muvofiq tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning hisobotlarini yigʻilishlarda eshitish, yakunlari boʻyicha Agentlik direktoriga taklif kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga oʻz tarkibiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalar xodimlariga bevosita rahbarlik qilish, boʻlinmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini taʼminlash, Agentlik rahbariyati tomonidan belgilangan ijro intizomini mustahkamlash uchun kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, xodimlarning qonun hujjatlarida belgilangan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik rahbariyati qarorlari, buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarining ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun tegishli rahbarga kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tarkibiy boʻlinmalariga kadrlarni tanlash va tayinlashda rahbariyatga takliflar kiritish, oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalariga ishga qabul qilinayotgan kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va maʼnaviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmada kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ular Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻz vakolati doirasida toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish va rahbariyatga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga muvofiq tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinma xodimlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, tarkibiy boʻlinma hisobotlarini rahbariyatga taqdim etish va rahbariyat koʻrsatmalariga muvofiq faoliyatni takomillashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinma xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Direktor:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Direktor oʻrinbosarlari va tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 26 va 27-bandlarida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Agentlik va uning xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Agentlikning faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan Agentlikning faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Agentlik ish samaradorligi quyidagi eng muhim koʻrsatkichlar asosida aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarning oʻquvchilarida, shu jumladan, vatanparvarlik, Vatanga beqiyos muhabbat va sodiqlik tuygʻularini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan chuqur hurmatni shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarining davlat tilini va chet tillarini mukammal bilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarga malakali va tajribali, chuqur bilimlarga ega, davlat va chet tillarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va oʻqitishning innovatsion usullarini biladigan pedagoglarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishni davom ettirishlari uchun, shu jumladan ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim tizimining faoliyat yuritishi orqali zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prezident maktablari bitiruvchilarining kamida 20 foizi xalqaro tan olingan tashkilotlar reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida dastlabki 1 000 ta pogʻonani egallagan yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilariga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga ega boshqa tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, yirik kompaniya va birlashmalarga ishga joylashishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqitishning innovatsion shakl va usullarini joriy qilgan holda talab yuqori boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar sonini koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi barcha maktablarda milliy va jahon adabiyoti, musiqa, kino, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat va boshqa ijodiy yoʻnalishlardagi asarlarga ega boʻlgan zamonaviy kutubxonalarning ishlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarda oʻquv-metodik jarayonni avtomatlashtirishni taʼminlash va ularni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar oʻquv jarayoniga taʼlimning ilgʻor shakllarini, pedagogik texnologiyalar va axborot yangiliklarini joriy etish maqsadida xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarni zamonaviy sport zali, inventar, uskuna va boshqa jihozlar bilan taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Agentlik hamda idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalarning moddiy-texnik taʼminoti va ularning xodimlar mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek, Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Agentlik xodimlariga oylik ustamalar va moddiy ragʻbatlantirishlar tarzidagi lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlar Agentlik direktori tomonidan hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Agentlik huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Agentlik huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamgʻarmasi Agentlik huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda shakllantiriladi. Jamgʻarma mablagʻlari Agentlik tomonidan alohida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida, xorijiy valyutadagi mablagʻlari esa tijorat banklari hisobvaraqlarida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik koʻmak koʻrsatish mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini bank depozitlari shaklida va boshqa shakllarda joylashtirishdan tushgan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi yoʻnalishlarda foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, shu jumladan, zarur hollarda ularni sotib olish, ijaraga olish xamda zarur oʻquv ustaxonalari va laboratoriyalari, sport zallari, maydonchalari va boshqa infratuzilma obyektlarini tashkil etgan holda oʻquv korpuslarini kengaytirish ishlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarni zamonaviy talablarni hisobga olgan holda va tasdiqlangan meʼyorlardan kelib chiqib, eng yangi oʻquv-laboratoriya, ilmiy, ishlab chiqarish va sport jihozlari, musiqa asboblari, kompyuter texnikasi, mebel va asbob-uskunalar bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash), aloqa vositalari, darsliklar, oʻquv-metodik majmualar va boshqa adabiyotlarni xarid qilishni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarda barcha turdagi imtihonlarni oʻtkazish, oʻquv-metodik rahbarlikni taʼminlash, taʼlim jarayonini yuritish bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlarni mahalliy hamda ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlarga toʻlab berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar uchun mazmun va sifat jihatidan xalqaro va milliy talablarga javob beradigan, yangilangan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini yaratish, ularga muvofiq holda oʻquv-metodik qoʻllanma va adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni va chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni shartnoma asosida ishlashi uchun qoʻshimcha transport, yashash va tibbiy sugʻurta xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mutaxassislarning ish haqini toʻlash, ularning oila aʼzolarini (turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlari) turar joy bilan taʼminlash, ikki tomonga aviachiptalarni (iqtisodiy klass) qoplab berish, xizmat vazifasi boʻyicha Oʻzbekiston hududida aviachiptalarni, temir yul chiptalarini, transport, mehmonxona xarajatlarini, tibbiy xizmat koʻrsatish (tibbiy sugʻurta) va zaruriyat boʻlganda boshqa zarur xarajatlarni toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning va Agentlik tizimidagi maktablarning bino va inshootlarini saqlash, ulardan foydalanish va zarur anjomlar bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar oʻquvchilarining turli fanlardan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etishi xarajatlarini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablar oʻquvchilarini xorijiy davlatlarga madaniy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etish uchun safarlarga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarni oʻqituvchi va xodimlarini malaka oshirish, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etish uchun respublika miqyosida va chet el safarlariga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik va Agentlik tizimidagi maktablar xodimlari hamda oʻqituvchilarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar, ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, shuningdek, qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik va Agentlik tizimidagi maktablar xodimlari hamda oʻqituvchilarini xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalarida oʻqitish, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish hamda mahalliy va xorijiy xizmat safarlari xarajatlarini toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik, uning idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar va muassasalar faoliyatida raqamlashtirish boshqaruv tizimi boʻyicha xarajatlarni qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni moliyalashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daromadlar va xarajatlar smetasida nazarda tutilgan boshqa xarajatlarni moliyalashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi jamgʻarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, daromadlar barqaror shakllantirilishi, oʻz vaqtida moliyalashtirilishi va mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasini tasdiqlaydi. Bunda Jamgʻarma mabalagʻlarini tasarruf etish daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq Agentlik tomonidan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi orqali budjet tizimi budjetlari xarajatlari tasnifining boshqa xarajatlar moddasidan bitta satrda amalga oshiriladi. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri, maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan javobgarlik Agentlikka yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Agentlik belgilangan tartibda Vasiylik kengashiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlarining ishlatilishi toʻgʻrisida har yarim yillikda tegishli hisobotlarni taqdim etib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Agentlik huzuridagi Jamgʻarmani shakllantirish manbalari, ulardan foydalanish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tartibi Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Agentlikning hisobot berishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Direktor Agentlikning faoliyati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Agentlikka yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi boʻyicha faoliyatni har tomonlama tahlil qiladi hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqadi. Bunda yuklangan vazifalarni hal etishda uning Agentlik faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Faoliyat monitoringi va baholash natijasi yakunlari boʻyicha Agentlikning mansabdor shaxslari va xodimlarini ragʻbatlantirish choralari koʻriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlik choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-apreldagi 240-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020 — 2022-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy uskunalar, anjomlar, inventar va boshqa vositalar bilan jihozlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
1
1
Erkin Vohidov nomidagi xorijiy tillarni oʻqitishga hamda ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
1
1
Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyot fanini hamda xorijiy tillarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat (ijod maktabi)
1
1
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
1
1
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
1
1
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1
1
Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab
1
1
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
1
1
Ibroyim Yusupov nomidagi xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
1
1
3.
Ixtisoslashtirilgan maktablar
3
1
1
1
shu jumladan:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab
1
1
Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati
1
1
Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati
1
1
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasidan kelib chiqib chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ikki yoki undan ortiq bandlar birlashtirilganda, qoʻshilayotgan bandlar uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy uskunalar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, ularni oʻquv adabiyoti, metodik qoʻllanma va boshqa vositalar bilan taʼminlash uchun Agentlik tomonidan asoslangan hisob-kitoblarga koʻra aniq xarajatlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda moliyalashtirish manbalari belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-apreldagi 240-son qaroriga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamgʻarmasining Vasiylik kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

1.
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vasiyliy kengashi raisi
2.
B.A. Musayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari
3.
Sh.M. Sadikov
—
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
4.
S.N. Babaxodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori
4.
A.K. Mirsoatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi
6.
M.R. Abdullayev
—
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi
7.
Q.S. Sanaqulov
—
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori
8.
A.X. Xursanov
—
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi
9.
N.A. Fayzibayeva
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi kotibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2020-y., 09/20/240/0466-son, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son; 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)