24.12.2019 yildagi 25-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 24.12.2019 yildagi 25-son
Date of entry into force
24.12.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qo‘llash to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 47-bobi normalarini qo‘llashda masalalar vujudga kelayotganligi, shuningdek, ushbu masala bo‘yicha qonunchilikni to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarga tushuntirilsinki, birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ushbu qarorni qabul qilgan sud tomonidan qayta ko‘rilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FPK 47-bobi qoidalaridan kelib chiqib, ish mazmunan hal etilmagan birinchi instansiya sudining boshqa hujjatlari (masalan, arizani qabul qilishni rad etish yoki da’vo arizasini qaytarish to‘g‘risidagi, arizani ko‘rmasdan qoldirish yoki ishni ish yuritishdan tugatish to‘g‘risidagi, protsessual muddatni tiklash yoki tiklashni rad etish to‘g‘risidagi, sudning hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ajrimlar, xususiy ajrim) yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudlari o‘zlari tomonidan chiqarilgan ajrimlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ular tomonidan quyi instansiyaning sud hujjati o‘zgartirilgan yoxud yangi hal qiluv qarori qabul qilingan bo‘lsa, qayta ko‘rishga haqli (FPK 438-moddasi).
(1-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishda ishtirok etgan shaxslar qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni (bundan buyon matnda sud hujjatini deb yuritiladi) yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FPK 47-moddasiga muvofiq huquqiy vorislik fuqarolik sud ishini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligi sababli, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilish huquqiga ishda ishtirok etgan shaxslarning protsessual huquqiy vorislari ham ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risida ariza berish huquqiga ega bo‘lmaydi. Agar qonuniy kuchga kirgan sud hujjati ushbu shaxslarning huquqlari va majburiyatlariga daxl qilsa, ular sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini yuqori instansiya sudi tomonidan tekshirish to‘g‘risida shikoyat bilan murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza sudga yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida beriladi, uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilingan holda imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi (nomi), ularning yashash joyi (joylashgan yeri) va pochta manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) arizachi yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) arizachining fikriga ko‘ra, sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘layotgan yangi ochilgan holatga ko‘rsatma, ularni tasdiqlovchi hujjatlar yoki ushbu holatni tasdiqlovchi boshqa dalillar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) ariza berayotgan shaxsning talabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudga qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani berishda davlat boji to‘lanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, FPK 439-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan uch oylik muddatning o‘tkazib yuborilishi, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini FPK 47-bobi tartibida qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qaytarish uchun yoxud uni qabul qilishni rad qilish uchun o‘z-o‘zidan asos bo‘la olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur muddatga rioya qilinganligi haqidagi masala sud tomonidan ariza bilan murojaat qilgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha, sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘lib hisoblanadigan holatlar ochilgan kundan olti oydan kechiktirmasdan berilgan bo‘lsagina, sud majlisida muhokama qilinishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, sudga murojaat qilish muddatining uzrsiz sabablarga ko‘ra, o‘tkazib yuborilishi, ko‘rsatilgan arizani qanoatlantirishni rad qilish uchun mustaqil asos hisoblanadi va sudning ajrimida asoslantirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudga murojaat qilish muddatini tiklash to‘g‘risidagi masalani hal etishda nafaqat uni o‘tkazib yuborilganining uzrliligi, balki arizachi yangi ochilgan holatlar mavjudligi haqida bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgandan keyin sud hujjatini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza o‘z vaqtida berilgan yoki berilmaganligi ham inobatga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish muddatini hisoblashda, FPK 440-moddasiga asoslanish, ariza berish uchun muddat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — ish uchun jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar ochilgan kundan e’tiboran;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — qayta ko‘rilayotgan hal qiluv qaroriga, ajrimga yoki qarorga asos bo‘lgan hukmga, hal qiluv qaroriga, ajrimga yoxud qarorga mazmunan qarama-qarshi bo‘lgan sud hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi, qarori yoxud boshqa organning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran hisoblanishi inobatga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizaning ko‘rilishi FPK 47-bobi qoidalari inobatga olingan holda, tegishli sud instansiyasida ish yuritish qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud arizani qabul qilgandan so‘ng sud majlisining vaqti va joyini belgilaydi hamda bu haqda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi uni o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FPK 442-moddasiga muvofiq sud qayd etilgan arizani sud majlisida ko‘radi, ish bo‘yicha yangi ochilgan holatlar mavjudligini tasdiqlash uchun taqdim etilgan dalillarni tekshiradi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini tinglaydi, sud majlisi bayonnomasida yoritilishi lozim bo‘lgan boshqa zarur protsessual harakatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza, u sudning tegishli instansiyasiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda ko‘riladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. FPK 437-moddasining ikkinchi qismida mavjud bo‘lgan, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslarining ro‘yxati tugal hisoblanadi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qonun normasidan kelib chiqib, yangi ochilgan holatlar, ular ishni to‘g‘ri hal etish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hollardagina sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ish ko‘rilayotgan paytda obyektiv o‘ringa ega bo‘lgan va qabul qilingan sud hujjatining mazmuniga ta’sir ko‘rsatadigan, ushbu hujjat chiqarilayotganda arizachi, shuningdek, sud bilmagan va bilishi mumkin bo‘lmagan ishga taalluqli faktik holatlar, FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan yangi ochilgan holatlar hisoblanadi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, arizachi tomonidan ish bo‘yicha taqdim etilgan yangi dalillar sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asos bo‘la olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan, guvohning bila turib bergan yolg‘on ko‘rsatuvi, ekspertning bila turib bergan yolg‘on xulosasi, atayin noto‘g‘ri qilingan tarjima, qalbaki hujjatlar yoki dalillar, agar ular qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz qaror chiqarilishiga olib kelgan bo‘lsa, sud hujjatini qayta ko‘rishga asos bo‘ladi (FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi).
(10-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ularning vakillarining sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoyatlari, sudyalarning ishni ko‘rish va hal etishda sodir etgan jinoyatlari (FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 3-bandi), ushbu holatlar ishning natijasiga ta’sir etgan-etmaganligidan qat’i nazar sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan jinoyat ishini reabilitatsiya asoslarisiz tugatish haqidagi sudning ajrimi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qarori bilan aniqlangan holatlar ham, agar sud ushbu holatlarni ish uchun muhim deb topsa, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asos bo‘la oladi (FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sudlar shuni inobatga olishi zarurki, sud hujjati qabul qilingandan so‘ng vujudga kelgan holatlar ham sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladi (FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 4-bandi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday asoslar bo‘yicha sud hujjatlarini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rishda quyidagilarni inobatga olish zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud hujjatini qabul qilish uchun asos bo‘lgan sud hujjati yoxud boshqa organ qarorining bekor qilinishi sudga murojaat qilish uchun asos bo‘lganda va qayta ko‘rish masalasi qo‘yilgan hollarda, sud hujjati yoxud boshqa organ qarorining bekor qilinganligi ishni ko‘rish natijasiga ta’sir ko‘rsatgan yoki ko‘rsatmaganligini tekshirish zarur;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar sudga murojaat qilishning asosi mazkur ish bo‘yicha noqonuniy yoki asossiz sud hujjatini qabul qilishga olib kelgan bitimning qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarori bilan haqiqiy emas deb topilganligi bo‘lsa, bu holat boshqa ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori xulosa va (yoki) asoslantiruvchi qismida nizoli yoki o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimni haqiqiy emas deb topish yoxud o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimning haqiqiy emaslik oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi xulosa mavjud bo‘lganda, sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘la oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha sud arizani qanoatlantirish haqida ajrim chiqaradi va sud hujjatini bekor qiladi yoxud uni qayta ko‘rishni rad qiladi (FPK 443-moddasi). Ajrim nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizaning qanoatlantirilishi tegishli sud tomonidan FPK bilan ushbu instansiya sudi uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha ishni qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladi (FPK 445-moddasi).
(12-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan qonunda belgilangan muddatlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlari apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalarining ajrimlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan tegishli yuqori instansiya sudiga taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Birinchi instansiya sudining sud hujjatini yangi ochilgan holat bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani rad qilish haqidagi ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (protest) qanoatlantirilganda, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi FPKning 47-bobi tartibida ushbu ajrimni, shuningdek, arizachi tomonidan qayta ko‘rish masalasi qo‘yilgan sud hujjatini, agar ushbu sud hujjatini qayta ko‘rish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, bekor qiladi. Bunday holda ish tegishli instansiya sudiga mazmunan ko‘rish uchun yuboriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agar yuqori instansiya sudi sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim ustidan berilgan shikoyat (protest)ni ko‘rishda ushbu ajrimni asossiz ekanligi haqida xulosaga kelsa, uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va shu bilan birga sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishni rad qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sud hujjatini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim ustidan berilgan shikoyat (protest) ko‘rilayotgan paytda ish bo‘yicha yangi sud hujjati chiqarilgan bo‘lsa, u ham bekor qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Agar yangi ochilgan holatlar bo‘yicha bekor qilingan sud hujjati to‘liq yoki qisman ijro etilgan, ish yangidan ko‘rilganda esa, boshqa hal qiluv qarori qabul qilingan holda, sud FPK 459-moddasiga muvofiq sud hujjatining qaytarma ijrosi masalasini hal etishi shart. Sud hujjatining qaytarma ijrosi masalasi sud tomonidan FPK 461-moddasida nazarda tutilgan, alohida toifadagi ishlar bo‘yicha qaytarma ijroning o‘ziga xos jihatlari hisobga olingan holda hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish yuzasidan sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirishi lozim.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 24-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV