Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2021 21.02.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2707-4
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining Qarori, 21.02.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2707-4
Date of entry into force
21.02.2020
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2707-4]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 21-sentabrdagi 21/12-sonli “Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3283, 29.10.2020-y.) asosan 2021-yil 30-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/16-son qarori (roʻyxat raqami 2707, 2015-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 31-son, 420-modda) bilan tasdiqlangan Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 16-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1/6-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 16-yanvardagi 1/6-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 4-bandning ikkinchi xatboshisi “kreditlar,” degan soʻzdan keyin “banklararo depozitlar,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Bankning bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga toʻgʻri keluvchi taʼminlanmagan kredit (eʼtimodli kredit), shuningdek faktoring xizmatlari uchun tavakkalchilikning eng yuqori miqdori bank birinchi darajali kapitalining 5 foizidan oshmasligi zarur, bundan banklararo kredit (depozit)lar mustasno boʻlib, ushbu operatsiyalar mazkur Nizomning 5-bandi talabiga muvofiq amalga oshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Mazkur Nizomning 5 — 7-bandlarida koʻzda tutilgan cheklovlar quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor qiymati kreditlarning 125 foizini qoplay oladigan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bankining qimmatli qogʻozlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati yoki boshqa majburiyatlari bilan taʼminlangan kreditlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlar kredit beruvchi bankdagi depozitlar bilan taʼminlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki, Yevropa Kengashining taraqqiyot banki bilan yuzaga keladigan tavakkalchiliklar, shuningdek bank aktivlari va/yoki balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlari ushbu tashkilotlar tomonidan kafolatlanganda.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 10/20/2707-4/0201-son)