18.02.2020 yildagi PQ-4606-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 18.02.2020 yildagi PQ-4606-son
Date of entry into force
19.02.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy sogʻliqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, hududlar aholisi uchun ixtisoslashtirilgan tibbiyot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirish, xususiy tibbiyot tashkilotlarining investitsiyaviy faolligini yaxshilash, ularni zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar va butlovchi qismlar bilan jihozlash, shuningdek, tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Asaka” ATB orqali 28 million AQSH dollari miqdorida maqsadli imtiyozli resurslar ajratilishi natijasida respublikaning barcha hududlarida xususiy tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash boʻyicha 286 ta loyiha amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) “Asaka” ATBga xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun 50 million AQSH dollari miqdorida Jamgʻarma kredit liniyasini taqdim etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, Jamgʻarmaning kredit liniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4290-son qaroriga muvofiq ajratilgan, tanlanmagan mablagʻlar qismi hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 yilgacha muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr, “Asaka” ATB marjasini hisobga olmasdan yillik 5 foiz stavka bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalar qiymatining koʻpi bilan 60 foizini moliyalashtirish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pullik tibbiyot xizmatlariga boʻlgan talab boʻyicha tahlillarni va xususiy tibbiyot tashkilotida xarid qilinayotgan uskunalarda xizmat koʻrsata oladigan malakali xodimlarning mavjudligini hisobga olgan holda ilovaga muvofiq hududlarda yangi import tibbiyot uskunalari (kosmetologiyaga oidlari bundan mustasno) va ularga butlovchi qismlarni xarid qilish uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Asaka” ATB bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar xalqaro moliya institutlari bilan xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun 100 million AQSH dollari miqdorida uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilishni koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4290-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisidagi “200” raqami “150” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qaror ijrosi ustidan nazorat qilishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov — mazkur qarorning samarali amalga oshirilishi, uning qoidalari oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha masʼul vazirliklar, idoralar va “Asaka” ATB rahbarlarining hisobotlari muntazam eshitib borilishi, zarur hollarda mazkur sohani yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S.U. Umurzakov, Sh.A. Vafayev) — mazkur qarorga muvofiq xususiy tibbiyot tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Jamgʻarmaning kredit liniyalari oʻz vaqtida ajratilishi, sogʻliqni saqlashning xususiy sektorini yanada rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari jalb etilishi boʻyicha choralarni koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov — sifatli xususiy sogʻliqni saqlash tizimini, ayniqsa hududlarda yanada kengaytirish, ushbu sohada mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha zarur choralarni (takliflarni) koʻrsin (kiritsin).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 18-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4606-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4606-son qaroriga

ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashni moliyalashtirishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PROGNOZ PARAMETRLARI*
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

mln doll.

T/r

Hududlar

Summasi

JAMI:

50

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

3

2.

Andijon viloyati

5

3.

Buxoro viloyati

3,1

4.

Jizzax viloyati

2,2

5.

Qashqadaryo viloyati

5,2

6.

Navoiy viloyati

1,6

7.

Namangan viloyati

4,5

8.

Samarqand viloyati

6,2

9.

Surxondaryo viloyati

4,2

10.

Sirdaryo viloyati

1,4

11.

Toshkent viloyati

4,6

12.

Fargʻona viloyati

6

13.

Xorazm viloyati

3

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* “Asaka” ATBga Jamgʻarma bilan kelishilgan holda kredit liniyasi mablagʻlarining amalda oʻzlashtirilishi va hududlarda moliyalashtirish uchun tayyor loyihalarning mavjudligidan kelib chiqib Prognoz parametrlariga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 07/20/4606/0176-son)