15.07.2019 yildagi PQ-4394-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 15.07.2019 yildagi PQ-4394-son
Date of entry into force
16.07.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bugungi kunda vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning formali kiyim-boshi davlat tuzilmalari vakilining uslub boʻyicha yagona koʻrinishini yaratishga moʻljallangan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari) bir qator boʻlinmalarida ular tomonidan bajariladigan vazifalarning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olinmagan formali kiyim-bosh kiyish tartibi amalda boʻlib, bu holat noqulayliklarga va formali kiyim-boshga nisbatan eʼtiborsiz munosabatda boʻlishga olib kelmoqda.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari xodimlari uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish, shuningdek ularga yuklatilgan xizmat vazifalarining oʻziga xosligini inobatga olib, kiyim-bosh kiyib yurish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2020-yilning 1-yanvariga qadar bosqichma-bosqich tartibda boʻysunuvidagi boʻlinmalarning quyidagi vazifalarni bajarishda harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqini nazarda tutuvchi takliflari rozilik berilsin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tantanali formali kiyim-bosh — rasmiy, bayram, tantanali va xalqaro tadbirlarda, sud majlislarida, ommaviy axborot vositalari bilan uchrashuvlar va intervyularda, shuningdek, oʻquv mashgʻulotlarida;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dala (kamuflyajli) formali kiyim-bosh — oʻquv-amaliy mashgʻulotlar davrida, favqulodda vaziyatlarda, harbiy (alohida) holatda, bojxona organlarida sutkalik navbatchilikni va chegara bojxona postlarida xizmatni oʻtash davrida, shuningdek, maxsus operatsiyalarni oʻtkazish vaqtida faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi va Harbiy prokuraturasining xodimlari (harbiy xizmatchilari) tomonidan;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus (mahkama) formali kiyim-bosh — xizmat vazifalarini bevosita xizmat xonalarida (bino, transport vositasi, harbiy qism, bojxona posti, bojxona koʻrigi oʻtkazish joylari) amalga oshirish vaqtida prokuratura, bojxona va ichki ishlar organlarining xodimlari (harbiy xizmatchilari), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Bojxona qoʻmitasining kinologiya boʻlinmalari xodimlari (harbiy xizmatchilari) tomonidan;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, davlat organlarida kundalik formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi faqatgina quyidagilar uchun saqlanib qoladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kundalik xizmat faoliyatida bevosita aholi bilan ishlaydigan ichki ishlar organlari boʻlinmalari xodimlari (tezkor va tergov boʻlinmalardan tashqari);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari xodimlari (kinologiya xizmatlaridan tashqari);
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyida, sayyor yoki ommaviy qabullarda oʻrganish, sektorlar faoliyatini tashkil etish, nazorat tadbirlarini oʻtkazish, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov va ijro harakatlarini amalga oshirishda prokuratura organlari xodimlari;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlinmalarning sohasidan qatʼi nazar ichki ishlar organlari rahbarlar tarkibi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq organlari xodimlari.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ommaviy va qishloq xoʻjaligi tadbirlarni bevosita oʻtkazish vaqtida jamoat tartibini saqlashni taʼminlash, shuningdek, yoʻl-patrul xizmatining muntazam postlarida xizmatni oʻtash vaqtida maxsus (mahkama) formali kiyim-bosh kiyib yurishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga taʼlim muassasasi hududida har kuni dala (kamuflyajli) formali kiyim-bosh kiyib yurishga ruxsat etiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
formali kiyim-bosh sirasiga kirmaydigan kiyimning garderobi tarkibi va kundalik kiyib yurish tartibi xizmatni oʻtashning oʻziga xosligini, iqlim sharoitlarini hamda davlat xizmatchilarining umumeʼtirof etilgan odob-axloq normalarini inobatga olgan holda davlat organlarining rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda formali kiyim-boshning yangilangan roʻyxatini (garderobi tarkibini), uni kiyib yurish qoidalari, kiyim-kechak taʼminoti meʼyorlari va ulardan foydalanish muddatlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tugilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar davlat organlarining asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, davlat organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 15-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4394-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 07/19/4394/4220-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son; 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)