Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
19.11.2025
01.03.2025
23.11.2021
12.03.2020
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.77.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim (aspirantura, adʼyunktura, doktorantura, tadqiqotchilik)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlarning isteʼdodi va qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, ularning ilm-fanni egallashga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, iqtidorini roʻyobga chiqarish, uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularni barkamol, jismonan va ruhan sogʻlom shaxs sifatida Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bolalarda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, fidoyilik, keng dunyoqarashga ega komil inson boʻlishga intilish tuygʻusini shakllantirish maqsadida ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquvchi yoshlarga buyuk ajdodlarimiz va adiblarimizning boy ijodiy merosini oʻrgatish, ularga munosib voris etib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan kompleks oʻquv-tarbiya jarayonlari yoʻlga qoʻyildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini takomillashtirish, yosh isteʼdodlarni yanada qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish hamda ularga zamon talablaridan kelib chiqib taʼlim va tarbiya berish tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) ushbu Agentlik tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning (keyingi oʻrinlarda ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar) oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini yangidan ishlab chiqish hamda ularda interaktiv tarzda chuqurlashtirib oʻqitish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning tayanch oʻquv rejasi 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarni otaliqqa olish va rivojlantirish uchun biriktiriladigan oliy taʼlim muassasalari, vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarni otaliqqa olgan oliy taʼlim muassasalariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslik yoʻnalishlaridan kelib chiqib maktablarga oliy taʼlim muassasalarining yuqori malakali professor-oʻqituvchilarini dars mashgʻuloti oʻtishga yoʻnaltirish tartibini tegishli kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktablarda oʻqituvchilarni yuqori malakali mutaxassislardan iborat tarkibda shakllantirishga koʻmaklashish, xususan, ularda magistrlik darajasiga ega boʻlgan pedagoglar sonini bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim jarayoniga innovatsion pedagogik usul va texnologiyalarni joriy qilishning ilmiy asoslarini yanada mustahkamlash choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori sinf oʻquvchilarini ixtisoslik fani boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida taʼlimni davom ettirishga yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning ijodiy qobiliyati va iqtidorini rivojlantirish, shuningdek, ularning maktabdan tashqari vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy usul va uslublarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda biriktirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va ijrosini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi doirasida maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarda vatanparvarlik tuygʻusini kamol toptirish maqsadida taniqli davlat va jamoat arboblari, sohaning ijodkor va ilgʻor yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan, ularning zehnini charxlovchi va ilmiy qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlovchi tadbirlarni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktablarning kuzatuv kengashlariga ularni otaliqqa olgan tashkilotlarning rahbarlariga raislik qilish vazifalari yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan tayanch oʻquv rejadagi fanlarning oʻquv dasturlari va darsliklar majmualarini yangidan shakllantirish boʻyicha aniq choralar belgilangan “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin va uning ijrosini taʼminlash maqsadida ishchi guruhni shakllantirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Agentlik tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar tayanch oʻquv rejadagi fanlarning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda darslik mualliflari bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar ixtisoslik fanlari boʻyicha darsliklarni, 2020-2021-yillarda asosiy fanlar boʻyicha dasrliklarni bosqichma-bosqich yaratish va chop etish ishlarini amalga oshirish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agentlikning ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda dars va fakultativ mashgʻulotlarni olib borishda ilgʻor xorijiy mamlakatlarning eʼtirof etilgan darsliklaridan foydalanish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga tashabbuskor, keng dunyoqarash hamda yuqori ilmiy salohiyatga ega ilgʻor pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga jalb qilish tartibini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning ichki mehnat tartibi qoidalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda oʻqituvchining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan yoʻnalishi boʻyicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik maʼlumot va kamida ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv fanining ilmiy-nazariy asoslari, mazmuni va oʻquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda qoʻllay olishi, dars oʻtish metodikasi va uni tashkil etish texnikasini bilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy tillardan birini boshlangʻich darajada oʻzlashtirgan boʻlishi hamda ilgʻor xalqaro tajribadan xabardorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuksak axloqiy fazilatlar hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan olimpiadalari, koʻrik-tanlovlar va turli musobaqalarda yutuqlarga erishganligi hamda professional tanlovlarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritganligi kabi mezonlar nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan birgalikda 2019/2020 oʻquv yili yakunida ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sifatini oshirish, jumladan, rahbar va pedagog xodimlar salohiyati boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazsin hamda 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sifatini oshirish, shuningdek, ularga yuksak malakali rahbar va pedagog xodimlarni jalb etish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xalqaro rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda maktablarga yuqori malakali xorijiy pedagoglarni ishga yollashni yoʻlga qoʻysin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻqituvchilari, rahbar va pedagog xodimlarining xorijdagi yetakchi ilmiy va taʼlim muassasalarida malaka oshirishlarini tashkil etish yuzasidan har yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga taklif kiritsin.
(6-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki, 2020-yil sentabr oyidan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning maʼmuriy-boshqaruv, pedagogik, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari lavozim maoshiga 100 foiz miqdorida oylik ustama haq toʻlanadi, shuningdek, ularni ish haqi fondi hisobiga 50 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda dars bergan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining asosiy ish joyidagi lavozim maoshlariga oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga 30 foiz miqdorida ustama haq toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusida Agentlik tizimida tashkil etiladigan boshqa ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ham ushbu mehnatga haq toʻlash tizimi tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda iqtidorli bolalarni aniqlash va ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga saralab olish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tavsiyasiga muvofiq umumtaʼlim maktablaridagi ijodkor, izlanuvchan, isteʼdodli hamda turli tanlov va olimpiadalarda yuqori natijalar koʻrsatgan oʻquvchilarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Yoshlar akademiyasi tavsiyasiga muvofiq gazeta va jurnallarda ijod namunalari, sheʼr, hikoya, ilmiy maqolalar eʼlon qilgan oʻquvchilarga saralash imtihonlarida ishtirok etish imkoniyati berilishi nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tartibini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilarining ovqatlanishi, ushbu maktablarda xoʻjalik faoliyati tizimli yoʻlga qoʻyilishi bilan bogʻliq moliyaviy masalalarni qayta koʻrib chiqsin hamda sarf-xarajatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga toʻliq qoplanishi choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilarini ovqatlantirish tizimi autsorsing shartlari asosida tashkil etilishi inobatga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda fakultativ mashgʻulotlarni olib borish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnik bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojidan kelib chiqqan holda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalarini mustaqil belgilash, mavjud sinflarda oʻquvchilar sonini maqbullashtirish va toʻldirish, tayanch oʻquv rejasi doirasida oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Agentlik tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga hamda ushbu maktablarda ishlash uchun jalb etiladigan oʻqituvchilar va mutaxassislarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi vakolatlari doirasida Agentlik buyurtmalari boʻyicha jalb etiladigan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kirish vizalarining rasmiylashtirilishini, belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari budjetdan tashqari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish uchun qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etish boʻyicha zarur choralar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori S.N. Babaxodjayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 11-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-martdagi 141-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAYANCH OʻQUV REJASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ixtisoslik fanlari — ijod maktablari uchun notiqlik sanʼati, xalq ogʻzaki ijodi, adabiy jarayon, adabiyot qoidalari, publitsistika, matnshunoslik, dramaturgiya kabi fanlar hamda ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ilm-fan (Science), shaxsiy saviya (Personal development), zamonaviy yondashuv (Global Perspectives) kabi fanlar tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslik fanlari hamda xorijiy tillar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Maktab ixtiyoridagi soatlar pedagogik kengash qarori bilan oʻquvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ixtisoslik yoki asosiy fanlarga qoʻshib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat va huquq asoslari, iqtisodiy bilim va tadbirkorlik asoslari fanlarining bir qismi asosiy fanlarga integratsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*** Fakultativ mashgʻulotlar:
(izohning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashtirilgan maktablarda — musiqa, tasviriy sanʼat va chizmachilik, texnologiya, jismoniy tarbiya fanlari, shaxmat mashgʻulotlari, sunʼiy intellekt, robototexnika, agrotexnologiya, nanotexnologiya, biotexnologiya, IELTS, TOEFL va SAT;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijod maktablarida — musiqa, sanʼat (ART), texnologiya (robototexnika), jismoniy tarbiya fanlari darslardan keyin oʻqitiladi;
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktab ixtiyoridagi soatlar va fakultativ mashgʻulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga ixtisoslik yoʻnalishidan kelib chiqib tayanch oʻquv rejasidagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda 15%gacha oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 141-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarni otaliqqa olish va rivojlantirish uchun biriktiriladigan oliy taʼlim muassasalari, vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan “e” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Taʼlim muassasasining nomi
Otaliqqa oladigan oliy taʼlim muassasalari nomi
Biriktiriladigan vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
1.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
Qarshi davlat universiteti
Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi,
Qashqadaryo viloyati hokimligi
2.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Fargʻona davlat universiteti
Xalq taʼlimi vazirligi,
Fargʻona viloyati hokimligi
3.
Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi
Urganch davlat universiteti
Madaniyat vazirligi,
Xorazm viloyati hokimligi
4.
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Namangan davlat universiteti
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Namangan viloyati hokimligi
5.
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
Guliston davlat universiteti
Sirdaryo viloyati hokimligi
6.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
A. Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyot universiteti
Fanlar akademiyasi,
Toshkent shahar hokimligi
7.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
Andijon davlat universiteti
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi,
Andijon viloyati hokimligi
8.
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
Toshkent davlat jurnalistika universiteti
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
Jizzax viloyati hokimligi
9.
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
Qoraqalpoq davlat universiteti
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
10.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Toshkent axborot texnologiyal?ri universiteti, Toshkent shahridagi Inxa universiteti,
Toshkent shahridagi Amiti universiteti
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi
11.
Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
M. Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi
12.
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2020-y., 09/20/141/0286-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son; 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)