Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.10.1999 19.06.1992 yildagi 296-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.06.1992 yildagi 296-son
Date of entry into force
19.06.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.10.1999
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI BOSh ARXIV BOShQARMASI (“OʻZBOShARXIV”) TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI VA RESPUBLIKA MARKAZIY DAVLAT ARXIVLARI TARMOGʻINI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-sonli “Arxiv ishi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi (“Oʻzbosharxiv”) toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom va respublika markaziy davlat arxivlari tarmogʻi tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbosharxiv” markaziy apparati hokimlarining cheklangan soni (binolarni qoʻriqlovchi va ularga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni hisobga olmagan holda) 14 kishidan iborat qilib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni va Oʻzbekiston SSR markaziy davlat arxivlari tarmogʻini tasdiqlash haqida” 1980-yil 18-sentabrdagi 635-son qarori hamda Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublikada arxiv ishini boshqarish sxemasi toʻgʻrisida” 1988-yil 31-oktabrdagi 398-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 19-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
296-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 19-iyundagi 296-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NI3OM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi (“Oʻzbosharxiv”) arxiv ishi boʻyicha davlat boshqaruvining respublika organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbosharxiv” Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondining hujjatlarini boshqaradi, respublika arxiv muassasalarining faoliyatiga rahbarlik qiladi va uni muvofiqlashtirib boradi. Unga Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondini — respublika xalqlarining tarixiy oʻtmishi toʻgʻrisidagi hujjatli yodgorliklarni jamiyat va fuqarolarning manfaatlari yoʻlida butlash, saqlash va ulardan foydalanish davlat vazifalari yuklatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbosharxiv” respublikadagi arxiv ishining ahvoli, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbosharxiv” Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishlarini tarmoq va tarmoqlararo boshqaruvni demokratik asoslarda bevosita yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Arxiv boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining arxiv boʻlimlari orqali amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Arxiv boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining arxiv boʻlimlari, shuningdek, ularga qarashli davlat arxivlari va ularning filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining yagona tizimini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbosharxiv” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ aktlarga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbosharxiv” amaldagi qonunchilikning oʻz huquq doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlaydi, arxiv ishi toʻgʻrisidagi qonunlarni takomillashtirish, yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar “Oʻzbosharxiv”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondini hujjatlar bilan butlashni tashkil etish, ularning saqlanishini taʼminlash, davlat tomonidan arxiv hujjatlarining hisobini yuritish va ulardan jamiyat va fuqarolarning axborotlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada arxiv ishini yuritish va rivojlantirishning yagona siyosatini oʻtkazish, yangi xoʻjalik mexanizmi ishlab turgan sharoitlarda arxivlarning iqtisodiy mustaqillik va oʻzini oʻzi boshqarish prinsiplari asosida oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish boʻyicha davlat arxivlarining yuqori samarali va unum bilan ishlashini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxivshunoslik, hujjatlarni yuritish, arxeografiya sohasidagi ilmiy va metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirib borish, ilmiy tadqiqotlar va fan-texnika yutuqlari natijalarini respublika arxiv muassasalari ishiga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoralarga qarashli arxivlar faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish va respublika vazirliklari, idoralari, muassasalari, tashkilotlari va korxonalarining ish yuritishida hujjatlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi sohasidagi vatanimiz va chet el ilgʻor tajribasini yoyish va respublika arxiv ishini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Arxivchilari jamiyati bilan birgalikda respublika arxiv muassasalari xodimlarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzbosharxiv” oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Respublika arxiv ishlarini boshqarish organlarining va davlat arxivlarining quyidagi masalalar boʻyicha birgalikdagi ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondini siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar bilan butlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondi hujjatlarining saqlanishini taʼminlash, arxivlar ishi amaliyotiga hujjatlarni saqlash, taʼmirlash, konservatsiyalash, nusxa olish va muhofaza qilishning oqilona tizimlari va usullarini joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondi hujjatlari davlat hisobini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoralarga qarashli arxivlardan olingan hujjatlarni davlat arxiviga topshirishning belgilangan tartibiga rioya qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvining, muassasalar, jamoat tashkilotlarining axborotlarga boʻlgan ehtiyojlarini, shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy soʻrovlarini qondirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondini eʼlon qilish va undan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya sohasidagi ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish, arxiv ishlari amaliyotiga ilmiy tadqiqotlarning, arxiv ishi va hujjatshunoslik boʻyicha ilmiy-texnikaviy axborotlarning natijalarini joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika arxiv muassasalarini moddiy-texnika jihatidan taʼminlash va jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika arxiv muassasalarida arxiv ishini rivojlantirishni, statistik hisobot va axborotni rejalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika arxiv muassasalari va idoralariga qarashli arxivlar xodimlarining malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat arxivlari jamoalarini ijtimoiy rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi va boshqarmani hujjat bilan taʼminlash sohasidagi vatanimiz va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish va yoyish, arxiv muassasalari ish tajribasiga mehnatni tashkil etish va boshqaruvning ilgʻor shakllarini, xoʻjalik yuritishning yangi shartlarini joriy qilish va respublika arxiv muassasalari xodimlarining ishlab chiqarish faoliyatini ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika davlat arxivlari tarmoqlarini takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Respublika arxiv ishlarini boshqarish organlari bilan birgalikda arxiv ishining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha kompleks dasturlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Respublika davlat arxivlarida aholiga pulli xizmat koʻrsatishni rivojlantirish, arxiv ishi va hujjatlar bilan ishlash sohasida vazirliklar, idoralar, muassasalar, birlashmalar va korxonalar bilan xoʻjalik hisobi asosida shartnomalar boʻyicha ishlarni bajarish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika davlat arxivlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar va xizmatlar uchun preyskurantlarni tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Respublikada arxiv ishini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, yigʻma yillik rejalarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, respublika davlat arxivlari faoliyatining yigʻma statistik hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Hujjatlarni respublika va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan arxiv fondlari tarkibiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalalarni xal qiladi, respublika ahamiyatiga ega boʻlgan fondlarni bir joyga toʻplash boʻyicha, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning bir davlat arxividan hujjatlarni respublikaning boshqa viloyatlari davlat arxiviga berish toʻgʻrisidagi tadbirlarni amalga oshiradi, zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hujjatlarni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligidagi boshqa davlat arxivlaridan Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlariga oʻtkazish (va aksincha) toʻgʻrisida taklif kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Respublika xalqlari tarixiga oid arxiv hujjatlarining aslini yoki nusxalarini aniqlaydi va chet ellardan oladi, chet el arxiv muassasalari bilan birgalikda arxiv hujjatlarining koʻrgazmasini, shuningdek, hujjatlarning nusxalarini va arxivshunoslik adabiyotlarini oʻzaro almashishni tashkil etadi, arxivlarning xalqaro tashkilotlari faoliyatida qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondining markaziy katalogini yuritadi, hujjatlarni, shu jumladan, elektron-hisoblash texnikasini qoʻllanish asosida ilmiy-maʼlumotnoma apparati tizimini rivojlantirishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) Belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondining hujjatlarini, respublika arxiv hujjatlarining tarkibi va saqlanishi haqidagi maʼlumotnoma-axborot adabiyotlarini eʼlon qiladi, oʻzining huquq doirasiga oʻtkazilgan masalalarga oid byulletenlarni, ilmiy-ommabop adabiyotlarni, oʻquv va amaliy qoʻllanmalarni, plakatlarni nashr etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) Oʻz huquqlari doirasida davlat va idoralarga qarashli arxivlar ishlari qoidalarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondi hujjatlari bilan ishlashga oid boshqa normativ aktlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularning respublika davlat hamda idoralarga qarashli arxivlar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va korxonalar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) Respublika markaziy davlat arxivlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi, ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) Oʻz huquqlari doirasida kapital qurilish masalalarini hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) Markaziy apparatning va oʻziga qarashli muassasalarning tuzilishini takomillashtirish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy apparatni va respublika markaziy davlat arxivlarini saqlash uchun respublika budjeti mablagʻlari hisobidan ajratilgan pul bilan taʼminlashni amalga oshiradi va ularning sarflanishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) Markaziy apparat kadrlarini tanlaydi va joy-joyiga qoʻyadi, Oʻzbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari direktorlarini va ularning oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan boʻshatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Arxiv boshqarmasining boshligʻi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari arxiv boʻlimlarining mudirlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tegishli ravishda “Oʻzbosharxiv” bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan boʻshatiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) Tegishli respublika vazirliklari, idoralari va davlat qoʻmitalari bilan birgalikda idoralarga qarashli quyidagi arxivlarning faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondining hujjatlarini doimiy saqlovchi tarmoq davlat fondlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlash huquqiga ega boʻlgan respublika vazirliklari, idoralari va davlat qoʻmitalarining idoralarga qarashli arxivlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi davlat kutubxonalari va muzeylarining qoʻlyozma boʻlimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondi hujjatlarini vaqtincha, ularni davlat tomonidan saqlashga bergunga qadar, saqlovchi respublika vazirliklari, idoralari va davlat qoʻmitalarining idoralarga qarashli arxivlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) Shartnoma asoslarida idoralarga qarashli arxivlarga hujjatlarni saqlashni, tartibga keltirishni va ulardan foydalanishni taʼminlash ishlarini bajarishda, shuningdek, hujjatlar nusxalarining ehtiyot fondini yaratishda yordam koʻrsatishni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxivlari bilan birgalikda idoralarga qarashli arxivlarni tekshiradi va vazirliklar, idoralar, muassasalar, tashkilotlar hamda korxonalarning ish yuritishdagi hujjatlarini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
r) Respublika davlat arxivlarining zarur uskunalar va materiallarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlaydi, oʻzlariga qarashli arxiv muassasalarini moddiy-texnikaviy taʼminlashga koʻmaklashadi; respublika markaziy davlat arxivlari binolari qurilishini va ularni kapital tuzatishni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari xodimlari kasaba uyushmalari tegishli qoʻmitalari bilan birgalikda respublika arxiv muassasalarining ilgʻor jamoalari va xodimlarini Faxriy yorliqlar bilan mukofotlaydi va ragʻbatlantirishning boshqa turlaridan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
t) Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlarining oʻz vaqtida va puxta koʻrib chiqilishini tashkil etadi, ularda koʻtarilgan masalalarning toʻgʻri hal etilishiga erishadi; konsullik soʻrovlarning ijrosini taʼminlaydi; oʻzlariga qarashli muassasalar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u) Arxiv ishi sohasida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga kiruvchi davlatlar va chet mamlakatlarning arxiv muassasalari, shuningdek, Arxivlarning Xalqaro Kengashlari hamda boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) Muassasalarga, tashkilotlarga va fuqarolarga belgilangan tartibda respublika hududida hujjatli yodgorliklarni toʻplash uchun maxsus ruxsatnomalar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbosharxiv”ga oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni va vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika arxiv muassasalarining arxiv ishining asosiy masalalari boʻyicha ishini oʻrganish va bu muassasalarning mehnat jamoalari bilan birgalikda ularning faoliyatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning ijrosini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika markaziy davlat arxivlaridan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi organlaridan belgilangan va tarmoqda qabul qilingan statistika hisob-kitoblarini, shuningdek, arxiv ishini rivojlantirish rejalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi, davlat va idoralarga qarashli arxivlarning faoliyati haqidagi, ular tomonidan yuklatilgan arxivlar ishining aniq yoʻnalishi boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi tegishli axborotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq davlat fondlarining, kutubxonalar va muzeylarning, arxivlar va vazirliklar hamda boshqa davlat boshqaruvi markaziy organlarining, respublika ahamiyatiga molik muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning ish yuritish xizmatlari ishini oʻrganish, belgilangan tartibda ulardan zarur axborotlarni soʻrash, arxiv xizmatlari ishlari masalalari va ish yuritishda hujjatlarni tashkil etish boʻyicha koʻrsatilgan tashkilotlar vakillarining hisobotlarini tinglash; bu tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondi hujjatlarining saqlanishini tashkil etishni yaxshilash boʻyicha, idoralarga qarashli arxivlar ishidagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bajarish majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish va boshqarmani hujjat bilan taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika davlat arxivlaridan, tarmoq davlat fondlaridan, vazirliklar, idoralar, muassasalar, tashkilotlar, korxonalardan, kutubxonalar va muzeylarning qoʻlyozma boʻlimlaridan, siyosiy, jamoatchilik, diniy tashkilotlar va birlashmalardan, kooperativlar, qoʻshma korxonalar va boshqa yuridik shaxslardan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi fuqarolardan Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondining markaziy katalogi uchun tegishli maʼlumotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prokuratura va sud organlari oldiga oʻz xatti-harakatlari yoki faoliyatsizliklari tufayli Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondi hujjatlarining oʻgʻirlanishiga, buzilishiga, ularni yashirishga yoki noqonuniy yoʻq qilishga sharoit yaratishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarni va fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi aktlari bilan belgilangan tartibda jinoiy, maʼmuriy, intizomiy, moddiy va boshqa xil javobgarlikka tortish toʻgʻrisida masala qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi va ish yuritishda hujjatlarni tashkil etish masalalarini koʻrib chiqish uchun doimiy va vaqtinchalik idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika vazirliklari va idoralari tomonidan ishlab chiqiladigan arxiv ishi va ish yuritishdagi hujjatlarni tashkil etish masalalari boʻyicha qoidalarni va oʻquv dasturlarini kelishib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz huquqlari doirasida xalqaro tashkilotlar, korxonalar, mansabdor shaxslar va xususiy shaxslar bilan hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligidagi boshqa davlatlar hamda chet davlatlar bilan aloqalarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzbosharxiv” oʻzining respublika arxiv muassasalari ustidan davlat boshqaruvi funksiyalarini respublika arxiv ishlari boshqaruvi organlari, davlat va idoralarga qarashli arxivlar, jamoat tashkilotlari ishtirokida demokratiya, kollegiallik va oshkoralik asosida bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Arxiv ishi masalalari boʻyicha puxta va sifatli takliflar hamda tavsiyanomalar tayyorlash maqsadida Bosh arxiv boshqarmasida quyidagilar tuziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy kengash — respublikada arxiv ishlarining ilmiy-metodik masalalarini koʻrib chiqish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv fondining sifat tarkibini oshirish va qiymatini ekspertiza qilish masalalarini koʻrib chiqish uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizom, Markaziy ekspert — tekshiruv komissiyalari va ularning tarkibi “Oʻzbosharxiv” boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzbosharxiv”ga boshqarma boshligʻi (rais), uning oʻrinbosarlari, shuningdek, “Oʻzbosharxiv” tizimining boshqa rahbar xodimlari boʻlgan hayʼat tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat tarkibining soni va uning aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat respublikada arxiv ishini rivojlantirish, rahbar kadrlarni tanlash va ularning malakasini oshirish, qarorlar, buyruqlar, yoʻriqnomalarni bajarish boʻyicha muhim masalalarni koʻrib chiqadi, respublika arxiv muassasalari va “Oʻzbosharxiv” tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi, shuningdek, respublika vazirliklari, idoralari va davlat qoʻmitalari, ularning huquq doiralari va vazifalariga kiruvchi masalalar boʻyicha tarmoq fondlari rahbarlarining axborotlarini tinglaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzbosharxiv”ga boshliq rahbarlik qiladi. “Oʻzbosharxiv” boshligʻi va uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbosharxiv” boshligʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbosharxiv” zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar va vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqarma boshligʻi oʻrinbosarining, boʻlimlar va boshqa tuzilma boʻlinmalari rahbarlarining “Oʻzbosharxiv” faoliyatini nazorat qilish masalalari boʻyicha ishlarning ahvoli uchun, shuningdek, markaziy davlat arxivlari va respublikaning oʻzlariga qarashli boshqa arxiv muassasalari ishi uchun javobgarlik darajasini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbosharxiv” markaziy apparati xodimlarini va markaziy davlat arxivlari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan boʻshatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlimlar va boshqa boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, “Oʻzbosharxiv”ning alohida xodimlari va mutaxassislarining lavozim yoʻriqnomalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz huquqlari doirasida respublikaning amaldagi qonunchiligi asosida va ijro etish boʻyicha buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi, “Oʻzbosharxiv” tizimi arxiv muassasalari bajarishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi va ularning ijrosini tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda respublika vazirliklari, idoralari va davlat qoʻmitalari rahbarlari bilan birgalikda arxiv ishlari masalalari boʻyicha buyruqlar va boshqa normativ hujjatlar chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzbosharxiv” markaziy apparatining tuzilishi va xodimlarining soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shtat jadvali, lavozim maoshlari va ularga qoʻshimchalar, “Oʻzbosharxiv” markaziy apparati xodimlarini mukofotlash toʻgʻrisidagi nizom uning boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzbosharxiv” yuridik shaxs hisoblanadi, u respublika budjetida turadi, Davlat banki muassasalarida mustaqil balansga, hisob-kitob va boshqa schyotlarga ega boʻladi, uning tarkibiga kiruvchi respublika markaziy davlat arxivlarining balanslarini hisobga olgan holda yigʻma balanslar tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzbosharxiv” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 19-iyundagi 296-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika Markaziy davlat arxivlari tarmogʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiy hujjatlar Markaziy davlat arxivi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi kino, rasm va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi