Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025 28.11.2019 yildagi PF-5884-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.11.2019 yildagi PF-5884-son
Date of entry into force
01.03.2020
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlari samaradorligini yanada oshirish, yongʻinlarning fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga hamda atrof tabiiy muhitga yetkazadigan ogʻir oqibatlarining oldini olish, shuningdek, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasidagi qonun hujjatlariga hamda diagnostika va davolash standartlariga, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan masʼuliyatni oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar hamda mavzu boʻyicha telekoʻrsatuvlarni tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Farmon 2020-yil 1-martdan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 28-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5884-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5884-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha:

uch oyda koʻpi bilan bir marotaba — umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi
va isteʼmolchilarni vodoprovod suvi bilan taʼminlaydigan, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan;

olti oyda koʻpi bilan bir marotaba — qonun hujjatlariga koʻra xodimlari tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan savdo va aholiga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadigan, shu jumladan sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlarini koʻrsatuvchi;

bir yilda koʻpi bilan bir marotaba — aholiga diagnostika, davolash-profilaktika xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi

1 kun

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagi mazmundagi 101-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

101.

Nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan ikki yarim yilda koʻpi bilan bir marotaba (qonun hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi asoslangan maʼlumotlar boʻlgan holatlarda cheklanmagan miqdorda) tekshiruvlar oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi
Sogʻliqni saqlash vazirligi

5
kundan oshmagan holda

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 15-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan roʻyxatga muvofiq, avtomobillarga siqilgan va suyultirilgan gaz quyish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida texnologik jarayon talablari, sanoat va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan bir yilda bir martadan koʻp boʻlmagan nazorat tadbirlari.

Sanoat xavfsizligi
davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari
va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
va Favqulodda vaziyatlar vazirligi
bilan birga

1 kun

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagi mazmundagi 32-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

32.

Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan yongʻin xavfliligiga koʻra obyektlar boʻyicha quyidagi muddatlarda:

birinchi guruhga kiradigan obyektlarda — bir yilda koʻpi bilan bir marta;

ikkinchi guruhga kiradigan obyektlarda — ikki yilda koʻpi bilan bir marta;

uchinchi guruhga kiradigan obyektlarda — uch yilda koʻpi bilan bir marta yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

10 kundan

oshmagan

holda

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Izohning uchinchi xatboshisidagi “19 va 31-bandlarda” soʻzlari “19, 31 va 32-bandlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2019-y., 06/19/5884/4081-son)