28.01.2020 yildagi PQ-4575-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.01.2020 yildagi PQ-4575-son
Date of entry into force
29.01.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi doirasida 2020-yilda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) “oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish” yoʻnalishida 2020-yil 1-oktabrdan boshlab aholini don mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash va narxlar keskin oʻzgarishining oldini olish maqsadida intervension xaridlar tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil hosilidan boshlab don uchun davlat buyurtmasi hajmlarini bosqichma-bosqich kamaytirish, shu jumladan boshoqli don xarid qilish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor mexanizmlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun davlat buyurtmasi tizimidan davlat zaxirasidan foydalanishga oʻtish boʻyicha mexanizmni ishlab chiqish nazarda tutiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) “qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish” yoʻnalishida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar 2021-yil hosilidan boshlab bozor konyunkturasi tahlili va agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish xarajatlarning prognoz hisob-kitobi asosida paxta-toʻqimachilik klasterlari uchun fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan paxta xomashyosini yetkazib berish boʻyicha shartnomalarning shartlarini aniqlashda minimal narxlarni belgilash yoʻli bilan paxta xomashyosi narxlarini shakllantirish, xarid qilish va sotishning bozor tamoyillariga oʻtishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) “sohada davlat ishtirokini kamaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish” yoʻnalishida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2020-yil 1-martdan paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishda band boʻlmagan maydonlarda tuproq-iqlim sharoitlari va bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda tumanlarni bosqichma-bosqich ixtisoslashtirish tizimi joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi uch oy muddatda kreditlash va sugʻurtalash mexanizmini qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻining strategik ustuvor yoʻnalishlari hamda ehtiyojlariga mos ravishda takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit taqdim qilishda “omborxona guvohnomalari”, boshqa moliyaviy vositalar va yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqidan garov taʼminoti sifatida foydalanilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligida xatarlarni sugʻurtalashning yangi turlari joriy etilishi nazarda tutilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020-yil 1-aprelga qadar boshoqli don va paxtani qayta ishlash, resurs taʼminoti va xizmat koʻrsatish sohalaridagi davlat ulushi mavjud korxonalarni xususiylashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning 4-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) “boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish” yoʻnalishida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning vakolat va faoliyat yoʻnalishlari funksional baholash mezonlari asosida qayta koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2020-yil 1-mayga qadar yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning boshqaruv tizimini funksional baholash asosida sohada davlat boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha choralarni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat rolini davlat buyurtmasini berish, ekinlarni joylashtirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni nazorat qilish tizimidan fermer va dehqon xoʻjaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash va sifatini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish va xususiy sektor tomonidan koʻrsatilmaydigan boshqa maqsadlar uchun zarur boʻlgan davlat xizmatlarini koʻrsatishga yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalangan holda davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha xususiy sektor bilan hamkorlikni kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vertikal va gorizontal boshqaruv tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha kasbiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish nazarda tutilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) “fermer xoʻjaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qoʻshilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlash” yoʻnalishida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar boʻyicha takliflar kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2020-yil 1-martga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini qayta koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2020-yil 1-iyulga qadar agrosanoat majmuini oʻrta muddatli dasturiy moliyalashtirish tamoyillariga oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda agrosanoat majmuiga kiruvchi vazirliklar va idoralar budjetlarini kompleks koʻrib chiqish mexanizmini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish, irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va resurs tejamkor texnologiyalarni qoʻllash orqali irrigatsiya sohasi xarajatlarini kamaytirish hisobiga ilmiy-tadqiqot ishlariga xarajatlarni koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrosanoat majmuida xarajatlarni diversifikatsiya qilish nazarda tutilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) “ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish” yoʻnalishida 2020-yil 1-martdan boshlab agrosanoat majmuiga kiruvchi ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tajriba muassasalarining bino va inshootlarini saqlash, xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirish shartlariga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkaziladigan agrosanoat majmui tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agrosanoat majmui tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) “tarmoq statistikasining shaffof mexanizmini yaratish” yoʻnalishida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sektorni keng jalb qilish imkoniyatlarini inobatga olgan holda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimida Agrosanoat kompleksida yagona axborot dasturi (keyingi oʻrinlarda — Yagona dastur) yuritilishi uchun masʼul tashkilot tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrosanoat majmuiga tegishli barcha vazirlik va idoralarni hamda ushbu majmuada faoliyat olib borayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni Yagona dasturda ishlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrosanoat majmuiga tegishli barcha vazirlik va idoralar axborot tizimlarining Yagona dastur bilan integratsiyasini taʼminlash nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2020 — 2022-yillarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi birlashmalarini mahsulotlarning sifatini tahlil va nazorat qilish boʻyicha xalqaro standartlarga javob beruvchi zamonaviy laboratoriyalar bilan jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi birlashmalarini malakali menejer, marketolog, agronom, iqtisodchi va boshqa kerakli mutaxassislar bilan taʼminlash uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlar mablagʻlarini jalb etishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning mablagʻlari jalb etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov — mazkur qaror ijrosini sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirish, masʼul vazirlik, idora, tashkilotlar va hokimliklarning faoliyatini samarali tashkil qilish hamda muvofiqlashtirish, har oyda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev — Dasturni amalga oshirish boʻyicha barcha zaruriy choralar koʻrilishini taʼminlasin, mazkur qarorni oʻz vaqtida amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga har tomonlama uslubiy va amaliy koʻmak bersin hamda har oy Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashga uning bajarilishi boʻyicha batafsil maʼlumot kiritib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzoqov — Dasturni 2020-yilda amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, jumladan salohiyatli xorijiy investorlarning mablagʻlari jalb etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sh.J. Teshayev — boshoqli donning davlat xaridlarini bosqichma-bosqich bekor qilish hamda paxta xomashyosi narxlarini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy etish boʻyicha ishlarni tayyorlashni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S.S. Xodjayev — qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻini kreditlash va sugʻurtalash mexanizmlarini takomillashtirish hamda agrosanoat majmuini moliyalashtirishni oʻrta muddatli dasturiy moliyalashtirish tamoyillariga oʻtkazish boʻyicha kompleks choralar ishlab chiqish tadbirlarini amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
B.M. Xoliqov — agrosanoat majmui tarkibiga kiruvchi, jumladan bazaviy budjet moliyalashtirishiga oʻtkazilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari ishini sifatli tashkil etish, amalga oshirilayotgan ilmiy-texnik dasturlar va tadqiqotlar natijalarini qishloq xoʻjaligida amaliy qoʻllashni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari — jismoniy va yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini shaffof va ochiq tanlovlar oʻtkazish orqali ajratish boʻyicha joriy etilayotgan tartibga soʻzsiz rioya qilish, boshoqli donning davlat xaridlaridan bosqichma-bosqich voz kechish boʻyicha tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 28-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4575-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chora-tadbirlar dasturi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash

1.

Oziq-ovqat va mahsulot xavfsizligi tizimini xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish maqsadida vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlash vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuklash, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini institutsional baholash, vazirlik va idoralarning ushbu sohadagi oʻz vakolatlarini amalga oshirishini taʼminlash mexanizmlarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
30-may

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

2.

Gʻallaga davlat buyurtmasi hajmlarini bosqichma-bosqich kamaytirishni nazarda tutuvchi boshoqli don ichki bozorida intervension xaridlar tizimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini oziq-ovqat bilan taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini ijtimoiy obyektlar bilan integratsiyalash.

Kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil
1-dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Xalqaro darajada tan olingan metodologiyalar va ilgʻor tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish hamda doimiy monitoringini olib borish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
30-dekabr va

keyinchalik doimiy ravishda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish

5.

Qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanishni, fermer xoʻjaliklarining daromadini oshirishga qaratilgan shaffof bozor mexanizmlari asosida klasterlar va fermerlar oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni takomillashtirishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni aniqlash maqsadida paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini baholash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ

6.

Xalqaro bozorlarda tan olingan sifat va muvofiqlik standartlarini (Global G.A.P, Organic, HACCP va boshqalar) joriy etishga koʻmaklashuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-mart, keyinchalik doimiy ravishda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi,

“Oʻzstandart” agentligi

7.

Eksport bozorlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish, eksportga tayyorgarlik, savdo rejimi va savdoni moliyalashtirish boʻyicha maslahat xizmatlarini rivojlantirish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil
1-mart, keyinchalik doimiy ravishda

Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

8.

Hayvonlar sogʻligʻini saqlash va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni nazorat qilishning milliy tizimini Butunjahon hayvonlar sogʻligʻini saqlash tashkiloti (XEB) standartlariga moslashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
30-may

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi

9.

Yetakchi agrokorxonalar bilan munosabatlarning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy qilish.

Bunda:

yangi maqsadli eksport bozorlarida muzokaralar oʻtkazish
va savdo kelishuvlarini amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;

mahalliy va maqsadli xalqaro bozorlarda qishloq xoʻjaligi
va oziq-ovqat mahsulotlari marketingi va tashish xarajatlarini kamaytirish;

mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini maqsadli eksport bozorlariga chiqarish uchun “Made in Uzbekistan” brendidan keng foydalanish imkoniyatlarini baholash;

milliy sifat tizimini takomillashtirish boʻyicha batafsil reja ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
1-iyun, keyinchalik doimiy ravishda

Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi

10.

Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlarni takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-iyul

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

11.

Milliy karantin va oʻsimliklarni himoya qilish tizimini Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralarini qoʻllash boʻyicha kelishuvi talablariga moslashtirish choralarini koʻrish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-iyul

Vazirlar Ma?kamasi, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

12.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish, yangi oʻsimlik turlarini saqlash maqsadida Milliy gen bankini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

13.

Xalqaro ilgʻor tajribalar asosida qishloq xoʻjaligida qoʻshilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun Innovatsion taʼlim markazini tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
1-sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va sifatini nazorat qilish tizimini modernizatsiyalash.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil

1-noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
“Oʻzstandart” agentligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi

15.

Oʻsimlik navlari mualliflarining huquqlarini (shu jumladan, patent sinovlarini) muhofaza qilish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil

1-noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi

III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish

16.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish. Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini qayta koʻrib chiqish;

strategik ahamiyatga ega boʻlgan ayrim qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ajratilayotgan tijorat kreditlarining foiz stavkalarini subsidiyalash;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-mart

Moliya vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Markaziy bank,

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Oʻzbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasining qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosi boʻyicha faoliyatini kengaytirish.

Bunda, qoʻshimcha mexanizmlar va moliyaviy vositalarni joriy etish hamda bozor ishtirokchilariga teng imkoniyatlar yaratish orqali hamkorlikning shaffof mexanizmini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-may

Respublika tovar-xomashyo birjasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi

IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish

18.

Yerlarning meliorativ holati va shoʻrlanish darajasini monitoring qilish boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil
1-mart

Suv xoʻjaligi vazirligi,

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

19.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni hisobga olishning kadastr tizimini takomillashtirish hamda yerdan foydalanish
va mulk huquqlarining hisobini yuritish uchun koʻchmas mulkka egalik huquqini hisobga olish tizimi bilan yagona axborotlashtirilgan tizimga ulanishini taʼminlash.

Kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil
1-aprel

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

20.

Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish:

yerdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan yer uchastkalari ijarasi shartnomasini bekor qilish shartlarini qayta koʻrib chiqib, soddalashtirilgan va shaffof mexanizmga mos talablarni ishlab chiqish;

yerdan foydalanish huquqini himoya qilish mexanizmini takomillashtirish;

dehqon xoʻjaliklari faoliyatini kengaytirishni ragʻbatlantirish maqsadida ularga yer uchastkalarini imtiyozli shartlarda ajratish;

istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun dehqon xoʻjaliklariga qoʻshimcha yer uchastkalaridan foydalanish huquqini berish;

yer uchastkalariga tutash hududdagi yerdan foydalanuvchilarga mazkur yer uchastkasiga ijara huquqini olishni dastlabki rad etish huquqini kiritish;

qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning kadastr bahosini aniqlash tizimini qayta koʻrib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-dekabr

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa
yer egalari kengashi

21.

Maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyotni (GAEP) ishlab chiqish va joriy etish.

Bunda:

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan moʻljallangan maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyot (GAEP) tamoyillariga rioya etish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish;

qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyot (GAEP), shuningdek, agrar tadbirkorlik uchun maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)
va boshqa sifat standartlarini joriy etish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-dekabr

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa
yer egalari kengashi,

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi

22.

Qishloq xoʻjaligida ekologiya va iqlim uchun xavfsiz amaliyotni targʻib qilish.

Bunda:

iqlim oʻzgarishiga mos ekinlar navlarini, permakultura va agrooʻrmonchilik yondashuvlarini, ekologik standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish;

pestitsidlar qoʻllashni nazorat qilish;

zararkunandalarga qarshi kompleks kurashish;

qishloq xoʻjaligi chiqindilarini boshqarish boʻyicha targʻibot ishlari nazarda tutiladi.

Kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil
30-dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa
yer egalari kengashi

23.

Iqlim oʻzgarishi taʼsirini oldini olish boʻyicha harakatlar milliy rejasini qabul qilish.

Bunda qishloq xoʻjaligida iqlim oʻzgarishiga moslashish va parnik gazlarini kamaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
30-dekabr

Gidrometeorologiya xizmati markazi,
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

24.

Tuproqni tahlil qilishning mobil laboratoriyalari faoliyatini kengaytirish orqali tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda oʻgʻitdan foydalanishning samarali amaliyotini joriy etish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish choralarini koʻrish.

Kompleks
chora-tadbirlar

Doimiy
ravishda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi

V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish

25.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini funksional baholash, uning natijalariga koʻra vazirlik faoliyatining yangi vakolat va faoliyat yoʻnalishlarini aniqlash maqsadida tashkiliy tuzilmasi va hududiy boʻlinmalarining funksiyalari qayta koʻrib chiqiladi.

Bunda:

vertikal va gorizontal boshqaruv tizimini takomillashtirish;

davlat xizmatlarining rolini bosqichma-bosqich kamaytirish
va xususiy sektorga berish;

kadrlar salohiyati kompetensiyasini oshirish boʻyicha kasbiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil
1-may

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

26.

Boshoqli donni va paxtani qayta ishlash sohalarida, resurs taʼminoti va qishloq xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi, davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalarni xususiylashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-aprel

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Qishloq ?oʻjaligi vazirligi

VI. Tarmoqni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish

27.

Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan sugʻoriladigan maydonlarda yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligiga qarab, davlat xaridi uchun yetkazib berilgan don xarid narxiga belgilanadigan ustama yoki chegirma qoʻllanilishi tizimini bekor qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

28.

Ilmiy-tadqiqot, ilmiy-texnologik va konstruktorlik faoliyati hamda axborot va maslahat xizmatlari uchun ajratilayotgan mablagʻlar hajmini oshirishni nazarda tutgan holda, qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish uchun xarajatlar taqsimoti tamoyillarini qayta koʻrib chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil
1-iyun

Moliya vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi

29.

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻi bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatilayotgan xizmatlarni bosqichma-bosqich xususiy sektorga berish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil
1-dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyati kengaytirilgunga qadar, 2020-yil paxta xomashyosi va boshoqli don hosili yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit foizini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi 50 foizi miqdorida (shundan 2,0 foiz bank marjasini tashkil etadi) belgilash.

Amaliy
chora-tadbirlar

2020-yil
1-mart

Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi

VII. Qishloq xoʻjaligida ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish

31.

Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining oʻquv jarayonini tashkil etish va ilmiy- tadqiqotlar hamda tajriba-sinov ishlarini olib borish uchun import qilinadigan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan materiallar, texnika, transport vositalari, agregatlar, moslamalar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, uchuvchisiz uchish apparatlarini (raqamlashtirish sohasida kadrlarni samarali tayyorlash maqsadida) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan roʻyxat boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari, qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari) ozod qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil

1-aprel

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

32.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimi va uning oliy taʼlim muassasalariga oʻtkazilgan faoliyati maqbullashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi kasb-hunar kollejlariga xalqaro moliyaviy institutlarning mablagʻlari hisobidan keltirilgan laboratoriya jihozlari, mini sexlar, qishloq xoʻjaligi texnikalarini, oʻquv adabiyotlarini oʻrnatilgan tartibda begʻaraz oʻtkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil
1-mart

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi

33.

Agrosanoat majmui yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari tizimi va, umuman, ilm-fan sohasini tubdan isloh qilish.

Bunda:

tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalarini maqbullashtirish va aktivlarini xususiylashtirish maqsadida ularning faoliyat samaradorligini mustaqil baholashdan oʻtkazish;

qishloq xoʻjaligi tadqiqotlarining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish maqsadida Qishloq xoʻjaligidagi tadqiqotlar boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish;

qishloq xoʻjaligini yuritish va atrof muhitni muhofaza qilishning ilgʻor usullari va texnologiyalarini joriy etishga moʻljallangan maqsadli tadqiqotlarni amalga oshirish;

ilmiy tadqiqotlarni mahalliy va xalqaro tashkilotlar ishtirokida olib borishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini tajriba tariqasida joriy etish boʻyicha tajriba loyihalarining texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqish va samaradorligini baholash;

faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari asosida tadqiqotchilarni baholash va ragʻbatlantirish tizimini joriy etish;

moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, shu jumladan, xususiy sektor tomonidan moliyaviy resurslarni jalb etish uchun normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish;

xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan birgalikda tadqiqot dasturlarini amalga oshirishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish;

bilimlar va amaliy koʻnikmalar darajasini oshirishga qaratilgan grant mablagʻlarining maqsadli jalb etilishini taʼminlash, sohaviy vazirliklar bilan kelishilgan holda xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy tashkilotlar ishtirokida qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar doirasida tajriba almashish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil

1-oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi

34.

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik, zamonaviy issiqxonalarda meva-sabzavot ekinlarini yetishtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi oliy taʼlim muassasalarida Toshkent davlat agrar universitetining ixtisoslashgan kafedralari filiallarini tashkil etish.

Bunda:

Toshkent davlat agrar universitetining “Mevachilik-uzumchilik”, “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik”, “Issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va yuritish” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashgan kafedralari filiallari tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasalarida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab bakalavrlar tayyorlash uchun hamda tegishli magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul kvotalari ajratish;

ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashni jadallashtirish maqsadida 2020-yildan “Mevachilik va uzumchilik”, “Sabzavotchilik” hamda “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” ixtisosliklari boʻyicha istisno tariqasida tayanch doktoranturaga qoʻshimcha maqsadli qabul kvotalarini ajratish nazarda tutiladi.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil
1-mart

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

35.

Axborot va maslahat xizmatlari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi markazni tashkil etish.

Bunda:

maslahatchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va sertifikatlashtirish tartibini joriy etish;

maslahat xizmatlarini rivojlantirish va, xususan, davlat-xususiy sheriklik shartlaridagi moliyalashtirish manbalari, shuningdek, xalqaro donorlar mablagʻini jalb etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmini ishlab chiqish;

maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyoti (GAEP) hamda iqlim oʻzgarishi taʼsirini yumshatish va unga moslashish choralarini keng joriy etishga koʻmaklashish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil

30-oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa
yer egalari kengashi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi

36.

Donor tashkilotlarining texnik koʻmagida qishloq xoʻjaligi taʼlimi va kadrlarni kasbiy tayyorlash tizimini isloh qilish.

Bunda:

qishloq xoʻjaligi oʻquv muassasalarining salohiyatini baholash;

zamonaviy kasbiy tayyorgarlik kurslari, oʻquv rejalari va qayta tayyorlash dasturlarini joriy etish, professor-oʻqituvchilar tarkibining almashinuvi;

tarmoq vazirlik va idoralarda malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

davlat-xususiy sheriklik shartlarida qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oʻquv yurtlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish;

ingliz tilida soʻzlasha oladigan va xalqaro konferensiyalarda, stajirovkalarda qatnashish hamda xalqaro taʼlim muassasalarida dars berish tajribasiga ega boʻlgan xodimlarni jalb qilish orqali qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oʻquv yurtlarining salohiyatini oshirish;

agrobiznes ehtiyojlari va xalqaro tajribani hisobga olgan holda davlat oliy taʼlim muassasalari sonini hamda taʼlim
va ixtisoslik yoʻnalishlarini maqbullashtirish;

yetakchi xorijiy oʻquv yurtlari va ilmiy markazlar hamda xalqaro sheriklar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-dekabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

37.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Toshkent davlat agrar universitetiga oʻtkazilgan kasb-hunar kollejlari negizida oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan oʻrta maxsus professional taʼlim texnikumlarini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

ToshDAU

VIII. Tarmoq statistikasining shaffof tizimini yaratish

38.

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga koʻmaklashish uchun yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar toʻgʻrisida maʼlumot va axborotlar katalogini chop etish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil
1-martdan,
har yili

Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

39.

Asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy koʻrsatkichlari (xarajat, daromad, foyda, rentabellik) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, taqqoslash va chop etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil
1-may

Davlat statistika qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi

40.

“Aqlli qishloq xoʻjaligi”ni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil

1-iyul

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi

41.

Mahsulot yetishtirish samaradorligi, tarmoqlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, mehnat qonunchiligi, soliqqa tortish, kreditlash va boshqa zarur maʼlumotlarni qamrab olgan fermer xoʻjaligini yuritish maʼlumotnomasini (spravochnik) chop etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
30-avgust, keyinchalik har ikki yilda bir marta

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa
yer egalari kengashi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

42.

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasini rivojlantirish rejasini qabul qilish. Bunda:

sohada qoʻllanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli xizmatlar va maʼlumotlar bazalarini baholash;

moddiy-texnik bazani modernizatsiyalash hamda maʼlumotlar yigʻish va tahlil qilishni bosqichma-bosqich raqamlashtirish;

sohada davlatlararo maʼlumotlar almashishida ishtirok etish nazarda tutiladi.

Kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil
1-sentabr

Davlat statistika qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi

43.

Sohada amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda davlat siyosatining rejalashtirilayotgan tadbirlarini oʻz ichiga olgan qishloq xoʻjaligining yillik hisobotini (Annual agriculture report) chop etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil
30-dekabr, keyinchalik har yili

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkaziladigan agrosanoat majmui tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ilmiy-tadqiqot muassasalarining nomi

2020-yilda

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi byicha

1.

Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

2.

Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

3.

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti

4.

Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti

5.

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti

2021-yilda

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi byicha

1.

Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti

2.

Oʻsimlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti

3.

Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti

(Qashqadaryo filiali bilan)

4.

Akademik M.Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

5.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi boʻyicha

1.

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti

Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi boʻyicha

1.

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

2.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

3.

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi boʻyicha

1.

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2020-y., 07/20/4575/0086-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)