Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 10.07.1992 yildagi 319-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.07.1992 yildagi 319-son
Date of entry into force
10.07.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA BUDJETDAGI MUASSASALAR XODIMLARINING ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh ChORALARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlar va muassasalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 27-iyundagi Farmoniga muvofiq oshirilgan miqdorlarda o‘z vaqtida ish haqi to‘lashni ta’minlasinlar. Bunda xodimlarning ish haqini oshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarning 25 foizi budjetdagi muassasalar va tashkilotlarning smeta bo‘yicha umumiy xarajatlarini qisqartirish hisobiga qidirib topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oliy o‘quv yurtlari talabalariga, aspirantlarga, doktorantlarga, texnikumlarning hamda kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan ta’minlanmagan hunar-texnika bilim yurtlarining o‘quvchilariga stipendiyalar ilovaga muvofiq belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtiyozli ovqatlanish uchun oylik qo‘shimcha to‘lovlarning amaldagi miqdorlari hamda talabalar oshxonalari va tamaddixonalaridagi tushliklar qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bir hafta muddat ichida oliy o‘quv yurtlarining talabalariga hamda texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlarining o‘quvchilariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartishlar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xodimlarni rag‘batlantirishni va mehnatga undashni ta’minlovchi hamda o‘rta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlarining o‘qituvchilari, tarbiyachilari, muallimlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar va vrachlarning ish haqini 1,8 baravar, budjetdagi muassasa va tashkilotlar boshqa xodimlarining ish haqini esa 1,5 baravar oshirishni nazarda tutuvchi tarif stavkalari va maoshlarning yangi miqdorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Pensiya jamg‘armasining O‘zbekiston Respublika bo‘limi, Mehnat vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 1992-yilning 1-iyuligacha pensiyaga chiqqan pensionerlarning pensiyalarini qayta hisoblash uchun tuzatish kiritish koeffitsiyentlarini 1992-yil 15-avgustgacha ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Pensiya jamg‘armasining O‘zbekiston Respublika bo‘limi, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zdehqonchiliksanoatbank” va boshqa tijorat banklari Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-apreldagi 218-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 27-iyundagi Farmonida belgilangan oshirilgan miqdorlarda pensiya to‘lashni ta’minlovchi sug‘urta badallarining to‘la va o‘z vaqtida tushishini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va xo‘jaliklar belgilangan ish haqining eng oz miqdorini hisobga olgan holda mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish hisobiga ishlovchilarning ish haqini yanada o‘stirishni ta’minlovchi choralarni amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Pensiya jamg‘armasining O‘zbekiston Respublika bo‘limi 1992-yilning ikkinchi yarmi uchun budjetlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida belgilangan ish haqi, stipendiyalar va pensiyalarni oshirish uchun zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun xalq xo‘jaligi barcha tarmoqlari xodimlarining kasb-malaka guruhlarini qamrab oluvchi yagona tarif setkasi asosida mehnatga haq to‘lash tartibini takomillashtirish yuzasidan 1992-yil 1-sentabrgacha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklatilsin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 10-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
319-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)