Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1993 06.07.1992 yildagi 312-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.07.1992 yildagi 312-son
Date of entry into force
06.07.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1993
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING “ISTEʼMOL TOVARLARINI KUPONLAR BOʻYIChA SOTISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA” 1992-YIL 30-MARTDAGI 15Z-SON QARORIGA QISMAN OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 22-dekabrdagi 584-son “1993-yilda Oʻzbekiston Respublikasida isteʼmol bozorini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki isteʼmol bozorini himoya qilishni kuchaytirish, respublika aholisini tovarlar bilan barqaror taʼminlash maqsadida hamda mehnatkashlarning istaklarini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol tovarlarini kuponlar boʻyicha sotish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1992-yil 30-martdagi 153-son qarori 2, 5, 6, 7, 8, 9, 11-bandlari 1992-yil iyul — sentyabr oylarida ham amal qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Fuqarolarda ishlatilmagan kuponlar mavjudligini tekshirish natijalarini, aholi daromadlarining oʻsishini hisobga olib hamda kuponlar boʻyicha sotiladigan tovarlar miqdori bilan ularni boshqarib borish maqsadida qayd qilingan daromadlar boʻyicha kuponlar berish miqdorini belgilashning yangi tabaqalashtirilgan shkalasi 1992-yil 1-iyuldan boshlab ilovaga muvofiq belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar, tashkilotlar va barcha mulkchilik shakllaridagi xoʻjaliklar shu yilning 8-iyuligacha tegishli bank muassasalariga ish haqi, pensiyalar va stipendiyalar oshishini hisobga olib, yangi shkalaga muvofiq zarur kuponlar miqdoriga buyurtmalar bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududida joylashgan barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xoʻjaliklar shu yilning 10-iyuligacha xodimlarga, pensionerlarga, talabalarga va fuqarolarning boshqa toifalariga 1992-yil iyul oyi uchun kuponlar berishni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tovarlarni kuponli kartochkalar boʻyicha sotish, ularni berish, saqlash, hisobga olish, inkassatsiya qilish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik Nizomga(1-ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ichki isteʼmol bozorini himoya qila borish maqsadida kuponli kartochkalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida 1992-yilning iyul — sentyabr oylarida oʻz kuchini saqlab qoladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Yilning I va II choraklarida ajratilgan kuponlar shu yilning 1-oktabrigacha haqiqiydir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ishsizlik boʻyicha nafaqa oluvchi vaqtincha ishlamaydigan aholiga kuponlar nafaqa olish joyida shkalada belgilangan miqdorda beriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 153-son qarorining 1, 3, 4, 10-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash uchun bank muassasalari tasarrufidagi savdo va nazorat tashkilotlari xodimlaridan iborat komissiyalar tuzsinlar. Kuponlar boʻyicha tovarlar sotishning belgilangan tartibiga rioya qilish boʻyicha tekshirish natijalarini har haftada koʻrib borsinlar va qatʼiy choralar koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 6-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
312-son

Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-iyuldagi 312-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd qilingan daromadlar yuzasidan 1992-yilning iyul—sentyabr oylari uchun kuponlar berish miqdorini belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ShKALASI

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va boshqa qayd qilingan daromadlarning miqdori (soliqlarsiz va boshqa ushlab qolishlarsiz) (soʻm)‎

Kuponlar berish miqdori‎
1000 soʻmgacha‎ 500
1001 dan 2000 soʻmgacha‎ 500 soʻm + 1000 soʻmdan oshgan summaning 5 foizi‎‎
2001 soʻm va undan yuqori‎ 550 soʻm + 2000 soʻmdan oshgan summaning 3 foizi‎