16.11.2019 yildagi 911-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.11.2019 yildagi 911-son
Date of entry into force
16.11.2019
Hujjat 22.09.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qoʻyish yer egasining roziligi bilan hamda yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlariga binoan amalga oshiriladi;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklarining olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarori adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgandagina qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yer uchastkasini olib qoʻyish tashabbuskori hamda olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektining mulkdori oʻrtasida tuziladigan erni olib qoʻyish munosabati bilan kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi kelishuv majburiy tarzda notarial tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishga olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyekti mulkdoriga kelishuvda, nizo mavjud boʻlgan hollarda esa sud qarorida, belgilangan kompensatsiya toʻliq taqdim etilgandan soʻng yoʻl qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning yer uchastkalarini ajratib berish toʻgʻrisida avval qabul qilingan qarorini bekor qilish yoki unga oʻzgartirish kiritish, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar yoki boshqa davlat organi tomonidan maʼmuriy tartib-taomillarga rioya etilmaganligi sababli bekor qilish yoki unga oʻzgartirish kiritish yoʻli bilan yer uchastkalarini olib qoʻyish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida 2 ta shtat birligidan iborat Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi (keyingi oʻrinlarda Shuʼba deb ataladi) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida yer uchastkalari olib qoʻyilishi va kompensatsiya berish ishlari boʻyicha bosh mutaxassis (keyingi oʻrinlarda bosh mutaxassis deb ataladi) lavozimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori bilan kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Shuʼba hamda bosh mutaxassisning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buziladigan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish uchun yetarli resurslar (mablagʻlar, yer uchastkasi va boshqa mulk) mavjudligini oʻrganish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritish uchun boʻlajak qurilish obyektining loyiha hujjatlarini taqdimot materiallari shaklida tayyorlash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlari bilan ochiq muhokamani tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi olib qoʻyilishi tashabbuskori va koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlari oʻrtasida tuzilgan, kompensatsiya miqdori, turi va berish muddati nazarda tutilgan kelishuvlar hisobini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompensatsiyalar oʻz vaqtida va toʻliq berilishining doimiy monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalari olib qoʻyilishi, kompensatsiya berilishi, koʻchmas mulk obyektlari buzilishi, shuningdek, olib qoʻyilgan yer uchastkasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlumotlar kiritib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ushbu qaror 1-bandining “a” kichik bandi va 4 — 6-bandlari 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 16-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
911-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom jismoniy shaxslarga (yakka tartibdagi tadbirkor, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar) va yuridik shaxslarga (tadbirkorlik subyektlari, nodavlat tashkilotlar) egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqi bilan tegishli boʻlgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi hamda ushbu yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi (yer uchastkasining bir qismi) — yer fondining muayyan chegaraga, qayd etilgan maydonga, joylashish manziliga ega boʻlgan, u erda joylashgan turar va noturar koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga belgilangan tartibda egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan, shu jumladan, koʻp kvartirali uylar bilan band boʻlgan qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyish — ushbu turda yer uchastkasini olib qoʻyishga faqat quyidagi maqsadlarda yoʻl qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yerlarni berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari va aviatexnika markazlari, temir yoʻl transporti obyektlari, koʻpriklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimi obyektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obyektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktlari bosh rejalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga obyektlar qurish qismida ijro etish, shuningdek, qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boshqa hollar;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashabbuskor — yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tashabbusi bilan chiqqan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻp kvartirali uy — tutashgan yer uchastkasiga yoxud ushbu uyda umumiy foydalaniladigan binoga mustaqil chiqish joylariga ega boʻlgan, uy-joy qonunchiligiga muvofiq umumiy mulk elementlarini oʻz ichiga olgan ikki va undan ortiq kvartiralar jamlanmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yopiq qurilgan turarjoy binolari (taunxauslar) — alohida yer uchastkasida joylashgan, umumiy hudud va chiqish joyiga ega, yondosh blok (bloklar)ga oʻtish joyi mavjud boʻlmagan, umumiy devor (devorlar)ga ega, xar biri bitta oila yashashi uchun moʻljallangan bir nechta bloklardan iborat uch qavatdan yuqori boʻlmagan (mansarda bilan) koʻp kvartirali uylar turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi uy-joy — bir yer uchastkasida joylashgan, doimiy yashash, dam olish va shaxsiy xoʻjalikni yuritishga moʻljallangan, yer ustidagi qavatlari uch qavatdan oshmagan (mansarda yer ustidagi qavat hisoblanadi), qoʻshimcha foydalanishda boʻlgan xonalar va imoratlardan iborat, yordamchi-xoʻjalik imoratlari va hovlidagi inshootlar tegishli boʻlgan bir yoki bir nechta turar joylar tarkibidagi yakka tartibdagi qurilish obyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mulk obyektlari — olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan turar joy va noturar joy, ishlab chiqarish va boshqa bino va inshootlar va koʻp yillik ekinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkdor — huquqni belgilovchi hujjatlar asosida koʻchmas mulk obyektiga nisbatan mulk huquqiga ega boʻlgan jismoniy va yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishmovchiliklar bayonnomasi — mulkdor bilan kompensatsiya miqdori, turi va berish muddati boʻyicha kelishuvga erishilmagan taqdirda tashabbuskor tomonidan tuziladigan va u bilan mulkdor birgalikda imzolanadigan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv — tomonlarning roziligi bilan kompensatsiya miqdori, turi va berish muddati, shuningdek, boshqa shartlarni nazarda tutuvchi tashabbuskor va mulkdor oʻrtasida tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan yozma shakldagi shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yer uchastkasi yoki uning bir qismi (keyingi oʻrinlarda yer uchastkasi deb ataladi) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari (keyingi oʻrinlarda — tegishli xalq deputatlari Kengashlari) qaroriga binoan amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlarining yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisidagi qarori asosida tashabbuskor hamda mulkdor oʻrtasida Kelishuv tuzilganidan hamda Kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiya berilganidan soʻng qabul qilinadi, qurilayotgan koʻchmas mulkni kompensatsiya sifatida berish hollari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasi adliya organlari tomonidan koʻrib chiqilishi va tegishli xulosa berilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan yer uchastkalari davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi, ushbu yer uchastkalarini boshqacha tarzda va boshqa shaxslarga ajratish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qoʻyilishida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan birinchi navbatda eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan, foydalanilmayotgan obyektlar (madaniy meros toifasiga kiradigan obyektlardan tashqari) bilan band boʻlgan yer uchastkalaridan, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar qurilishiga ehtiyoji bor boʻlgan joylardan tanlab olinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va kompensatsiya berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi;
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Yer uchastkalarini olib qoʻyilishining umumiy qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 1. Yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishida hujjatlarni tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga asos mavjud boʻlgan taqdirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan foydalanilmayotgan obyektlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari aniqlanadi, agar aniqlanmasa — boshqa yer uchastkalari tanlanib, tegishli taqdimot materiallari tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdimot materiallari tayyorlangan kundan soʻng bir ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishli hulosa va boshqa maʼlumotlarni olish uchun qurilish boʻlimlari va yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallariga soʻrov yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrov tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish boʻlimlari qurilish obyektlarining loyiha hujjatlarini ushbu hududni rivojlantirish va qurilishni rejalashtirish boʻyicha tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga (ular mavjud boʻlmaganda belgilangan tartibda taqdim etilgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan yer uchastkalarini joylashtirish sxemalariga) muvofiqli yuzasidan hulosa va boshqa maʼlumotlarni tayyorlaydi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari ushbu yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining toʻliq roʻyxatini va ular haqidagi boshqa maʼlumotlarni tayyorlaydi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tegishli hulosalar va boshqa maʼlumotlar olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida mulkdorlarga beriladigan kompensatsiyaning dastlabki miqdorini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagi hollarda qurilishi rejalashtirilayotgan obyektlar boʻyicha taqdimot materiallarini tayyorlash talab etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mudofaa va davlat xavfsizligi uchun yerlarni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishida taqdimot materiallari Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori bilan tashkil etilgan tegishli Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarma kuzatuv kengashi (keyingi oʻrinlarda Kuzatuv kengashi deb ataladi) bilan kelishilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv kengashi qabul qilingan qaror haqida uch ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklarini yozma ravishda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kuzatuv kengashining yozma roziligi olinganidan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari ikki ish kunida taqdimot materiallarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashiga yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan foyda va xarajatlarni baholash masalasini koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv kengashining yozma roziligi olinmasdan turib taqdimot materiallarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashiga kiritish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdimot materiallari va boshqa hujjatlarni ushbu Nizomning 22 — 27-bandlarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 3. Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha hujjatlarni tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Aholi punktlari bosh rejalarining budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga obyektlarni qurish qismini ijro etish doirasida hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish birinchi navbatda bevosita tegishli hududda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdoriga taklif etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan turar joy va noturar joy, ishlab chiqarish hamda boshqa bino va inshootlarning tashqi koʻrinishiga qoʻyilgan talablar boʻyicha loyiha hujjatlari hamda ular boʻyicha taqdimot materiallari tayyorlanadi. Tayyorlangan hujjat va materiallar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashiga ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirish munosabati bilan foyda va xarajatlarni baholash uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdorlarga umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini, shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalarini, muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash majburiyatini yuklash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalari bevosita mulkdor tomonidan amalga oshirilgan taqdirda yer uchastkasi olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan taqdimot materiallari va boshqa hujjatlar ushbu Nizomning 22 ― 27-bandlarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan qabul qilinadi. Ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari ushbu qarorni u kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida turar joy va noturar joy, ishlab chiqarish hamda boshqa bino va inshootlarning tashqi koʻrinishiga qoʻyilgan talablar boʻyicha loyiha hujjatlarini ilova qilgan holda mulkdorlarga yetkazilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalari mulkdorlarning oʻz mablagʻlari, kreditlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mulkdorlar tomonidan hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalari qurilish (rekonstruksiya) obyektining loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan, biroq Kelishuv imzolangan kundan boshlab ikki yildan oshmagan muddatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan muddatlarga rioya qilmaslik qurilishi tugallanmagan obyektlar hamda qurilishi tugallanmagan obyektlar joylashgan yer uchun belgilangan tartibda mol-mulkka solinadigan soliq hamda yer soligʻining oshirilgan stavkalari qoʻllanilishiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mulkdorlar tomonidan hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan bosh tortilgan taqdirda tashabbuskor tomonidan Kelishmovchiliklar bayonnomasi tuziladi va mulkdor bilan birgalikda imzolanadi. Kelishmovchiliklar bayonnomasini imzolashdan bosh tortilgan taqdirda, bosh tortish sabablari koʻrsatilgan holda dalolatnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishmovchiliklar bayonnomasi (dalolatnoma) imzolanganidan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari majburiyat yuklash haqida sudga ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining majlislarida taqdimot materiallari va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda chaqiriladi va oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida quyidagi masalalar koʻrib chiqilishi shart:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdimot materiallari muayyan hududdagi fuqarolarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, hudud aholisining aksariyat qismining fikrini hisobga olgan holda infratuzilmani rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega obyektlarni qurishga yoʻnaltirilganligi;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatda eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan, foydalanilmayotgan obyektlar (madaniy meros toifasiga kiradigan obyektlardan tashqari) bilan band boʻlgan yer uchastkalari aniqlanganligi, agar aniqlanmagan boʻlsa — boshqa yer uchastkalari tanlanganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ochiq muhokamani oʻtkazishga faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ochiq muhokamani oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining ochiq muhokamani oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining ochiq muhokamani oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan taqdimot materiallari ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat mobaynida qayta koʻrib chiqilib, takroran kiritilishi mumkin.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroran kiritilgan taqdimot materialari umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq muhokamani oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror takroran qabul qilingan taqdirda taqdimot materiallari keyinchalik koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ochiq muhokamani oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy fondining eskirgan va avariya holatida boʻlgan obyektlar, shu jumladan, foydalanilmayotgan obyektlar (madaniy meros obyektlaridan tashqari) bilan band boʻlgan yer mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha yer uchastkasi olib qoʻyilishi maqsadlariga toʻgʻri kelmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif etilayotgan loyiha boʻyicha zarar foydadan oshib ketgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv kengashining roziligi boʻlmaganda (yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq muhokama Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining majlislarida yetarli darajada ovoz toʻplanmagan taqdirda ham oʻtkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining ochiq muhokamani oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori u qabul qilingan kundan soʻng bir ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy saytlarida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida kelib tushgan kundan keyingi ish kuni eʼlon qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 5. Mulkdorlar bilan ochiq muhokamani oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ochiq muhokama Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining ochiq muhokamani oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab yigirma kun mobaynida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu muddat buzilgan taqdirda taqdimot materiallari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan umumiy tartibda qayta koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga ochiq muhokama oʻtkazish sanasi va joyi koʻrsatilgan xabarnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining ochiq muhokamani oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab ikki kun mobaynida, biroq ochiq muhokama oʻtkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin tashabbuskor tomonidan yozma ravishda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Mulkdorlarni ochiq muhokama oʻtkazish sanasi va joyi haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy saytlarida, ommaviy axborot vositalarida hamda Internet jahon axborot tarmogʻida xar kuni eʼlon berish orqali xabardor qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ochiq muhokama tashabbuskor tomonidan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq muhokama ommaviy axborot vositalari ishtirokida oʻtkazilishi va ularning ishtiroki tashabbuskor tomonidan taʼminlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ochiq muhokama davomida tashabbuskor mulkdorlarni ushbu yer uchastkasida loyihani amalga oshirish shartlari, maqsad va istiqbollari bilan tanishtirishi hamda ularning fikrlarini eshitishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda taqdimot materiallari mulkdorlarning takliflari asosida takomillashtirilishi mumkin.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq muhokama yakuni boʻyicha bayonnoma rasmiylashtiriladi va u tashabbuskor hamda barcha mulkdorlar tomonidan imzolanadi. Imzolashdan bosh tortilgan taqdirda buning sabablari koʻrsatilgan holda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bayonnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy saytlarida rasmiylashtirilgan kundan keyingi ish kuni eʼlon qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 6.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlar tomonidan yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi, shuningdek, hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishiga — ochiq muhokama oʻtkazilib, foyda va xarajatlar toʻliq baholangandan soʻng;
Oldingi tahrirga qarang.
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisidagi qarorida quyidagilar koʻrsatilishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib qoʻyilayotgan yer uchastkasining geografik koordinatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi olib qoʻyilishining asoslari va maqsadlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buzib tashlanishi kerak boʻlgan koʻchmas mulk egalari va obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida qurilishi lozim boʻlgan obyektlar haqidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorlarga kompensatsiya berish, shu jumladan, yer uchastkasi olib qoʻyilishi bilan bogʻliq boshqa masalalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisidagi qarori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar)lar hokimliklarining rasmiy saytida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar)lar hokimliklari mulkdorlar bilan kelishish ishlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuvga erishilgach Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda mulkdor ikki tomonlama Kelishuv imzolanib, notarial tartibda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Kompensatsiya miqdori, turlari va berish muddati Kelishuvda nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuvni imzolagan mulkdor ushbu Nizomda belgilangan tartibda yer uchastkasining olib qoʻyilishiga va unda joylashgan koʻchmas mulk obyektining buzib tashlanishiga rozilik bergan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv notarial tasdiqlanganidan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hisobga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kompensatsiya oʻz vaqtida va toʻliq, shu jumladan, investor tomonidan oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini kafolatlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(38-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjetining qoʻshimcha mablagʻlarining sarflanishida kompensatsiya toʻlab berish ustuvor xarajat hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Olib qoʻyiladigan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini boshqa shaxsga oʻtkazishga Kelishuv imzolanganidan soʻng tashabbuskorning yozma rozilik xati mavjud boʻlgan taqdirda yoki Kelishuv (Kelishuvda nazarda tutilgan tartibda, taraflarning roziligi bilan yoki sud tartibida) bekor qilingan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buzib tashlanadigan koʻchmas mulk obyektini sotib olgan mulkdor mazkur Nizomga muvofiq tuzilgan Kelishuvdan kelib chiquvchi avvalgi mulkdorning huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalari amalga oshiriladigan turar va noturar joylarning, ishlab chiqarish va boshqa inshootlarning manzilli roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqidagi qarori u qabul qilingandan soʻng bir ish kunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklarning rasmiy saytlarida va ommaviy axborot vositalarida kelib tushgan kundan keyingi ish kuni eʼlon qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqidagi qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Koʻchmas mulk obyektlari buzib tashlanishi munosabati bilan mulkdorlarga kompensatsiya berishning umumiy tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Quyidagilar kompensatsiya qilib beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining bozor qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) koʻchirish, shu jumladan, boshqa koʻchmas mulk obyektini vaqtinchalik olish bilan bogʻliq xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) jismoniy va yuridik shaxslarning boy berilgan foydasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qonun hujjatlarida yoki Kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlar va zararlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan uy-joy, ishlab chiqarish va boshqa binolar va inshootlarning qiymati ham qoplanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Beriladigan kompensatsiya turlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) pul mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) boshqa koʻchmas mulk obyektini mulk qilib berish;
Oldingi tahrirga qarang.
(42-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/543/0830-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyaning boshqa turlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning kelishuviga binoan mulkdorga koʻchmas mulkni baholash qiymatini hisobga olgan holda kompensatsiyaning bir necha turlari berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buzib tashlangan koʻchmas mulk oʻrniga yangi qurilayotgan koʻchmas mulk obyekti berish muddati boshqa koʻchmas mulk obyekti vaqtincha foydalanishga berilgan kundan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak. Agar koʻrsatilgan muddatda yangi koʻchmas mulk obyekti berilmasa, tashabbuskor mulkdorga har bir kechiktirilgan kun uchun 0,01 foiz miqdorida jarima toʻlaydi. Bunda jarima miqdori buzib tashlangan koʻchmas mulk obyekti qiymatining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompensatsiya sifatida mulk taqdim etilishi nazarda tutilgan Kelishuv qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda, kompensatsiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishli markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(43-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Bitta mahalla yoki koʻchada yashovchi mulkdorlar va ularning oila aʼzolariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, mulkdorlarga tashabbuskor bilan kelishgan holda bitta mahalla yoki koʻchada joylashgan yangi uylar (bitta koʻp qavatli uydagi kvartiralar) berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Kompensatsiya quyidagi tartibda beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) pul mablagʻlarini mulkdorning tegishli bank (depozit) hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) koʻp kvartirali uy yoki blokirovka qilingan uy (taunxaus) egallab turgan yer uchastkasi olib qoʻyilgan taqdirda — tomonlarning kelishuviga koʻra mulkdorga oʻsha yoki boshqa tumanda (shaharda) joylashgan maydon avvalgi kvartiraning maydonidan kichik boʻlmagan kvartira mulk qilib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kvartira mulkdorning xohishiga koʻra olib qoʻyilgan yer uchastkasida qurilayotgan koʻp kvartirali uydan yoki blokirovka qilingan uydan (taunxaus) berilishi mumkin. Bunday holda, mulkdorga ushbu kvartira topshirilgunga qadar u va uning oila aʼzolariga tashabbuskor hisobidan vaqtinchalik ijaraga turar joy beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) noturarjoy obyekti egallab turgan yer uchastkasi olib qoʻyilgan taqdirda — tomonlarning kelishuviga koʻra mulkdorga oʻsha yoki boshqa tumanda (shaharda) joylashgan maydoni avvalgi noturar joy obyektining umumiy maydonidan kichik boʻlmagan noturar joy obyekti mulk qilib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noturarjoy obyekti olib qoʻyilgan yer uchastkasida qurilayotgan obyektdan berilgan taqdirda mulkdorga ushbu noturar joy obyekti topshirilgunga qadar, tashabbuskor hisobidan ijaraga vaqtinchalik noturar joy obyekti beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yakka tartibdagi (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan lekin belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan) uy-joy bilan band boʻlgan yer uchastkasi olib qoʻyilgan taqdirda — tomonlarning kelishuviga koʻra mulkdoriga oʻsha yoki boshqa tumanda (shaharda) joylashgan yer va uy-joy maydoni avvalgisidan kichik boʻlmagan, sharoitlari kam boʻlmagan darajadagi yakka tartibdagi uy-joy mulk qilib beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqida tegishli boʻlgan yer uchastkasi olib qoʻyilgan taqdirda — ushbu huquq egasiga olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati toʻlab beriladi.
(45-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-sonli qaroritahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/543/0830-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-bandning toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/543/0830-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdorga koʻchirish, shu jumladan, boshqa koʻchmas mulk obyektini vaqtinchalik olish bilan bogʻliq xarajatlar, boy berilgan foyda, shuningdek, qonun hujjatlarida yoki Kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlar va zararlar kompensatsiya qilib berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Umumiy mulk ishtirokchilari boʻlgan shaxslar tomonidan kompensatsiya ularning umumiy mulkdagi ulushiga mos ravishda tanlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlarning 75 foizidan yozma roziligi olinganda (Kelishuv tuzilganda), biroq qolgan mulkdorlarning roziligini olish imkoni boʻlmaganda (Kelishuvga erishilmaganda) tashabbuskor ularning koʻchmas mulk obyektlarini majburiy sotib olish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqli. Bunda, rozilik bermagan (Kelishuvga erishilmagan) mulkdorlarga beriladigan kompensatsiya miqdori, turlari va muddati sud tartibida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Olib qoʻyilishi rejalashtirilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektining mulkdori (agar turar joy boʻlsa, shuningdek, ushbu manzilda roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzolari) boʻlmagan taqdirda, tashabbuskor ularni izlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bir yil mobaynida mulkdorni izlab topish imkoni boʻlmasa, investor Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tumanlar (shahar) hokimliklariga ushbu koʻchmas mulk obyektini egasiz deb eʼtirof etish va ushbu koʻchmas mulk obyektini davlat mulkiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi soʻrab murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Koʻchmas mulk obyektini egasiz deb eʼtirof etish va ushbu koʻchmas mulk obyektini davlat mulkiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Buzib tashlanishi lozim boʻlgan koʻchmas mulkni baholash yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin va Kelishuv tuzilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan tashabbuskor hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash natijalaridan taraflar norozi boʻlgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi boʻyicha ekspertiza oʻtkaziladi. Ekspertiza bilan bogʻliq harajatlar baholash natijalaridan norozi boʻlgan tarafning mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholovchi tashkilot shartnoma bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi. Buyurtmachiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, baholovchi tashkilot tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Tashabbuskorning mulkiy javobgarligi qonunda belgilangan tartibda sugʻurtalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Mulkdor Kelishuv tuzilgandan soʻng vafot etib qolgan taqdirda, Kelishuv boʻyicha huquq va majburiyatlar uning merosxoʻrlariga ulushlariga mutanosib ravishda oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdor Kelishuv tuzilgunga qadar vafot etib qolgan boʻlsa, rozilikni olish hamda Kelishuv tuzish boʻyicha muzokaralar uning merosxoʻrlari bilan umumiy asoslarda olib boriladi. Merosxoʻrlarning doirasi va har birining merosdagi ulushi merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida, nizo yuzaga kelgan taqdirda — sud tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari berilgan kompensatsiyalar hisobini yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(53-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiya oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etilishini doimiy ravishda monitoring qilib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalarining olib qoʻyilishi, kompensatsiya berilishi, koʻchmas mulk obyektlarining buzib tashlanishi, shuningdek, olib qoʻyilgan yer uchastkalarida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisida qaror loyihasi barcha mulkdorlarga tegishli kompensatsiya berilganidan keyin, shuningdek, turar va noturar joylar, ishlab chiqarish hamda boshqa bino va inshootlar amalda toʻliq boʻshatib qoʻyilganidan soʻng ikki ish kuni mobaynida tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu qaror loyihasi adliya organlari tomonidan koʻrib chiqilishi shart. Qaror loyihasini koʻrib chiqishda adliya organlari tomonidan zarur hollarda boshqa tegishli hujjatlar talab qilib olinishi mumkin. Qaror loyihasini koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha xulosa berish muddati ikki ish kunidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishga adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimlarining olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarorida quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buzib tashlanishi lozim boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining manzilli roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buzib tashlanishi lozim boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining mulkdorlariga kompensatsiya toʻliq berilganligini tasdiqlovchi maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir koʻchmas mulk obyektining buzib tashlanishi boshlanish sanasi va buzib tashlash muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilinishi boʻyicha talablar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat qurilish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimining koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash haqidagi qarori u qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish uchun yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qayta hisob-kitob qilish uchun tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga yuboriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlarining rasmiy saytlari va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimining koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisida qabul qilgan qarori koʻchmas mulk obyektiga nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning tugatilishiga asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan uzishga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent tuman (shahar) hokimlarining koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinganidan soʻng belgilangan tartibda ishlab chiqilgan texnik shartlarga asosan yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash tashabbuskor tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga bevosita yoki pudratchi tashkilotni yollagan holda amalga oshiriladi. Mulkdor tashabbuskor bilan kelishgan holda oʻz mablagʻlari hisobiga koʻchmas mulk obyektini oʻz hisobidan buzib tashlashi va qurilish materiallarini olib chiqib ketishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Nizolarni hal qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan yer uchastkasini olib qoʻyilishi yohud olib qoʻyilishini rad etilishi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent tuman (shahar) hokimlarining koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarorlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Mulkdor va tashabbuskor oʻrtasida yuzaga keladigan nizo boʻyicha kelishuvga erishilmagan taqdirda — ushbu nizo sud tartibida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Nizo kelib chiqqan taqdirda, ushbu nizo boʻyicha sudning qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisidagi qaror hamda olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Ushbu Nizom talablariga rioya etilmagan holda yer uchastkalari olib qoʻyilishiga hamda koʻchmas mulk obyektlari buzib tashlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Yer uchastkalari olib qoʻyilishi, koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash, fuqarolarni koʻchirish, shuningdek, kompensatsiyalar berishda qonun talablari ijrosini nazorat qilish prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organi (mansabdor shaxs)ning noqonuniy maʼmuriy hujjati qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda tegishli organlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga qoplanadi, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarini olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va kompensatsiya berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqich

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti,

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

Tegishli qaror qabul qilinadi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

Eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan foydalanilmayotgan obyektlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari mavjudligini aniqlaydi.

Zaruratga koʻra

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Qurilish obyektining loyiha hujjatlarini arxitektura qismi boʻyicha taqdimot materiallarini tayyorlaydi.

Zaruratga koʻra

2. Qurilish boʻlimlari va Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallariga tegishli hulosa va boshqa maʼlumotlarni olish uchun soʻrov yuboradi.

Materiallar tayyor boʻlganidan soʻng, 1 ish kuni mobaynida

Qurilish boʻlimlari

1. Qurilish obyekti loyiha hujjatlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumotlar tayyorlaydi.

2. Materiallarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

5 ish kuni mobaynida

Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari

1. Olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining toʻliq roʻyxatini tayyorlaydi.

2. Materiallarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Kompensatsiyaning dastlabki miqdorini aniqlaydi.

2. Taqdimot materiallari jamgʻarmaning Kuzatuv kengashiga yuboradi.

5 ish kuni mobaynida

Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi

1. Taqdimot materiallarini koʻrib chiqadi.

2. Kompensatsiya toʻlash uchun yetarli mablagʻ mavjudligini tekshiradi.

3. Yer uchastkasini olib qoʻyilishini kelishish yoki kelishishni rad etadi.

4. Qabul qilingan qarorni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

3 ish kuni mobaynida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

Hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli Xalq deputatlari kengashiga yer uchastkasini olib qoʻyilishi munosabati bilan foyda va xarajatlar baholash masalalarini koʻrib chiqilishi uchun yuboradi

2 ish kuni mobaynida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli Xalq deputatlari kengashi

1. Materiallarni koʻrib chiqish va ochiq muhokamani oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.

Zaruratga koʻra

2. Qarorni eʼlon qiladi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

Qaror qabul qilinganidan soʻng 1 ish kun mobaynida

4-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Ochiq muhokama oʻtkazilishi toʻgʻrisida mulkdorlarni xabardor qiladi.

2 ish kuni mobaynida

2. Ochiq muhokama oʻtkazilishini tashkillashtiradi.

15 kun mobaynida

3. Bayonnoma tuzadi.

4. Bayonnomani eʼlon qiladi.

Ochiq muhokama oʻtkaziladigan kunida

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli Xalq deputatlari kengashi

1. Yer uchastkasini olib qoʻyish yoki rad etish toʻgʻrisida qarorni qabul qiladi.

2. Qarorni eʼlon qiladi.

Ochiq muhokama oʻtkazilganidan soʻng 5 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

Olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquq hamda buzib tashlanishi rejalashtirilayotgan koʻchmas mulk obyektining bozor qiymati b�yicha baholashni tashkillashtiradi. Shu bilan birga quyidagilar miqdorini aniqlaydi:

- boshqa joyga koʻchish, muddatli ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlar;

- boy berilgan foyda;

- boshqa xarajatlar

Kelishuvga koʻra

7-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari va mulkdor

1. Kompensatsiya turi, miqdori va berish muddatini kelishadi.

2. Yozma shaklda shartnomani tuzadi va notarial tasdiqlash choralarini koʻradi.

Kelishuvga koʻra

8-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Kelishuvlarni hisobga oladi.

2. Kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyani berishni taʼminlaydi.

3. Kompensatsiya berilishini monitoring qiladi.

Kelishuvda koʻrsatilgan muddatda

9-bosqich

Mulkdor

Olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan uylar, ishlab chiqarish inshootlarni va boshqa imoratlarni toʻliq boʻshatib beradi (turar-joy binolarida yashovchi shaxslarni koʻchirish choralarini koʻradi).

Kelishuvda koʻrsatilgan muddatda

10-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Buzib tashlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini tayyorlaydi.

2. Loyiha va boshqa hujjatlarni tegishli adliya organlariga yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

Adliya organlari

1. Buzib tashlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasi va hujjatlarni koʻrib chiqadi.

2. Buzib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi yuzasidan xulosa (ijobiy yoki salbiy) tayyorlaydi.

3. Xulosani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.

Zaruratga koʻra

2. Buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarorni yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari va tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga yuboradi hamda oʻzining rasmiy sayti va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.

1 ish kunida

11-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari yoki mulkdor

Koʻchmas mulk obyektini buzishni tashkillashtiradi

Zaruratga koʻra

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqich

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari

Tegishli qaror bilan shaharlarning bosh rejasi tasdiqlanadi.

Tegishli qaror bilan qishloq aholi punktlarining bosh rejasi tasdiqlanadi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Turar va noturar joy, ishlab chiqarish va boshqa bino va inshootlarning tashqi koʻrinishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi loyiha hujjatlarini tayyorlaydi.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli Xalq deputatlari kengashiga loyiha hujjatlarini yuboradi.

Zaruratga koʻra

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli Xalq deputatlari kengashi

1. Materiallarni koʻrib chiqish va ochiq muhokamani oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.

Zaruratga koʻra

2. Qarorni eʼlon qiladi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

Qaror qabul qilinganidan soʻng 1 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Ochiq muhokama oʻtkazilishi toʻgʻrisida mulkdorlarni xabardor qiladi.

2 ish kuni mobaynida

2. Ochiq muhokama oʻtkazilishini tashkillashtiradi.

15 kun mobaynida

3. Bayonnoma tuzadi va uni eʼlon qiladi.

Ochiq muhokama oʻtkaziladigan kun

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli Xalq deputatlari kengashi

1. Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.

Zaruratga koʻra

2. Qarorni eʼlon qiladi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

Qaror qabul qilinganidan soʻng 1 ish kuni mobaynida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

3. Mulkdorlarga turar va noturar joy, ishlab chiqarish hamda boshqa va inshootlarning tashqi koʻrinishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi loyiha hujjatlarni va qarorni yetkazib beradi.

Qaror olingandan soʻng 1 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Mulkdor

Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshiradi

Loyihada koʻrsatilgan, biroq 2 yilgacha boʻlgan muddatda

Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 6-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagi mazmundagi 121-band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“121. Etkazilgan zararlarni qoplash hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan jamgʻarmalar kuzatuv kengashlarining qarorlariga asosan tegishli ravishda mablagʻ kelib tushgan tuman va shaharlarga ajratiladi, zarur hollarda hududiy kuzatuv kengashi qarori asosida boshqa tuman va shaharlarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 29-may 97-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 37-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-257-sonli qonuni)” 2010-yil 9-noyabrdagi 248-son qaroriga ilovaning 12-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 146-son qaroriga 3-ilovaning 2-boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 20-21-son, 204-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-son Farmoni)” 2018-yil 27-noyabrdagi 963-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2019-y., 09/19/911/4028-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 28.08.2021-y., 09/21/543/0830-son, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son, 10.01.2022-y., 09/22/14/0009-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.01.2024-y., 09/24/9/0012-son)