Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026 03.03.2020 yildagi 118-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.03.2020 yildagi 118-son
Date of entry into force
04.03.2020
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 500-sonli “Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilari hamda sport hakamlariga malaka toifalarini berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2026-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qaroriga muvofiq hamda sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-metodistlariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi — jismoniy shaxslarga davlat xizmatlari markazlari orqali sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi — sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi — sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalari berish bo‘yicha mezonlarni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘rtinchi — sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berishda tan olinadigan nufuzli sport musobaqalarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi — sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha malaka komissiyasini tashkil etish va uning faoliyatini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali murojaat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentni amalda qo‘llashning samaradorligi va amalda qo‘llanilishi natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati YIDXP orqali amalga oshirilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati bo‘yicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 3-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 118-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MA’MURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) davlat xizmatlari markazlari orqali sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda davlat xizmati deb ataladi) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
trener-o‘qituvchi — sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarida muayyan sport turi bo‘yicha ta’lim dasturi asosida bevosita ta’lim beruvchi va sportchilarni tayyorlovchi mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘riqchi-uslubchi — sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarida tashkiliy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish va o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi mutaxassis.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

3. Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan ko‘rsatiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Reglament “Xalqaro toifali trener” malaka toifasini berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Trener-o‘qituvchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi toifali trener;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi toifali trener;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy toifali trener.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yo‘riqchi-uslubchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi malaka toifalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy toifali trener” va “Oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi” malaka toifalari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga berilgan malaka toifalari ularga tabaqalashtirilgan tarzda haq to‘lash uchun asos bo‘ladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat xizmati ko‘rsatish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmati ko‘rsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Murojaatlarni shakllantirish va yuborish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi tegishli so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) trener-o‘qituvchilar malaka toifalarini olish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

tayyorlagan sportchisining musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (musobaqa bayonnomasi va diplom nusxalari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportchi trener-o‘qituvchiga biriktirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yo‘riqchi-uslubchilar malaka toifalarini olish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘riqchi-uslubchi faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qo‘llanma(lar) nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun quyidagi miqdorda to‘lovlar undiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza ko‘rib chiqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka komissiyasini o‘tkazish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatini olish uchun YIDXP orqali murojaat qilinganda ushbu bandda ko‘rsatilgan to‘lovlar summasining 90 foizi undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan yoki “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot modulining sariq toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilarida belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida, “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot modulining qizil toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga belgilangan yig‘imning 75 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” yoki “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” unvoniga, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar haq to‘lashdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. To‘lovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza ko‘rib chiqish uchun to‘lov summasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat qilganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablag‘lar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi malaka toifalari uchun — to‘liq ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalarining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
(13-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy toifali trener va oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi malaka toifalari uchun — to‘liq ravishda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(13-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablag‘lar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi malaka toifalari uchun — to‘liq ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalarining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
(13-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy toifali trener va oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi malaka toifalari uchun — to‘liq ravishda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
(13-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka komissiyasini o‘tkazish uchun to‘lov to‘liq miqdorda vakolatli organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ariza beruvchi tomonidan arizada haqiqiy bo‘lmagan, soxta va noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘lib hisoblanadi, bundan murojaat qilingan vaqtda ma’lumotlar qayta to‘g‘rilangan holatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi malaka toifalarini berish rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, malaka toifalarini beruvchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘langan to‘lov summasi qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchining nomzodini komissiyadan o‘tkazish uchun to‘langan to‘lov summasi ariza beruvchining yozma murojaatiga asosan to‘lig‘icha vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan ariza beruvchi malaka komissiyasidan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan holatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda, uning so‘rovnomasi Markaz xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng, barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Malaka toifalarini berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Malaka toifalari 5 yil muddatga beriladi. Ushbu muddat o‘tgandan so‘ng trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilar o‘z malaka toifalarini belgilangan tartibda qaytadan tasdiqlatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” unvoniga ega bo‘lgan shaxslarga malaka toifalari cheklanmagan muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka toifalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijodiy ta’til olinganda ijodiy ta’til muddatiga, shuningdek, yoshga doir pensiyaga chiqish muddatiga bir yil qolganda bir yil muddatga uzaytiriladi.
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka toifalari qaytadan tasdiqlangunga qadar trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga ish haqi mutaxassis lavozimi bo‘yicha to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Malaka toifalarining amal qilish muddati tugashidan qoidaga ko‘ra ikki oy oldin ariza beruvchilar ushbu Reglamentga muvofiq qayta murojaat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalari Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo, Paraosiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari, turli xalqaro sport musobaqalari, O‘zbekiston Respublikasi chempionati, kubogi bo‘yicha beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka toifalarini berishda tan olinadigan nufuzli sport musobaqalari ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sportchilarni keyingi sport mahoratini oshirish guruhlariga bergan trener-o‘qituvchilar ushbu sportchilarning natijalari bo‘yicha tegishli malaka toifalarini olishga haqli. Bunda ushbu trener-o‘qituvchi da’vogarlik qilayotgan malaka toifasidan oldingi malaka toifasi mezonlariga to‘g‘ri keladigan natijalarga erishgan sportchilarga ega bo‘lishi shart. Bu sportchilar erishgan natijalar bo‘yicha trener-o‘qituvchi faqat bir marta malaka toifasi olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Vakolatli organning mas’ul xodimi so‘rovnoma va zarur hujjatlar tushgan kuni kerakli hujjatlarni tegishli malaka toifasini berish yoki tegishli malaka toifasini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun vakolatli organning malaka toifalarini berish bo‘yicha komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Malaka komissiyasi deb ataladi) kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. So‘rovnoma va hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, malaka komissiyasini o‘tkazish uchun to‘lovni to‘lamaslik malaka toifasini berishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka toifasi berilishini boshqa asoslarga binoan rad etish qat’iyan taqiqlanadi. Malaka toifalari ushbu Reglamentga 4, 5 va 6-ilovalarda nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Vakolatli organ 3 ish kun ichida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan malaka toifasini berish yoki malaka toifasini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun malaka komissiyasiga kiritadi va malaka komissiyasining qarorini tayyorlaydi. Malaka toifasini berish to‘g‘risidagi qaror yoki asoslangan rad javobi rasmiylashtirilgan kuni mas’ul shaxsning ERIsi bilan tasdiqlangan holda davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Davlat xizmatlari markaziga elektron tarzda malaka toifasini berish to‘g‘risidagi qaror yoki asoslantirilgan rad javobi tushgandan so‘ng davlat xizmatlari markazi 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga (mavjud bo‘lsa) yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi (telefon raqami) orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga asosan unga elektron shaklda qaror yoki asoslangan rad javobini yoki qog‘oz shaklida muhr bosib berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Malaka toifalarini berish bo‘yicha malaka komissiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga malaka toifalarini berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzurida a’zolari bir yil muddatga tayinlanadigan malaka komissiyasi tashkil etiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining o‘rinbosari malaka komissiyasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosari — malaka komissiyasining raisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari, sport federatsiyalari (uyushmalari), sport maktablarining rahbarlari hamda vakillari malaka komissiyasiga a’zo sifatida kiritiladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Malaka komissiyasi uning a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka komissiyasi a’zolariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya va sport sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bazasi bilan yaxshi tanish bo‘lish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Malaka komissiyasi raisi va a’zolari quyidagi hollarda komissiya tarkibidan muddatidan oldin chiqarilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z arizasiga ko‘ra;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda aniqlangan qoida buzishlari bo‘lganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vafot etgan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Malaka komissiyasi qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Komissiya qarori yig‘ilishda ishtirok etgan a’zolarning ko‘pchiligi ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Malaka komissiyasi a’zosi bo‘lgan mutaxassisning hujjatlari komissiyada ko‘rilganda komissiya a’zosi bo‘lgan mutaxassisning ovozi hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Malaka komissiyasining yig‘ilishlari har oyning uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi. Komissiyaning navbatdan tashqari yig‘ilishlari quyidagi hollarda rais tomonidan chaqiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi o‘quv yili boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlar yig‘ilib qolganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Malaka komissiyasi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda yig‘ilishda ishtirok etgan a’zolar tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalqaro toifali trener” malaka toifasini olgan trener-o‘qituvchilarning hisobi vakolatli organ tomonidan yuritiladi hamda malaka toifasini berish bo‘yicha barcha hujjatlar ikki yil mobaynida saqlanib, tegishli arxiv muassasalariga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy nazorat qiladilar va monitoring olib boradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA

Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish ishlarini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelgan holda murojaat qilish yoki elektron tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.

1. Xohishiga qo‘ra

2. Davlat xizmati ko‘rsatgani uchun belgilangan yig‘imlarni to‘laydi.

2. Murojaat qilinganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

Ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi malaka toifalarini berish bo‘yicha so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar sport boshqarmalariga yuboradi.

1. So‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin 10 daqiqa ichida

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

“Oliy toifali trener” va “Oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi” malaka toifalarini berish bo‘yicha so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligiga yuboradi.

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar sport boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi)

1. So‘rovnoma va ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi.

2. QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan malaka toifasini berish yoki malaka toifasi berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.

1 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Malaka komissiyasi

QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan malaka toifasini berish yoki malaka toifasi berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va vakolatli organga kiritadi.

Har oyning uchinchi o‘n kunligida

5-bosqich

Vakolatli organ

Malaka komissiyasining qarori asosida QR-kodli (matrik shtrixli kod) malaka toifasini rasmiylashtiradi hamda tegishli davlat xizmatlari markaziga yoki (o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda) ariza beruvchiga (YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda) elektron tarzda yuboradi.

Hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Malaka toifasi tushgandan so‘ng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. 10 daqiqa ichida

2. O‘zi kelib murojaat qilganda guvohnomani elektron tarzda yoki qog‘oz shaklida ariza beruvchiga taqdim etadi.

2. Ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA

1-SHAKL

__________________
(sana)

__________________
(raqam)

Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilariga malaka toifalariniberish uchun
SO‘ROVNOMA

II toifa

I toifa

Oliy toifa

I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar:

1. F.I.O.:

2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgan):

3. Yashash manzili:

4. Elektron manzili (mavjud bo‘lsa):

5. Telefon raqami:

6. Ariza beruvchining sport turi:

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Tayyorlagan sportchisining musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (musobaqa bayonnomasi, diplom nusxasi);

2. Sportchi trener-o‘qituvchiga biriktirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2-SHAKL

__________________
(sana)

__________________
(raqam)

Sport-ta’lim muassasalarining yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish uchun
SO‘ROVNOMA

II toifa

I toifa

Oliy toifa

I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar:

1. F.I.O.:

2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgan):

3. Yashash manzili:

4. Elektron manzili (mavjud bo‘lsa):

5. Telefon raqami:

6. Ariza beruvchining sport turi:

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Yo‘riqchi-uslubchi faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qo‘llanma(lar) nusxasi (mavjud bo‘lsa):

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA

Malaka toifalarini olishda tan olinadigan nufuzli sport
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
musobaqalari

Nufuzli sport musobaqalariga xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan kompleks musobaqalar (Olimpiya, Paralimpiya, Maxsus olimpiya, Surdolimpiya, Osiyo, Paraosiyo o‘yinlari va boshqalar), jahon, Osiyo, Markaziy Osiyo chempionatlari va kuboklari hamda xalqaro musobaqalari, xorijiy davlatlar va qit’alarning ochiq chempionatlari kiradi. Bunda:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Olimpiya, Paralimpiya o‘yinlarining nufuzi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Olimpiya, Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha Jahon yoki Osiyo chempionati va kubogining nufuzi tegishli xalqaro sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Olimpiya, Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilmagan sport turlari bo‘yicha Jahon chempionati va kubogining nufuzi ushbu sport musobaqalarida kamida 20 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi, Osiyo chempionati va kubogining nufuzi esa, ushbu sport musobaqalarida kamida 10 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xalqaro sport musobaqalarining nufuzi sport turlari bo‘yicha tegishli xalqaro sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan ro‘yxatga olingan xalqaro sport musobaqalari bo‘yicha tan olinadi. Bunda ushbu sport musobaqalarida kamida 6 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi chempionati, kubogi nufuzi ushbu sport musobaqalarining xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilishi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
4-ILOVA

Trener-o‘qituvchilarning ish natijalarini baholash

MEZONLARI

Trener-o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan sportchilarning sport musobaqalarida erishgan natijasi bo‘yicha:

Sport musobaqasining nomi

Sportchilar soni*

(kamida)

Sportchi tomonidan sport musobaqasida egallangan o‘rin (erishgan natijasi)**

oliy toifa

birinchi toifa

ikkinchi
toifa

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari

1

1 10

11 20

ishtirok
etgan bo‘lishi kifoya

Jahon chempionati va kubogi

1

1 6

7 10

11 20

Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati va (yoki) kubogi

1

1 3

4 6

7 10

Osiyo, Paraosiyo o‘yinlari

1

1 6

7 10

10 14

Osiyo chempionati va kubogi

1

1 3

4 6

7 10

Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati va (yoki) kubogi

1

1-2

3 5

6 8

Xalqaro sport musobaqalari

2

1

2-3

4 6

O‘zbekiston Respublikasi chempionati yoki kubogi

2

1 3

4 6

Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi chempionati yoki kubogi

2

1

2-3

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Trener-o‘qituvchiga tegishli malaka toifasini berish uchun u tomonidan sport musobaqasida qatnashish uchun tayyorlanishi lozim bo‘lgan sportchilar soni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Sportchining sport musobaqasida egallashi lozim bo‘lgan o‘rni (erishgan natijasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy toifali trener” malaka toifasini berishda trener-o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan sportchilarning O‘zbekiston Respublikasi chempionati yoki kubogi hamda Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi chempionati yoki kubogida egallagan o‘rni ko‘rsatkich sifatida inobatga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan sport musobaqalarining nufuzi Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish ma’muriy reglamentga 3-ilovaga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Trener-o‘qituvchilarning ish natijalarini baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MEZONLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Trener-o‘qituvchining O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish hamda sport zaxirasini

tayyorlashda qo‘shgan hissasi bo‘yicha:

Terma jamoalar va sport zaxirasi

Tayyorlangan sportchilar soni*

birinchi toifa

ikkinchi toifa

Sportchilarni O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoasi nomzodligiga tayyorlash (asosiy)

2

1

Sportchilarni O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoasi nomzodligiga tayyorlash (zaxira)

3

2

Sportchilarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport terma jamoalari nomzodligiga tayyorlash (asosiy)

3

2

Sportchilarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport terma jamoalari nomzodligiga tayyorlash (zaxira)

4

3

Sportchilarni oliy mahorat sport maktabiga kirish uchun tayyorlash

3

1

Sportchilarni Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga kirish uchun tayyorlash

4

2

Sportchilarni oliy sport mahorati bosqichigacha tayyorlash

4

2

Sportchilarni sport mahoratini takomillashtirish bosqichigacha tayyorlash

2

1

Sportchilarni boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidan o‘quv-mashq bosqichiga tayyorlash

2

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Trener-o‘qituvchiga tegishli malaka toifasini berish uchun u tomonidan O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish hamda sport zaxirasini yaratish uchun tayyorlashi lozim bo‘lgan sportchilar soni. Bunda “Oliy toifali trener” malaka toifasini berishda ushbu ko‘rsatkichlar inobatga olinmaydi.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yo‘riqchi-uslubchilarning ish natijalarini baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MEZONLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Tashkilotlar, ish xususiyatlari

Ish staji (yil)*

oliy toifa

birinchi toifa

ikkinchi toifa

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi rahbarlik lavozimidagi hamda tashkiliy-uslubiy ishlari:

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligida

5

3

2

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida

5

3

2

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalarida

7

4

3

Respublika darajasidagi sport federatsiyalari (uyushmalari)da

5

3

2

Hududiy sport federatsiyalari (uyushmalari)da

7

5

3

Respublika darajasidagi jismoniy tarbiya-sport jamiyatlarida

7

4

3

Hududiy jismoniy tarbiya-sport jamiyatlarida

10

6

4

Bevosita rahbarlik lavozimidagi ishlari:

Oliy sport mahorat maktabi, oliy mahorat sport maktabi, Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida

6

5

4

Sport maktablarida

7

5

3

Ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyati:

Ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega bo‘lgan holda

7

4

2

Ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lmagan holda

10

7

4

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ish stajini hisoblashda tegishli ishda (lavozimda) to‘liq ishlangan yillar hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yo‘riqchi-uslubchining ish natijalarini baholashda uning ish stajidan qat’i nazar, Ixtisoslashtirilgan muvofiqlashtiruvchi uslubiy Kengash tomonidan ruxsat berilgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasida yakka mualliflikda chop etgan uslubiy qo‘llanmalari hisobga olinadi. Bunda “Oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi” malaka toifasini olish uchun kamida 1 ta uslubiy qo‘llanma chop etilgan bo‘lishi lozim.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2020-y., 09/20/118/0249-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)