O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 633-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-aprel,
226-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15 aplreldagi 226-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 10-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“sanoat xavfsizligini ekspertizadan va akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza qilishni tashkil etish”.
2. 11-bandda:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini rivojlantirishni, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizani o‘tkazishni, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni litsenziyalash tizimini tashkil etadi”;
quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xo‘jalik boshqaruvi organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga atom energiyasidan foydalanish chog‘idagi xavfsizlik masalalari yuzasidan axborot beradi”;
b) “b” kichik band quyidagi mazmundagi o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlash ustidan davlat nazorati va tekshiruvini hamda atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
avariyaga oid tashqi rejani ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda davlat boshqaruvi organlarining va atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi ustidan davlat nazoratini ta’minlaydi”;
v) “g” kichik band quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot, shuningdek boshqa yuridik shaxs tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan majburiy talablarga, litsenziya shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi”;
g) “d” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“d) sanoat xavfsizligini ekspertizadan va akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektlarinnng va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza qilishni tashkil etish sohasida”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/226/0438-son)